Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti magistratura


Maxsus ilmiy-uslubiy adabiyotlardan olingan ma’lumotlarni nazariy tahlil qilish va ularni umumlashtirish


Download 101.32 Kb.
bet8/15
Sana20.06.2023
Hajmi101.32 Kb.
#1627537
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
Muxammadali123

2.2.1. Maxsus ilmiy-uslubiy adabiyotlardan olingan ma’lumotlarni nazariy tahlil qilish va ularni umumlashtirish
Mazkur usul dissertatsiyaning barcha vazifalarini hal etish uchun universal hisoblanadi. Tadqiqotning vazifalarini belgilash hamda olingan natijalarini muhokama qilish chog‘ida bu usul maqsadni aniqlashtirishda ham eng
asosiylaridan biri bo‘ldi, tadqiqotning ishchi farazini shakllantirish hamda ayrim nazariy xulosalarni asoslash imkonini berdi.
Tadqiqotning vazifalarini asoslash va usullarini tanlashda quyidagi fan sohalari bo‘yicha adabiyotlar o‘rganildi: jismoniy tarbiya va sport nazariyasi hamda usuliyati, pedagogika, psixologiya, anatomiya, fiziologiya, biomexanika, matematik statistika.
Maxsus ilmiy-uslubiy adabiyotlarni o‘rganish masalaning holati to‘g‘risida tasavvur hosil qilishga, mutaxassislarning BO‘SM o‘quvchilari faoliyatiga taalluqli fikrlari bilan tajriba ma’lumotlarini umumlashtirish, tadqiqotning ishchi farazini shakllantirishga imkon berdi. Jami 100 dan ziyod ilmiy ishlar, jumladan, vaqtli matbuotda e’lon qilingan maqolalar, ilmiy asarlar to‘plamlari, monografiyalar, darsliklar, dissertatsiyalarning avtoreferatlari va boshqalar o‘rganib chiqildi. Bulardan 20 nafar muallifning ishidan dissertatsiyada dalillar keltirilgan (ular adabiyotlar ro‘yxatida ko‘rsatilgan).
2.2.2. So‘rovnoma yordamida BO‘SM murabbiylari amaliy tajribasini tahlil etish
Ilg‘or amaliy tajriba bilan tanishish va uni umumlashtirish maqsadida
Samaqand shaharidagi BO‘SM murabbiylari orasida so‘rovnoma asosida savoljavob o‘tkazildi. Bu usul eng qulay hamda maqsadga muvofiq hisoblanadi, chunki u tekshirilayotgan masalaning dolzarblik darajasini aniqlashga yordam beradi
[27,72]. So‘rovnomaga BO‘SM o‘quv-mashg‘ulot guruhlari o‘quvchilarining qadriyatlarga munosabatini shakllantirishga oid savollar kiritildi.

2.2.3. BO‘SM o‘quvchilarini faoliyati ustidagi pedagogik kuzatish


Tabiiy pedagogik jarayon to‘g‘risida ma’lumotlar olish, o‘quvchilar haqida dastlabki axborotlarni yig‘ish, tadqiqot farazi usuliyatini aniqlashtirish maqsadida pedagogik kuzatuvlar olib borildi.

Download 101.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling