1-jadval
Adaptatsiya varaqasi
MTT______ guruh_____ tug‘ilgan sanasi_________
MTTga kirish sanasi________
Kirishdagi yoshi: yosh, oy.
-
Sana
|
Ishtahasi
|
Uyqu uzunligi,
xarakter
|
Hissiy
holati
|
Kattalarga
munosabat
|
O‘yinchoq-
larga munosabat
|
O‘zini tutishi
|
Tavsiyalar
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Adaptatsiya varaqasida bolaning hissiy holati, uni ishtahasi, uyqusi inobatga olinadi. Shuningdek, unda kattalar, boshqa bolalar bilan munosabati, individual xususiyatlar ham qayd etiladi. Bu usuldan foydalanilganda adaptatsiya bosqichining tugashi deb shartli ravishda bola yurish – turishining normallashuvi olinadi.
Tayyorlov bosqichi o‘z ichiga ijtimoiy pedagog tomonidan muayyan vaziyat asosida qabul qilinadigan bir qancha chora-tadbirlarni qamrab oladi:
Og‘ir adaptatsiya sabablarini aniqlash;
Tuman pediatri, tibbiy xodimlar, psixolog, ta’lim muassasi tarbiyachilari bilan aloqa va hamkorlik o‘rnatish;
Bolalarning MTT, bolalar bog‘chalariga kirishlaridan avval sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarini nazorat qilish;
Bolalarga ijtimoiy pedagogik yordam rejasini tuzish;
Bolaning ta’lim muassasalarida yengil adaptatsiyasi uchun oilalar bilan aloqalar o‘rnatish;
Maktabgacha yoshdagi bolalarning adaptatsiyasi uchun ijtimoiy pedagogik, ijtimoiy ruhiy, tibbiy chora-tadbirlarni aniqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |