Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti magistratura
Tajriba guruhlarida o‘quv-mashg‘ulot jarayonini tashkil etishning xususiyatlari
Download 101.32 Kb.
|
Muxammadali123
3.5. Tajriba guruhlarida o‘quv-mashg‘ulot jarayonini tashkil etishning xususiyatlari
Ishimizda mashg‘ulotlarni o‘yin usulida o‘tkazishning ilmiy asoslangan yo‘llaridan keng foydalandik, xususan, F.Kerimov, N.Yusupov [48] kitoblarida bayon etilgan tajriba va amaliy tavsiyalarni keng qo‘lladik. Hal etiladigan vazifalarning vorisiyligi va izchilligiga rioya etgan holda bolaning o‘z muvaffaqiyatlarini guruhdosh o‘rtoqlarining yutuqlari bilan solishtirish ehtiyojidan mashqlarga muntazam ravishda musobaqa elementlarini kiritish (estafetalar, «jamoalar» orasida texnik harakatlarni bajarishda mashqlar majmuasi meyorlarini topshirish va h.k.) yo‘li bilan foydalandik. Mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchi-shogird bilan hamkorlikda mashqni bajarish sifatini tashkil etishga (ayniqsa, u muvaffaqiyatsizlikka uchragan holatlarda) alohida ahamiyat berildi. Shu tariqa onglilik tamoyilining amal qilishiga erishildi, o‘quvchining o‘z xatolariga ongli munosabati rivojlantirib borildi. Tajriba guruhida o‘quv-mashg‘ulot ishlarini tashkil etish uchun biz o‘quv-mashg‘ulot ishlarining shakllari, vositalari va mazmunini ishlab chiqdik . Ish bolaning o‘ziga xos xususiyatlarini aniq hisobga olgan holda olib borildi. Bunda ularga testlash hamda shifokor nazorati natijalarini batafsil tahlil etgan holda mashg‘ulotlarni individuallashtirish zarur ekanligi tushuntirildi. Bolalarga o‘zlari haqida olingan ma’lumotlar asosida maqsadli rejalashtirish metodologiyasining eng oddiy asoslari berildi va shu asnoda yosh kurashchilar o‘z oldiga turli muddatlarda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarni qo‘yish hamda sport tayyorgarligining har bir bo‘limida o‘z yutuqlarini rejalashtirish malakasini egallab bordilar. Birinchi yilda bajarilgan ishlar amaliyoti tanlangan yo‘nalishning to‘g‘riligini tasdiqladi: 1) butun guruh keyingi yilning kuzida mashg‘ulotlarga to‘la tarkibda keldi; 2) sport ko‘rsatkichlari an’anaviy usulda shug‘ullanayotgan boshqa guruhlardagi tengdoshlarinikidan qolishmasdi; Nazorat guruhida kuzdan boshlab mashg‘ulotlarni 9 kishi davom ettirdi (birinchi yil BTGga qabul qilinganlarning uchdan bir qismidan ziyodrog‘i mashg‘ulotlarga kelmay qo‘ydi, bu BO‘SM bo‘yicha avvalgi yillardagi o‘rtacha ko‘rsatkichlardan ancha yuqori). Pedagogik tajribani tashkil etish va o‘tkazish davrida biz ham nazorat, ham tajriba guruhi bolalarining UJT va MJT xususiyatlarini kuzatib, baholadik. Tadqiqotlar pedagogik tajribaning boshida va yakunida tashkil etildi. Kuzatuvlar uchun yuqorida keltirilgan UJT va MJT meyorlari hamda testlardan foydalanildi (3.13-jadval). Kuzatuvlarimiz natijalari 4.5-jadvalda aks ettirilgan. Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, tajriba guruhining bolalari nazorat guruhidagi bolalardan ancha ustun. O‘nta meyordan ettitasida biz tajriba guruhi bolalarida jiddiy statistik tafovutlarni kuzatdik. Bu shundan dalolat beradiki, kontingentni saqlab qolishga yo‘naltirilgan o‘quv-mashg‘ulot ishlari uslubiyati o‘quv-mashg‘ulot jarayoni sifatini ham ko‘tarishga yordam berdi, bu UJT va MJT ko‘rsatkichlarida aks etdi. 4.5-jadval Tajriba oxirida nazorat guruhlaridagi bolalarda UJT va MJT meyorlari bo‘yicha harakat qobiliyatlarining taqqoslanishi № Ko‘rsatkichlar, o‘lch. birligi Nazorat guruhi Tajriba guruhi t-mezoni va tafovutlar ishonchliligi 1. Mokisimon yugurish (sek). 7,5 ± 0,24 7,3± 0,39 1,76 P>0,05 2. 30 m yugurish (sek). 5,2±0,14 5,1±0,26 1,52 P>0,05 3. Yakkacho‘pda tortilish (marta). 5,7±0,17 6,8±0,26 3,34 P<0,01 4. Yotib tayangan holda qo‘llarni bukib-yozish. 13,32±0,15 14,15±0,23 2,43 P<0,05 5. Joyidan uzunlikka sakrash (sm). 129,22±0,13 136,14±0,27 3,28 P<0,01 6. Chalqancha yotib gavdani bukish (marta). 9,5±0,15 13,31±0,18 3,78 P<0,01 7. Oldinga 10 marta o‘mbaloq oshish (sek). 17,2±0,21 16,26±0,13 1,94 P>0,05 8. Bosh atrofida aylanish: 5 marta chapga, 5 marta o‘ngga (sek). 28,24±0,28 25,49±0,17 2,45 P<0,05 9. «Ko‘prikcha»dan ag‘darilishlar 10 marta (sek). 36,25±0,83 32,12±0,21 2,71 P<0,05 10. Teng vaznli sherik bilan o‘tirib-turish (marta). 4,1±0,13 6,2±0,17 2,89 P<0,01 Pedagogik tajribaning o‘zi va muammoni hal etishning tanlangan yo‘li tayyorgarlik yo‘li usuliyatini jiddiy qayta qurish zaruratiga olib keldi. Birinchi yarim yillik davomida ta’limiy-tarbiyaviy yo‘nalishda qo‘llaniladigan vositalar hajmini yanada oshirish asosida kontingentni saqlab qolish vazifasini hal etishning turli shakllariga yanada ko‘p vaqt ajratildi. Masalan, mashg‘ulot uchun ajratilgan vaqtning 70% gacha bo‘lgan qismini suhbat, kurashda texnik-taktik harakatlarning samarali yo‘llarini muhokama qilish, har bir bolaning xatosini tahlil etish, rejali topshiriqlarni ishlab chiqish, alohida istiqbol rejalar va muayyan meyorlarni tuzish kabi ish shakllari egalladi. Oy oxirida kurashchilarning o‘zlari kundalikdagi yozuvlar asosida yig‘ilishlarda (ota-onalar bilan o‘tkazildi) o‘z muvaffaqiyatlari to‘g‘risida axborot berib, yangi topshiriq-maqsadlarni belgiladilar. Aynan shunday ish shakli ota-onalarni ko‘proq qiziqtirib qo‘ydi, ular o‘z farzandlarini «tanimay» qoldilar. O‘quv-mashg‘ulot jarayoni psixologik-pedagogik ta’sir ko‘rsatishning barcha usullarini o‘z ichiga olib, ular birinchi tajriba dasturiga kiritildi (4.6-jadval). Eng avvalo, pedagogik ta’sir ko‘rsatishning shunday usullariga alohida ahamiyat berildi: mashg‘ulotning kirish qismida, keyin esa badan qizdirish mashqlari vaqtida ijobiy hissiy fonni yuzaga keltirish; murabbiy bu ko‘tarinki ruhni butun mashg‘ulot davomida saqlab turishga harakat qiladi; butun o‘quv-mashg‘ulot jarayoni mobaynida belgilangan ishning murakkab va og‘irligiga mos psixologik hozirlik; musobaqalar vaqtida ham (g‘alaba ochkosiga qadar kurasha bilish, raqiblarni hurmat qilish va hakoza), mashg‘ulotlar vaqtida ham (chiday olish, qiyinchiliklarni engish, qat’iyat va hakoza) sportchiga xos fe’l-atvor xususiyatlarini tarbiyalash bo‘yicha maqsadli ishlar. XULOSA Muammoni nazariy fikrlash va tajriba ishlarini umumlashtirish quyidagi xulosalarni e’tirof etish imkonini berdi: Tadqiqotlarning holatini tahlil etish natijasida ma’lum bo‘ldiki, BO‘SMda bolalarning sportga tanlov asosida qabul qilish darajasi jarayonida tashkiliy uslubiy xatoliklar mavjud. Adabiyotlarni tahlil etish natijalari kurash turlari bo‘yicha BO‘SM kontingentining sportni tashlab ketishini o‘rganish muammolari bo‘yicha tajriba bazasining mavjud emasligini ochib berdi. 3.Muammo, eng avvalo, shundaki,tanlov asosida guruxlarni shakillantirish bilan bog‘liq yo‘naltirilgan o‘quv-mashg‘ulot ishlari olib borilmagan. Bolalarning sport kurashi mashg‘ulotlariga yaroqliligi darajasini obyektiv baholash, ularda sport bilan shug‘ullanishga barqaror qiziqish va motivlarni rivojlantirish tadbirlarini o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga kiritish o‘quvchilar kontingentini mustahkamlashga va, umuman, BO‘SM faoliyati samaradorligini oshirishga yordam beradi. 5. Yosh sportchilarni tayyorlash tizimidagi ahamiyati nuqtai nazaridan teng kuchli uchta jihat ochib berildiki, ular o‘z tarkibiy qismlarining ma’lum darajada takomillashtirilishiga muhtojdir. Birinchi jihat boshlang‘ich sport tayyorgarligi bosqichida yosh kurashchilarning o‘quv-mashg‘ulot jarayonini takomillashtirish bilan bog‘liq. Ikkinchi jihat yosh sportchilarda sport bilan shug‘ullanishga ta’sir ko‘rsatuvchi tarbiyaviy-ta’limiy xususiyatli, lekin ochilishi murakkab vazifa bilan bog‘liq. Uchinchisi bu ma’muriy-boshqaruvga aloqador jihat bo‘lib, u sport maktabi ma’muriyatining majburiyatlarini bevosita bajarishi, vakolatlilik darajasi, shuningdek, o‘zi shakllantirgan tashkiliy tuzilmalar (murabbiylar kengashi, otaonalar qo‘mitasi va boshqalar) faoliyatini boshqarishini aks ettiradi. Download 101.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling