Innovatsiyalar vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti
Yoshlarga oid davlat siyosatidagi islohatlar, modernizatsiyalash jarayonlari
Download 369 Kb.
|
2023 TAYYOR
1.3.Yoshlarga oid davlat siyosatidagi islohatlar, modernizatsiyalash jarayonlari
Har bir davlatning barqaror taraqqiyotini ta’minlashda asosiy poydevor - inson omili, uning intellektual salohiyati bilan uzviy bog‘liq.Shu nuqtai nazardan, mamlakat aholisining katta qismi zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega yoshlardan iborat ekanligini inobatga olgan holda, mazkur qatlam ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalardagi manfaatlarini himoya qilish va kuzatilayotgan dolzarb masalalarning nazariy va amaliy jihatdan echimini topish kun tartibidagi muhim vazifadir. “Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og‘ishmasdan, qat’iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko‘taramiz.Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”1. O‘tgan davrda, bu borada qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular yoshlar intilish va iqtidorlarini qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirishga oid, rahbar kadrlarning boshqaruv salohiyatini yuksaltirish bo‘yicha mustahkam tizim ishlab chiqildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi va amaliy ko‘magi asosida yoshlar hayotiga bevosita taalluqli bo‘lgan jami 40 ta Qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilindi. Jumladan: – O‘zbekiston Respublikasining 3 ta Qonuni; – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta Farmoni, 8 ta Qarori, 2 ta Farmoyishi; – Vazirlar Mahkamasining 18 ta Qarori va 4 ta Far- moyishi imzolandi. SHuningdek, bugungi kunga qadar Qonunchilik palatasida, siyosiy partiya fraksiyalarida o‘tkazilgan 20 dan ortiq yig‘ilishlarda 500 nafarga yaqin yoshlar o‘zlarining 30 ga yaqin takliflari bilan qonunlar muhokamalarida ishtirok etishiga imkon yaratildi. Bu borada yana bir muhim qadam, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyev tomonidan yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan 5 ta tashabbusni amaliyotga joriy etilishidir. Xususan, 5 ta tashabbusni amalga oshirish doirasida 2019-2020 yillarda 2 million nafar yoshlarni madaniyat va san’atga jalb etish, 19 mingga yaqin ijtimoiy soha ob’ektini yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulash, har bir hududga 1 million donadan badiiy, tarixiy, ilmiy, ommabop mavzulardagi kitoblar etkazish hamda axborot-kutubxona markazlarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, tadbirkorlar tomonidan xalq kutubxonalari ochish, har bir tumanda engil konstruksiyali tikuv-trikotaj korxonalarini qurish va ayollarni band etish kabi vafalar belgilangan. Muhtaram Prezidentimiz SH.Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, turli jabhalardagi yangilanishlar samarasi, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalardagi o‘zgarishlarni butun dunyo hamjamiyati e’tirof etmoqda, O‘zbekistonning xalqaro darajadagi nufuzi yangi bosqichga ko‘tarilib, bu holat ko‘plab siyosiy liderlar tomonidan mamlakatimiz bilan diplomatik munosabatlarni qayta ko‘rib chiqishiga undamoqda.Bu kabi jarayonlar davlat boshqaruvi sohasida ham yangicha yondashuvlar va munosabatni taqozo etmoqda. Ayniqsa, mamlakatimiz kelajagi hisoblanmish yoshlar orasidan munosib rahbarlarni tanlash, ularning bu boradagi kompetensiyasi va salohiyatini oshirish, qayta tayyorlash ishlari oldimizda turgan ustuvor vazifalardandir. Shu maqsadda Prezidentimiz SH.Mirziyoyevning 2017 yil 30-iyundagi Yoshlar bilan uchrashuvida “O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi davlat va jamiyat uchun rahbar kadrlarni tayyorlab beradigan o‘ziga xos markaz bo‘lishi, zamonaviy tilda aytadigan bo‘lsak, yoshlar uchun “sotsial lift” vazifasini bajarishi kerak” degan vazifani qo‘yib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshida “Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti”ni tashkil etish yuzasidan topshiriq bergan edilar. O‘zbekiston Prezidenti SHavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasida yoshlar huquqlari bo‘yicha konvensiya qabul qilish zarurligi borasida bildirgan tashabbusi, davlatlarning yoshlarning taqdiri va kelajagi borasida mas’uliyatni o‘z zimmalariga olishga chaqiriq bilan chiqqan edi. Bugungi kunda O‘zbekistonda aholi umumiy sonining 60 % dan ortig‘ini 18 million kuchli, shijoatga ega, g‘ayrati ichiga sig‘magan yosh fuqarolar tashkil etadi. Aynan mana shuning uchun, yoshlar siyosati davlat taraqqiyotining davomiyligini ta’minlashga qaratilgan barcha strategiyalarida namoyon bo‘ladi.Bugun O‘zbekistonda yoshlarning hayotiy maqsadlarini hayotga tatbiq etishlari uchun zarur bo‘lgan barcha sharoitlar yaratilmoqda.Yoshlar dunyo aholisining tez ko‘payib borayotgan qismini tashkil etadi. Hozir Yer shari aholisi umumiy sonining 18% ularning hissasiga to‘g‘ri keladi. Yoshlar mamlakat miqyosida rivojlanish jarayonini jadallashtirish uchun innovatsion g‘oyalarni yaratishga qodir qudratli resurs, jamiyatning g‘ayrat-shijoatga to‘lib-toshgan faol qatlami, ijtimoiy o‘zgarishlarga sabab bo‘ladigan, bunyodkorlik g‘oyalarini hayotga tatbiq etadigan katta kuchdir. Bugungi kunda olib borilayotgan yoshlar siyosati yoshlarning kelajagi, ertangi osoyishta va farovon turmushi, barcha sohalardagi huquq va erkinliklarining kafolati bo‘lib xizmat qiladiki, yoshlar bilan muloqot olib borish, ularning bandligini ta’minlash, yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishlari, jamiyatning munosib a’zosiga aylanishlari, yoshlar mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash vazifasi kundalik faoliyat mezoniga aylanib bormoqda1. Yoshlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning orzu-intilishlari, qobiliyat va salohiyatini ro’yobga chiqarish maqsadida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tavsiyasi bilan 4300 ga yaqin yigit-qizga banklar tomonidan 216 milliard so‘m imtiyozli kreditlar berilgani, 184300 dan ziyodi ish bilan ta’minlangani e’tiborga loyiq. Yoshlarga oid davlat siyosatidan ruhlangan va kelajagiga ishongan yoshlar Vatan ravnaqi, yurt kelajagi, oila farovonligi uchun ijtimoiy hayotning turli jabhalarida mehnat qilishmoqda. Jamiyatda yoshlarga oid muammolarning paydo bo‘lishi ularning muammolariga e’tiborsizlikdan boshlanadi. Bu yoshlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bugungi kunda yoshlarga oid davlat siyosatining mohiyatini tushunmagan yoxud islohotlarga shubha bilan qaragan, boqimanda, o‘z qobig‘iga o‘ralib qolgan, juda bo‘lmasa, bir yilda olti oy va hattoki bir necha yillar chet ellarda yollanma ishchi bo‘lib ishlab, biror hunarning boshini tutmagan, kelajagi uchun qayg‘urmay, mehnat qilish layoqatiga ega bo‘lsa ham ota-onasining maoshiga kun ko‘radigan yoshlar ko‘pchilikni tashkil etgani achinarlidir.Bu kabi holatlarni bartarf etish uchun nima qilish kerak? Mamlakatimiz rahbari “Bugungi kunda mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya qilish, uni innovatsion asosda rivojlantirish, o‘z oldimizga qo‘ygan ko‘p qirrali va murakkab vazifalarni amalga oshirish maqsadida zamonaviy va kreativ fikrlaydigan, har qanday vaziyatda ham mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, g‘ayrat-shijoatli, intellektual salohiyati yuksak, vatanparvar yosh kadrlarga davlat va jamiyat boshqaruvida muhim vazifalarni ishonib topshirmoqdamiz”1 deb ta’kidlab, har bir rahbar e’tiborini yoshlar muammolariga ustuvor tarzda qaratilishini talab qildi. Ma’lumki,globallashuv jarayoni ta’lim-tarbiya bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi, bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. Download 369 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling