Innovatsiyalar vazirligi jizzax politexnika instituti
II BOB. Tashkilotlarda innovatsion jarayon faolligini oshirish
Download 137.39 Kb.
|
Innovatsion menejment Gulhayo
II BOB. Tashkilotlarda innovatsion jarayon faolligini oshirish2.1.Tashkilotlarda innovatsion jarayon faolligi sekinlashuvi va tezlashuvining omillariInnovatsion jarayon – tashkil etish va boshqaruv bilan birlashtiriladiga, funksiyalar to’plami bilan yaniliklar olish yagona maqsadiga ega bo’lgan, ijodiy mehnatning har xil turlari doimiy o’zgaruvchan kombinatsiyasidir. Shunday qilib, uning dinamikasida asosiy omillar sifatida birinchi navbatda, quyidagilarni ko’rib chiqish lozim: mehnat elementlari, uning motivatsiyasi, resurslar bilan ta’minlanganligi, tashkil qilish va boshqarish, raqobat, atrof-muhit sharoitlari. Bu ob’ektiv omillar yig’indisi bilan bir qatorda bir guruh sub’ektiv omillar ham amal qiladi: strategiya, siyosat, risk va h.k. Tahlil maqsadlari va asosiy tasniflash belgilariga qarab, barcha omillar yig’indisini quyidagilarga taqsimlash mumkin: tashqi va ichki omillar, asosiy va to’ldiruvchi omillar, ob’ektiv va sub’ektiv omillar, bozor omillari va bozordan tashqari omillar, makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy omillar va h.k. Innovatsion faollik omillari to’plami tarkibida innovatsion jarayonlarni sekinlatadigan omillar ham amal qiladi. Ular «innovatsion to’siqlar» deb ataladi. Ularni tahlil qilish beshta asosiy salbiy omilni ajratib ko’rsatishga imkon beradi: 1) texnik omillar; 2) tasniflash omillari; 3) ijtimoiy asoslangan omillar; 4) tartibga solish omillari; 5) iqtisodiy omillar. Tabiiyki, har qanday innovatsion jarayon faolligiga ijobiy va salbiy omillar butun tizimi ta’sir ko’rsatadi. Ularning ta’sirini baholash hamda eng katta muvaffaqiyatga erishish va uchrashi mumkin bo’lgan riskni pasaytirish uchun sharoitlar tanlash – har qanday pog’onadagi boshqaruv organlarining vazifasi, davlat, mintaqa, firmaning innovatsion siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishning ajralmas bir tarkibiy qismidar. Innovatsion faollik infratuzilmasi Kichik biznes innovatsion infratuzilmasini qo’llab-quvvatlash innovatsion faollik infratuzilmasining rivojlanish darajasi innovatsion siyosatni amalga oshirishga ta’sir etuvchi asosiy omillardan biri sanaladi. Xorijiy adabiyotlarda «innovatsion infratuzilma» atamasi yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotni, yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayonni yaratish, ishlab chiqarishda o’zlashtirish va (yoki) amaliyotda qo’llash bo’yicha xizmatlar ko’rsatadigan tashkilotlar yig’indisi sifatida ta’riflanadi. Innovatsion faoliyat infratuzilmasi – innovatsion faoliyat sub’ektlariga innovatsion faollikni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan xizmatlar ko’rsatuvchi tashkilotlar. Innovatsion faollik infratuzilmasi sub’ekti deb innovatsion faollik sub’ektlariga ishlab chiqarish, texnik, konsalting, moliyaviy, axborot va boshqa turdagi xizmatlar ko’rsatuvchi yuridik shaxslar tan olinadi. Download 137.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling