Innovatsiya-ziyo


Download 3.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/101
Sana19.11.2023
Hajmi3.84 Mb.
#1786423
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   101
Bog'liq
nutq madaniyati. raupova l

alaykum”siz kirish qanchalik xunuk va odobsizlik bo’lsa, jamoa diqqat 
bilan tinglayotgan xonaga verbal, fonetik salomlashish bilan kirish 
shunchalik xunuk va odobsizlikdir.
“Salom ” so'zining o‘zi bir necha mazmun kasb etishini E.Qilichev 
o’zining “Nutq madaniyati va uslubiyati asoslari” kitobida quyidagicha 
bergan:
Salom'. -  “Keling”
Salom\ - “Xo‘sh, xizmat”
SalomV. - “Yana keldingmi?”
123


Salo-o-o-m\ - “Juda vaqtida kelding”
SaIom\!! - “Gap tamom”
Saloml - “Ha, ishing tushdimi?”
Salom\ -  “Bir past kutib turing”
Saloml - “V aqtim yo‘q, ketaver”
Sa-/om! - “Mana ishimbitdi, gapir endi”.
0 ‘zbek formal tilshunosligi yutuqlari asosida bu yerda zarurat -
munosabatlami o‘rganish uchun zamin, tayanch material sifatida -
berilgan yuzaki bayondan korm ib turibdilri, situativ-pragmatik vaziyat 
([SPS])ning lisoniy mimik noverbal vositalari ham ulkan rang- 
baranglikka ega va verbal lisoniy birliklarga, odatda, hamroh bo'lib, 
ulaming ifodaviyligini kuchaytirib, ta ’kidlab, “bezab” keladi. Lekin 
zarur o‘rinlarda - sharoit imkoniyati yoki taqozosiga ko'ra, noverbal 
vositalar verbal vositalami almashtirishi, adresat yoki kommunikatsiya 
ishtirokchilariga adresant ye&azishi zarur bo'lgan axborotni noverbal 
usul bilan to'laqonli, ta ’sirchan uzatishi va u samarali bo'lishi mumkin.
Nutqiy muloqotning ichki omillari ham, tashqi omillari ham hatto 
nisbatan qisqa bir davr uchun mutlaq, o‘zgarmas emas - ular daw bilan 
o‘zgarib, m e’yoriylik (ijobiy-salbiy sifatida baholash mezonlarini 
yangilab) turadi. Udumda “an’anaviylikka sadoqat” fetishistik omil 
istagan turdagi yangilikka salbiy munosabatda bo'lganligi buning asosi 
bo‘lsa, insoniyatda azaliy va abadiy bo'lgan “otalar va bolalar” 
muammosi - uning farzandi, mahsulidir. Masai an, bundan 100 yil aw al 
tanish erkakning qon-qarindosh bo'lmagan tanish ayol bilan qo‘l berib 
ko‘risha olishi o‘zbekning xayoliga ham kelmas edi. Hozir atigi 
“xunuk” kd'ringan, qarindosh boim asa ham, yaqin (sinfdosh, 
kursdosh, 
kasbdosh) begona erkak va ayollaming o‘pishib 
ko‘rishishlari ham, yoki yoshlaming qomatlari va ko‘ksini oldinga 
chiqarib, qo'llarini baland ko‘tarib salomlashishlari ham odat, yillar 
o‘tib “m e’yor” tusini oldi. Axir, Ayniy “Doxunda” va “Esdaliklar” 
asarida guvohlik berishicha, Buxoroda 1915-20-yillarda yaktak emas, 
yewopacha kamzul kiyib, chilim emas, papiros chekkanlar “jadid” 
sifatida rasman qatl qilingan edi.
Tarix uchun nisbatan qisqa bo'lgan keyingi 80-yillarda o‘zbek 
milliy kiyimi kamida uch-to‘rt maxta tubdan yangilandi. Bugungi kunda 
20-yillar uchun m e’yor bo‘lgan qiz-juvonlar va ayollar milliy kiyim- 
kechagini hozir faqat muzeylardagina ko‘rish mumkin. O ltgan asming 
30-yillarida qiz-juvonlar uchun kostyum-yubka, erkaklar uchun
124


kostyum-shim milliy bo‘lmagan, o‘ta rasmiy ovro‘poviy va, asosan, 
rasmiy-marosimiy yoki rasmiy ish kiyimi mavqeyida boisa, o‘sha 
asming 60-yillariga kelib, bunday kiyinish odatiy, aytish mumkinki, 
milliylashgan, o ‘zlashgan o‘z kiyimiga aylandi. Bundan yigirmayilcha 
oldin milliy bo‘lmagan, hatto vulgar ovro‘poviy kiyinish sanalgan qiz- 
juvonlar uchun shim bugun o ‘zbek qiz-juvonlarining odatiy, aytish 
mumkinki, milliylashgan ish kiyimiga aylandi. Bugungi kunda, hatto 
sof rmlliy mato - atlas, xonatlas va har xil zardo'zi matolardan shimday 
zamonaviy milliylashtirilgan bichim va rusumlarda tashqi kiyim- 
boshlar amalda qo‘llanilmoqdaki, ulami sof milliy ham, tub ovro‘poviy 
deb bo‘lmaydi.
Bunday tarixiy o zgarishlar nafaqat kiyim-kechakda, balki 
nolisoniy noverbal vositalar sirasida ham sodir bo‘lmoqda. Masalan, 
o‘tgan asr boshlarida o‘zbeklar uchun bir qo‘l bilan - o‘ng qo‘llar 
kaftlarini yopishtirib, qo‘lni qisib salomlashish odati mutlaqo yo‘q edi. 
0 ‘sha davrda o‘zbekona qo‘l berib ko‘rishish, asosan, teng saviyali va 
darajali kommunikantlar orasida
shunda ham rasmiyatchilik 
munosabatlari saqlangan holda odatiy salom-alikdan keyin mumkin 
edi. Shunda ham yuksakroq martabali kimsa qo‘llarini ko'ksidan olib 
suhbatlashishga ikki qo‘li kaftini bir-biriga qaratib uzatsa, suhbatdosh 
egilib, uzatilgan qo‘llardan o‘ngini ikki kafti orqasiga ilib ziyoratsimon 
harakat qilar edi. Oddiygina o‘ng qo‘llar kaftlarini jufflab, qo'lni qisib 
qo'yish odati bizga o'tgan asming 30-yillaridan m s odati sifatida kirib 
keldi va bugungi kunda rasmiy ko‘rishish odatiga aylandi.
Xuddi shunday yig‘in va izdihomlarda savol berish yoki ilova 
qilish ramzi bo'lgan mumtoziy yengilgina yo‘talib qo‘yish (tomoq 
qirish) bugun o‘ng qo‘lni ko‘tarish bilan almashtirildi.

Download 3.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling