Innovatsiya-ziyo
MULOQOTDA TINGLASH VA SUKUT MADANIYATI
Download 3.84 Mb. Pdf ko'rish
|
nutq madaniyati. raupova l
MULOQOTDA TINGLASH VA SUKUT MADANIYATI
Nutqiy muloqotda so‘z!ovchi va tinglovchining o ‘mi benihoya katta, har ikkala tomon ham o‘z-o‘zicha mustaqil maqsadga ega bo‘ladi. So‘zlovchi har qanday NMda nimanidir aytishni maqsad qiladi, bu maqsad tinglovchi tasaw urida nima uchun va nima niyat bilan so‘zlanilayotganini his etishdan iborat. Muloqotning samaradorligi ana shu ikki qirra (so‘zlovchi va tinglovchi) ning qanchalik o ‘zaro mosligi, bir-birini to‘ldirishiga bog‘liq. So‘zlovchi m a’lum bir axborotni tinglovchiga yetkazishda uni turli shakllarda berishni o‘ z oldiga maqsad 125 qilib qo‘yadi va bunda u quyidagi maqsadli usullardan foydalanishi mumkin: 1) axborot yetkazish; 2) iltifot ko'rsatish; 3) boshqaruv (regulyativ); 4) xitob (apelyativ); 5) ta’sir etish; 6) hayajon; 7) maslahat, undash; 8) tabriklash va h.k. Tinglovchining maqsadi - tinglash. Mashhur amerikalik notiq psixolog Deyl Kamegi “Yaxshi suhbatdosh - yaxshi gapirishni emas, balki yaxshi tinglashni biladigan suhbatdoshdir” deganda, aynan shu qobiliyatning insonda rivojlangan bo‘lishini nazarda tutgan edi. Tinglash - muloqotning eng muhim komponenti. Tinglash san’atini puxta egallamagan kishi hech qaehon sogTom munosabat o'rnata olmaydi. Tinglay bilmaslik og‘ir ma’naviy va, hatto, sezilarh iqtisodiy zarar keltirishi ham mumkin. Afsuski, muloqot ishtirokchilari ko‘p hollarda tinglash kuchli psixik vosita ekanligini unutib qo‘yishadi. Suhbatdosh so‘zlarini eshitamiz, ammo eshitish va tinglash bir xil narsa emas. Tinglash - faol jarayon, u fikming m a’nosini, so'zlovchining maqsadini anglashga intilish kabilami o‘z ichiga olgani bois tushunish bilan chegaradosh. Tinglashni ikki guruhga ajratish mumkin: a) refleksiv; b) norefleksiv. Refleksiv tinglashda adresat so‘zlovchi fikrini uqishga, o‘ziga singdirishga, uning bayoniga, aw alo, har xil ifodaviy usullar (yuz, ko‘z, va boshqa a ’zolaming har xil holati) bilan munosabat bildirish (asosan, uqish, anglash, o‘zlashtirish, hayrat, tushunmaslik kabilar) ga qaratilgan boTadi. Refleksiv tinglashda adresat muloqotga so‘zlovchi mavqeyida kirishganda uning fikri kommunikator (so‘zlovchi) bayoni bilan uzviy bogTiq boTadi. Norefleksiv tinglash so‘zlovchi kuchli emotsional kechinma (musibat, alam yoki aksincha shod-xurramlik) lami boshdan kechirayotganda va tushunadigan tinglovchiga muhtoj boTganda qoTlanadi, ya’ni suhbatdosh o ‘z kechinmalari bilan o‘rtoqlashmoqchi boTganda ishlatiladi. 126 Norefleksiv tinglashda javoblar minimallashtiriladi. Ular neytral, suhbatdoshni o‘z fikrini davom ettirishga undaydigan bo‘Iishi kerak. Ulaming eng keng tarqalganlari “Shundayxni?”, “Davom eting, bu juda qiziq-ku”, “Ha, ha tushunyapman”, “Buni eshitishdan juda xursandman”, “Xo‘sh, xo‘sh, xo‘sh”, “Shimaqa gaplar deng” kabilar. Bimday javoblar suhbatdoshni ruhlantiradi. Tinglashning ham xuddi so‘zlashdagi kabi texnikasi, usullari bor. Masalan, so‘zma-so‘z qaytarish yoki boshqacha talqin qilish. Birinchisi suhbatdoshni qo‘ llab-quvvatlashni biidiradi. Ikkinchi usul - so'zlovchining so‘zlarini tinglab, undagi asosiy g‘oyani muxtasar, o ‘zining talqinida ifoda etish. Bundan tashqari, tinglash jarayonida “Yo‘g ‘-e?’\ “Nahotki?”, “Yashang!”, “Qarang-a!”, “Qoyil!” kabi luqmalar bilan suhbatdosh so‘zlashga undab turiladi. Mutaxassislaming aniqlashicha, ishlayotgan kishilar vaqtning 45% ini kimlamidir tinglashga sarf qilar ekan, odamlar bilan doimiy muloqotda boiadigan - savdo xodimlari, aloqachilar, rahbarlar, muxbirlar 35-45% oylik maoshlarini odamlami tinglaganliklari uchim olar ekanlar. Bundan xulosa chiqadiki, kommunikatsiyaning eng qiyin tarkibiy qismidan hisoblangan tinglash qobiliyati odamga so‘zlashga nisbatan ko‘proq foyda keltirar ekan. Yusuf Xos Hojib “Qutadg'u bilig” dostonida tinglashning foydasi, so‘zlash mas’uliyatining kattaligi xususida shunday fikr biidiradi: Download 3.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling