Innovatsiyalar vazirligi jizzax politexnika instituti
MakKenzey matrissasi orqali tahlil qilish
Download 95.67 Kb.
|
Innovatsion menejment Kurs Zoirova
MakKenzey matrissasi orqali tahlil qilish
Mak Kinsey matritsasi Ushbu matritsa xam, BKG matritsasi kabi, ikki o’lchamlidir, biroq ushbu o’zgaruvchilar ko’plab omillarga bog’liq bo’ladi. O’rta korxonalarning jalb qiluvchanligi quyidagi to’rt bosqichda baholanadi: - menejerlar o’rta korxonalarning jalb qiluvchanlik mezonlarini aniqlashi orqali; - alohida omillarning nisbiy ahamiyatlarini aniqlab; - menejerlar ayrim tarmoqlarning jalb qiluvchanligini korporatsiya portfeliga qayd qilishi orqali; - har bir o’rta korxonalar uchun umumiy baxolarni belgilash orqali. Firmaning raqobatchilik mavqei ham shunga uxshash tarzda baxolanadi: - strategik menejer kompaniya raqobatlashayotgan har bir sohadagi muvaffaqiyat omillarini aniqlaydi; - muvaffaqiyatning har bir hal qiluvchi omiliga uning o’ziga tegishli bo’lgan va raqobatli pozitsiyadagi nisbiy ahamiyatiga bog’liq bo’lgan mavqei belgilanadi; - so’ngra muvaffaqiyat omilining tarmoq uchun nisbiy ahamiyatiga mos xolda har bir o’rta korxonalardagi raqobat kuchining darajasi aniqlanadi; O’rta korxonalarlar BKG matritsasiga uxshagan MakKinsey matritsasi yordamida taqqoslanadi. MakKinzey matritsasi to’qqizta katakka bo’lingan. Ularning uchtasida o’rta korxonalar «g’olib» hisoblanadi yoki biznesning eng qulay sohasi sanaladi. Uchta katak esa yutqazuvchi hisoblanib, ular biznes uchun eng noqulay bo’ladi.
Bitta katak «so’roq belgisi» deb belgilangan. Bu biznesdagi mavhum, biroq istiqbolli xolatdir. Ushbu o’rta korxonalar qo’llab-quvvatlansa, «g’oliblar»ga aylanadi, biroq ularning «yutqazuvchilarga» aylanib qolish xavfi xam bor. Katakchalardan biri «daromad ishlab chiqaruvchi» deb ataladi (BKG matritsasidagi «sog’in sigir» kabi). MakKinsey matritsasi asosidagi taxlildan quyidagi strategik xulosalar kelib chiqadi: -«yutqazuvchilar» tugatilishi yoki ularda hosil yig’ib olinishi lozim; -«g’oliblar»ning, rivojlanayotgan «g’oliblar»ning pozitsiyalari mustahkamlashi kerak; -«daromad ishlab chiqaruvchilar»ning kuchli raqobatli pozitsiyalarini hisobga olgan xolda, ulardan daromadlarni «g’oliblarga» yoki tanlab olingan «so’roq belgilariga» qayta investitsiyalashda foydalanish lozim; -«o’rta biznes»ni «g’oliblar»ga aylantirishga yoki agar kelgusida istiqbolli bo’lmasa, «hosilni yig’ib olish»ga urinib ko’rish. Download 95.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling