Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti magistratura


Tadqiqot natijalarining matematik-statistik tahlili


Download 101.32 Kb.
bet10/15
Sana20.06.2023
Hajmi101.32 Kb.
#1627537
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Muxammadali123

2.2.5. Tadqiqot natijalarining matematik-statistik tahlili


Barcha hisoblash ishlari «Windows-Excel» kompyuter dasturidan foydalangan holda amalga oshirildi. Maxsus adabiyotlarda tavsiflangan matematik statistikaning umumiy qabul qilingan usullari qo‘llanildi [70, ]. Quyidagilar hisoblab topildi:

  • o‘rtacha arifmetik kattalik (x);

  • o‘rtacha kvadrat og‘ish kattaligi (u);

  • variatsiyalar koeffitsienti (v);

  • tekshirilayotgan jami guruhlardagi tafovutlar hamda ixtiyoriy o‘rtacha kattaliklarning ishonchliligini baholash uchun Styudentning t-mezonidan foydalanildi.

III.Bob. Sportga yo‘naltirish va saralashda yosh aspektlari


III. I. Sport mahoratiga erishish uchun erta sport ixtisosligi va optimal yoshning axamiyati
Sport yutiqlarining zamonaviy saviyasi sportchilar tayyorlashni ko‘p yillik tizimini tashkil etishni,samarali tashkiliy shakllarini izlashni, yuqori malakali sportchilar qatorini to‘ldirib borish uchun iqtidorli yigit va qizlarni sport bilan shug‘ullanishga keng jalb qilishni talab etadi. Hozirgi vaqtda jahonda zamonaviy sportning natijalari darajasi shu qadar yuqoriki, ularga erishish uchun sportchi kamyob marfologik xusisiyatlarga, jismoniy va psixologik majmua jixatlarining mutanosibligi kabi talablarga javob berishi kerak, va ular albatta, rivojlanishning eng yuqori saviyasida bo‘lishi lozim. Bunday uyg‘unlik, ko‘p yillik tayyorlovni eng oqilona ravishda tuzulganiga va zarur sharoitlarning barchasi yaratilganiga qaramasdan juda kam uchraydi. Shuning uchun oily toifadagi sportchilarni tayyorlash tizimining eng markaziy masalasi sportchilarni saralash va yo‘naltirishdir
Ma’lumki, sport natijlarining oshishi sport mashg‘ulotlari uslubiyati va taktika harakatlari, texnik vositalar taraqqiyoti va ijrochilarining samarali reabilitatsiyasi shuningdek, ommaviylik oshish va to‘g‘ri saralashga bog‘liq. Aksariyat masalalar yechimiga muayyan qaraganda ijtimoiy, iqtisodiy va tashkiliy masalalar bilan belgilanadi. Sportda saralash-bu ilmiy tadqiqot, ilmiy izlanish muammosidir.(6)
Bolalar va o‘smirlarda sport mashg‘ulotlariga qiziqish sport ixtisosligini to‘g‘ri tanlash bilan belgilanadi, bu esa o‘z navbatida sportdan o‘ziga hos individual xususiyatlariga bevosita bog‘liq bo‘ladi.Har bir o‘smir uchun sport faoliyatini tanlash-sport tanlovining muhum vazifasidir. U yoki bu sport turi bilan qachon mashg‘ulotlar boshlashga nisbatan bir necha qarama qarshi fikrlar mavjud. Bir tomondan, alohida sport turlarida “yosharish” kuzatilmoqda. Yigit va qizlar jahon rekordlarini ortda qoldiradigan natijalar ko‘rsatishmoqda. Boshqa tomondan yirik musobaqalarda faol ishtirok etadigan “keksa” sportchilar soni ancha oshdi.
Bolalik va o‘smirlikda sport muvaffaqiyatlari voyaga yetganda yuqori natijalar garovi bo‘la olmaydi. Yosh sportchi “vunderkindlar” keyingi yillarda ko‘rinmay qoladi. V.I.Chudinovning fikricha , turli sport turlarida ixtisoslik boshlanishi yon mashg‘ulotalar staji va maksimal natijalar meyorlari konstantasi mavjud.
Erta sportga ixtisoslashish zarurmi? Mutaxasislar bu borada turli guruhlarga bo‘linishdi. Ularning bir qismi o‘smirlar yuqori natijalarga erishishi uchun kattalardek ixtisoslashtirilishi kerak deb hisoblashsa, boshqalari maxsus ko‘nikmalarni kiritib, sport ixtisosligiga shoshmasik zarur deyishadi; boshqalar esa erta sport ixtisosligi zaruriyatini qat’iyan rad etishadi. Lekin ularning barchasi bir fikrni ya’ni maksimal tayyorgarlik yuklamalari zaruriyat ekanligini ilgari suradilar. Ularni qachon va qanday tempda oshirish masalasini hal qilish zarur, xolos.
Ko‘pchilik Sportchilar sport bilan erta shug‘ullanmasada muvaffaqiyatga erishishadi. Masalan 1971 yil Rus xalqlari Spartakiadasining atiga yarim ishtirokchilari yengil atletika mashg‘ulotlariga 14-15 yoshga yetmay kirishgan (A.A. Gujalovskiy,).Rus olimpiyachi – suzuvchilardan hech biri 10 yoshdan ilgari suzish bilan shug‘ullanmagan (N.J. Bulgakova, ). Ba’zi mutaxasislarning fikricha, erta sport ixtisosligi bola motorikasi atigi 12-13 yoshlarga borib shakillanishi tufayli zarur hisoblanmaydi. Lekin qarama-qarshi fikrlar xam mavjud. 1948-1968 yillar davomida olimpiya o‘yinlari sovrundorlari orasida atigi 40% 14 yoshdan so‘ng (15-19 yosh), 15% 5-9 yoshda, 45% esa 10-14 yoshlarda sport bilan shug‘ullanib boshlashgan.
Katta sportda iqtidorlarni yo‘qotmaslik uchun A.A. Gujalovskiy (1976) mashg‘ulotlar boshlash uchun quyidagi yosh muddatlarini tavsiya qiladi (albatta, shartli ravishda): murakkab kordinatsiyali sport turlari (sport va badiiy gimnastika, akrobatika, konkida figurali uchish, suvga sakrash va b.)-7 yosh atrofida; “chidamlilik’ni talab qiluvchi sport turlari (suzish, chang‘i, konki, voleybol, tennis va b.) 8-12 yosh; og‘ir atletika, kurash, boks bilan 14 yoshdan so‘ng shug‘ullanishi mumkin.
Muayyan sport turida erta ixtisoslik emas, balki o‘smir motorikasi asosini yaratish uchun shunchaki mashg‘ulot zarur degan fikr xam mavjud.
O‘smirlik davrida jahon rekordlari qonuniyat hisoblanilmaydi. Zamonaviy sportning “yosharishi” borasidagi tasavvur alohida shov-shuvli holatlar tufayli shakillanadi. Misol uchun, olimpiya o‘yinlari tarixidagi eng yosh ishtirokchi 1900 yil Parijda rulchi bilan birgalikda yakuniy zaezdda ishtirok etgan 10 yoshli o‘g‘il bola edi, (familiyasi hanuzgacha noma’lum). Olimpiya o‘yinlari eng yosh ayol chempioni 1936 yil suvga sakrash musobaqasida g‘olib bo‘lgan 13 yoshlik amerikalik qiz M. Gestring (hujjatlar bilan tasdiqlangan) edi.
Erkaklar orasida olimpiya o‘yinlari yosh diapazoni 10-73 yoshni o‘z ichiga oladi. Ayollar orasida ushbu diapazon 11-70 yoshni tashkil etadi. “Eng keksa olimpiya ayoli” deb 70 yoshda 1972 yil Myunxenda ot sporti bo‘yicha 12 o‘rinni egallagan, ingliz ot sporti veteran Xilda Jonstonni nazarda tutishadi. 1-jadvalda 1976 yil olimpiya o‘yinlari 6 nafar final ishtirokchi ayollar va ularning tayyorgarligi hamda 6 nafar final ishtirokchi erkaklar yoshi keltirilgan, shuningdek, sportning barcha olimpiya o‘yinlari tayyorgarligi optimal staji aks ettirilgan. Suzish va gimnstika vakillari eng yosh sportchilar ekanligi aniqlandi. Ayol olimpiyachilar erkak olimpiyachilardan o‘rtacha 2 yoshga yoshroq hisoblanadi.
1-jadval 1976 yil Olimpiya o‘yinlari 6 final ishtirokchi ayollari (V.I.Chudinov vo‘yicha,)


Download 101.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling