Innovatsiya-ziyo


O'ninchi, duo o‘qib turg‘on kishiga. O'n birinchi


Download 3.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/101
Sana19.11.2023
Hajmi3.84 Mb.
#1786423
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   101
Bog'liq
nutq madaniyati. raupova l

O'ninchi, duo o‘qib turg‘on kishiga. O'n birinchi, muhrum (hajga 
ehrom kiyuvchi) talmih etib turg‘on holda.
Yuzma-yuz muloqot so'zlovchidan ham ko‘ra tinglovchiga 
ko‘proq n a f keltiradi. Bu boradagi tadqiqot natijalariga qaraganda, kishi 
fikrini sim (telefon) orqali bayon etganda suhbatdoshi u aytmoqchi 
boigan fikming nari borsa 55 % ini, yuzma-yuz suhbatlashganlarida 
esa 80 %, hatto 95 % ini o'zlashtirar ekan. Buning asosiy sababi 
shundaki, har bir insonning o ‘z biologik maydoni mavjud bo‘lib, shu 
maydon ichida uning fikrini uqish ancha oson kechadi,
Shu boisdan bo‘lsa kerak, odamlar hamisha o ‘zlari yoqtirgan, 
didlariga m a’qul keladigan kishilar bilan diydorlashishga, yuzma-yuz 
muloqot qilishga intiladilar. Jumladan, odamlar el nazariga tushgan 
shoir va yozuvchilar, hofiz va xonandalami radio orqali eshitgan, hatto 
siymolarini oynayi jahon orqali bir necha marta ko‘rgan bo‘lishlariga 
qaramay, o'zlarida “tirik shoir”, “tirik hofiz”ni ko‘rish istagini his etib 
yashaydilar. Chunki yuqorida ta ’kidlab o‘tganimizdek, diydor 
jarayonida - vaziyatida odamlar bu iste’dod egalari bilan hamnafaslik 
(bir biologik maydon ichida boiish), o‘zlarini ko‘rish orqali ular 
haqidagi tasawurlarini kengaytirish imkoniga ega boladilar.
118


Kishi nutqiy muloqotga kirishar ekan, bu muloqot qaysi jamiyatda 
voqelanishini bilishi zarur. Zero, har bir jamiyatning nutq shtamplari, 
muloqot doirasi va mavzusi, leksikasi o‘ziga xos. Bunda nutq vaziyati 
nutq sharoiti bilan kesishadi va nafaqat jamiyat, balki ayni bir 
jamiyatning turli tarixiy davrlaridagi ijtimoiy, milliy, etik, estetik 
me’yor va qoidalari ham ahamiyatli. Shu nuqtayi nazardan “0 ‘tgan 
kunlar” asarida barchaning suyukli qahramoni bo‘lgan Otabekning ikki 
o‘ta ziddiyatli holatida hozirgi kitobxon uchun unchalik tushunarli 
bo'lmagan nutqi xususiyatlari tahlili ustida to'xtalamiz. Birinchisi, 
Otabekning Homid bilan hayot-mamot kurashi (pichoqlashishi) 
holatida:

Download 3.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling