Innovatsiyalar vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Shu sababli hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirish, chinakam ma’rifat va yuksak madaniyat egasi bo’lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak


Download 369 Kb.
bet9/12
Sana19.06.2023
Hajmi369 Kb.
#1622158
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
2023 TAYYOR

Shu sababli hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirish, chinakam ma’rifat va yuksak madaniyat egasi bo’lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak.12
Pedagogik mahorat va malaka darajasiga ega bo‘lgan, o’z ishida aniq natijalarga erishgan o’qituvchilarga yuqori maosh to‘lash tizimini joriy etilmoqda.
Maktab o‘quv dasturlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, o'quv yuklamalari va fanlarni qayta ko‘rib chiqish, ularni xalqaro standartlarga mos lashtirish, darslik va adabiyotlar sifatini oshirish zarur.
2021-yilgi xalqaro baholash jarayoniga tayyorgarlik ko'rish uchun 348 ta tayanch maktab belgilandi, 6 mingdan ortiq o’qituvchining malakasi oshirildi.
2020-2021-o‘quv yilidan boshlab, mutlaqo yangi professional ta’lim tizimi yo'lga qo‘yilib, 340 ta kasb-hunar maktabi, 147 ta kollej va 143 ta texnikum tashkil etildi.
Kadrlar malakasini xalqaro mehnat bozori talablariga moslashtirish maqsadida milliy malaka tizimi ishlab chiqiladi.Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak ma’naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash,raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish borasida boshlagan ishlarimizni jadal davom ettirish va yangi,zamonaviy bosqichga ko‘tarish maqsadida men yurtimizda 2020-yilga «Ilm,ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili» deb nom berishni taklif etaman.”13
2020-yil nomida belgilangan sohalarni ustuvor darajada rivojlantirish va isloh etish bo‘yicha keng ko’lamli ishlarni amalga oshirildi. Xususan, bog'cha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi 2021-yilda 60 foizga yetdi. Ushbu maqsadlarga 2021-yilning o’zida budjetdan qariyb 1,8 trillion so‘m mablag’ ajratildi.
2020-yildan boshlab, tariximizda ilk bora 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlash tizimi joriy qilindi. Bunga budjetdan 13 milliard so’m ajratilib, bu jarayonda xususiy maktabgacha ta’lim muassasalari ham bevosita ishtirok etdi. Shuning uchun maktab bitiruvchilarini oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini 2020-yilda kamida 25 foizga va kelgusida 50-60 foizga yetdi.Bu borada shuni unutmaslik kerakki,oliy ta’lim qamrovini oshirish to‘lov kontraktiga bog‘liq bo’lib qolmadi.
Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini ham optimallashdi. Bugungi kunda asosiy e’tibor o’qishga kirish jarayonlarini soddalashtirishga,oliy o'quv yurtlarida chinakam bilim va tarbiya olishga qaratilgan.Misol uchun,chet tili bo‘yicha bilimni baholashning milliy test tizimini yaratildi. Yoshlar istalgan vaqtda imtihon topshirib, tegishli guvohnoma olsa, oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirayotgan paytda chet tili bo'yicha qayta sinovdan o‘tishga hech qanday ehtiyoj qolmaydi.Oliy ta’lim standartlari xorijiy tajriba asosida takomillashtirildi,ta’lim yo’nalishlari va o‘qitiladigan fanlar qayta ko’rib chiqilmoqda.Mutaxassislikka aloqasi bo‘lmagan fanlar soni 2 barobar qisqartirildi.
Oliy ta’limda o‘quv jarayonini kredit-modul tizimiga to’liq o’tkazildi.2021-yildan pedagogik ta’limning 6 ta yo’nalishi bo‘yicha o‘qish muddati 3 yil qilib belgilandi.Oliy o’quv yurtlariga bosqichma-bosqich akademik va moliyaviy mustaqillik berilmoqda.2021-yilda ularning 10 tasi o‘zini-o‘zi moliyaviy ta’minlashga o‘tdi. Bundan tashqari, kamida 5 ta oliy ta’lim muassasasini konkurs asosida tanlab, nufuzli xorijiy oliy ta’lim dargohlari bilan hamkorlikda transformatsiya qilinmoqda.Mamlakatimiz uchun ilm-fan sohasidagi ustuvor yo’nalishlarni aniq belgilab olindi. Hech bir davlat ilm-fanning barcha sohalarini bir yo’la taraqqiy ettira olmaydi. Shuning uchun biz ham har yili ilm-fanning bir nechta ustuvor yo'nalishini rivojlantirish tarafdorimiz.
2022-yilda matematika, kimyo-biologiya, geologiya kabi yo‘nalishlarda fundamental va amaliy bilimlarga barcha shart-sharoitlar yaratib berildi. Shuningdek, ilm-fan sohasida fundamental va innovatsion tadqiqotlar, maqsadli grant mablag’larini ajratish mexanizmini tubdan qayta ko‘rib chiqilmoqda.Ilm-fan yutuqlarining elektron platformasi, mahalliy va xorijiy ilmiy ishlanmalar bazasi shakllantirildi. Har bir oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot dargohi nufuzli chet el universitetlari va ilmiy markazlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo’ymoqda.2022-yilda «El-yurt umidi» jamg‘armasi tomonidan 700 dan ziyod olimlar, professor-o‘qituvchilar chet elga ilmiy izlanish va malaka oshirish uchun yuborildi.
Kelgusida grantlar miqdorini 2 barobar ko‘paytirish va tadqiqot yo‘nalishlari ko’lamini kengaytirish maqsad qilingan.2021-yilda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha tub burilish amalga oshirildi.
Avvalo,qurilish, energetika, qishloq xo’jaligi,suv xo‘jaligi, transport, geologiya,kadastr,sog‘liqni saqlash, ta’lim, arxiv sohalarini to'liq raqamlashtirildi.Shuningdek, «Elektron hukumat» tizimi, amalga oshirilayotgan dasturlar va loyihalarni tanqidiy qayta ko’rib chiqib,barcha tashkiliy va institutsional masalalar hal etildi.
Toshkent shahrida zamonaviy infratuzilmaga ega bo‘lgan «IT-park» barpo etildi. U hozirdanoq o‘zining dastlabki natijalarini bera boshladi. Bunday «IT-park»lar Nukus, Buxoro, Namangan, Samarqand, Guliston va Urganch shaharlarida ham tashkil etildi.Soha uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida xorijiy hamkorlarimiz bilan birgalikda «bir million dasturchi» loyihasini amalga oshirildi.Shuningdek, ta’limning barcha bosqichlarida xalqaro andozalarga to’liq javob beradigan axborot texnologiyalari joriy etildi.
O’tgan yili barcha shahar va tuman markazlarini yuqori tezlikdagi Internetga ulash ishlari yakunlanganini hisobga olib, yaqin 2 yilda barcha qishloq va mahallalarni ana shunday tezkor Internet bilan ta’minlashimiz kerak.Shu o‘rinda hammamiz uchun ayni paytda juda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masala, ya’ni kitobxonlikni keng yoyish va yoshlarimizning kitobga bo‘lgan muhabbatini, ularning ma’naviy immunitetini yanada oshirishga qaratilgan ishlarimizni yangi bosqichga olib chiqish vazifasi turibdi.14
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, kim bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘qituvchimi, davlat xizmati xodimimi, shifokormi, ishchimi, hunarmandmi, har bir millat fidoyisi faoliyatida tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik kundalik qoidaga aylanishi lozim.



Download 369 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling