“innovatsion iqtisodiyoT” fanining nazariy asoslari 1-mavzu. “Innovatsion iqtisodiyot” faniga kirish Reja


Download 2.56 Mb.
bet76/105
Sana20.10.2023
Hajmi2.56 Mb.
#1712868
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   105
Bog'liq
Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtiso-fayllar.org

IMsf = Stf2 – Stf1 (1)
Bu yerda, Stf1– innovatsion marketing tadbirlari o‘tkazilgungacha bo‘lgan korxonaning savdo tushumidan olgan yalpi foydasi (so‘m);
Stf2 – innovatsion marketing tadbirlari o‘tkazilgandan so‘ng korxona erishgan savdo tushumidan olingan yalpi foyda (so‘m).
Korxonaning innovatsion marketing tadbirlari natijasida savdo hajmini oshirish samarasi quyidagi formula bilan topi­ladi:
IMss = St2 – St1 (2)
Bu yerda, St1– innovatsion marketing tadbirlari o‘tkazilguncha bo‘lgan umumiy savdo tushumi;
St2– marketing tadbirlari o‘tkazilgandan so‘ng erishilgan
umumiy savdo tushumi.
1-formulada innovatsion marketing tadbirlari natijasida korxonaning foydasi qanchaga oshganligi (yoki kamayganligini), 2-formula orqali, innovatsion marketing tadbirlari natijasida korxonaning savdo tushumi qanchaga oshganligi (yoki kamay­gan­li­gi­ni) aniqlashimiz mumkin.
Innovatsion marketing tadbirlarining iqtisodiy samara­dor­li­gi quyidagicha aniqlanadi (3-formula):
IMis = IMsf / IMmx · 100 foiz (3)
Bu yerda, IMmx – innovatsion marketing tadbirlari uchun sarflangan xarajatlar.
IMsf – innovatsion marketing faoliyatida olingan foyda.


16.3. Innovatsion bozorda raqobatchilar ta’sirini kamaytirish va raqobatni bartaraf etish imkoniyatlari
Innovatsion bozorda raqobatchilar ta’sirini kamaytirish yangi mahsulotlar ishlab chiqarish, mavjudlarini modi­fi-katsi­yalash, eng asosiysi, marketing diversifikatsiyalashni tizimli yo‘l­ga qo‘y­ish asosida amalga oshiriladi.

Yangi innovatsion mahsulot mavjud mahsulotni modifikatsiya qilish yoki iste’molchi muhim deb hisoblaydigan yangiligini kiritishni nazarda tutadi. Iste’molchi yangi va takomillashgan mahsulotlarni xohlaydi va kutadi. Raqobatchilar ham ularni bunday yangiliklar bilan ta’minlash uchun maksimum harakatlarni amalga oshiradilar. Demak, innovatsion bozorda raqobatchilar ta’sirini kamaytirish uchun ishlab chiqarish bo‘yicha alohida yangi mahsulotlar yaratish dasturi bo‘lishi talab etiladi.


Korxona yangiliklarga ikki yo‘l bilan ega bo‘lishi mumkin. Birinchidan, chetdan sotib olishi yo‘li bilan, ya’ni qandaydir firmani yoki birovning tovarini ishlab chiqarish uchun patent yoki litsenziyaga ega bo‘lishi hisobiga. Ikkinchidan, o‘z harakatlari tufayli, yani o‘zida tadqiqotlar va ishlanmalar asosida yaratish orqali. Innovatsion “yangiliklar” deyilganda tovarning sifat­li­si, yaxshilangan variantlari va modifikatsiyalari, shuningdek, yangi­langan markalari nazarda tutiladi.
Mahsulot bo‘yicha yangiliklar, ya’ni yangi mahsulotlarning yaratilishi va o‘zlashtirish jarayoni differensiatsiya yoki diver­si­fi­katsiya asosida amalga oshirilishi mumkin. Innovatsion bozorda mahsulot differensiatsiyasida firmaning (korxonaning) mah­su­lot yetishtirish dasturiga mos tarkibiy o‘zgarishlar asosida yangi mah­sulot ishlab chiqarilishini tizimli tashkil etishdan iborat. Bunga, bir tomondan, iste’molchilar orasida ehtiyojlar differensiatsiyasining chuqurlashuvi, boshqa tomondan esa, huquqiy aktlar (masalan, har xil bozorlarda, ayniqsa chet el bozorlaridagi turli xil talablar)ning muhim jihatlari hisobga olinadi.
Innovatsion bozorda raqobatni kamaytirish yo‘llaridan biri sifatida ehtiyojga mos bir necha turdagi mahsulotlarni yaratish, boshqacha aytganda marketing diversifikatsiyasi ko‘rinirshida na­mo­yon bo‘ladi. Marketing diversifikatsiyasideyilganda korxo­na­ning mahsulot ishlab chiqarish va sotishning yangi buyurt­ma­chi-la-ri­ni topish va shu asosda yangi bir necha turdagi mahsulotlar yara­tish hamda sotish dasturini yangilab borish tushuniladi. Bu jara­yon quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
  • ­­­­­­korxona yangi innovatsion mahsulotning bir necha turlarini ishlab chiqarishga erishadi va bunda ishlab chiqarishning tex­no­lo­gik, sotish jihatdan eski mahsulotga bog‘liq bo‘lgan ayrim jihat­lari takomillashtiriladi hamda yangi iste’molchilar yoki bozorlar uchun mo‘ljallangan (bir necha turdagi) mahsulotlarni (ishlab chiqa­­rish va sotishni) o‘zlashtiradi (gorizontal diversifikatsiya);


  • korxona ilgaridan ishlab chiqariladigan (eski) mahsu­lot­lar­ni takomillashtirish natijasida tovarlarni (bir necha turlarini) ilga­rigi iste’molchilar va bozorlarga taklif etadi (vertikal di­ver­sifikatsiya). Bunda oldingi ishlab chiqarishda yaratilgan mahsu­lot­larni (turlari bo‘yicha) zamonaviy bozor talabiga mos­lash­tira­di (modifikatsiyalangan diversifikatsiya);


  • korxona umuman yangi bo‘lgan, texnik va bozor munosabatlari jihatidan avvalgi mahsulotlar bilan hech qanday aloqasi bo‘l­ma­gan mutlaqo yangi (iste’molchi ehtiyojiga mos bir necha turdagi) innovatsion mahsulotlarni o‘zlashtiradi (lateral diversifikatsiya).


Umuman, marketing diversifikatsiyasi korxona ishlab chiqarish dasturining maqsadli innovatsiyaga mos kengaytirilishi deb qara­li­shi, bozorda sotish xavf-xatarlarini va avvalgi bozorlar, iste’­mol­chilar yoki mahsulotlarga bog‘liqlikni kamaytirishga imkon beri­shi bilan ham xarakterlanadi. Bunday marketing diver­


sifikatsiyasida korxonalar quyidagi yangi innovatsion yo‘na­lish­lar­dan birini tanlashi zarur bo‘ladi:
  • mutlaqo yangi innovatsion mahsulotlarni (turlari bo‘yicha) ishlab chiqish (o‘z ishlanmasi yoki ishlanmaga buyurtma berish) asosida;


  • yangi mahsulotlar uchun yangi texnologiyaga hamda yangi litsenziya­ga ega bo‘lish;


  • innovatsion kooperatsiyani amalga oshirish asosida bozor tala­biga mos tovarlar (turlari bo‘yicha) ishlab chiqarish va so­tish-ni amalga oshirish (mahsulotlar almashish yoki qo‘shma korxona tash­kil etish).


Innovatsion marketing faoliyatida yangi tovarlarni ishlab chiqish – bu, bozorda muvaffaqiyatga erishishning muhim garovi bo‘lib uning yordamida korxona yuqori natijaga erishishi, yangi bozorni shakllantirish, raqobatchilardan o‘zib ketish hamda o‘z daromadlarini oshirish imkoniyatlarini yaratadi.


U yoki bu tovarlarining bozor uchun yangiligini, innovatsion bozorga mos ekanligi mezonlar tizimi asosida aniqlash mumkin. Bunda nafaqat iste’molchi ehtiyojlarni qondiradigan yangi tovarlar (deltoplan, vindserfing), shuningdek, raqobatchi tovarga nisbatan yangi narxida ham raqobatbardoshlik hisobga olinadi.
Innovatsion bozorda raqobatchilar ta’sirini kamaytirish juda muhim hisoblanadi.Bunda,korxona innovatsion mahsulot ishlab chiqarishiga nisbatan yangiliklar kiritishning ichki va tashqi sabablarini alohida ajratib ko‘rsatish maqsadga muvo­fiqdir. Yangilik kiritishning ichki sabablari quyi­da­gi­la­r­dan iborat bo‘ladi:
  • korxona jadal o‘sishini ta’minlash zaruriyati;


  • foydani yuqori darajasini saqlab turish;


  • raqobatli vaziyatlarni kuchaytirish va raqobatbardosh mah­su­lot ishlab chiqarish;


  • ba’zi xatarli faoliyat sohalarini bartaraf etish.


Tashqi sabablar odatda quyidagilardan kelib chiqadi:


  • sotish bozorlarining tobora to‘yinib borishiga erishish;


  • bozor talabiga mos tarkibiy o‘zgarishlarni (differensi­atsiya­ni) amalga oshirish;


  • kon’yunktura va mavsumiy tebranishlarni tekislanishi (me’­yor­lanishini) ta’minlash va boshqalardan iborat.


Innovatsion bozorda boshqa raqobatchilarni bartaraf etish imkoniyatini yaratadigan yangi innovatsion tovarni ishlab chiqarish jarayoni quyidagi to‘rt bosqichni o‘z ichiga oladi:


1) yangi tovar (xizmat)lar yaratish g‘oyalarini izlash va tanlash;
2) yangi tovar konsepsiyasini shakllantirish va aniqlash;
3) yangi tovarni ishlab chiqarish;
4) yangi tovarni bozorga chiqarish va ularga servis xizmat ko‘r­satish.
Innovatsion bozorda yangi tovarlarni, g‘oyalarni izlash va tanlash jarayonida ehtiyojlar rivojlanishi, iste’molchilarning xatti - harakatlari va xohish-istaklari, inson hayot faoliyati istiqbolli sohalarining rivojlanishiga alohida ahamiyat beri­la­di (dam olish, axborotlashtirish, avtomatlashtirish, shahar tashqa­risi­dagi qurilish va h.k). Yangi g‘oyalarni manbalari sifatida xodimlar, taqsimot kanallari, raqobatchilar va boshqalar bo‘lishi mum­kin. Ular bozorga mo‘ljallangan bo‘ladi va ular orasidan iste’molchilarning xohish - istaklari va ehtiyojlariga asoslangan imkoniyatlarni aniqlaydilar, so‘ngra bu istaklarni qondirishga ilmiy tadqiqotlar yo‘naltiriladi. Laboratoriyaga mo‘ljallangan manba­lar fundamental tadqiqotlar asosida imkoniyatlarni aniq-lay­di. Bu tadqiqotlar yangi bilimlarga ega bo‘lishga mo‘ljallanadi va yangi tovarlar g‘oyalarining tug‘ilishiga bilvosita sabab bo‘ladi.
Yangi g‘oyalarni generatsiya qilishda “miya hujumlari” usulidan foydalanadi. Bozorni chuqur tahlil qilgan ko‘pgina mutaxas-sislarning fikriga ko‘ra, bunday g‘oyalarni yaratuvchilar o‘ziga xos xarakter va xususiyatga ega bo‘lib, ular yangi g‘oyalarni generatsiya qilish uchun kengroq dunyoqarashga ega bo‘lishlari hamda ular qanch­a­lik g‘ayrioddiy bo‘lishidan qat’i nazar, ularni tanqid qilmaslik ke­rak­ligi aytiladi.

Download 2.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling