Innovatsiyalar vazirligi jizzax politexnika instituti
-rasm. Innovatsion faollik omillarini tasniflash
Download 137.39 Kb.
|
Innovatsion menejment Gulhayo
1-rasm. Innovatsion faollik omillarini tasniflash
Boshqarilmaydigan omillar (yoki berilgan) - bular, korxona innovatsion faolligiga, boshqaruv qarorlarini qabul qilinishiga ta’sir o‘tkazmaydigan omillar. Bilvosita boshqariladigan omillar - bular, korxona innovatsion faolligiga ta’siri natijalari boshqaruv qarorlarining qanday qabul qilinishi, tashqi omillar ta’siri bilan bog‘liq. Korxona innovatsion faolligi rivojlanishiga bilvosita boshqariladigan omillarning ta’siri innovatsion loyihalarga ta’sir o‘tkazuvchi moliya institutlarining qabul qiladigan boshqaruv qarorlarini, innovatsiyalar sohasida davlat siyosatining innovatsiyalarni targ‘ib etishda manfaatdorlar sanoat tizimlari bilan bog‘liq (bank sohasi, davlat investorlar va boshq.). Bevosita boshqariladigan omillar sirasiga, korxona innovatsion faolligiga ta’sir ko‘rsatish natijalariga boshqaruv qarorlarinig qabul qilinishi bilan butunlay bog‘liq bo‘lgan omillarni keltiramiz. Korxonaning innovatsion faolligiga uning sohaga tegishliligi alohida ta’sir o‘tkazadi. U aytarli darajada xususiy, mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilishga sharoit yaratadi. Boshqa shu kabi sharoitlarda ham aynan qaysi sohaga tegishlilik omili investitsiyalarni o‘ziga jalb qilish ko‘lamini oshiradi. Innovatsion faollikning shakllanishi va uning darajasiga korxona ko‘lami sezilarli ta’sir o‘tkazadi. Nisbatan yirikroq korxonalarda ilmiy tadqikot ishlanmalar, innovatsiyalarni amalga oshirish bilan shug‘ullanuvchi bo‘limlarni yaratish imkoniyati ko‘proq. Statistik hisob kitoblarga qaraganda, sanoat ishlab chiqarish tashkilotlarining asosiy ulushini xodimlari soni juda ko‘p bo‘lgan korxonalar guruhi tashkil etadi. Kam ishchilar soniga ega bo‘lgan korxonalar guruhlarining innovatsiyalarning texnologik amalga oshirilishidagi ulushi sezilarli darajada past. Korxona innovatsion faolligining ajralmas bir bo‘lagi sifatida tashkiliy-boshqaruv faoliyatini shakllantirish uchun tashkiliy tizim boshqaruvi innovatsion jarayon vazifalariga mos kelishi zarur. Ushbu omil quyidagilarni o‘z ichiga oladi: joriy tashkiliy tuzilmalarning rasmiylashtirilish darajasi; alohida xodimlar va bo‘linmalarning innovatsion erkinligi; maqsadli ishchi guruhlarni shakllantirish imkoniyati; tashkiliy tuzilmada innovatsiyalarni qayta ishlash faoliyatini olib boruvchi bo‘limlarning mavjudligi; tashkiliy tuzilmada korxona innovatsion faoliyatini amalga oshirishni amalga oshiruvchi bo‘limlarning mavjudligi. Korxona innovatsion faolligini shakllantirish va yuzaga keltirish jarayonlari boshqaruvi innovatsion menejment tizimi tomonidan amalga oshiriladi. Korxona moliyaviy resurslari ko‘lami ITTKIni o‘tkazish uchun, asosiy fondlarni modernizatsiyalash, kadrlarni o‘qitish va malakasini oshirish, faollashtirish, korxona innovatsion faolligi darajasini oshirish uchun muayyan tadbirlarni o‘tkazishga imkon berishi kerak. Tadqiqotning natijalari korxona innovatsion faolligi darajasini aniqlash va amalga oshirishni amalga oshirishga imkon beruvchi va oqibatda sanoat korxonalari innovatsion faolligini baholash usullarini takomillashtiruvchi kompleks ko‘rsatkichlarni ishlab chiqishga sharoit yaratib beradi. Shuningdek, har bir hududdada sanoat korxonalarini innovatsion asosda rivojlantirish orqali qo‘shimcha qiymat yaratish mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishning lokomotivi bo‘lib xizmat qiladi. Download 137.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling