Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti magistratura


Download 101.32 Kb.
bet11/15
Sana20.06.2023
Hajmi101.32 Kb.
#1627537
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Muxammadali123

Sport turi
O‘rtacha yosh
Mashg‘ulotlarning optimal staji (yil)

O’rtacha yosh

Mashg’ulotlarning optimal staji (yil)

Suzish

17,5

6-7

Gimnastika

18,6

6-7

Suvga sakrash

20,2

5-6

Konkida figurali uchish

20,2

9-10

Baydarkada eshkak eshish

23,0

4-5

Chana

23,0

5-6

Tog’ chang’isi

23,2

4-5

Yugurish 100-400 metr

23.4

5-6

Sakrash

23,4

8-9

Voleybol

23,5

5-6

Konki

23,5

8-9

Basketbol

23,6

8-9

Eshkak eshish

24,1

2-3

Qo‘l to‘pi

24,2

6-7

Yugurish 800-1500 metr

24,4

4-5

Yugurish 100 metr

24,5

8-9

Kamondan yoy otish

24,6

4-5

Beshkurash

25,2

9-10

Ot sporti

25,8

10-11

Uloqtirish

26,2

9-10

Chang‘i poygasi

27,1

7-8

Qilichbozlik

28,4

7-8

Shunday qilib, sport mashg‘ulotlarini boshlash optimal muddatlari, balki alohida sport turlari bo‘yicha maksimal sport muvaffaqiyatlari yosh mezonlari mavjud. Maksimal natijalarga erishish uchun optimal yosh N.J. Bulgakova (suzish), V.P.Filin(yengil atletika), G.S.Tumanyan (gimnastika) va boshqalar tomanidan aniqlangan.Sportga to‘g‘ri yo‘naltirish va muvofiq saralash uchun sport turlarida yagona ilmiy tasnifi zarurligi shubxasiz.Sportga yo‘naltirish va saralash amaliyoti uchun quyidagilarni tavsiya qilish mumkin.
Inson harakat imkoniyatlari rivojlanishi muayyan darajada individual genotip bilan cheklangan. Mashg‘ulotlar hajmi erishilgan natijalar darajasi orasida bog‘liqlik mavjud emas. Sport natijalarini oshirish maqsadida yuklama hajmini oshirish, faqatgina natijani pasaytirish mumkin. Sportga saralashni davrlashtirish uchun tanlangan sport turiga qiziqishning shakillanish darajasi muhum ahamiyat kasb etadi.
III. 2. Sportga saralashni bosqicha-bosqich o‘tkazish
Sport yutiqlarining zamonaviy saviyasi sportchilar tayyorlashni ko‘p yillik tizimini tashkil etishni,samarali tashkiliy shakllarini izlashni, yuqori malakali sportchilar qatorini to‘ldirib borish uchun iqtidorli yigit va qizlarni sport bilan shug‘ullanishga keng jalb qilishni talab etadi .Ushbu maqola bolalarni sportga saralashni bosqichma bosqich o‘tkazish muxum ekanligi yoritilgan .Hozirgi vaqtda jahonda zamonaviy sport natijalarining darajasi shu qadar yuqoriki, ularga erishish uchun sportchi kamyob marfologik xusisiyatlarga, jismoniy va psixologik majmua jixatlarining mutanosibligi kabi talablarga javob berishi kerak, va ular albatta, rivojlanishning eng yuqori saviyasida bo‘lishi lozim. Bunday uyg‘unlik, ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarini eng oqilona ravishda tuzulganligiga va zarur shart-sharoitlarning barchasi yaratilganiga qaramasdan juda kam uchraydi. Shuning uchun oily toifadagi sportchilarni tayyorlash tizimining eng markaziy masalasi sportchilarni saralash va yo‘naltirishdir.O‘smirlar ko‘p yillik mashg‘ulotlar davmidagina yuqori malakali sportchiga aylanishi mumkin. Shu sababli yo‘naltirish va saralashni bosqichama – bosqich amalga oshirish zarur. Hozirgi vaqtgacha boshlang‘ich bosqich haqida ko‘p fikrlar bildiriladi. Boshqa bosqichlar –aloxida maxsus masala hisoblanadi. Sport mashg‘ulotlarini davrlashtirish jarayoniga muvofiq bosqichma bosqich saralash o‘tkazish borasida mutaxassislar tamonidan bir nechta tizimlar taklif etilgan. Har bir davr saralashning muayyan bosqichini o‘z ichiga oladi; dastlabki tayyorgarlik (7-10 yosh), boshlang‘ich maxsus tayyorgarlik (10-12 yosh), asosiy maxsus tayyorgarlik (13-15 yosh), sport mahoratiga erishish (16-17 yosh) sport mahoratintakomillashtirish (18 yoshdan katta). Bu bosqichlarning barchasi gimnastika sport turi uchun to‘g‘ri keladi. Tezlik-kuch talab etadigan sport turlarida ko‘pyillik mashg‘ulotlasaralashning quyidagi bosqichlarini o‘zichiga oladi: dastlabki tayyorgarlik (10-yoshgacha haftasiga 6 soat), boshlang‘ichtayyorgarlik (11-14 yosh, haftasiga 10 soat), maqsadli tayyorgarlik (15-17 yosh, haftasiga 12 soat), sport kamoloti (18 yoshdan katta, haftasiga 14-16 soat).Bulgakova N.J sportga yo‘naltirish va saralash jarayonini qo‘yidagi uch bosqichga: dastlabki saralash, tanlangan sport turida boshlang‘ich ixtisoslik, tasnifiy saralash taklifini kiritadi . Dastlabki saralash – bu bosqichning muhimligi shundaki, bir tomondan har bir o‘smirning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda sport mashg‘ulotlariga to‘g‘ri yo‘naltirish bo‘lsa, boshqa tomondan, iqtidorli bolalarni nazardan chetda qoldirmaslik, sportga qiziqish uyg‘otishdir. Bu bosqichda imkoni boricha ko‘p sonli bolalar va o‘smirlar uchun mashg‘ulotlar tashkil etish kerak, chunki, birinchidan, barcha bolalarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishi (bolalar uchun harakatlanish – to‘g‘ri rivojlanish uchun zarur); ikkinchidan, bolaning jismoniy sifatlari rivojlanishi yetarlicha bo‘lmagan yuqori darajasi – sport mashg‘ulotlari uchun g‘ov bo‘la olmaydi, ularning tabiiy qobiliyatiga binoan faoliyat turini tanlash lozim; uchunchidan, aynan bolalar va o‘smirlar ommasi orasida olimpiya zaxiralarini topish osonroqdir.
Saralashning har bir bosqichida o‘smirlarni asab tizimi xususiyatlari va shaxsiy jihatlarini inobatga olish zarur; o‘smirning istaklari darajasi va sport bilan shug‘ullanish sabablarini tushunishga harakat qilish; ta’limda individual yondoshuvni izlash va ushbu jarayon samaradorligini inobatga olish zarur.Jismoniy sifatlarni sinashda uning rivojlanish darajasini aniqlash bilan cheklanmaslik kerak, chunki u har doim ham rivojlanish potensialiga mos kelmaydi. Jismoniy sifatlarni yuqori boshlang‘ich darajasi va rivojlanishini yuqori templari yosh sportchining istiqbolligidan darak beradi.Jismoniy sifatlar rivojlanish boshlang‘ich darajalari saralashni ishonchli mezoni bo‘lmasada, ularning ba’zi belgilari hanuzgacha konservativ bo‘lib, yosh sportchi istiqobilini belgilashda undan foydalanish mumkin.
Jismoniy sifatlar rivojlanish templari haqida muloxaza uchun 1-2 yil davomida o‘smirlarni kuzatish yetarli hisoblanadi. Inson organizmi rivojlanishi va o‘sishi nomutanosibligi (geteroxronligi) ma’lum. Turli yoshlarda mashg‘ulotlarga nisbatan belgilar sezuvchanligi aniqlangan. Rivojlanishning sensitiv (sezuvchan, tanqidiy) davrlari haqidagi ta’limotga binoan tashqi muhit belgilariga bog‘liqlik, bu davrlarda maksimum darjaga yetadi.Yosh davrlarida jismoniy sifatlar rivojlanishi uchun eng muqobilini aniqlash katta amaliy axamiyat kasb etadi. Misol uchun, o‘smirlarda aerob chidamlilikni qachon rivojlantirishi noma’lum. Ba’zilar pubertat davrida deb hisoblashadi, chunki mashg‘ulotlar orqali MKIni (maksimal kislarod iste’moli) oshirish uchun juda sezuvchan bo‘ladi. Boshqalar (esa umumiy chidamlilikni rivojlantirish) bu vaqtda MKI (maksimal kislarod iste’moli) rivojlantirilmasa, keyinchalik u yosh insonning jismoniy salohiyatiga salbiy va tuzatib bo‘lmaydigan ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Boshqalarning fikricha, umumiy chidamlilikni rivojlantirishni imkoni boricha erta-maktabgacha va boshlang‘ich maktab yoshida boshlash kerak, chunki yoshi katta sportchilarda MKI(maksimal kislarod iste’moli) oshish nisbatan kichik meyorlarda amalga oshadi.
Maktab yoshi – bolaning rivojlanishida eng asosiy bosqich hisoblanadi. Aynan shu sababli, shu yoshda sport bolaning keyingi barkamol rivojlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Muayyan darajada yaxshi chidamlilik (tabiiyki, MKIning yaxshi ko‘rsatgichlari) uning butun motorikasi rivojlanishini kafolatlaydi. Lekin bolalarni yoshligidanoq chidamliligini chiniqtirishga berilmaslik kerak. Chunki keyingi 30 yilda mashg‘ulot yuklamalari hajmi 10 va undan ortiq barobar ko‘paydi. Masalan, suzishda yosh istiqbolli sportchi 25 km suzib, kuniga 6 soatdan kam shug‘ullanmaslik kerak. Uning odatiy kun tartibi va dam olish mehnat soatlari to‘liq o‘zgartirilishi kerak. Yoshlikdagi bu yuklamalar nafaqat bu salomatlik uchun xavfli balki butunlay qiziqishni so‘ndirishi mumkin. Ba’zan iqtidorli sportchilar o‘z imkoniyatlaridan to‘liq foydalanmay, sportni tark etishadi. Shu sababli, yosh sportchiga juda ko‘p yuklama bermay, suzish texnikasini rivojlantirish kerak. Unda g‘ayritabiiy qobiliyatlar namoyon bo‘lsada, ixtisoslikni 13 yoshdan keyin tavsiya etiladi.Sportda saralash va yo‘naltirish jarayonlarini to‘g‘ri davrlash uchun u yoki bu yoshda tayyorgarlik yuklamalari hajmini to‘g‘ri hisobga olish zarur.Sportga yo‘naltirish va saralash amaliyoti uchun quyidagilarni tavsiya qilish mumkin.Inson harakat imkoniyatlari rivojlanishi muayyan darajada individual genotip bilan cheklangan. Mashg‘ulotlar hajmi erishilgan natijalar darajasi orasida bog‘liqlik mavjud emas. Sport natijalarini oshirish maqsadida yuklama hajmini oshirish, faqatgina natijani pasaytirish mumkin. Har bir sportchi uchun sportning har bir turida optimal yuklamalar zarur, aynan shu sababli, optimal tayyorgarlik siri har doim individualdir.Sportga saralashni davrlashtirish uchun tanlangan sport turiga qiziqishning shakillanish darajasi ham axamiyatli. Bolalarning asosiy qismi 5-6 sinflarda sport mashg‘ulotlariga muntazam ishtirok eta boshlaydi va sport turini tanlashda atrof sharoitlari va vaziyati asosiy rol o‘ynaydi. Odatda qarorlar o‘rtoqlar, o‘qituvchi va ota-onalar fikriga bog‘liq. Qizlarni ko‘pincha sport mashg‘ulotlarining emotsional tomoni qiziqtirsa, yigitlarni kuchliroq va qudratliroq bo‘lish imkoniyati jalb etadi.Lekin hamma ota - onalar ham bolalarning rivojlanishi uchun jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari zarurligini


Download 101.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling