Innovatsiya-ziyo


Homid qo ‘lini bo ‘shatishka urinar ekan, Otabek salmoqqina qilib


Download 3.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/101
Sana19.11.2023
Hajmi3.84 Mb.
#1786423
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   101
Bog'liq
nutq madaniyati. raupova l

Homid qo ‘lini bo ‘shatishka urinar ekan, Otabek salmoqqina qilib 
dedi:
- Ortiqcha oshiqmangiz, Homidboy, men sizning xanjarlik 
qo'lingizni b o ‘shataman hozir, ammo shungacha siz bilan ikki og'iz 
s o 'zim bor!
Homid hanuz qo ‘lini bo ‘shatishga kuchanar edi.
- Kuchanmangiz, Homidboy!
- M ardyigit bo ‘Isang, qo 'limni qo ‘y!
- Oshiqma, qo ‘yaman! - dedi Otabek.
Xanjarli qo ‘li bilan tuynukka ishorat qilib, Otabek so 'z boshladi.
- Siz mendan ham yaxshiroq bilasizki, shu uyda sizni allaqancha 
mashaqqatlarga solgan, cheksiz jonivorliqlar ishlatkan va hisobsiz 
tillalar to ‘kdirgan, nihoyat shu daqiqaga keltirib to'xtatgan birov 
uxlaydir. Agarda sizning mening tilimdan yozib bergan taloq xatingiz 
durust hisoblanmasa, bu uxlag 'uvchi mening halol rafiqam b o ‘lib, ikki 
yildan beri men ham uning ко 'yida sargardonman. Demak, siz bilan 
mening oramizda shu birov uchun kurash boradir. Lekin siz shu 
choqqacha mening ustimdan muvqffaqiyat qozonib keldingiz: qora 
choponchi, deb dor ostlarigacha olib bordingiz, Musulmonqul qo ‘liga 
topshirdingiz, bu ishlaringiz foydasiz chiqqach, ismimdan taloqnoma 
yozib, ikki yillab rafiqamdan ayirib turishga muvaffaq boHdingiz... 
Endi menga javob beringiz-chi: bu yomonliklaringizda siz haqlimi 
edingiz?
- Haqli edim! — dedi Homid va siltab xanjarli qo ‘lini bo ‘shatib 
chalqancha yiqildi...
Izzat-hurmatli, madaniyatli, tarbiyali, kitobxonga har tomonlama 
ibrat bo‘la oladigan xonadon farzandi bolm ish Otabek ijtimoiy tabaqa
119


(beklik) jihatidan o‘zidan o ‘nlab pog'ona pastda bo'lmish Homidni 
sizlaydi. Homid unga juda qo‘pol munosabatda bo‘lsa liamki, u keyingi 
murojaat shaklida ham Homidni sizlashni kanda qilmaydi. Nega?.... 
Javob juda sodda. Otabek - izzat-hurmatli, tarbiyali xonadon farzandi 
bo‘lish bilan birga, o‘z qadr-qimmatini biladigan, g‘ururini himoya qila 
oladigan, har qanday sharoitda ham g‘umrining poymol bo‘lishiga yo‘l 
qo‘ymaydigan, yuksak madaniyatli inson. Birovni sensirash uning zotiy 
tabiatiga xilof. Shuning uchun u o‘z ashaddiy dushmaniga ham sizlab 
murojaat qiladi.
Ikkinchi holat: Kumush o ‘layotgan paytda uning Zaynabga aytgan 
so'zlarini esga olaylik. Yuqorida ko‘rsatganimizdek, muloqotda oliy 
madaniyat sohibi bo'lgan Otabekning nutqiy xulqida hozirgi 
kitobxonni hayratlantiruvchi bir lavha mavjud. Bu ham b o isa 
Kumushbibi halokat jarayonida bo‘lganida Zaynabga nisbatan “taloq” 
so'zidan boshqa yana bir qo‘pol haqorat ifodasini ishlatishidadir. 
Otabek Zaynabni buzuqlikka, xiyonatga, sotqinlikka ishora qiluvchi 
haqorat so‘z bilan ataydi. Leldn romanning butun bayonidaZaynabning 
xiyonati yoki buzuqlikka mayli bo‘lganligiga ishora qiluvchi bir og‘iz 
ham so‘z yoki shama yo‘q. Nega Otabek shu haqorat so‘zni qo‘lladi va 

Download 3.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling