“innovatsion iqtisodiyoT” fanining nazariy asoslari 1-mavzu. “Innovatsion iqtisodiyot” faniga kirish Reja


Innovatsion loyihalar tanlovi va ekspertizasi


Download 2.56 Mb.
bet79/105
Sana20.10.2023
Hajmi2.56 Mb.
#1712868
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   105
Bog'liq
Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtiso-fayllar.org

17.2. Innovatsion loyihalar tanlovi va ekspertizasi

Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajariladigan ilmiy tadqiqot, tajriba-konstruktorlik, texnologik ish hamda innovatsion ishlanmalar bo‘yicha tanlov Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan (manfaatdor boshqa vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda) e’lon qilinadi.


Tanlovda oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tashkilotlar tarkibidagi ilmiy tadqiqotlarni olib borish maqsadida tashkil etilgan laboratoriyalar (tarkibiy bo‘linmalar), mulk shaklidan qat’i nazar ta’sis hujjatlarida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishi mumkinligi ko‘rsatilgan O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan boshqa ilmiy tashkilotlar jamoalarining loyihalari qatnashadi.
Bugungi kunda davlat byudjeti hisobidan moliya­lash­tirila­digan innovatsion loyihalar quyidagi yo‘nalishlarga qaratilgan:
• ilg‘or raqamli, intellektual ishlab chiqarish texno­logiya­lariga, robotli tizimlarga, yangi materiallarga va qurilish usul­lariga o‘tish, yirik hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash, texnik ta’lim va sun’iy aql tizimlarini yaratish;
• ekologik toza va resurs tejovchi energetikaga o‘tish, ugle­vodo­rod xomashyosini qazib olish va chuqur qayta ishlash samara­dor­ligini oshirish, energiyaning yangi manbalarini, uzatish va saq­lash usullarini shakllantirish;
• shaxsiylashtirilgan tibbiyotga o‘tish, yuqori texnologiyali sog‘liqni saqlash va sog‘liqni muhofaza qilish texno­logiya­lari­dan, shu jumladan, dori vositalaridan (ayniqsa, antibakterial prepa­ratlardan) oqilona foydalanish;
• yuqori mahsuldor va ekologik toza agro va gidro xo‘jalik yuritishga o‘tish, qishloq xo‘jaligi o‘simliklari va hayvon­lari­ni kimyoviy va biologik himoyalovchi vositalardan oqilona foyda­lanish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va sama­rali qayta ishlash, xavfsiz va sifatli, shu jumladan, funk­si­onal, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish tizim­la­ri­ni yaratish va joriy etish;
• inson va tabiat, inson va texnologiya, global rivoj­lanish­ning hozirgi bosqichida ijtimoiy institutlar, shu jumladan, guma­ni­tar va ijtimoiy fanlar usullarini qo‘llash bo‘yicha o‘za­ro samarali ta’sir o‘tkazish imkoniyatini yaratish.
Loyihani amalga oshirish, mamlakatning iqtisodiy o‘sishi va ijtimoiy rivojlanishini ta’minlaydigan ilmiy va texno­lo­gik zaxiralarni shakllantirishga yo‘naltirilishi lozim.
Loyihani tanlovdan o‘tkazish uchun loyiha rahbarining bevo­sita o‘zi Innovatsion rivojlanish vazirligiga quyidagi huj­jat­lar­ni taqdim etadi:
  • loyiha rahbarining arizasi (qog‘oz nusxada) hamda unga qo‘shimcha materiallar;


  • loyiha rahbari va asosiy ijrochilari hamda tashkilot haqida ma’lumot (loyiha bajariladigan va moliyalashtirishni amalga oshiradigan tashkilot);


  • loyiha mazmuni (sotsial-iqtisodiy muammoning mavjudligi, loyihaning maqsadi va vazifalari, kutilayotgan natijalar);


  • loyihani amalga oshirish uchun so‘ralayotgan moliyalashtirish hajmi;


  • intellektual faoliyat natijalarining indikator ko‘rsat­kich­la­ri.


Tanlovga taqdim etilgan arizalar ilmiy va ilmiy-texnik dasturlar va loyihalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha amaldagi huj­jatlarga hamda ilmiy, ilmiy-texnik dasturlar va loyihalarni tan­lov asosida saralab olishning tanlov shartlariga muvofiq dast­labki va asosiy ekspertizadan o‘tkaziladi.


Tanlov natijalari Innovatsion rivojlanish vazirligi huzu­rida tashkil etilgan Ilmiy-texnik Kengashlar tomonidan ko‘­rib chiqiladi va uning qarori bilan tasdiqlanadi.
Tanlovda g‘olib bo‘lgan loyiha rahbarlariga shartnomani quyidagilarni ko‘rsatgan holda imzolash va rasmiylashtirish uchun ATT orqali yuboriladi.
  • ilmiy tadqiqot yo‘nalishi;


  • ilmiy tadqiqotni amalga oshirish uchun ish rejasi va xara­jatlar smetasi;


  • loyiha rahbarining loyiha bajarilishi bo‘yicha oraliq va yillik hisobotlarni taqdim etib borish majburiyati;


  • tashkilotning ilmiy jamoani zarur binolar, uskunalar va materiallar bilan ta’minlash, shuningdek, ilmiy tad­qiqot­lar uchun mavjud eksperimental bazaga kirish majburiyati;


  • tashkilot rahbarining ilmiy jamoa a’zolarining har biri bilan grant ajratilishi bilan bog‘liq tegishli fuqarolik-huquqiy yoki mehnat shartnomalarini tuzish majburiyati;


  • tashkilotning loyiha rahbari tomonidan berilgan yozma so‘roviga ko‘ra, ilmiy jamoa a’zolariga loyihani amalga oshirish uchun mukofot puli to‘lash majburiyati;


  • tashkilotning grant xarajatlarining alohida hisobini yuritish (grant bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlarni hisobga olish) va maqsadli ishlatilishi to‘g‘risida hisobot berish majburiyati;


  • monitoringda qatnashish majburiyati;


  • vazirlik tomonidan grant mablag‘laridan maqsadsiz foy­da­­lanish holati aniqlangan, shuningdek, shartnoma muddati tuga­gan­dan keyin foydalanilmagan grant mablag‘lari mavjud bo‘lgan taqdirda taraflar o‘rtasidagi shartnomani bekor qilish va/yoki grant mablag‘larini qaytarish (qisman qaytarish) tartibi va shartlari;


  • grantdan foydalanish bilan aloqador tomonlar – vazirlik, loyiha rahbari va tashkilotning boshqa huquq va maj­bu­riyatlari.


Davlat siri bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan loyihalar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan qoidalarga muvofiq rasmiylashtiriladi.


Loyihalar ekspertizasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil qilinadi. Loyihalar bo‘yicha – dastlab texnik va keyinchalik ilmiy ekspertizani o‘tkazish yo‘li bilan yakuniy xulosa shakllantiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 martdagi “Ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivoj­lantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomil­lash­ti­rish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 133-son qarorining 61-bandiga ko‘ra, qabul qilingan barcha turdagi loyiha hujjatlar texnik eksper­tizasini o‘tkazish muddati loyiha talabnomalari uchun hujjatlarni qabul qilish tugagan kundan boshlab o‘n besh kun qilib belgilangan. Bundan oshmasligi kerak.
Texnik ekspertiza – taqdim etilgan loyiha hujjatlarning Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tasdiqlangan talab­larga muvofiqligini hamda ma’lumotlar tahlilida xato­lar­ning yo‘qligini (yoki mavjudligini) aniqlash maqsadida amalga oshi­riladi.
Texnik ekspertiza quyidagi tartiblarni o‘z ichiga oladi:
  • talabnomaga ilova qilingan shakllarning to‘liqligi va to‘g‘riligini, zarur imzo, muhr va shtamplarning mavjudligini tekshirish;


  • ilgari topshirilgan loyiha talabnomasiga o‘xshash yoki shu mavzuda bajarilgan loyihalarning mavjudligi va loyiha talab­noma­larining takrorlanishini aniqlash;


  • taqdim etilgan moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblar mavjud­li­gini o‘rganish;


  • loyiha talabnomasiga ko‘ra, taqdim etilgan hujjatlarda ko‘rsa­tilgan ma’lumotlarni tekshirish, texnik xatolar va noa­niq­lik­lar yo‘qligini tekshirish.


Loyiha hujjatlari bo‘yicha texnik ekspertizaning ijobiy xulosasi bo‘lgan taqdirda, hujjatlar to‘plami Ekspert guruhi tomonidan ilmiy ekspertizani o‘tkazish uchun vazirlik huzuridagi fan yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli ilmiy-texnik kengashlarga yuboriladi.


Loyiha hujjatlari bo‘yicha texnik ekspertizaning salbiy xulosasi mavjud bo‘lgan taqdirda, Innovatsion rivojlanish vazirligi loyihani taqdim etgan muassasaga (tashkilotga) bu haqda yozma ravishda ma’lum qiladi. Buyurtmachi tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish uchun uch ish kunidan kam bo‘lmagan muddat belgilanadi.
Buyurtmachi loyiha talabnomada ko‘rsatilgan tartibda asos­lantirilgan xulosani tegishli tashkilotga (muassasaga) yetka­zadi.
Agar loyiha taqdim etgan tashkilot (muassasa) Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bar­taraf etish yuzasidan asoslantirilgan takliflarni belgi­lan­gan muddatda taqdim etmasa, loyiha ko‘rib chiqish jarayonidan olib tash­la­nadi va ilmiy ekspertizadan o‘tkazilmaydi.
Ekspertizadan olib tashlangan loyiha hujjatlari uni taqdim etgan tashkilotga (muassasa) qaytarib yuborilmaydi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Innovatsion rivoj­lanish vazirligida saqlanadi. Biroq, loyihani taqdim etgan tash­kilot (muassasa)ning yozma murojaatiga asosan loyiha hujjatlari Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan qaytarilishi mum­kin.
Davlat buyurtmasi asosida bajariladigan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasidagi ilmiy loyihalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 martdagi 133-son qarorida davlat ilmiy ekspertizasidan o‘tkazilishi qat’iy belgilab qo‘yilgan.
Loyiha talabnomalarining ilmiy ekspertizasi tegishli sohalardagi fan yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli ilmiy-texnik kengashlar (ITK) tomonidan amalga oshiriladi.
Ekspert sifatida tegishli sohada yetarli darajada bilim va malakaga ega bo‘lgan, ekspertiza qilinayotgan ishga xolis yondosha oladigan, ilmiy darajaga ega bo‘lgan mutaxassislar jalb qili­nadi.
Ilmiy ekspertizani o‘tkazishga chet el mutaxassislari jalb etilishi mumkin.
ITK va ekspertlar o‘tkazilgan ekspertiza xulosalarining xolisligi yuzasidan shaxsan javobgardirlar.
Ilmiy ekspertiza loyihaning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyatini, uni texnik jihatdan amalga oshirish imkoniyat­lari­ni, shu jumladan moddiy-texnik bazaning yetarli ekanligi, ilmiy salo­hiyat­ning va jamoaning ilmiy natijalari mavjudligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Ilmiy ekspertiza quyidagi tamoyillarga asoslangan holda amalga oshiriladi:
  • ekspertlarning mustaqilligi;


  • ilmiy loyihani ilmiy yondashuv asosida, xolis, to‘liq va har tomonlama o‘rganish;


  • ekspertiza natijalarining asoslantirilganligi;


  • ekspertlarning chuqur bilimga egaligi, yuqori darajada professional va kasbiy mahoratga egaligi;


  • davlat, xizmat va tijorat sirlariga rioya qilgan holda ekspertiza natijalarining ochiqligi;


  • jamoat, texnika va ekologik xavfsizlikka, milliy va xalqaro standartlarga rioya qilish.


Ilmiy ekspertiza muddati Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ITKga loyiha kelib tushgan sanadan boshlab bir oydan oshmasligi kerak.


Loyiha talabnomalarining ilmiy ekspertizasi ikki bosqich­da o‘tkaziladi.
Ilmiy ekspertizaning birinchi bosqichida loyiha talab­noma­si kelib tushgan kundan boshlab uch ish kuni ichida ikkita ekspert bo‘yi­cha taklif Innovatsion rivojlanish vazirligiga kiritiladi. Vazirlik tomonidan ekspertlar ro‘yxatga olingandan so‘ng, ekspertlarga loyihalar ko‘rib chiqish va baholash uchun taqdim qilinadi.
Ekspertlarga qo‘yiladigan talablar, ularni tanlash va ekspertizaga tayinlash tartibi Innovatsion rivojlanish vazir­ligi tomonidan belgilanadi.
Ekspertlar loyiha talabnomasini 10 kundan kechiktirmay ko‘rib chiqadi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, har bir ekspert loyi­ha bo‘yicha o‘zining ekspert xulosasini beradi va uni 100 ballik shkala bo‘yicha baholaydi, bunda 0 ball — eng past ko‘rsatkich, 100 ball — eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
Agar ikkala ekspert loyiha talabnomasini 60 balldan past baholasa, loyiha talabnomasi ilmiy ekspertizadan o‘tmagan deb hisoblanadi.
Agar ekspertlarning faqat bittasi loyiha talabnomasini 60 balldan yuqori baholagan bo‘lsa, ITK uchinchi ekspert tomonidan qo‘shimcha ekspertiza tayinlaydi. Agar uchinchi ekspertning bahosi 60 balldan past bo‘lsa, loyiha talabnomasi ilmiy ekspertizadan o‘tmagan deb hisoblanadi.
Agar ikkala ekspert ham loyiha talabnomasini 60 balldan yuqori baholagan bo‘lsa, u ilmiy ekspertizaning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan hisoblanadi. Bunda agar ekspert baholaridagi farq 25 balldan yuqori bo‘lsa, ITK ekspertiza natijalarini aniqlashtirish uchun uchinchi ekspertni qo‘shimcha eks­pertiza uchun tayinlaydi.
Loyiha talabnomasining yakuniy ekspert bahosi barcha ekspert baholarining o‘rtacha arifmetik qiymati sifatida hisob­lana­di.
Ilmiy ekspertizaning birinchi bosqichidan o‘tgan loyiha talabnomalar, ekspert baholash natijalariga ko‘ra ilmiy eksper­tiza­ning ikkinchi bosqichi uchun ITKga yuboriladi.
Ekspertizadan o‘tmagan loyihalar bo‘yicha loyiha talabnomasi olingan tashkilotga (muassasaga) yozma ravishda asoslantirilgan rad etish xulosasini Innovatsion rivojlanish vazirligi taqdim qiladi.
Bunda vazirlik rad etish qaroriga loyihani ko‘rib chiqqan ekspertlarni ko‘rsatmagan holda ekspert xulosalarini ilova qi­ladi.
Har bir ilmiy tadqiqot loyihasini mustaqil ekspertlar tomo­nidan ilmiy ekspertizadan o‘tkazilganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining yarmiga teng hajmda gonorar to‘lanadi.
Xulosa qilib aytganda, tanlovda ishtirok etuvchi sub’ektlar innovatsion loyihani ishlab chiqishda, u yoki bu yangilikni joriy etish qanday foyda keltirishini, shuningdek, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxona (firma)larining samarali faoliyatining eng asosiy mezoni bo‘lib nima xizmat qilishini isbotlab berish lozim bo‘ladi.



Download 2.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling