Innovatsiya-ziyo
O'ninchi, duo o‘qib turg‘on kishiga. O'n birinchi
Download 3.84 Mb. Pdf ko'rish
|
nutq madaniyati. raupova l
O'ninchi, duo o‘qib turg‘on kishiga. O'n birinchi, muhrum (hajga
ehrom kiyuvchi) talmih etib turg‘on holda. Yuzma-yuz muloqot so'zlovchidan ham ko‘ra tinglovchiga ko‘proq n a f keltiradi. Bu boradagi tadqiqot natijalariga qaraganda, kishi fikrini sim (telefon) orqali bayon etganda suhbatdoshi u aytmoqchi boigan fikming nari borsa 55 % ini, yuzma-yuz suhbatlashganlarida esa 80 %, hatto 95 % ini o'zlashtirar ekan. Buning asosiy sababi shundaki, har bir insonning o ‘z biologik maydoni mavjud bo‘lib, shu maydon ichida uning fikrini uqish ancha oson kechadi, Shu boisdan bo‘lsa kerak, odamlar hamisha o ‘zlari yoqtirgan, didlariga m a’qul keladigan kishilar bilan diydorlashishga, yuzma-yuz muloqot qilishga intiladilar. Jumladan, odamlar el nazariga tushgan shoir va yozuvchilar, hofiz va xonandalami radio orqali eshitgan, hatto siymolarini oynayi jahon orqali bir necha marta ko‘rgan bo‘lishlariga qaramay, o'zlarida “tirik shoir”, “tirik hofiz”ni ko‘rish istagini his etib yashaydilar. Chunki yuqorida ta ’kidlab o‘tganimizdek, diydor jarayonida - vaziyatida odamlar bu iste’dod egalari bilan hamnafaslik (bir biologik maydon ichida boiish), o‘zlarini ko‘rish orqali ular haqidagi tasawurlarini kengaytirish imkoniga ega boladilar. 118 Kishi nutqiy muloqotga kirishar ekan, bu muloqot qaysi jamiyatda voqelanishini bilishi zarur. Zero, har bir jamiyatning nutq shtamplari, muloqot doirasi va mavzusi, leksikasi o‘ziga xos. Bunda nutq vaziyati nutq sharoiti bilan kesishadi va nafaqat jamiyat, balki ayni bir jamiyatning turli tarixiy davrlaridagi ijtimoiy, milliy, etik, estetik me’yor va qoidalari ham ahamiyatli. Shu nuqtayi nazardan “0 ‘tgan kunlar” asarida barchaning suyukli qahramoni bo‘lgan Otabekning ikki o‘ta ziddiyatli holatida hozirgi kitobxon uchun unchalik tushunarli bo'lmagan nutqi xususiyatlari tahlili ustida to'xtalamiz. Birinchisi, Otabekning Homid bilan hayot-mamot kurashi (pichoqlashishi) holatida: Download 3.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling