Innovatsiyalar vazirligi jizzax politexnika instituti


Innovatsion faollik infratuzilmaning umumiy sxemasi


Download 137.39 Kb.
bet7/13
Sana21.04.2023
Hajmi137.39 Kb.
#1375374
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Innovatsion menejment Gulhayo

Innovatsion faollik infratuzilmaning umumiy sxemasi
Innovatsion faollik infratuzilma g’oyalar ishlab chiquvchi innovatorlar va bu g’oyalarni muayyan mahsulot va xizmatlarda mujassam etuvchi ishlab chiqarish-texnologik tarkibiy qism:
- Innovatsion-texnologik markazlar va texnoparklar
- Innovatsion-sanoat komplekslari
- Texnologik klasterlar
- Texnik-joriy qilish hududlari
- Yuqori texnologiyali asbob-uskunalarlardan jamoaviy foydalanish markazlari
Konsalting tarkibiy qismi:
- Texnologiyalar transferi markazi
- Moliya va iqtisod sohasida konsalting
- Texnologik konsalting
- Marketing konsaltingi
- Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida konsalting
Moliyaviy tarkibiy qism:
- Byudjet mablag’lari
- Byudjet va nobyudjet texnologik rivojlanish fondlari
- Venchur fondlari
- Pay va start fondlari
- Kafolat strukturalari va fondlari
Kadrlar tarkibiy qismi:
- Innovatsiyalar sohasida xodimlar malakasini oshirish
- Texnologik va ilmiy menejment sohasida mutaxassislar tayyorlash
Sotuv tarkibiy qismi:
- Tashqi savdo birlashmalari
- Ixtisoslashgan vositachilik firmalari
- Internet
- Ko’rgazmalar
Axborot tarkibiy qismi:
- Davlat ilmiy-texnik axborot tizimi
- Kichik biznesni qo’llab-quvvatlash struktura resurslari
- Mintaqaviy axborot tarmoqlari
- Internet
Innovatsion faollik infratuzilma umumiy sxemasi innovatorlarning mehnatini taqsimlash asosida shakllantiriladi. Bu mehnat turlari albatta, o’zaro bog’liq, lekin shu bilan bir paytda o’ziga xos hisoblanadi – agar «innovator-generator» yangi g’oyalar ishlab chiqishni tashlab, o’z ishlanmalarini sanoat va texnologik jihatdan amalga oshirishga, ayniqsa, muayyan marketingga «yetkazish» bilan shug’ullanadigan bo’lsa, bu holatda shu vaqt davomida yangi g’oya ishlab chiqish jarayoni sezilarli darajada sekinlashadi yoki umuman to’xtab qoladi, bu esa kelgusida yuqori ixtisoslashuv bilan yangi g’oyalarni oxiriga yetkazish bilan shug’ullanuvchilar ish bilan ta’minlanishiga va ish joylariga ta’sir ko’rsatadi.
Bundan infratuzilma ta’minotining bozor variantlari va bunday taqsimlashning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi kelib chiqadi. Innovatsion tadbirkorlik infratuzilmasi birinchi navbatda, alohida bo’lib o’tadigan va innovatsion deb nomlangan turga moslashib oladigan tadbirkorlikni ta’minlovchi tizimni ifodalaydi. U innovatsion sohaning tadqiqotchilik-loyihalash sektorini iqtisodiyotning real sektori va yakuni iste’molchi bilan birlashtiradi.
Bir tomondan, bevosita innovatsiyalash, ya’ni innovatsiyalarni taklif sifatida yaratish uchun va innovatsion tadbirkorlik, ya’ni bu takliflarni amalga oshirish va ilgari surish uchun infratuzilma elementlarining mazmuni ochib berilgan.


Download 137.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling