Innovatsion tadbirkorlik


Download 150.4 Kb.
bet3/6
Sana22.03.2023
Hajmi150.4 Kb.
#1287032
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
INNOVATSION TADBIRKORLIK

1-qoida. Yangilikka bo‘lgan ehtiyoj qanchalik katta bo‘lsa, tashkilot yangilikning boshlang‘ich bosqichi va joriy etilish bosqichi uchun har xil tuzilmalardan shunchalik ko‘proq foydalanishi kerak. Tashkilotning ehtiyoji qanchalik katta bo‘lsa, tezlik bilan chora ko‘rish zaruratining ehtimolligi shunchalik katta bo‘ladi. Masalan, so‘nggi paytlarda neft yetishmasligi oqibatlarida ko‘pchilik neft kompaniyalarida, imkoni bo‘lsa, o‘zlari chiqarayotgan mahsulotlar uchun neft o‘rnini bosuvchi mahsulot yaratish juda zarur bo‘lib qoldi: bunday o‘rinbosar mahsulotlarni juda tezlik bilan yaratish kerak edi. Yangilik kiritishning boshlang‘ich bosqichida uncha markazlashmagan va norasmiy tuzilmadan foydalanish yangiliklarni aniqlash uchun zarur bo‘lgan axborotni to‘plash va unga ishlov berishda ko‘maklashishi mumkin. Neft o‘rnini bosuvchi bunday mahsulotlarni joriy etish yoki ishlab chiqarish jarayonini yangilash uchun zarur yangiliklar aniqlanganidan keyin ancha markazlashgan va rasmiylashgan tuzilmadan foydalanish mumkin bo‘ladi. Joriy etishning ushbu ancha markazlashgan bosqichi, aftidan, xodimlar yangiliklardan qanday foydalanishlari kerakligi borasida mavjud bo‘lgan noaniqliklarni kamaytiradi.
2-qoida. Innovatsiya vaziyati bilan bog‘liq noaniqlik qanchalik ko‘p bo‘lsa, tashkilot yangilikning boshlang‘ich bosqichi va joriy etilish bosqichi uchun har xil tuzilmalardan shunchalik ko‘proq foydalanishi kerak. Boshlang‘ich bosqich xususidagi noaniqlik katta bo‘lganda u yangilikning boshlang‘ich va joriy etilish bosqichiga muhim ta’sir ko‘rsatadi. Innovatsiya vaziyati xususidagi noaniqlik katta bo‘lganida axborotga bo‘lgan ehtiyoj yangilikning boshlanish davrida katta bo‘ladi. Tashkilot ancha moslashuvchan (past darajadagi markazlashuv va formallashuv) tashkiliy tuzilmaga, shuningdek ancha ko‘p axborot kiritish imkoniyatiga ega bo‘lishi, ya’ni yangiliklarni qo‘llashning yangi sohalarini aniqlash uchun zarur bo‘lgan axborotni berishi uchun ancha murakkab bo‘lishi lozim. Juda qat’iy qoidalar va tartiblar yangi axborot manbalari beruvchi muhitni skanirlashga xalal beradi.
Innovatsiya jarayonida tashqi muhitni skanirlash juda katta o‘rin tutadi. Har xil tadqiqotlarda yangiliklar g‘oyalarining manbalari tashkilot doirasidan tashqarida bo‘lishi ko‘rsatilgan. Yangiliklar uchun g‘oyalarning asosiy manbalarini texnikaviy omillar (ITTKI bo‘linmalarining ishidan foydalanishga intilish) emas, balki marketing omillari (xaridorlarning talabi, raqobatchilarning bosimi) tashkil qiladi. Shunday qilib, innovatsiya jarayoni boshlanishi uchun tashkilot muhitni skanirlashi kerak. Biroq yangilikni joriy etish bosqichida ancha aniq, maxsus qoidalar va tartiblar bo‘lishi va yangilikni joriy etish uchun strategiya ishlab chiqishda ularga rioya etish zarur. Joriy etishga xos bo‘lgan bunday kamaytirilgan noaniqlik katta ahamiyatga ega.

Download 150.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling