Innovatsiyalar vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Muammoning ilmiy o‘rganilganlik darajasi


Download 369 Kb.
bet3/12
Sana19.06.2023
Hajmi369 Kb.
#1622158
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2023 TAYYOR

Muammoning ilmiy o‘rganilganlik darajasi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasidagi ta’lim-tarbiya masalalariga oid ko‘rsatmalar, Prezident Shavkat Mirziyoyevning ijtimoiy-ma’naviy sohaga oid ma’ruza va nutqlari (asarlari) hamda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining mavzuga oid asarlari tadqiqotimizga ilmiy-metodologik asos bo‘lib xizmat qildi.
Jamiyatda ma’naviy-axloqiy ongni shakllantirish buyuk mutafakkir ajdodlarimizning asarlari, tarixiy manbalar muhim o‘rin tutadi Jumladan, Imom Buxoriy «Bolaning tabiati islomiy bo‘ladi, uni qanday g‘oyalar bilan to‘ldirishi ota-ona va ustozga bog‘liq», deydi. Abu Nasr Forobiy inson kamolotga yolg‘iz o‘zi erisha olmaydi. U boshqalar bilan aloqada bo‘lishi, ularning ko‘maklashuvi yoki munosabatlariga muhtoj bo‘ladi, deydi. U mazkur jarayonda insoniy fazilatlarning kamol topishini ta’kidlab, quyidagi fikrlarni ilgari suradi: «Inson fazilatlar bilan kamolotga yetadi va kamolotga yetgan odam baxtli hisoblanadi». Abu Rayhon Beruniy inson tarbiyasiga salbiy ta’sir qiluvchi illatlar haqida fikr yuritadi. Unga hamohang tarzda Abu Ali Ibn Sino bunday illatlarni bartaraf etishda tarbiya omiliga tayanish zarurligini ta’kidlaydi. Mazkur muammolarga daxldor qarashlarni tahlil qilgan Yusuf Xos Hojib «Kamolotga yetish yo‘li ikkita: bilim olish va ibrat o‘rganish», deb inson ma’naviy-axloqiy ongining falsafiy mohiyatini ochib beradi.
Muammoning o‘rganilganlik darajasini tahlil etish, yoshlar ta’lim-tarbiyasi va uning o‘ziga xos xususiyatlari turli soha olimlari tomonidan o‘rganilgan bo‘lsa-da, Prezident Sh.Mirziyoyev asarlarida ta’lim-tarbiya jarayonlarini rivojlantirish masalasi ilmiy-falsafiy jihatdan maxsus tadqiq etilmaganini ko‘rsatdi.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari:Prezident Sh.Mirziyoyevning O‘zbekistonda ta’lim-tarbiya tizimini yanada rivojlantirish yo‘lida qabul qilgan qaror va farmonlari hamda ma’ruzalari asosida yoshlar ta’lim-tarbiyasi masalalarini ijtimoiy-falsafiy va ilmiy-nazariy jihatdan asoslashdan iborat.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev demokratik islohotlarni izchil davom ettirilishining zarurligi to‘g‘risidagi qarashlarini asoslash;
- Yoshlarga oid davlat siyosatidagi islohatlar, modernizatsiyalash jarayonlari aniqlash;
- Ta’lim sohasidagi islohotlar, modernizatsiyalash va integratsiyalash jarayonlari ko‘rsatish;
- Prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan ta’limni kelajakda yangi bosqichga ko‘tarish masalasining qo‘yilishi va uning ahamiyatini asoslash ;
- O‘zbekistonda ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning rivojlanishi va ularning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida tutgan o‘rnini ochib berish;
- yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish,ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha Prezident Sh.Mirziyoyev tomanamonidan ilgari surilgan besh tashabbus mazmun-mohiyatini ko‘rsatish;
Yoshlarning ta’lim-tarbiyasi,ularning ma’naviy-axloqiy ongini yuksaltirishning samarali yo‘llari va vositalarini aniqlash, taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Download 369 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling