Innovatsiya-ziyo
otasi, onasi, Kumushbibi, Oybodoq
Download 3.84 Mb. Pdf ko'rish
|
nutq madaniyati. raupova l
- Bu sahifa navigatsiya:
- “S dvumya polyami
otasi, onasi, Kumushbibi, Oybodoq (to‘rt guvoh) huzurida bu so‘zni
baland ovozda qahr-u g ‘azab va “taloq” so‘zi bilan birgalikda ishlatgani hozirgi kitobxon uchun mutlaqo tushunarsiz. Zero, yaralangan, ikki dushmanini o'ldirgan, ashaddiy dushmani bo'lmish Homidboyning xanjarli qo‘lini qisib turgan Otabekning dushmanini sizlab gapirishi, lekin ko'pchilik qarindoshlari huzurida halol xotinini haromi, buzuq deb so‘kishi - u odam oidirgan bo‘lsa-da - hech o'zaro mos kelmaydigan holatlardir. Bu lavhaning siri muhit - Otabek yashab turgan davming mutlaq Qonuni - o ‘sha davr Konstitutsiyasi bo'lmish shariat ahkomlari bilan bog'liq. Hozirgi kitobxon bu ahkomlardan yiroq bo‘lganligi uchun ham Otabekning haqorat so‘zni ishlatgani sabablari unga uncha ayon emas. Gap shundaki, shariat amriga ko'ra, er xotinni guvohlar huzurida buzuq deb atasa, uning so‘zi isbotsiz qabul qilinadi. Bu haqda Qur’oni Karimning “Nur” surasi 6-oyati karimasida eming guvohlarsiz yakka holda o‘z xotinini oshkor ravishda, ya’ni boshqalar huzurida buzuq deb atashi xotin buzuqligini ko'rgan to‘rt guvohning shohidligiga teng ekanligiga ishora mavjuddir. 120 Shariat ahkomlari bo’yicha ma’lumki, er xotinni taloq qilsa, yana qayta nikoh qilib olishi, hatto uch taloq qilganda ham, “halola” qilib (ya’ni xotinini boshqa birovga nikoh qildirib), qaytadan uylanishi va nikoh qilishi mumkin. Lekin xotin er tomonidan buzuqlikda ayblansa, bu er shu xotiniga boshqa uylana olmaydi, ya’ni o‘zi buzuq degan xotin bilan qaytadan er-xotinlik munosabatlarida bo’la olmaydi. Agar u xotinini buzuqlikka oshkora ayblasa va yana u bilan yashab ketsa, o ‘sha davr jamoasi uni m ard ud sanaydi hamda jamoadan chetlashtiradi, u bilan aloqalami botil qiladi. Mana shuning uchun Otabek o’layotgan K um ushbibini tinchlanrirish, Zaynabni ham da ota-onasini uning Zaynab bilan yashay olmasligiga ishontirish m aqsadida Zaynabga qilmishiga yarasha qat'iy va o ‘zgarmas jazo berish uchun mana shu haqorat so‘zni qoilagan. Mana shu ijtimoiy-etik fondan ajratilgan holda Otabek nutqidagi bimday ziddiyatli xususiyatni tushunib bo’lmaydi. Mana shuning uchun Kumushning o ‘limidan keyin Zaynab jinni boiadi; uning Otabek bilan birga yashashga mutlaqo umidi yo‘q edi; Otabek o‘zi buzuq degan xotin bilan qaytadan yashaydigan pastkash mardud nomini olmas edi. SALOM BERISH MADANIYATIGA DOIR Salom berish - kundalik hayotimizda eng ko‘p qo’llaniladigan urf. Har bir so’zlovchi so'zini salomdan boshlaydi. Qadimdan nafaqat har ikki mo’min-musulmon, balki har qanday dindagi kishi uchrashib qolsa, bir-biriga do‘st yoki dushman boiishidan qat'i nazar, salomlashish shart hisoblangan. Bu haqda Q ur’oni Karimda “...bu dunyoning narsasini istab sizlarga salom bergan kishiga “Sen mo‘min emassan!” demanglar...” , ya’ni salomga doimo alik olish shart deyilgan. Shuning uchun salom berish sunnat (ya’ni qilish yaxshi, maqbul, lekin majburiy, zaruriy emas), lekin alik olish, salomga muvofiq va munosib javob berish farz sanaladi. Bu yerda ikki qadimiy rivoyatni eslab o‘tish foydadan xoli emas. XVI asr yozma yodgorligi bo'lgan “Gulzor”da va Koshifiyning “Futuw at”ida shunday rivoyat keltiriladi: Mahmud G ’aznaviy bir jangda juda oz sonli qo'shin bilan g’animining juda ko‘p sonli lashkarini yengadi va g’alabadan keyin shukrona aytish uchun otini chekkaga surib, ko’zini yumadi. Allohga hamdlar o‘qish bilan band boiganida, kimdir otining tizginini ushlab, “sen kimsanki, men sunnatni bajarsam, farzni ado etmaysan?” degan 121 xitobidan ko'zini ochadi va kechirim so‘raydi. Bunda kinoya usuli bilan “Men salom berdim, sen nega javob bermaysan?” degan ma’no yashiringan. Boshqa bir rivoyatda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bilan bo‘lgan bir voqea bayon qilinadi. Payg‘ambarimiz hujrada hazrat Umar bilan o ‘tirganlarida bir g‘ayridin kirib, “somalaykum” deydi. Rasuli akram “vaalaykum ” deb javob beradilar. G'ayridin chiqib ketgach, hazrat Umar “axir, u sizga o‘lim tiladi, Siz unga alik oldingiz!” deganlarida, Rasuli akram “men va alaykum dedim, xolos”, deb xotirjam javob beradilar. Shuning uchun xalqimiz salomlashish odobiga katta ahamiyat berib, “so‘z boslii salom ” deydi. Salomga javob qaytarmaslik esa eng katta beodoblik, hatto mo‘min emaslik belgisi sanaladi. Tarixga nazar soladigan bo‘lsak, har bir elat uchun qabul qilingan salomlashish usullarining davrlar bo‘yicha o ‘zgarib turganligini ko‘ramiz. Bu nuqtayi nazar dan ruslarda salomlashish odobi, uning etik- estetik va lisoniy omillari chuqur o'rganilgan, qator ishlarda maxsus tadqiq va muhokama manbai bo‘lgan. Masalan, qadimda Rossiyada salomlashish paytida nafaqat suhbatdoshning nasabi, qarindoshlik aloqalari, yoshi va jinsi, balki kunning qaysi vaqti, kasbi va suhbat paytida so‘zlashayotganlar nima bilan mashg‘ul ekanligi ham inobatga olingan. Jumladan, hosilni o‘rib olayotganlarga “S dvumya polyami Download 3.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling