Masofali muloqotda makon va zamonga ko‘ra kommunikantlar
o‘rtasida m a’lum bir masofa bo‘ladi. Muloqotning
bu turiga telefon
orqali gaplashishni kiritish mumkin. Odatda telefon qilgan kishi kim
boiishidan qat’i nazar, birinchi bo‘lib
salom berishi, so‘ngra o !zini
tanitishi, maqsadini lo‘nda va aniq bayon qilishi kerak. Videotelefonda
gaplashganda esa yoshi va mavqei kichikroq odam birinchi bo‘lib
salom beradi. Uzundan-uzoq salomlashish,
apparatni uzoq vaqt band
qilish odobdan emas.
Salom berish vaziyat bilan bevosita bog‘liq ekan, salomlashish
mumkin bo'lmagan joylar xususida o‘tmish
allomalarimizdan biri
Muhammad Sodiq Koshg‘ariyning “Odob as-salohin” (“Yaxshi kishilar
odobi”) kitobida shunday deyiladi:
.. o‘n bir joyda salombermangki,
makruhdur va javob lozim emas.
Avval hojatdagi kishiga.
Ikkinchi,
xotunig'a mubosharat qilg on kishiga.
Uchinchi, kishi uxlog‘on
vaqtida.
To ‘rtinchi, hammomda junub (yuvinmagan)ga.
Beshinchidan,
taom yeb turg‘on kishiga, agar taom og‘zida bo'lmasa, salom joiz va
lozimdur.
Ottinchi, xatib (imom)g‘a xutba o'qug'on vaqtda.
yettinchi,
muazzinga azon va iqomat aytib turg‘on vaqtda.
Sakkizinchi, namoz
o'qub turg‘on kishiga.
To ‘qqizinchi, Qur’on o ‘qib turg‘on kishiga.
Do'stlaringiz bilan baham: