Innovatsiyalar vazirligi jizzax politexnika instituti


Download 137.39 Kb.
bet2/13
Sana21.04.2023
Hajmi137.39 Kb.
#1375374
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Innovatsion menejment Gulhayo

Маvzu: Tashkilotlarning innovatsion faolligini oshirish muammolari

Mundarija


KIRISH 3
I BOB. Innovasion faollik mohiyati, tushunchasi va ta’sir etuvchi omillar 6
1.1. Innovatsion faollikning nazariy asoslari 6
1.2.Sanoat korxonalari innovatsion faolligiga ta’sir qiluchi omillar va ullarning mintaqa iqtisodiyotiga ta’siri 10
II BOB. Tashkilotlarda innovatsion jarayon faolligini oshirish 17
2.1.Tashkilotlarda innovatsion jarayon faolligi sekinlashuvi va tezlashuvining omillari 17
2.2.Sanoat korxonalaring innovatsion saloyihatini boshqarishinig nazariy-uslubiy jihatlari 21
III BOB. Respublikamizda sanoat mahsulotlari sotilish faolligining maritsalar yordamida tahlili 27
3.1.Marissalar yordamida tahlil tushunchalari 27
BCG matritsasi orqali tahlil qilish 27
O’sish strategiyalari 30
Ansoff o’zining 1957 yilgi maqolasida ta’rif bergan mahsulot bozori strategiya "mahsulot qatorining qo’shma bayonoti va mahsulotlar bajarishga mo’ljallangan tegishli vazifalar to’plami". U mavjud yoki yangi bozorlarda, mavjud yoki yangi bozorlarda tashkilotni rivojlantirish uchun to’rtta o’sish alternativasini tavsiflaydi. Har bir alternativa tashkilot uchun turli darajadagi xavfni keltirib chiqaradi: 30
Bozorga kirib borish 30
Bozorning rivojlanishi 31
Mahsulotni ishlab chiqish 31
Diversifikatsiya 32
Foydalanadi 32
Tanqidlar 33
Mantiqiy barqarorlik muammolari 33
3.2. Respublikamizda sanoat mahsulotlari sotilish faolligining maritsalar yordamida tahlili 36
Xulosa 40
Foydalanilgan adabiyotlar 42



KIRISH


Hozirgi kunda jamiyat hayotida innovatsion sohaning jadal rivojlanishi, iqtisodiyotda intellektual mahsulot, axborot va ilmiy-texnik va innovatsion faoliyat ulushining o’sishi shunga olib keldiki, innovatsiyalar xuddi foydali qazilmalar, ishlab chiqarish quvvatlari va intellektual salohiyat kabi, mamlakatning boyligi hisoblana boshladi. Mamlakatimiz va uning har bir fuqarosi manfaatlari yo’lida innovatsion va ilmiy-texnik salohiyatdan samarali foydalanishning mamlakatda kompleksli innovatsion siyosatni shakllantirish va uni amalga oshirish uchun qonunchilik asoslari yaratmasdan turib hech ham imkoni yo’q edi.
Bozor islohotlarining amalga oshirilishi, mamlakatning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, jahon iqtisodiy tizimining bilimlar va axborot rolining o’sishi tomon o’zgarishi, yangi texnologiyalar va kapital bozori o’rtasidagi aloqalar kuchayishi bilan mamlakatimiz iqtisodiyotining innovatsion rivojlanish yo’liga o’tishi dolzarb ahamiyat kasb etadi. Dunyoning yetakchi rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarida rivojlanish umumiy qonuniyatlari va tendensiyalarini bilish, shuningdek, boy tabiiy resurslar, ishlab chiqarish va ilmiy-texnik salohiyatga ega bo’lgan O’zbekistonning o’ziga xos sharoitlarini hisobga olgan holdagina O’zbekistonning innovatsion rivojlanish yo’liga o’tish yo’llari va usullarini ishlab chiqish mumkin. Zamonaviy dunyoda intellektual mahsulotning tijoratlashuvi, fan va texnika rolining tubdan o’zgarishi sababli har bir davlat, shuningdek, alohida korxonalar darajasigacha bo’lgan quyi boshqaruv darajasidagi strukturalar bozor sharoitlarida ilmiy-texnik va innovatsion faoliyatga resurslar ajratish, bu faoliyat natijalarini amalga oshirishga o’z munosabati xaqida tasavvurga ega bo’lishi, ya’ni mamlakat, mintaqa, tashkilot va alohida shaxsning belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlariga samarali erishish imkonini beradigan o’z innovatsion siyosatini ishlab chiqishi lozim.
Innovatsion sohada strategik va taktik choralar tizimini ishlab chiqish faqat ilmiy asosda amalga oshirilishi mumkin. Shu sababli faol harakat qilayotgan har bir shaxs, u qaysi faoliyat sohasida band bo’lmasin, fan va texnikaning rivojlanish umumiy qonuniyatlari, yangiliklarni samarali qo’llash usullari xaqida tasavvurga ega bo’lishi, yangiliklar kiritish nazariyasi, innovatsion faoliyatni tashkil etish va boshqarish amaliyotini, ya’ni innovatsion ctrategiyaning asosiy qoidalarini, shuningdek, mos keluvchi darajada innovatsion siyosatni shakllantirish va amalga oshirish xususiyatlarini bilishi zarur.
O’zbekistonda zamonaviy innovatsiyaning asosiy masalalari, uning holati va rivojlanish istiqbollari, takomillashtirish mumkin bo’lgan yo’nalishlari ham ko’rib chiqilgan. Fan-texnika taraqqiyoti sur’atining to’xtovsiz o’sishi va dinamikligi bilan tavsiflanadigan innovatsion iqtisodiyotda kadrlar tayyorlashning asosiy jihatlariga alohida e’tibor qaratiladi. Bu esa, o’z navbatida, professional kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlashni samarali amalga oshirish imkonini beradigan mos keluvchi ta’lim tizimini shakllantirish ko’zda tutilgan innovatsion siyosatni talab qiladi.
«Innovatsion faollik» tushunchasi XX asrning 70 yillari oxiridan boshlab fanga faol kirib kela boshladi. U qator olimlarning uslubiy, nazariy tadqiqotlarida aniqlashtirilgan va ishlab chiqilgan. Biroq, shu kungacha ham mazkur tushunchaning dunyoda umumqabul qilingan yagona taʼrifi ishlab chiqilmagan. Har bir olim yoki mutaxassis oʼz davlatining xususiyatlarini inobatga olgan holda innovatsion salohiyatni oʼziga xos yoʼnalishda talqin etadi. Bugungi kunda universal innovatsiya nazariyasining mavjud emasligi uning koʼplab maʼno va kontseptsiyalarining vujudga kelishiga sabab boʼldi. Shunday boʼlsada, koʼpchilik yondashuvlar «yangilik» va «oʼzgarish» gʼoyalariga borib taqaladi.
Innovatsiyalarning koʼplab taʼriflari obʼekt innovatsiyasining turli xil xususiyatlariga urgʼu berishiga qaramay quyida keltirilayotgan tanlov, innovatsiyalarning tabiati haqidagi muvofiqliklarni aks ettirishga xizmat qiladi.
Innovatsiya tushunchasiga taʼrif bergan ilk iqtisodchi olimlardan biri bu Jyozef Shumpeter hisoblanadi. U «ijodiy holat» va «yangi kombinatsiyalar» tushunchalarini ishlatgan va quyidagilarni nazarda tutgan:
➢ yangi mahsulot ishlab chiqarish yoki mahsulot sifatini yangilash;
➢ angicha ishlab chiqarish usulini yaratish;
➢ yangi bozorlarni zabt etish;
➢ xomashyo va yarim tayyor mahsulotning yangi bozorlarini zabt etish;
➢ tashkiliy oʼzgarishlarni amalga oshirish.
Innovatsiya tushunchasi haqida tasavvurga
Innovatsiya tushunchasi haqida tasavvurga ega boʼlishda Germaniyalik innovatsion tadqiqotchilar Yurgen Xausshildt va Klaus Brokxofflar tomonidan tasvirlangan innovatsiyalarni qanday ishlab chiqarish jarayoni1 muhim ahamiyat kasb etadi. Аyniqsa Brokxoff tomonidan gʼoyaning vujudga kelishi, ixtironing oʼzi va sotishga tayyor mahsulot ishlab chiqarishni shakllantirish jarayonlarini ajratib koʼrsatilishi ahamiyatlidir.
Keltirilgan bosqichlarda u innovatsiyani tushunishning asosi sifatida ixtiro va mahsulot yaratishni olgani holda innovatsiya kontseptsiyasini kengroq tasvirlab bergan. Har bir bosqich gʼoyani qabul qilish yoki rad etishga doir qarorlarni qabul qilish jarayonlari, texnologik jihatdan mosligi va taklif qilinayotgan iqtisodiy yutugʼini oʼz ichiga oladi.
Shuningdek, u rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan ixtirolarni ajratgani holda, innovatsiyalarni muvaffaqiyatli rejalashtirish yoki tasodifiy jarayonlar natijasi sifatidagi qarashlarni farqlaydi.
«Salohiyat» tushunchasining turli xil talqinlarini koʼrib chiqqan holda, innovatsion salohiyat taʼrifiga toʼxtalamiz. «Salohiyat» tushunchasi lotincha «potentia» soʼzidan kelib chiqqan boʼlib, «imkoniyat, kuch, qudrat» degan maʼnolarni bildiradi. Katta iqtisodiy lugʼatda «salohiyat» tushunchasi «mavjud vositalar majmui», «har qanday sohadagi imkoniyatlar, mavjud manbalar, vosita, zahira» sifatida taʼriflanadi3. «Salohiyat» tushunchasining yuqorida keltirilgan talqinlarning umumiy jihati sifatida muayyan maqsadlarga erishishda talab qilinadigan, zarur boʼlgan baʼzi vositalar majmuining, nimanidir amalga oshirilishida qandaydir imkoniyatlarning mavjudligidan tashkil topgan.

Download 137.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling