Innovatsion tadbirkorlik
Download 150.4 Kb.
|
INNOVATSION TADBIRKORLIK
1-rasm. Yevropa sovutgichlar bozorida ishlab chiqaruvchilarning ulushi
Shunday qilib, raqobatbardoshlikni belgilovchi innovatsiyalarni sifatni ko‘tarish, narxni tushirish, assortimentni kengaytirish, dizaynni yaxshilash, savdo markasining oddiyligi va mashhurligini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan yangiliklar tashkil qiladi. 2 Ishlab chiqarish hajmi hamda ishlab chiqarish va sotish muomalasining xarajatlariga ta’sir qiladigan innovatsiya turlari, ta’sir ko‘rsatish mexanizmi ishlab chiqarish hajmi hamda ishlab chiqarish va sotish muomalasining xarajatlariga ta’sir qiladigan innovatsiyalar o‘zaro ko‘pchilik ko‘rsatkichlari bo‘yicha farq qiladi. Ularning har xil turlari ishlab chiqilish, amalga oshirilish va tarqatish xususiyatlariga ega, boshqaruvga o‘ziga xos yondashuvlarni, innovatsion faoliyatning tegishli tuzilmalarini, uning metodlari va uslublarini talab qiladi. Innovatsiyalar tipologiyasi innovatsion menejment nazariyasini rivojlantirish uchun ham, innovatsiyalarni boshqarish amaliyoti uchun ham muhimdir. Ishlab chiqarish hajmi hamda ishlab chiqarish va sotish muomalasining xarajatlariga ta’sir qiladigan innovatsiyalarni tasniflash mezonlariga ko‘ra ularning quyidagi tiplari (sinflari, turlari) ajratiladi:
Innovatsion menejment bo‘yicha ko‘pchilik mutaxassislar har xil tiplardagi innovatsiyalar dinamikasi, ketma-ketligi, amalga oshirish tezligining muayyan qonuniyatlarini ta’kidlaydilar. Bazisli innovatsiya (ba’zan u keskin innovatsiya deb ham ataladi) — ilmiy kashfiyotga yoki yirik ixtiroga asoslangan hamda butunlay yangi mahsulot va xizmatlar, yangi avlod texnologiyalarini o‘zlashtirishga qaratilgan yangilik. Yaxshilovchi innovatsiya (o‘sish innovatsiyasi deb ham yuritiladi) — ishlab chiqariladigan mahsulotlar va foydalaniladigan texnologiyalar parametrlarini yaxshilashga, mahsulot va texnologik jarayonlarni takomillashtirishga qaratilgan yangilik. Bazisli va yaxshilovchi innovatsiyalar dinamikasini tadqiq etish va hisobga olish innovatsiyalarni boshqarish uchun nihoyatda muhimdir. Bazisli innovatsiyalarni amalga oshirishda tashkilotlarning uyushmalari, birlashmalarini tuzish jiddiy rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Bir qancha tashkilotlarning birlashmasi ularning kuchini har xil tashkilotlar bazisli innovatsiyalarning turli tarkibiy qismlari va kichik tizimlarini rivojlantiradigan qilib taqsimlash imkonini beradi. Har xil tashkilotlarning birlashmalari yaxshilovchi innovatsiyalarni amalga oshirishga bazisli innovatsiyalarga qaraganda ancha kam ta’sir ko‘rsatadi, chunki yaxshilovchi innovatsiyalar ancha mustaqil bo‘lib, bazislisiga qaraganda komplekslilik darajasi kamroqdir. Tashkilotda bazisli va yaxshilovchi innovatsiyalar dinamikasi ushbu tashkilotning tarmoq tuzilishida egallagan o‘rni, undagi roliga juda bog‘liqdir. Odatda, tarmoqdagi yetakchilar o‘zlarining maqomini saqlab qolishga, tarmoq muhitining turbulentligini kamaytirishga harakat qilib, asosan yaxshilovchi innovatsiyalarni amalga oshiradilar. Ayni vaqtda tarmoqdagi yangi ishtirokchilar va autsayderlar tarmoqda qaror topgan kuchlar nisbatini buzishga, tarmoq muhitining turbulentligini oshirishga urinib, ko‘pincha bazisli innovatsiyalarning tashabbuskori bo‘lib chiqadilar. Bazisli (keskin) va yaxshilovchi (o‘stiruvchi) innovatsiyalar dinamikasiga tarmoq hayotiy sikli bosqichi ham jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Yosh tarmoqlarda, ya’ni tarmoqdagi hayotiy siklning ilk bosqichlarida bazisli (keskin) innovatsiyalar ustunlik qiladi. Keyingi bosqichlarda, ya’ni eski tarmoqlarda asosiy ko‘pchilikni yaxshilovchi (o‘stiruvchi) innovatsiyalar tashkil etadi. Ishlab chiqarish innovatsiyalari yangi mahsulotlar, xizmatlar yoki ishlab chiqarish texnologiyalarida o‘z ifodasini topadi, ya’ni ular yangi bilimning yangi mahsulot va xizmatlarda amalga oshishi yoki ishlab chiqarish jarayoniga yangi elementlarning joriy etilishidir. Boshqacha aytganda, ishlab chiqarish innovatsiyalari dastlabki ishlab chiqarish faoliyatida amalga oshadigan innovatsiyalardir. Boshqaruv innovatsiyalari — yangi boshqaruv texnologiyalarida, yangi ma’muriy jarayonlar va tashkiliy tuzilmalarda o‘z ifodasini topgan yangi bilim. Ular, masalan, ishni tashkil qilishning, vazifalarni strukturalashtirishning, reusurslarni taqsimlash, mukofot belgilash kabilarning yangi usullarini joriy etish bo‘lishi mumkin. Boshqacha aytganda, boshqaruv innovatsiyalarini amalga oshirish sohasi xo‘jalik yurituvchi subyektning menejmentidir. Tabiiyki, boshqaruv innovatsiyalari dastlabki ishlab chiqarish faoliyati bilan bevosita bo‘lmasa-da, bilvosita bog‘liq. Innovatsion menejment sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi mutaxassislar ishlab chiqarish va boshqaruv innovatsiyalarini amalga oshirish dinamikasi va ketma-ketligida bir qator qonuniyatlarni ko‘rsatadilar. Ishlab chiqarish innovatsiyalarini amalga oshirish sur’atlari boshqaruv innovatsiyalarinikiga qaraganda yuqoriroqdir. Boshqaruv innovatsiyalari ishlab chiqarish innovatsiyalaridan biroz orqada qoladi. Innovatsiyalarning ushbu ikki turini amalga oshirish o‘rtasida yuzaga keladigan va ishlab chiqarish innovatsiyalarini amalga oshirishning boshqaruv innovatsiyalariga nisbatan yuqoriroq sur’atlari, boshqaruv innovatsiyalarining kechikishi bilan bog‘liq uzilish innovatsion menejmentda «tashkiliy» nomini olgan. Bu tushuncha ko‘pincha ishlab chiqarish innovatsiyalarining amalga oshirilishi eski boshqaruv tuzilmalari va metodlari amal qilayotgan, ya’ni avvalgi ishlab chiqarish texnologiyalari yuzaga kelgan sharoitlarda yuz berishini aks ettiradi. Bunday vaziyat innovatsion faoliyat samaradorligiga ham, tashkilot faoliyatining umumiy samaradorligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. «Mahsulot beruvchi innovatsiya» bozordagi muayyan ehtiyojni qondirish maqsadida yangi mahsulot olish yoki xizmat ko‘rsatishni qamrab oladi. «Jarayon bilan bog‘liq innovatsiya» ishlab chiqarish, boshqaruv, tashkil etish, marketing va boshqa jarayonlarga kiritilgan yangi elementlarni bildiradi. Mahsulot beruvchi innovatsiyalar bozorga yo‘naltirilgan bo‘lib, ular asosan iste’molchining hukmiga bo‘ysunadi, ayni vaqtda jarayon bilan bog‘liq innovatsiyalar asosan ichki omillar bilan bog‘liq bo‘lib, asosan samaradorlik mulohazalaridan kelib chiqadi. Innovatsion menejmentga oid jahon adabiyotida eng ko‘p keltiriladigan mahsulot beruvchi va jarayon bilan bog‘liq innovatsiyalar dinamikasi modellaridan biri — mahsulot beruvchi sikl modelidir. Uni ko‘pincha «Ishlab chiqarish innovatsiyalarining modellari» asarida birinchi marta tuzgan tadqiqotchilarning familiyalari bo‘yicha Abernasi–Atterbek modeli deb ataydilar. Bu model muayyan mahsulotlar sifati rivojlanishining asosiy bosqichlari davomida tarmoq darajasida mahsulot beruvchi va jarayon bilan bog‘liq innovatsiyalar sur’atlarining o‘zgarishini tavsiflaydi. Ushbu modelga ko‘ra, mahsulot beruvchi sinf rivojlanishining uch bosqichi (fazasi) ajratiladi. Birinchi bosqichda (u harakatchan bosqich deb ataladi) mahsulot beruvchi innovatsiyalar jarayon bilan bog‘liq innovatsiyalar sur’atiga qaraganda yuqoriroq bo‘ladi. Bu esa yangi turkum mahsulotlar paydo bo‘lishi bozorda ushbu turkum mahsulotlarning xilma-xil turlari paydo bo‘lishi bilan birga kechishini bildiradi. Mahsulot beruvchi innovatsiyalar «yomg‘iri» hukmron dizayn paydo bo‘lishi bilan tugaydi. Shunday qilib, yangi turkum mahsulotlar rivojlanishining birinchi davrida ushbu turkum ichidan oxirgi iste’molchining ehtiyojlarini eng yaxshi qondiradigan mahsulot qidiriladi. Xulosa Mahsulot beruvchi turkum rivojlanishining ikkinchi — oraliq bosqichida mahsulot beruvchi innovatsiyalar sur’ati pasayadi, jarayon bilan bog‘liq innovatsiyalar sur’ati esa mahsulot beruvchi innovatsiyalar sur’atidan ortadigan darajada kuchayadi. Bu bosqichda hukmron dizayn paydo bo‘lishi natijasida mahsulotlar xilma-xilligi kamayadi, innovatsion faoliyat esa standart mahsulot ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishga qaratiladi. Va, nihoyat, mahsulot beruvchi sinf rivojlanishining uchinchi — u muayyan, aniq faza deb ataladi — bosqichida ikkala turdagi (mahsulot beruvchi va jarayon bilan bog‘liq) innovatsiyalarning sur’atlari pasayadi va ularning dinamikasi ancha muvozanatlashgan xususiyatga ega bo‘ladi. Shunday qilib, innovatsiya deganda, yangi texnologiyalar, mahsulot va xizmat turlari, ishlab chiqarish, moliyaviy, tijorat, ma’muriy yoki boshqa turdagi tashkiliy-texnikaviy va ijtimoiy-iqtisodiy yechimlar ko‘rinishidagi yangiliklarni foyda olgan holda qo‘llash tushuniladi. Innovatsiyalarning har xil ta’riflarini tahlil qilish innovatsiyaning o‘ziga xos mazmunini o‘zgarishlar, innovatsion faoliyatning asosiy funksiyasini esa o‘zgarish funksiyasi tashkil qilishi haqidagi xulosaga olib keladi. Masalan, avstriyalik olim I. Shumpeter beshta tipik o‘zgarishni ajratgan. Bunda raqobatbardoshlikni belgilovchi innovatsiyalarni sifatni oshirish, narxni pasaytirish, assortimentni kengaytirish, dizaynni yaxshilash hamda savdo markasining oddiyligi va mashhurligini ta’minlash tashkil qiladi. Download 150.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling