Innovatsion rivojlanishni tashkiliy shakillari


Download 1.62 Mb.
bet9/10
Sana24.03.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1294023
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Odilov Inomjon 323

Xulosa va takliflar
Men ushbu kurs ishini qilish davomida shunga amin bo’ldimki, bozor iqtisodiyoti sharoitida tarmoq yoki sohalarda faolyat olib boradigan har qanday kompaniya yoki korxona doimiy ravishda bozorda o’z faolyatini olib borishi uchun o’sha kompaniya tarmoqni muntazam analizlar olib borishlari va shunga asosan inovatsiyalarni faolyatiga tatbiq qilishi kerak bo’ladi. Bundan tashqari, hozirgi kunda talab va taklif o’rtasidagi muvazanatni o’zgarishi, xaridorlarni turi, qiziqishi ham o’zgarib bormoqda. Ish oxirida shuni ta'kidlash kerakki, innovatsion rejalashtirish - bu yakuniy natijalarga yo'naltirilgan maqsadlarni tanlash (foydali o'sish, mahsulot assortimentini kengaytirish, yangi bozorlarga chiqish), resurslarni taqsimlash va innovatsion muammolarni hal qilish muddatlarini aniqlash. Innovatsiyalarni ishlab chiqish va tarqatish. Innovatsiyalarni rejalashtirishda ilmiy-texnik sohalar, ilmiy-texnikaviy muammolar, mavzular va kichik mavzular ajratiladi.
Ilmiy-texnik yo‘nalish fundamental tadqiqotlardan tortib innovatsiyalarni ishlab chiqish va tarqatishgacha bo‘lgan barcha bosqich va bosqichlarni qamrab oladi. U fan va ishlab chiqarishning turdosh tarmoqlari sa’y-harakatlari bilan rivojlantirilmoqda. Ilmiy-texnik muammo ilmiy-texnikaviy tashkilotlar tomonidan hal qilinadigan vazifalarni o'z ichiga olgan ilmiy-texnik yo'nalishning bir qismi va ishlab chiqarish korxonalari bir xil sanoatning (firmalari, kompaniyalari). Mavzu ilmiy-texnikaviy muammoning bir qismi bo'lib, bir tashkilot miqyosida (bir yil yoki bir necha yil ichida) ishlab chiqiladi
Innovatsiyalarni rejalashtirish bir qator tamoyillar asosida amalga oshiriladi. Innovatsiyalarni rejalashtirishning istiqbolli xususiyatini ta'minlash muhim tamoyil hisoblanadi. Rejalashtirish tizimi prognozlarga asoslanib, uzoq muddatli, o'rta muddatli va yillik rejalarni o'z ichiga olgan holda bu tamoyilga rioya qilinadi. Eng muhim tamoyillarga rejalashtirishning dastur-maqsadli tamoyili kiradi. Ushbu tamoyilga rioya qilish, ayniqsa, yakuniy natijalar ko'p jihatdan tarmoq ichidagi munosabatlarning murakkabligi va o'zaro bog'liqligiga bog'liq bo'lgan yirik ilmiy-texnik muammolar va innovatsion loyihalarni ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega.

Shularni hisobga olgan holda,’’Exclusive Milk” korxonasi o’z faolyatini takomillashtirishi va uni iloji boricha yangi bozor kanallarini izlashi,va o’zining mahsulotini tezroq realizatsiya qilishga urinishi kerak bo’ladi. Buning uchun korxona o’z oldiga strategik rejalarni hamda inovatsion faolyatni ishlab chiqishi zarur bo’ladi.


Men kurs ishim davomida “Exclusive Milk”korxonasi uchun bir qancha inovatsion strategiyalarni ishlab va ularni takomilashtirish yo’llarini aniqladim. Inovatsion rejalarni tuzishdan asosiy maqsad korxonani kelgusi faolyatlariga salbiy ta’sir ko’rsatadigan omillarni aniqlab,korxonaning bozordagi ulushini saqlash va uni kengaytirish hisoblanadi.
”Exclusive Milk”korxonasining asosiy faolyatdan oladigan daromadlari bu sut mahsulotlari hisoblanadi. Korxona faolyatini strategik taxlili o’tkazilayotganda,birinchi navbatda korxona ishlab chiqarayotgan sut mahsulotlarini o’rganish va ularni diversifikatsiyalash,ya’ni kelajakda yuqori talabga ega bo’lgan mahsulotlarni aniqlab olishdan iborat bo’ladi. Biz shu kabi masalalarni hal qilish uchun, inovatsion menenjment va boshqa fanlardan o’rgangan nazariy bilimlarimizni qo’llemiz. Bular Maykl Porterning “besh kuchi”, ”PEST”,”SWOT”, ”Matritsa BCG”, ”Matritsa Mackensiy“, ”Oyinlar nazariyasi” va boshqa tahlil usullaridan foydalanib,korxonani kelgusidagi muvafaqiyat omillarini belgilovchi inovatsion rejalarini tuzamiz.Yana bir korxona faolyati yoki kelajagi uchun xavf soladigan xatarlardan biri bu raqobat hisoblanadi.Ayni vaqtda raqobatni ta’siri biron bir tarmoq yoki sohada faolyat olib borayatgan korxona yoki kompaniyaga turlicha ta’sir o’tkazishi mumkin.Masalan,o’sha tarmoq yoki sohaning jozibadorligi,ya’ni o’sha tarmoqda faolyat olib borish korxonalrga yirik ishlab chiqarishni,ishlab chiqariladigan tovarga bo’lgan talabni yuqoriligi ta’minlaydi va shular orqali korxona ko’p daromad olishlari mumkin bo’ladi.Ayna shu hollarda,o’sha tarmoqga kirishga bo’lgan ehtiyojlar korxonalar tomonidan ortib boradi. Bozordagi mavjud o’rni bosuvchi tovarlarni mavjudligi,raqobatchilar soni,bozorni o’sish surati,raqobatchilar tomonidan ishlab chiqilgan mahsulotlar soni ko’pligi,narx belgilash erinligi kiradi.Biz ushbu parametrlarga asoslangan holda,korxonaning qanday holatda ekanligini bilish uchun ularga ekspert tavsiya etgan ballar bilan baxolab chiqdik.Baxolash categoriyasi 3 qismdan iborat bo’lib,1 dan 3 ballgacha yuqorida keltirilgan parametrlarimiz baxolanadi va yakunda qo’yilgan umumiy ballarni hisoblab,korxona tarmoqda qanday holatdaligini va uning holatidan kelib chiqib inovatsion rejalarni tuzamiz.Birinchi parametrni korxonaning mavuj bozordagi holatidan kelib chiqib,mahsulotlarimizni bozorda ularga bo’lgan o’rni bosuvchi tovarlarni yuzga keltiradigan xavf darajasi o’rtaacha deb qabul qildik.Shu tufayli tarmoqda faolyat olib borishga bo’lgan talab,ishlab chiqarilayatgan mahsulotlarni sifatini,qo’shimcha qulayliklar yaratilishini hamda narxlarni arzonlashtirishni talab etadi.Buning natijasida korxona bozordagi o’z ornini saqlab qolishi uchun qilinadigan vazifalarni keskin oshirishni talab etadi...Bunday masalarni keng ko’lamda hal qilish uchun korxona ijobiy natija keltiradigan omillarni anishlashi lozim bo’ladi.
PEST analizda biz korxonana uchun mavjub yoki potensial risklarni keltirib chiqaradigan 5 ta faktorlarni ko’rib ularni korxona faolyatini belgilab beradigan strategik taxlilar o’tkazib,korxona yo’nalishlarini belgilab oldik.PEST analizida birinchi o’tkazadigan taxlillarimiz davlat va xalqaro darajada bo’ladigan siyosiy omillarni ko’rib chiqdik.Siyosiy omillarga soliqlar oshishi,davlatni tashqi siyosati va davlat tomonidan qo’yiladigan majburyatlarni oshishi kiradi.Biz PEST taxlili orqali “Exclusive Milk”korxonasi uchun strategik taxlilini o’tkazyatganimizda,siyosiy omillarni eksport baxolash tizimi orqali 5 balgacha baholadik va ularni o’rtachasini topdik.Topilgan ko’rsatgichlarga asoslanib,siyosiy faktorlar qay darajada korxonaga ta’sir o’tkazishini aniqladik.

Exclusive Milk” korxonasini strategik tahlillarini rivojlantirish takliflari:



  1. Hozirgi kunda oziq-ovqat sanoatida ishlab chiqarish xajmini oshirish uchun talab darajasi ortib bormoqda. Ushbu omilni hisobga olib, o’tgazgan tahlillarga asosan “Exclusive Milk” korxonasini inovatsiyalarni takomillashtirish yo’li bu yangi-texnalogiyalarni,ya’ni asbob-uskunalarnmodernizatsiya qilish kerak bo’ladi.Agar bozorda korxona mahsulotlariga o’xshagan tovarlar bo’lsa,”Exclusive Milk”korxonasi uchun bozorda raqobat ustunligini ta’minlaydigan omillar bu,korxona mahsulot sifatini oshirish,uni bozorda noyob xususiyatlarini oshirish va marketing tadbirlarini o’tkazish kerak bo’ladi.

  2. Hozirgi va kelgusidagi bozorni kengayishi juda tez suratlarda o’sib bormoqda .Shunga biz bozorni kengashini yuqori darajada deb hisobladik.Shuning uchun bozorni kengayishini hisobga olib,ishlab chiqarish hajmini va mahsulotlarni diversifikatsiyalsh zarur bo’ladi.

  3. Agar raqobatchilar,narxlarni pasaytirish siyosatini qo’llasa,korxona uchun optimal strategiya bu mahsulotni sifatini oshirish natijasida,ularni noyobligini ta’minlash kerak bo’ladi.

Bozorda korxona mahsulotlariga o’xshash tovarlarini ko’payib ketsa, “Exclusive Milk” korxonasi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish,ya’ni mahsulot assortimentini ko’paytirish,ishlab chiqarish samaradorligiga erishib,mahsulot tannarxini kamaytirish hisoblanadi. Bundan tashqari mahsulotning o'ziga xosligini yaxshilash va ularni takomillashtirish.


Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling