Innovatsiyalar vazirligi jizzax politexnika instituti huziridagi sharof rashidov politexnika texnikumi


Atmosfera, uning tarkibi. Atmosferani ifloslantiruvchi manbalar


Download 1.07 Mb.
bet64/119
Sana19.04.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1366217
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   119
Bog'liq
MAJMUA.guldu.uz-EKOLOGIYA

11.1. Atmosfera, uning tarkibi. Atmosferani ifloslantiruvchi manbalar.


  • Atmosfera- Yerning havo qobig’i bo’lib, uning qalinligi 3000 km atrofida. Atmosfera bir necha qobiqlardan tashkil topgan. Havoning asosiy miqdori atmosferaning pastki qatlamida joylashgan bo’lib, bu qatlam troposfera deb ataladi. Troposferaning qalinligi 10-16 km ni tashkil qiladi. Troposferadagi shart-sharoitlar tirik organizmlarning mavjudligini ta’minlaydi. Troposferaning yuqori qismida ozon qatlami mavjud. Ozon qatlami atmosferaning 20-30 km oraligida joylashgan. Atmosferaning ozon qatlamidan yuqori qismida stratosfera deb ataluvchi qatlami joylashgan. Bu qatlamida havo juda siyrak. Iqlim, ob-havo va tuproq hosil bo’lish jarayonlari ko’p jihatdan atmosfera havosiga bog’liq.

  • Atmosferaning asosiy tarkibiy qismi azot va kislorod elementlaridan iborat. Azotning miqdori

  • 78,1%, kislorod-20,9%. Atmosferada 0,95% argon va unga o’xshash inert gazlar, 0,03% SO2 va

  • 0,02% har xil gazlar bor.

  • Atmosferaning tarkibi doimiydir. Lekin keyingi vaqtlarda inson ta’siri ostida atmosferadagi gaz balansining o’zgarishi kuzatilmoqda. Atmosfera tarkibidagi o’zgarishlar salbiy oqibatlar olib keladi. Atmosfera tarkibida CO2 miqdorining ko’payishi natijasida yerdagi o’rtacha harorat 0,50C ga ko’tarilgan. Yong’in va yonish jarayonlari Har yil 10 mlrd. tonna O2 yutmoqda. Agar Har yili kislorodning asosiy manbai bo’lgan o’simliklar qoplamining kamayib borayotganligini e’tiborga olsak, kelajakda atmosfera havosida O2 miqdorining kamayishini ko’tish mumkin.



  • Hozirgi vaqtda atmosferaga keraksiz moddalarning qo’shilishi natijasida uning ifloslanishi kuzatilmoqda. Atmosferaning ifloslanishi deganda havoga begona birikmalarning qo’shilishi natijasida uning fizik va kimyoviy xossalarining o’zgarishi tushiniladi. Atmosfera tabiiy va sun’iy yo’llar bilan ifloslanadi. Tabiiy ifloslanish vulqonlar otilishi, chang-to’zonlar, o’rmon va dashtlardagi yong’inlar, kosmik chang, mikroorganizmlar nat ijasida yuzaga keladigan ifloslanishdir. Sun’iy ifloslanish manbalariga energetika, sanoat korxonalari, transport, maishiy chiqindilar va boshqalar kiradi.






  • Download 1.07 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   119




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling