Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti magistratura
O‘quvchilar kontingentining sportni tashlab ketishi BO‘SM faoliyati samaradorligining ko‘rsatkichi sifatida
Download 101.32 Kb.
|
Muxammadali123
1.4. O‘quvchilar kontingentining sportni tashlab ketishi BO‘SM faoliyati samaradorligining ko‘rsatkichi sifatida
BO‘SM faoliyatidagi yo‘nalishlar meyoriy-huquqiy asoslar va sport maktablaridagi nizom bilan belgilanadi. Qo‘shimcha ma’lumot beruvchi muassasa hisoblanadigan sport maktabi o‘z-o‘zini takomillashtirish, bilim va ijodkorlikni namoyon qilish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, kasbiy jihatdan o‘z o‘rnini topish, jismoniy, aqliy va ma’naviy qobiliyatlarni rivojlantirish, qobiliyatlarga muvofiq sport yutuqlari darajasiga erishish uchun yordam berishga safarbar etilgan [37,]. Shunday qilib, bolalar, o‘smirlar va yoshlarning sport tayyorgarligi faqatgina har tomonlama jismoniy tayyorgarlik, turli qobiliyatlarni rivojlantirish hamda takomillashtirish masalalarini hal etib qolmasdan, shug‘ullanuvchilarning shaxsini shakllanitirish muammosining ham yechimini topishga yordam beradi. BO‘SM oldiga davlat tomonidan qo‘yilayotgan asosiy vazifa bolalar va o‘smirlarning imkon qadar maksimal miqdorini jalb etish orqali ommaviy sportni rivojlantirishdan iborat. Bu oxirgisi, eng avvalo, boshlang‘ich sport tayyorgarligi bosqichiga taalluqli bo‘lib, uning vazifasi sport maktablari o‘quvchilarining salomatligini mustahkamlash, jismoniy rivojlanishi darajasini oshirish, ma’naviyetik hamda irodaviy sifatlarini tarbiyalashdir. Ayni vaqtda, sport natijalarining bugungi darajasi murabbiylarning kasbiy sifatlariga, ularning bilimi va amaliy ko‘nikmalariga yuqori talablar qo‘yadi. Yoshlar sporti sport zahiralarini tayyorlashning muhim vazifasi va universal tarbiya vositasi sifatida sportchilarning ko‘p yillik tayyorgarligini samarali tashkil etishni, o‘quv-mashg‘ulot ishlarining yanada oqilona tashkiliy shakllari, vosita hamda usullarini izlashni talab qiladi [11,31,]. Sport maktabi oldiga qo‘yilgan vazifalar butun ko‘p yillik sport tayyorgarligi jarayonining aniq maqsadga yo‘naltirilganligi va vorisiyligini nazarda tutadi. Shu bilan birga, yoshga bog‘liq rivojlanish hamda sport mashg‘ulotlarining qonuniyatlari asosida izchil tarzda hal etiladigan vazifalarga ko‘ra ko‘p yillik jarayonda bir necha bosqich ajratiladi. Sportda butun ko‘p yillik jarayonni dastlabki sport tayyorgarligi, boshlang‘ich sport tayyorgarligi, chuqur ixtisoslashuv va sport- takomillashtirish bosqichlariga taqsimlash qabul qilingan [30]. Sport sohasi mutaxassislarining ko‘pdan-ko‘p ishlanmalariga muvofiq, bolalarni sport mashg‘ulotlariga jalb etish uchun eng maqbul yosh qizlarda 7-8, o‘g‘il bolalarda 8-10 yoshdir. Odatda, dastlabki tayyorgarlik bosqichi bir yildan ikki yilgacha davom etadi. Boshlang‘ich sport ixtisoslashuvi bosqichi bazaviy tayyorgarlik bosqichi hisoblanib, unda umumiy ish qobiliyati asosida yotuvchi aerob quvvat bilan ta’minlanish mexanizmlarini rivojlantirishga ustuvor yo‘naltirish bilan sport turi texnikasini takomillashtirish davom etadi. Bosqichning o‘rtacha davomiyligi uch yil - qizlar uchun 9-11 yosh, o‘g‘il bolalar uchun - 10-12 yosh. Tanlangan sport turida chuqur ixtisoslashuv bosqichi o‘rtacha uch-to‘rt yil davom etadi: qizlarda bu 12-14 yosh, o‘g‘il bolalarda - 13-15 yosh. Ko‘pgina mualliflarning ishlarida keyingi yillarda bazaviy hamda ixtisoslashtirilgan mashg‘ulotlar muddatlarini uzaytirish zarurati to‘g‘risidagi fikrlar o‘rtaga tashlanmoqda[32]. Bolalar-o‘smirlar sport maktablari bolalar hamda o‘smirlarga ularda ta’lim olish, yuksak mahoratni egallash va yuqori natijalarga erishish imkoniyatini beradi. Shunga qaramay, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra bolalar va o‘smirlarning 9-10% idan kamrog‘i sport bilan shug‘ullanadi [26,45]. Demak, ommaviy sportni rivojlantirish muammosini BO‘SM yordamida qoniqarli hal etish mumkin deb hisoblash qiyin. BO‘SM o‘quvchilarining sportni tashlab ketganlardan qolgan qismi ancha katta bo‘lib, ularning asosiy qismi o‘z sport takomillashuvini to‘xtatib qo‘yadi, bu esa sport maktablarining sport zahirasini tayyorgarlash ishlari samaradorligini pasaytirib yuboradi. BO‘SMda kurash kabi sport turi uchun iqtidorli sportchilar kontingentini mustahkamlash masalasi ayniqsa dolzarb. Barcha yosh guruhlari tizimida amalga oshiriladigan sport zahirasini tayyorlash ancha qimmat turuvchi tadbir. Shu bilan birga, ko‘pchilik mualliflar hatto ixtisoslashtirilgan sport maktablari orasida ham ularni bitiruvchilarning mamlakat terma jamoalariga chiqishi bo‘yicha ishlarning past rentabelliligini ta’kidlaydilar Sport sohasidagi eng e’tiborli mutaxassislardan biri N.J.Bulgakovaning ta’kidlashicha [47,48], yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan yuqori malakali sportchilar soni kamligining sabablaridan biri shuki, boshlang‘ich sport tayyorgarligi guruhlarining umumiy miqdori katta emas, bolalar-o‘smirlar sport maktablarida ommaviy o‘qishga qiziqish juda sust [19,20]. Bu iqtidorli bolalarni aniqlash hamda sport mashg‘ulotlariga jalb etish imkoniyatlarini ancha pasaytiradi. Muallif turli malaka darajasidagi sportchilarning miqdoriy nisbati optimal bo‘lganda sport zahirasini tayyorlash bo‘yicha BO‘SM faoliyatini rejalashtirish zarurligini ta’kidlaydi. Ko‘p yillik tayyorgarlik jarayonida BO‘SM o‘quvchilari kontingenti kattagina qismining sportni tashlab ketishi va qo‘nimsizligi obyektiv ta’sir ko‘rsatuvchi omil hisoblanadi. Amaliyotdan ma’lumki, yuqori natijalar ko‘rsatishga qodir bo‘lgan bolalar kontingentining muayyan qo‘nimsizligi muqarrardir [20]. Shu bilan birga, o‘z egallagan mahoratiga erishish uchun 5-8 yil atrofida og‘ir, muntazam mehnat qilib shug‘ullangan malakali yosh sportchilarning takomillashuvini to‘xtatish holatlariga ham ko‘pincha duch kelish mumkin. Sport tayyorgarligining turli bosqichlarida BO‘SM kontingenti miqdoriy xususiyatlarini tahlil etish endi shug‘ullana boshlagan bolalarning xalqaro toifadagi sport ustasi darajasiga yetguniga qadar sportni tashlab, safdan chiqib ketishi qonuniyatlari to‘g‘risida ma’lum tasavvur beradi. Masalan, T.S.Timakova o‘z tadqiqotlarida har bir keyingi malakaviy guruh sportchilari chiqib ketishining ancha barqaror ko‘rsatkichlarini qo‘lga kiritdi, bu bolalar sport maktablari faoliyatining samaradorligi darajasini aks ettiradi. Ma’lumotlarning dalolat berishiga qaraganda, BO‘SMga endi qabul qilingan bolalarning 24% qismi III kattalar razryadi meyorlarini bajargan, uchinchi razryadlilar orasidan 52% i II kattalar razryadiga ega bo‘lgan, ikkinchi razryadlilarning 38% i I kattalar razryadini olgan, birinchi razryadli sportchilarning 37% i ustalikka nomzod bo‘lgan, nomzodlarning 30% qismi sport ustasi natijasini ko‘rsata olgan. Boshqacha qilib aytganda, o‘quvchilarning 70% qismi ko‘p yillik tayyorgarlikning turli bosqichlarida sport takomillashuvini yakuniga yetkazguniga qadar sport maktabidagi faoliyatini to‘xtatadi. M.V.Klyuchnikovaning [33] tadqiqotlarida ko‘rsatilishicha, suzish bo‘yicha sport maktablarida bolalarning sportni tashlab ketishiga asosiy sabablardan biri sportchilar biologik rivojlanishining tipologik xususiyatlarini erta bashorat qilish mezonlaridan foydlangan holda aniq maqsadga yo‘naltirilgan saralash ishlarining yo‘lga qo‘yilmagani hisoblanadi [28]. Natijada, hatto sport bo‘yicha OZIBO‘SM lar ham ko‘proq yutuqlari vaqtinchalik, yoshiga bog‘liq ustunliklar bilan belgilanadigan sportchilardan tashkil topgan. Bunday sportchilar yoshlar sporti kontingentiga kirishi mumkin va, odatda, o‘z yutuqlarining barqarorlashishi yoki pasayib borishi bilan safdan chiqib ketadi. Muallif bergan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zi ko‘p yillar kuzatgan kontingentda boshlang‘ich sport ixtisoslashuvi guruhlari o‘quvchilarining 7% qismigina OZIBO‘SMda o‘qishini to‘liq yakunlagan, ulardan 2,5% i sport takomillashuvini OZK da davom ettirgan. Bundan tashqari, safdan chiqib ketgan suzuvchilarning 25% qismi 14-16 yoshida boshqa sport turlari bilan shug‘ullana boshlagan. Dastlabki saralashning yomon sifati o‘quv-mashg‘ulot guruhlarining tashkil etilishida aks etadi. Ko‘pgina ishlarda ko‘rsatilishicha, dastlabki tayyorgarlik staji diapazonining kengligi 4 yildan 2-3 oygacha eng avvalo, sport maktabi O‘MG laridagi mashg‘ulotlarning birinchi yilida o‘quvchilarning saralanib, chiqib ketishiga ta’sir ko‘rsatadi. Safdan chiqib ketishlarning tasodifiy emasligini quyidagi faktdan ham bilish mumkinki, turli yillarda o‘tkazilgan tekshiruvlarning ma’lumotlari asosidagi holatlariga qarab yosh sportchilarni toifalarga taqsimlaganda, dastlabki tayyorgarlik staji eng kichik bo‘lgan chiqib ketgan bolalardan alohida sinf tashkil etilgan. Bolalarning bu guruhida mashg‘ulot yuklamasiga yurakning reaksiyasi hamda tiklanish ko‘rsatkichlariga qaraganda, mashg‘ulotlardagi topshiriqlarning 40% gacha qismini ular nihoyatda zo‘riqib bajarganlar. Yosh sportchilarning mashg‘ulotlarni erta tashlab ketishlarini bajarayotgan mashqlarning bir meyorda ekanligi hamda psixik charchoq yuzaga kelganligi tufayli mashg‘ulotlarga qiziqishning yo‘qolishi bilan izohlash mumkin [36,46,]. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bolalarning katta hajmli topshiriqlarni bajarishlari o‘zini oqlamaydi, chunki ular yurak, o‘pka, qon tomirlarining morfo-funksional rivojlanishi uchun zarur fiziologik siljishlarni yuzaga keltirmaydi [63]. Sport bilan erta shug‘ullana boshlaganda, ko‘p yillik tayyorgarlikning uzoq davom etishi ham sportni tashlab ketishlar hissasining ortishiga olib kelishini e’tibordan soqit qilmaslik kerak. Mashg‘ulotlardagi davomat ko‘rsatkichi ham yosh sportchilarning safdan chiqib ketishlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘qishning sifati va sur’ati, bajarilgan topshiriqlar hajmi bolalarning o‘quv-mashg‘ulot darslariga qatnashishlariga bog‘liq. Mashg‘ulotlarning ko‘p qoldirilishi yosh sportchilarning umumiy va maxsus tayyorgarlik darajasi nuqtai nazaridan o‘z tengdoshlaridan ortda qolib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin [53]. Tez-tez dars qoldirish natijasida guruhdan ortda qolib ketish yuz berar ekan, o‘quvchida o‘z imkoniyatlariga ishonmaslik, noqulaylik kayfiyati kuzatiladi. Bularning barchasi muvofiq ravishda sport mashg‘ulotlariga bo‘lgan qiziqishni pasaytiradi va, shubhasiz, safdan chiqib ketishga olib keladi. Boshlang‘ich tayyorlov mashg‘ulotining mazmuni va vazifalari Mashg‘ulotning kirish qismi. Kirish qismining vazifasi o‘quvchilarni birlashtirishdan, ya’ni gruppani saflash, raport qabul qilish, davomatni tekshirish, dars vazifasi va mazmunini tushuntirish gruppani mashq bajarish uchun qayta saflashdan iborat. Kirish qismi 3 minutdan 10 minutgacha davom etadi. Mashg‘ulotning tayyorlov qismi: Tayyorlov kismining vazifasi shug‘ullanuvchilarda umuman badanni qizdirib olish va ularni bo‘ladigan kuch kelishga tayyorlash-razminka, muskul kuchini va egiluvchanligini rivojlantirish, harakatni boshqara olish qobiliyatini yaxshilash va yengil atletika turlari, texnika elementlari bilan tanishtirish. Darsning tayyorlov qismiga Mashg’lotning tayyorlov davrida ko‘prok va musobaqa davrida ozroq vaqt ajratiladi. Razminka sportchi organizmida bo‘ladigan Mashg’lot ishiga tayyorlaydi. Bu jarayonda sportchiga jismoniy mashqlarni asta sekin oshib boradigan qilib bajarish tavsiya etiladi. Agar razminka notug‘ri tanlansa, uning foydasi kam bo‘libgina qolmasdan, balki sportchilarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Razminka quyidagi kismlardan iborat bo‘ladi. Birinchi kismning vazifasi vegetativ funksiyalarni qizdirish hisobiga organizmning umumiy ish qobiliyatini oshirishdir. Ikkinchi qismda sportchi o‘zida bo‘lajak ishga moyillik hosil qilib olish kerak. Razminkada badan qismi qizdirilib sportchining butun organizmi mashg‘ulot jarayoniga qatnashadigan, ancha davom etadigan, o‘rtacha kuch oladigan jismoniy mashqlar yordamida amalga oshiriladi. Odatda bu goh gohida yengilgina tezlanish qo‘shadigan ohista suratda yugurishdan iborat bo‘ladi. Ter chiqa boshlashi oldidan badan zarur darajada qizigan bo‘ladi, degan fikr bor. Qizdiruvchi mashqlarning qancha davom etishi ko‘p jihatdan atletikaning tayyogarlik darajasiga, ayniqsa uning umumiy chidamlilik darajasiga bog‘likdir. Qizdirish qancha davom etishi havoning haroratiga ham bog‘liqdir. Issiq paytlarda razminka uchun yugurishni, razminkaning butun bir qismi singari kamaytirish kerak. Razminka hammasi bo‘lib 30-40 daqiqa davom etadi. Mashg‘ulotning asosiy qismi. Mashg‘ulotning bosqichma-bosqich ketma-ketligi quyidagicha bo‘lishi tavsiya etiladi. YA’ni texnikani o‘rganish va uni takomillashtirishga mo‘ljallangan mashqlar: tezkorlikni yoki chaqqonlikni rivojlantiradigan mashqlar kuchni rivojlantiradigan mashqlar chidamlilikni rivojlantiradigan mashqlar. Texnikani o‘rganish va takomillashtirishga mo‘ljallangan mashqlar razminka ketidan, Sportchi hali charchamagan holda bajariladi. Ko‘prok tezkorlikni oshirishga mo‘ljallangan maxsus mashqlar, yugurish, sakrash va uloqtirish odatda qiska vaqtli, lekin juda jadal bo‘lib, sportchidan bor kuchini ishga solishni talab etadi. Texnikani o‘rganish va tezkorlikni rivojlantirishga qaratilgan mashqlardan keyin har bir og‘irliklar bilan og‘irliksiz gimnastika asboblarda va shu kabi kuch rivojlantiradigan maxsus mashqlar kiritiladi. Chidamlilikni rivojlantiruvchi mashqlar mashg‘ulot asosiy qismining oxirida o‘tkaziladi. Chidamlilik tez yurish va sportcha yurish, yugurish, ixtisos olayotgan yengil atletika turli sharoitda o‘zgartirib bajarganda uning ta’siri ham o‘zgarishni hisobga olmok kerak. Masalan, to‘rgan joyda 3 xatlab sakrash tezkorlik uchun kerak, kuchni rivojlantirishga foyda beradigan mashqdir. Sakrabsakrab qadam tashlash, ya’ni sakrama qadam (200-400 metr) esa kuch va chidamlilikni juda yaxshi rivojlantiradi-yu, lekin tezkorlikni kamroq rivojlantiradi. Mashg’lot mashg‘ulotining yakunlovchi qismi. Har bir Mashg’lot mashg‘ulotlari kuch ketishini asta sekin pasaytirib, organizmni normaga yaqin holatga keltirish uchun zarurdir. Yengil atletika mashqlarida, ayniqsa yugurishda yurak qon-tomir sistemasiga ko‘pincha juda katta talablar qo‘yiladi. Yakunlovchi qismda bo‘shashtiradigan va yanada chuqurroq nafas olishga yordam beradigan mashqlar bajarilishi tavsiya qilinadi. Mashg‘ulot qismlariga vaqtni taqsimlash. Odatda mashg‘ulotlar 120 daqiqa davom etadi. 4 qismdan iborat guruh bo‘lib o‘tkaziladigan mashg‘ulotda vaqt quyidagicha taqsimlanadi. Kirish qismi - 10 daqiqa Tayyorlov qismi - 30 daqiqa Asosiy qismi - 70 daqiqa Yakuniy qismi - 10 daqiqa Jami - 120 daqiqa. 3 qismdan iborat bo‘lgan mashg‘ulot vaqti quyidagicha taqsimlanadi: Razminka – 20, - 30 daqiqa Asosiy qism – 90, - 80 daqiqa Yakunlovchi qism - 10 daqiqa Jami - 120 daqiqa Mashg‘ulotning qismlariga vaqtni taqsimlash va mashg‘ulotning umumiy davom etish vaqti Mashg’lot vazifalariga, yengil atletikaning tayyorgarlik darajasiga va mashg‘ulot o‘tkazilayotgan sharoitiga qarab, ko‘rsatilgandan boshqacha bo‘lishi ham mumkin. Qo‘shimcha Mashg’lot mashqlari. Mashg’lot ko‘rsatilgan darajasini oshirishda trener-o‘qituvchining topshirig‘i bilan uyda bajariladigan jismoniy mashqlarning muhim ahamiyati bor. Bunday mashg‘ulotlarni har kuni 30-40 daqiqadan ertalab yoki boshqa bo‘sh vaqtda o‘tkazish tavsiya etiladi. Ko‘p sportchilar Mashg’lot mashqlarini ertalab, nonushtagacha bajaradilar. Mashg‘ulot jarayonidan sportchidan kuchning talab etilishi. Sportchilarning Mashg’lot vazifalarini bajarish uchun sportchidan katta kuch talab etilib, vazifalarni bajarishda organizmga katta yuk tushadigan mashqlar qismi kerak bo‘ladi. Kuch kelishni oshirish uchun, musobaqa estafeta va o‘yinlar shaklida o‘tkaziladigan mashqlar, jumladan, aniq uloqtirishdan ta’sirga hozirjavoblikdan va xokazolardan musobaqalarda ham qo‘llaniladi. Kuch kelishini oshirish bilan birga muskullarni va oyoq tugunlarini jarohatlanishdan saqlash uchun yugurish, sakrash va maxsus mashqlarni yumshoq yerda, yo‘laqlarda bajariladi. Yil bo‘yi davom etadigan mashg’lotni rejalashtirish. Masalan hamma yengil atletika hakamlari bolalar-o‘smirlar sport maktablarida Mashg’lotlarni yil davomida o‘tkazib turishi kerak. Mashg’lotning yillik sikli, uning davrlari va bosqichlari O‘zbekistonning mintaqaviy iqlim sharoitiga moslashgan holda bo‘ladi. Yillik Mashg’lot sikli 1-noyabrda boshlansa ham, yengil atletika guruhlariga yilning istalgan boshqa vaqtida kelganlar tarbiyalanuvchilarni doim alohida nazarda tutmok kerak. Yillik mashg‘ulotlar 3 davrga bo‘linadi: Tayyorlov davri - 6 oy (noyabr-aprel) Musobaqa davri - 5 oy (may-sentabr) Yakunlovchi davr - 1 oy (oktabr) Tayyorlov davrida mashg‘ulot. Tayyorlov davrida tayyorgarligi bor sportchilar bilan haftada 5-6 Mashg’lot mashg‘uloti va yangi boshlanayotganlar bilan 3-4 mashg‘ulot o‘tkaziladi. Tayyorlov davri 3 bosqichga bo‘linadi. Kuzgi-qishgi (noyabr-fevral) Tayyorlov bosqichi bahorgi (mart) Musobaqalashuv bosqichi va bahorgi tayyorlov bosqichi (aprel) birinchi bosqichga umumiy jismoniy tayyorgarlikka va texnika asoslarini egallashga, qolgan bosqichlarda esa ixtisoslashgan tayyorgarlikka ko‘prok e’tibor beriladi. Kuz-qishda tayyorlov bosqichidagi Mashg’lotning asosiy vazifalari. Har tomonlama jismoniy rivojlanishini yaxshilash. Tanlangan yengil atletika turiga moslab kuch, tezkorlik va boshqa jismoniy fazilatlarni rivojlantirish. Ahlokiy va irodaviy fazilatlarni tarbiyalashni davom ettirish. Texnikani bilib olish va uni takomillashtirish. Tanlangan yengil atletika turi, shuningdek gigiyena va o‘z-o‘zini nazorat qilish nazariyasi va metodikasi sohasida bilim olish va uni oshirish. Qishki musobaqalashuv bosqichidagi Mashg’lotning asosiy vazifalari. Har tomonlama jismoniy rivojlanishini yaxshilash. Tanlangan yengil atletika turiga moslab, kuchni, egiluvchanlikni, chakkonlikni yanada rivojlantirish. Texnikani takomillashtirish. Irodaviy fazilatlarni tarbiyalash. Jismoniy tayyorgarlikda maxsus Mashg’lotlarda erishilgan yutuqlarni tekshirish. Bahorgi tayyorlov bosqichidagi Mashg’lotning asosiy vazifalari. 1 . Har tomonlama jismoniy rivojlanishi ayniqsa yurak-kon tomir, nafas olish va boshqa sistemalarining ish qobiliyatini yanada opshrish. Tanlangan yengil atletika turiga moslab jismoniy fazilatlarni rivojlantirish. Ahlokiy va irodaviy fazilatlarni yaxshi. Tanlangan yengil atletika to‘rining texnik elementlari va texnikani yaxlit takomillashtirish. Tanlangan yengil atletika turi, gigiyena va o‘z-o‘zini nazorat nazariyasi va metodikasi sohasida bilimni oshirish. Musobaqa jarayonidagi mashg‘ulotlarning asosiy vazifalari. Tanlangan ixtisoslikka muvofiq jismoniy va ahloqiy irodaviy fazilatlarni yanada rivojlantirish. Sport texnikasini takomillashtirish va mustahkamlash. Bu mashqlarning faqat gigiyenik ahamiyatigina emas, balki jismoniy fazilatlarni rivojlantirishda ham ahamiyati bor. Agarda yugurish, uloqtirish, sakrashga imkoniyat bo‘lsa, har kuni ertalab texnikani takomillashtiradigan mashqlar bajarsa ham bo‘ladi. Sport mashg‘ulotining qismi. Razryadli sportchi-o‘quvchilar tayyorlash uchun asosiy mashg‘ulotlar haftasiga kamida 3-4 marta bo‘lishi kerak, biroq chidamlilikni rivojlantiradigan va texnikani takomillashtiradigan mashqlar, ularni ma’lum chastota, ya’ni bir kecha-kunduzda bir takrorlab tursagina yaxshi samara beradi. Mashg‘ulotni kunlarga bo‘lib rejalashtirishda har kaysi Mashg’lot mashg‘ulotining ilgarigi va keyingi mashg‘ulotlarga bog‘lik ta’sirini hisobga olish kerak. Bir necha kunlik yoki haftalik sikl mobaynida har xil Mashg’lot mashg‘ulotlari, kunlari, chamalashlar yoki musobaqalar doimo almashinib turishi natijasida Mashg’lot samarasini oshiradigan va sport yutuqlarini turg‘unlashtiradigan odatiy tartib hosil bo‘ladi. Shunga binoan mashg‘ulotlarning bo‘linishi odatda 7 kundan iborat, har kuni, ko‘pincha bir kunda 2 marta Mashg’lot qilish yukori sport mahoratiga erishilishning asosiy shartidir. Mashg’lot sikllarida maksimal kuch keladigan mashg‘ulotlarni kam duch keladigan mashg‘ulotlar, shuningdek faol dam olish bilan almashtirib turish kerak. Sportchining rejimi. Gigiyenik rejimga rioya qilmay turib sportda yukori natijalarga erishib bo‘lmaydi. Rejimdagi eng to‘g‘ri narsa to‘g‘ri tuzilgan kun tartibini aniq bajarishdir. Har qaysi kunni ertalabki jismoniy mashqlar bilan boshlash, undan keyin esa dushga tushish, chumilish, juda bo‘lmaganda artinish shartdir. Mashq qilishda muntazam massaj qilib turishning muhim ahamiyati bor. Dam ola bilish ham juda muhim. Ozroqqina dam oladigan bo‘lsa, hammadan yaxshisi oyoqni boshdan sal balandroq ko‘tarib, gavdani erkin qo‘yib yuborib, muskullarini bo‘shashtirishi va mumkin qadar hech narsani o‘ylamay yotishi kerak. Lekin eng yaxshi dam olish uyqudir. Mashg’lot qiladigan katta yoshdagi sportchi 8, 9 soat uxlashi kerak. Ovqatlanish masalasi ham Mashg’lot bilan bog‘likdir. Mashg’lot boshlash oldidan va tugashi bilanoq suv ichish mumkin emas. Bunday paytlarda og‘izni chayqash yoki 1-2 qultum suv ichish tavsiya qilinadi. Tana og‘irligini doim zarur darajada saqlab, ortikcha yog‘ katlamlari hosil bo‘lishiga yo‘l ko‘ymaslik kerak. Chekish va alkagolli ichimliklar sportchiga to‘g‘ri kelmaydi. Bular Mashg’lot qiluvchilarga qatiyan man qilinadi. Taktikani o‘rganish va musobaqa tajribasini hosil qilish. Sport musobaqalari davri bir nechta turlarga bo‘linadi: Ilk musobaqalashuv bosqichi - 1 oy (may) Asosiy musobaqalar bosqichi - 4 oy (iyun - sentabr) Musobaqada qatnashish tajribasini oshirish. Ta’lim va tarbiya vazifalarini davom ettirish. Asosiy musobaqalar bosqichida mashg‘ulotlarning asosiy vazifalari: Sport texnikasini takomillashtirish va uning turg‘unligiga erishish. Tanlangan yengil atletika turiga moslab, atletning irodaviy fazilatlarini yanada rivojlantirish va funksional imkoniyatlarini oshirish. Har tomonlama jismoniy rivojlanishni ta’minlash va erishilgan darajani saqlash. Ta’lim va tarbiyaviy ishlarni davom ettirish. Sport mashg‘ulotining yakunlov davri. Sport mashg‘ulotining yakunlovchi davrida sportchilar ortiqcha vaznlarini oshirmasliklari kerak. Yosh sportchilarning vaznlari tabiiy meyordan ortishi, kattalar vazni esa deyarli turg‘un bo‘lishi kerak. Musobaqaga tayyorlanish va unga qatnashish uchun sportchilardan katta ma’suliyat talab etiladi, sportchilarga musobaqa vaqtiga chamalab, 3-4 hafta oldindan sport mashg‘ulotlari o‘tkazilishi kerak. Ko‘pincha saralash musobaqalari ertalab, asosiy musaboqalar esa shu kun kechqurun yoki ertalab o‘tkaziladi. Bunda yengil atletika ham ertalabki Mashg’lotdan keyin shu kuni kechkurun yoki ertasi musobaqa jadvalida nazarda tutilgan vaqtda yana Mashg’lot qilishga ko‘pincha borish kerak. Ma’suliyatli musobaqaga tayyorlanish vaqtida, 1-2 oy oldin haftalik siklda bo‘ladigan musobaqaga moslab olish kerak. Musobaqaga 24 soat qolganda razminka tavsiya qilinadi. Musobaqa oldidan 1-2 kun faqat odatdagi gimnastikani bajarish, sayr qilish kerak. Musobaqaga chiqishdan 60-80 daqiqa oldin musobaqa bo‘ladigan joyga kelish tavsiya qilinadi. Musobaqadan oldingi razminka 40-70 daqiqa oldin boshlanadi. Musobaqalardan oldingi razminkaning 1 chi va 2 chi qismi 20-60 daqiqa davom etadi. Musobaqada 5-15 daqiqa oldin katnashuvchilarni musobaqa joyiga chaqiradilar va ular musobaqa maydonidagi sharoit bilan tanishib chiqishlari, tegishli tayyorgarlik ko‘rishlari, yugurib kelishi, badanini qizitishi mumkin. Takroriy razminka Musobaqada qatnashayotgan sportchilar ko‘pincha 20-60 daqiqa tanaffus bilan 2,3 marta ba’zan esa undan ham ko‘p sport mashg‘ulotiga chiqadilar. Bunda birinchi startdan ikkinchisigacha ish qobiliyatini va razminka natijasida ko‘tarilgan tana haroratini saqlab qolish zarur. Saralash musobaqaga oldindan razminka. Asosiy musobaqaga qatnashish xukukini olish uchun, ko‘pincha sportchilar 1 kun oldin yoki usha kun ertalab klassifikatsiya normasini bajarishi kerak bo‘ladi. Agarda saralash musobaqalar asosiy musobaqalardan 1 kun oldin o‘tkazilsa unda razminka to‘lik bajariladi. Sportchini sport formasida ekanligini aniqlash. Sportda yuqori natijasiga erishish sistematik Mashg’lot, musobaqalarda muntazam qatnashish va gigiyenik rejimga qatiy rioya qilish natijasidir. Kerak paytda yuqori natija ko‘rsata olish, ayni musobaqa kuni Sportchi sport formasida bo‘lishining katta ahamiyagi bor. Sport formasida bo‘lish degani tayyorgarlik mashg‘ulotlarining shunday holati tushuniladiki, unda sportni Mashg’lot jarayonida hosil qilingan kuch va imkoniyatlarni to‘la namoyish qila oladigan bo‘ladi. Haftalik siklda zo‘r berish bilan dam olishni galma-gal almashtirib turishda quyidagilarga rioya qilish kerak: tungi uyqu, tayyorgarlik davridagi kundalik Mashg’lotdagi kuchni saqlab, uni to‘lik tiklashi kerak. Musobaqa davridagi Mashg’lot haftalik siklning har birini sportchi kuchi to‘lik tiklangandagina boshlashi kerak. Musobaqaga qatnashgandan keyin 1 hafta davomida tanlangan yengil atletika turi hajmini ham kamaytirish kerak. Mashg’lot qilishdan har oyning oxirida 2-3 kun surunkasiga profilaktik faol dam olish foydalidir. Yillik sport mashg‘ulotlarini rejalashtirish. Sportchilar oldindan tuzilgan reja asosida Mashg’lot qilish kerak. Shaxsiy Mashg’lot rejasi hamma sportchilar uchun bo‘lishi kerak, lekin birinchi razryadli Sportchilar, sport ustaligiga nomzod va sport ustalarida birinchi navbatda bo‘lishi shart. Reja 3 ta bo‘lishi kerak. Bular ko‘p yillik, oylik va kunlik rejalar. Ko‘p yillik Mashg’lotni yilda birinchi razryad formulasiga binoan, rejalashtirish kerak. Ko‘p yillik Mashg’lot rejasini tuzishda sportchining yoshi va u ixtisoslik olayotgan yengil atletika turida qachon voyaga yetishni nazarda tutushi kerak. Shuningdek Mashg’lotning perespektiv rejasini tuzayotganda tanlangan yengil atletika turidan ixtisoslik olib boshlashi uchun belgilangan yoshga hamda o‘smirlar razryadlari 14 yoshdan olishiga e’tibor berilishi kerak. Yosh Sportchi uchun perespektiv rejani 10 oyga mo‘ljallab tuzish mumkin. Rejani tuzayotganda Sportchining shaxsiy xususiyatlari, uning yoshi, jismoniy rivojlanganligi, ma’naviy irodaviy fazilatlari hamda sakrash, yugurishdagi natijalari hisobga olinadi. Mashg’lotning har qaysi yili uchun asosiy maqsad ko‘rsatilgan. Asosiy maqsadga qarab har yilgi Mashg’lot uchun asosiy vazifa va vositalar belgilanadi. Har yilgi Mashg’lotning asosiy maqsadi va vazifalariga qarab, bu yillar rejasi turli xil tuzilishi mumkin. Ko‘p yillik Mashg’lotning har kanday perespektiv rejasida hamma asosiy vazifalar saqlanib qolishi kerak. Mashg’lotning yillik rejasi ko‘p yillik rejaning bir qismi sifatida aniqrok bo‘lishi kerak. Unda Mashg’lotning asosiy vazifasi va vositalari hamda bular qaysi bosqichga va qaysi joyda qay darajada qo‘llanilishi ko‘rsatiladi. Yillik rejada aniqlik ko‘prok bo‘lishi kerakligi sababli, uni tuzayotganda Sportchilarning shaxsiy xususiyatlarini va uning oldingi rejani qanday bajarganini nazarda tutish juda muhimdir. Masalan, meyoriy sinov normativlarini topshirganligi. Yillik reja namunalari yengil atletikaning ayrim turlaridagi Mashg’lotlar bayonida ko‘rsatilgan. Umumiy yillik reja va Mashg’lot qanday o‘tayotganini hisobga olib, uning bir oylik rejasi tuziladi. Bu rejaning birinchi bandida mazkur oyda Mashg’lot mashg‘ulotlariga kiritiladigan mashqlar yoziladi. Sportchilarni tayyorlashning murakkab va xilma-xil jarayoni sportchilar holaxvolini Mashg’lotsini doimiy pedagogik tahlil orqali nazorat qilib turishini qilinayotgan ishni batafsil hisobga olib borishni talab qiladi. Bu tahlillarsiz mashg‘ulotlarni to‘g‘ri, samarali o‘tkazib ham, rejalashtirish ham bo‘lmaydi. Pedagogik tahlil nazoratida mashq bajarganlik darajasini va bundagi o‘zgarishlarning asosiy ko‘rsatgichi sport natijalari hisoblanadi. Mashq bajarganlikning ayrim tomonlari to‘g‘risida kuchga, chakkonlikka, chidamlilikka mo‘ljallangan maxsus mashqlar qanchalik bajarilishiga qarab fikr yuritsa bo‘ladi. Har bir Sportchi vrach nazoratida bo‘lishi shart. Har bir Sportchi bir yilda kamida 3, 4 marta vrach nazoratidan o‘tishi kerak. Sportchilarda o‘z o‘zini nazorat qilib borish ham kerak. Ular o‘z og‘irliklarini, oyoq boldirlarining, sonlarining, ko‘kraklarining, yelkalarining aylana uzunligi kanday o‘zgarayotganini, pulslari tezligini, kanday uxlayotganini, ishtahalarini va umumiy kayfiyatlarini muntazam nazorat qilib borishlari kerak. Bunday ma’lumotlarni Sportchilar o‘z kundaliklariga yozib boradi. Nihoyat sportchining hol-axvolini trener-o‘qituvchi kuzatishi natijasida olingan ma’lumotlardan ham bilinadi. Trener-o‘qituvchi shogirdining hatti-harakatini, kayfiyatini, o‘zini qanday xis etishi, tana haroratlari, qanchalik kamol topganligini, mashqlarni yengil bajarayotganini kuzatib, ularni vrach nazorati, o‘z-o‘zini nazorat va ma’lumotlari bilan musobaqalar va ayrim mashqlarni bajartirib ko‘rishi lozim. Sport bilan shug‘ullanishning boshlang‘ich bosqichida bolalarning davomati o‘quvchilarning qiziqishlari hamda ota-onalarning mashg‘ulot jarayonidan manfaatdorligi darajasiga bog‘liq bo‘ladi. A.I.Mixeyevning tadqiqotlarida ko‘rsatilishicha, kichik yoshdagi bolalarga xos beqarorlik, motivlarning shunchaki xohishga asoslanganligi ularning sport mashg‘ulotlariga qiziqishini mustahkamlash hamda kuchaytirishga doir alohida pedagogik ishlarni talab qiladi [51,52]. Ayni vaqtda aniqlandiki, murabbiyning sport motivlarini shakllantirish yo‘lidagi maqsadli faoliyati sportga qiziqishning rivojlanishida, charchash bo‘sag‘asining yuqorilashuvi va sport natijalarining ortishida sezilarli ijobiy siljishlarga sabab bo‘ladi [43]. Sport mashg‘uloti tuzilishining alohida tarkibiy tomonlari Avval ta’kidlanganidek, tayyorgarlikning usishi sportchi organizmida o‘z navbatida tegishli faoliyat orqali yuzaga kelgan jarayonlarining to‘g‘ri shakllanganligi natijasida amalga oshadi. Bo‘lib o‘tayotgan jarayonlarning hajmi va yo‘nalishi ko‘plab sabablarga ko‘ra aniqlanadi. Jumladan, dam olish davomiyligi va xususiyati bilan. Masalan, masofaning qisqa qismlarini ma’lum bir chegaralangan tezlikda qayta yugurib o‘tishda yoki tezlik sifatlarini (dam olish oraliqlari bilan) yoki tezkorlikka bo‘lgan chidamlilik sifatlarini tarbiyalash vazifasi sifatida qo‘llash mumkin. Shunday qilib, agar mashg‘ulotda ma’lum vazifa yechilayotgan bo‘lsa, buning uchun bajarilayotgan mashqning eng batafsil yoritilganligi ham yetarli bo‘lmaydi, chunki uning samaradorligi sportchining mashq oldidagi holatiga, dam olish parametriga va boshqa shart-sharoitlar (dengiz sathidan balandligi, shamol kuchi va yo‘nalishi va xokazolar)ga bog‘liqdir. Bularning barchasi birgina xulosaga olib keladi, ya’ni sport mashg‘uloti tuzilishining dastlabki elementi mashq emas, balki mashg‘ulotli vazifa hisoblanadi. Mashg‘ulotli vazifa deb, ma’lum pedagogik vazifani yechishga yordam beradigan, uni bajarishga bo‘lgan barcha zarur shart-sharoitlarga ega jismoniy mashqqa aytiladi. Mashg‘ulotli vazifalar xarakatli sifatlarni tarbiyalash, texnik va taktik xarakatlarga o‘rgatish, yengil mashg‘ulotli vazifalarni yechish, tiklanish vazifalarini yechish va boshqalar bilan bog‘liq turli yo‘nalishlarga ega. Yo‘nalish mashg‘ulotli vazifalarning boshqa xususiyatlarini ham aniqlab beradi. Jumladan, uning davomiyligini. Demak, yengil mashqi uchun qo‘llaniladigan alohida vazifalar bir necha soniya ichida, aerob chidamliligini tarbiyalashga yo‘naltirilgan vazifalar esa 1,5—2 soat va undan ko‘p vaqtda bajarilishi mumkin. Mashg‘ulotli mashqlarning qismi qoidaga ko‘ra bir nechta mashg‘ulotli vazifalardan shakllanadi. Mashg‘ulotli mashqlar qismini ajratishning obyektiv sabablari — sportchining mashg‘ulot jarayonidagi ishgacha bo‘lgan dinamikasi, avvaliga maksimumgacha oshadi, keyin bir qancha vaqt muvozanatda turadi, undan so‘ng charchoq tufayli pasayadi. Eng avvalo, har bir mashg‘ulotli vazifani bajarishda sportchining ishchanligiga bo‘lgan talablar maxsusligining katta bosqichini ta’kidlab o‘tish kerak. Masalan, harakatli holatlarni o‘rganishning boshlang‘ich bosqichida fiziologik funksiyalarning yetarli darajada faolligi, ma’lum bir psixik yo‘naltirilganlik talab etiladi, lekin qattiq charchoq bo‘lishi kerak emas. Undan tashqari, egiluvchanlikni rivojlantirish, tarbiyalash muntazam ravishda qatiy mashq bajarishni talab etadi. Shuning uchun mashg‘ulotli mashqlarning asosi, mashg‘ulotli vazifalarning mazmuni va ketma-ketligi umumiy ishchanlikning qandaydir bosqichini emas, balki ketma-ketlikdagi vazifalarni samarali bajarish uchun spetsifik imkoniyatlarini ta’minlashi lozim. Sport mashg‘ulotining tayyorlov kismi — sportchining ishchanligini, mashqlarni, vazifalarning foydali yechimini ta’minlaydigan, shuningdek, jarohatlanish xavfini kamaytiradigan bosqichga olib chiqishni ta’minlashga xizmat qiladi. Juda qisqa yengil mashg‘ulot sportchini asosiy ishga tayyorgarlik ko‘rishiga yordam bermaydi, lekin juda ko‘p vaqt davomiyligi esa charchoqqa olib keladi. Mashg‘ulotning asosiy qismi — o‘zida ancha muhim vazifalarning yechimiga qaratilgan yo‘nalishni ifodalaydi. Uning mazmuni, tuzilishi turlicha shakllanishi mumkin. Masalan, deyarli bitta vazifani qo‘llash (kross yugurish) yoki aksincha, katta hajmdagi, turlicha yo‘nalishda bo‘lgan vazifalarni qo‘llash mumkin. Oxirgi holatida asosiy qism tuzilishi, vazifalarning ketma-ketligi (chunki bitta bajarilgan vazifaning natijasi samarali bo‘lsa, boshqasiniki samarasiz bo‘lishi mumkin) juda zarurdir. Mashg‘ulotning yakuniy qismi — sportchining funksional faolligini pasaytirishga yo‘naltirilgan vazifalarni, tiklanish jarayonlarini faollashtirish, ba’zi mashg‘ulotli vazifalarni bajarishda uchrab turadigan salbiy holatlarni yo‘qotish vazifalarini yechadi. Unga mushaklar tonusining kamayishi, nafas olishni tiklash, noan’anaviy koordinatsiyada nospetsifik faoliyatni biridan-biriga o‘tkazish kabi vazifalar kiradi. Mashg‘ulotli mashq qo‘yilgan pedagogik vazifalarni samarali yechishni ta’minlashi lozim. Ularning soniga karab mashqlar tanlangan yoki kompleks yo‘nalishga ega bo‘ladi. Tanlangan yo‘nalish sportchi holatiga qaysidir bir yo‘nalish bo‘yicha katta bosqichda ta’sir ko‘rsatishini ta’minlaydi (o‘ziga faqat chidamlilik va kuchni tarbiyalashga qaratilgan vazifani kiritadi). Kompleks yo‘nalishdagi mashqlar yoki mashg‘ulotlar bir emas, bir nechta masalalarni yechadi, bundan sportchi holatiga bo‘lgan ta’sir turli tomonlama bo‘lib, mashg‘ulotning bir tomonlama bo‘lishi kamayadi. Biroq, bu masalalarning har biri xuddi maxsus tanlangan yo‘nalishdagi kabi yechimga ega bo‘ladi. Shuning uchun musobaqa imkoniyatining tarkibi bir turli bo‘lishini talab etadigan sport turlarida tanlangan yo‘nalishdagi mashg‘ulotlar sport o‘yinlaridan ko‘ra ko‘prok qo‘llaniladi. Mikrotsikl - bir qancha mashg‘ulotli vazifalardan tashkil topadi va ular yordamida yechiladigan masalalar va vazifalarning harakteri yoki xususiyatiga ko‘ra farq qiladi. Mashg‘ulotli vazifalarning asosiy hajmi odatda ko‘proq mashg‘ulot mikrotsiklida bajariladi, qaysiki, yuklamaning hajmiga ko‘ra oddiy yoki zarbali bo‘ladi. Yetakchi mikrotsikllar kelayotgan musobaqalar faoliyatining tartibi va shartlarini modellashtiradi (start yoki o‘yinlar jadvali va xokazo). Musobaqa mikrotsikllari eng avvalo juda muhim, javobgar musobaqalarda qatnashishni o‘zida jamlaydi. Undan tashqari, unda qo‘shimcha mashg‘ulotli mashqlar, raqiblar musobaqa faoliyatini o‘rganish, tarbiyalash tadbirlari qo‘llaniladi. Tiklanish mikrotsikllari yuklamani bir tekisda kamaytirishga, bu esa o‘z navbatida kelayotgan yukori intensiv mikrotsikllarning samarasini iloji boricha to‘liqroq qo‘llashga yordam beradi. Agar mashg‘ulotlar mikrotsiklining tartibi charchash va tiklanish jarayonlarini boshqarish zaruratiga bog‘liq bo‘lsa, unda mezotsikllar umumiy mashg‘ulot samarasi yutuqlarini ta’minlaydi, bu esa kuchni, chidamlilikni va musobaqa imkoniyatining boshqa komponentlarining ancha ortishida namoyon bo‘ladi. Umumiy samaradorlik asosi, bu — sportchi organizmining yuklamaga ko‘nikishidir. Bu jarayon bir tekisda kechmaydi. Avvaliga tez, keyin esa borgan sari sekinlashadi. Shuning uchun mashg‘ulotli sifatlarning o‘sish sur’atini saqlash uchun mashg‘ulot mazmunini davrli amalga oshirish (har 3—4 xaftada) va yuklama harakterini o‘zgartirish zarur. Buning uchun turli ko‘rinishdagi va tipdagi mezotsikllarni mashg‘ulotga kiritish amalga oshiriladi. Tortuvchi mezotsikllar yuklamaning yukori bo‘lmagan jadalligi (intensivligi) bilan farqlanadi va tayyorgarlik davrining boshlarida (sportchi kasalligidan keyin) amalga oshiriladi. Bazaviy (boshlang‘ich) mezotsikllar jismoniy, texnik, taktik tayyorgarlikning oshishi vazifalarini yechishga xizmat qiladi va shuning uchun ham ular tayyorgarlik davrining asosini tashkil qiladi. Nazorat tayyorgarlik mezotsikllari ikkinchi darajali musobaqalarda musobaqa imkoniyatini shakllantirish to‘g‘riligini aniqlash maqsadida qatnashish va kerak bo‘lsa, uning alohida tarkibiy qismlariga jiddiy e’tibor qaratish lozimligini o‘ziga qo‘shimcha ravishda kiritadi. Musobaqalardan oldingi mezotsikllarning xususiyatlari bo‘lajak musobaqalar talablarini, shart-sharoitlarini modellashtirishdan iborat (iqlimiy shart-sharoitlar va boshqalar). Musobaqa mezotsikli mazmuni zarur hamda javobgar musobaqalarni o‘tkazish tartibida aks etadi. Tiklanish, qo‘llash va tiklanish tayyorgarlik mezotsikllari sportchining yuklamalarga va ishga berilishi vazifalarini yechishga yordam beradi (masalan, musobaqalar orasidagi mezotsikllar), bu mezotsikllarning ikkinchi tipi, turi katta hajmdagi yuklamalar bilan farqlanadi. Makrotsikl davrlari va ularning bosqichlari ma’lum bir sport ko‘rinishining fazasini shakllantirishga xizmat qiladi. Sport ko‘rinishi, bu sportchi musobaqa imkoniyati barcha tarkibiy qismlarining garmonik birligi. Masalan, bu holatda o‘zlashtirilgan texnika sportchining antropometrik va harakatli xususiyatlariga, uning shaylanishiga va kurollanganligiga to‘lig‘icha tegishlidir. Demak, fakatgina sport ko‘rinishi (formasi) holatida sportchi uchun zarur bo‘lgan mashg‘ulotning mazkur katta siklidagi musobaqa imkoniyatining maksimal hajmi (kattaligi) ta’minlanadi. Bu birlik uzoq vaqt davomida amalga oshiriladi (xaftalar va oylar), keyin erishilgan bosqichda ushlab turiladi va nixoyat bo‘ziladi (sport formasini yo‘qotish va mustahkamlash). Makrotsikllarda bu fazalarga tayyorlov, musobaqa va o‘tish davrlari tegishlidir. Tayyorlov davri (uning umumtayyorgarlik hamda maxsus tayyorgarlik bosqichlari) sport formasini umumiydan maxsus jismoniy tayyorgarlikka sekin asta o‘tishdagi vazifalarni, masalalarni yechadi, so‘ngra o‘nta texnik va taktik yo‘nalishdagi katta vazifalarni kiritish. Boshqa ketma-ketlik unchalik samarali emas, chunki jismoniy tayyorgarlikning sezilarli darajada oshishi, ko‘payishi, musobaqali mashqlar xususiyatlarining o‘zgarishini talab qiladi, bu esa bo‘lajak texnik tayyorgarlikni qisman bo‘lsada, qadrini yo‘qotadi. Musobaqa davri (musobaqadan oldingi bosqichni ham hisobga olgan holda) sport formasini rejalashtirilgan sport natijalariga erishish maqsadida tiklash tufayli yukori musobaqa imkoniyatini yaratishni ta’minlashi lozim. Buni amaliyotda qo‘llash o‘ziga yarasha, ya’ni sportchi holatini musobaqalar ta’sirida nazorat qilish kabi murakkabliklarga ega. Qo‘shimcha qiyinchiliklar ko‘pincha bir qancha sport turlari bo‘yicha musobaqalar taqvimining cho‘zilishiga olib keladi hamda bir necha oy davomida musobaqa imkoniyatini yuqori bosqichda ushlab turish zaruratini uyg‘otadi. O‘tish davri musobaqa yuklamasi o‘zgarishining yo‘nalishi, maxsus tayyorgarlik vositalarining qisqarishi, faol dam olish bilan bog‘liq. Shu tufayli, keyingi makrotsiklda avvaliga musobaqa imkoniyatining alohida komponentlarini oshirish mumkin, keyin esa sport formasiga erishish orqali uni yuqori bosqichga olib chiqish mumkin. Bundan kelib chiqadiki, o‘tish davrini sport mashg‘uloti tuzilishiga kiritish makrotsiklni kerakli holatda saqlashning zaruriy talablaridan biridir. Mashg‘ulotning ko‘p yillik jarayonining turli yo‘nalish va bosqichlaridagi vazifalari va mazmunlari keyingi ushbu bobda qisqacha ko‘rib chiqiladi. Faqat sportning ko‘p yillik jarayonidan tashqari. Bu bosqich sport mashg‘ulotining ko‘p yillik jarayonini yakunlaydi va erishilgan natijalarni kunikish jarayonini, texnika, taktika va musobaqa tajribasi orqali pasayishini, yosh bo‘yicha o‘rnini to‘ldirish tufayli barqaror holatda bo‘lishini ta’minlaydi. Keyingi bosqichda (umumiy ishchanlikni saqlab turish) jismoniy tarbiya mashqlarining sistematik vazifalarini davom ettirish zarur, aks holda, harakat faolligining birdaniga o‘zgarishi inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Sport o‘rinbosarlarini tayyorlash texnikasi Sportchini tayyorlash tizimining muhim tomonlaridan biri sport o‘rinbosarlarini rejaga asosan tayyorlash hisoblanadi. Buning uchun mamlakatimizda olimpiya zaxiralari kolleji, ixtisoslashgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi, bolalar-o‘smirlar sport maktabi hamda futbol mahorat maktablari va boshqalarning keng kamrovli faoliyati yaratilgan. Shuningdek, o‘rinbosarlarni tayyorlashda sport turlari bo‘yicha maxsus formalar ham qo‘llanilmoqda. Bu esa, umumta’lim maktablarida maxsus jadval bo‘yicha bir kunda ikki mahal mashg‘ulotni samarali olib borishga yordam beradi. Sport o‘rinbosarlarini tayyorlash nafaqat oliy mahorat sporti talablarini qondirish uchun muhim, balki maktab yoshidagi bolalarning jismoniy tarbiyasiga oid vazifalarni yechishga ham samarali yordam beradi. Kichik yoshdagi sportchilarning yosh xususiyatlari sport mashg‘uloti negizlariga maxsus yondoshishni talab qiladi. Birinchi o‘rinda shuni hisobga olish kerakki, o‘smir sportchi uchun yuqori natijaga erishish ko‘pincha uzoq maqsad bo‘lib qoladi. Shuning uchun tayyorgarlikning dastlabki bosqichlarida musobaqa imkoniyatini oshirish va unga asosiy urg‘u berish foydasiz, uni shakllantirish uchun maksimal kenglikdagi bazani iloji boricha kechroq yaratish lozim. O‘zo‘zidan ma’lumki, tor doiradagi yuklamalar oldiniga yosh sportchiga tengdoshlariga nisbatan yuqorirok natijalarni olib kelishi mumkin. Xuddi shunday sport o‘yinlarida ham avvallari o‘smirlar va yoshlar jamoasidagi eng yetakchi, mahoratli sportchilar ko‘pincha kattalar jamoasida unchalik yaxshi va samarali harakat qila olmaydilar. Yakka (individual) maksimal natijaga erishish tamoyili musobaqa imkoniyatini chegaralangan tarzda oshishiga bo‘lgan talab sifatida qaralishi kerak hamda sport turining spetsifikasi va sportchining yakka (individual) xususiyatlari nuqtai nazaridan optimal bo‘lishi kerak. Shuning uchun chuqurlashtirilgan mutaxassislik tamoyili o‘smirlar sportida kechki ko‘p yillik mashg‘ulot bosqichlarida ko‘zga tashlanadi. Sportchi umumiy va maxsus tayyorgarligining birlik tamoyilini amalga oshirish ham muhim o‘rin tutadi. O‘smir sportchining yoshi va sport malakasi qanchalik kichik bo‘lsa, uning har tomonlama tayyorgarligiga shunchalik katta ahamiyat berilishi lozim, chunki o‘smirlar sportida bolalarning har tomonlama garmonik o‘sishi zarurligi muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, yosh sportchilarning bir hil ishdan tez charchab qolishini va unda bo‘lgan qiziqishning yo‘qolishini, boshqa sportga o‘tishini, o‘yin mavqiyening o‘zgartirishi va boshqalarni ham inobatga olish lozim. O‘smirlar sportida chegaralangan yuklamalarga bo‘lgan doimiylik va solishtirma birlik tamoyili doimiylikka urg‘u berib amalga oshiriladi, bunda katta yuklamalar katta sportchilar mashg‘ulotiga solishtirganda, tabiiyki, kam ishlatiladi. Sportchilarning ko‘p yillik mashg‘uloti asoslari. Yosh sportchilarning ko‘p yillik tayyorgarligi o‘ziga turt bosqichni jamlaydi va ularning har biri ma’lum bir vazifalarning yechilishini talab etadi. Saralash tayyorgarlik bosqichi sport mashqlariga bo‘lgan qiziqishni shakllantirish, sog‘liqni mustahkamlash, turli tomonlama jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lish masalalarini (vazifalarini) hal etadi. Texnik tayyorgarlikda harakatli bilim va o‘quvlarning zaruriy zahirasini yaratish uchun turli sport turlaridan turli xil mashqlarni o‘zlashtirishga, yangi harakatlarning tezda o‘zlashtirishni rivojlantirish sifatlariga muhim ahamiyat beriladi. Bu bosqichda keyingi mashqlarni bajarish uchun qaysidir bir sport turi tanlanadi. Bosqich kamida ikki yil davom etadi. Boshlang‘ich sport ixtisosligi bosqichi turli tomonlama jismoniy tayyorgarlikni davom ettiradi, birok maxsus jismoniy tayyorgarlik vositalari ham ishlatila boshlaydi. Bunda yosh sportchi tanlangan sport turining texnikasi asoslarini o‘zlashtirishi lozim. Taktik tayyorgarlik sport bellashuvini olib borishning oddiy, sodda usullarini o‘zlashtirish bilan cheklanadi, musobaqa tajribasiga ega bo‘lish boshlanadi. Bu bosqichda ko‘riladigan muhim vazifalar sport sifatlarini mukammalroq aniqlash, zarur paytda sport ixtisosligini aniqlash hisoblanadi. Bosqich davomiyligi ikki—uch yilni tashkil etadi. Chukurlashtirilgan mashg‘ulot bosqichi tanlangan sport turida mashg‘ulot va musobaqa yuklamalari hajmining ortishiga bog‘liq. Turli xil jismoniy tayyorgarlik bilan bir qatorda maxsus jismoniy tayyorgarlikka ham katta e’tibor qaratiladi. Texnik tayyorgarlikning yuqori talablariga javob beruvchi harakatli bilim va ko‘nikmalar shakllanadi. Taktik tayyorgarlik tanlangan sport turiga va sportchining ixtisosligiga mos kelishi lozim. Musobaqa tajribasiga ega bo‘lish davom etadi. Bosqich ikki-uch yil davom etadi. Sportning mukammallashish bosqichi sportchining maxsus tayyorgarligini oshirishga qaratilgan. Mashg‘ulot yuklamalarining hajmi va jadalligi sezilarli o‘sadi, texnika mukammallashishi davom etib, uning individuallashishi va har qanday musobaqa holatidagi samaradorligi oshishiga olib keladi. Taktik tayyorgarlikda sportchi musobaqa bellashuvini olib borishning barcha jixatlarini, sirlarini o‘zlashtirishi kerak. Boshqa bosqichlardan farqli ravishda, bu bosqichda yosh sportchidan uning kelajakdagi yutuqlarini ishonchli bashorat qilishga yordam beradigan ancha yuqori natijalar kutiladi va talab etiladi. Bu bosqich ko‘pincha tayyorgarlikning turt yillik Olimpiya sikliga ko‘ra amalga oshiriladi. Sport saralashi nazariyasi va uslubiyatlari asoslari. Sport saralashi, bu — mavjud qatnashchini sport faoliyatiga kiritish yoki kiritmaslik va uni amalga oshirish xaqidagi ilmiy bashorat jarayonidir. Sport saralashidan sport faoliyatining barcha katnashchilari: sportchilar, murabbiylar, hakamlar, sport shifokorlari, ilmiy kompleks guruhlarining mutaxassislari o‘tishadi. Ko‘pincha, ma’lum bir murabbiyning terma jamoaga tayinlanishi, unga kiritiladigan kuchli sportchidan ko‘ra, sport natijasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Har bir nomzodga saralash oxir-oqibat qoniqarli yoki qoniqarsiz natija berishi mumkin. Qoniqarli saralash — guruh va jamoaga kiritilish, o‘yinga zahiradagi sportchini kiritish, murabbiyni tayinlash; qoniqarsiz saralash esa, xaydalish (chetlatilish), chiqarib yuborilish, o‘yinga qatnashish xuquqidan mahrum etish, asosiy sportchining zahiradagilar orasiga o‘tib qolishidan iborat. Sport saralashi sport faoliyati jarayonida doimiy ravishda davom etadi. Demak, yangi o‘yinchi sport guruhiga qo‘shilsa, u bilan ishlash qaysidir sabablarga ko‘ra, mashg‘ulotlarni tugatishi (tuxtatishi) to‘g‘risidagi qaror qabul qilinmaguniga qadar davom etadi. Sport saralashi amalga oshirilishi davomidagi vaqt turli hajmda bo‘lishi mumkin (bir necha soniyadan tortib, to bir necha yilgacha). Masalan, yosh sportchilarni boshlang‘ich saralash kelajakdagi ko‘p yillik sport faoliyatini hisobga olgan holda o‘tkaziladi. Aksincha, musobaqa faoliyati davomida sportchilarni almashtirish, ko‘pincha bir necha soniya davomidagi kelajak faoliyatning o‘zida aks etadi (gandbolda raqibni yetti metrli jarima to‘pi otayotgan paytda darvozabonni almashtirish singari). Sport saralashi jarayoni o‘ziga uch bosqichni qamrab olgan: talablar mazmunini aniqlash (kelajak faoliyatni ko‘rsatib beradigan); aniq nomzodlar imkoniyatining bashorati; qoniqarli yoki qoniqarsiz qaror qabul qilish. Zamonaviy sport saralashi nazariyasida sportchilarni saralashga katta e’tibor beriladi. Bunda quyidagi atama va tushunchalar ishlatiladi. Sport oriyentatsiyasi — sportchining imkoniyatlari eng ko‘p darajada yoritiladigan, namoyon bo‘ladigan sport turining aniqlanishi. Seleksiya — sportchilarni tajribasiga ko‘ra tanlab, saralab olish. Jamoalarni jamlash — jamoalarni musobaqalarda qatnashishi uchun shakllantirish, shu bilan birgalikda jamoa tarkibining bellashuvlar paytidagi jamlanishi. Stabil ko‘rsatkichlarning namoyish etilishi yosh sportchining individual rivojlanishini aniq bashorat qilishga yordam beradi, chunki tengdoshlari orasida har qanday ko‘rsatkichlar bo‘yicha tashabbuskorligi kelajakda ham saqlanib qoladi. Masalan, sportchi tanasining uzunligini 9—11 yoshidayoq deyarli aniq aytib berish mumkin. Aksincha, tana og‘irligini aniq aytib berish ancha murakkab. Shuning uchun, har bir sport turida zarur va muxum ko‘rsatkichlar guruhi aniqlanadi, ularga qarab ko‘p yillik tayyorgarlik jarayonidagi saralash amalga oshiriladi. Masalan, yengil atletikachilarni tanlashda oyok va tana, gavda uzunligi, jismoniy tayyorgarligi va harakat faolligi katta ahamiyatga ega. Murakkab koordinatsiyaga ega sport turlarida (masalan, gimnastika) sportchining yangi harakatlarga o‘rganishi, kunikishi alohida qiziqish o‘yg‘otadi. Sportchining tayyorgarligiga ko‘ra, saralash uchun sport natijalari yanada katta ahamiyatga egadir. Sportda saralashni to‘g‘ri amalga oshirish musobaqa imkoniyatini samarali yaratish va amalga oshirishni (qo‘llashni) ta’minlaydi. Bunda saralashning boshqa holatlarini ham esdan chikarmaslik lozim. Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, mamlakatimizning barcha hududlarida ommaviy sportning inson va oila hayotidagi muhim ahamiyati, uning jismoniy va ma’naviy sog‘lomlikning asosi ekanini targ‘ib-tashviq qilish, hayotga katta umid bilan kirib kelayotgan yoshlarni zararli odatlardan asrash, ularga o‘z qobiliyat va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish borasida muhim va dolzarb vazifalar hozirgi kunda davlatimiz rahbari va hukumatimiz oldida turgan vazifalardan biridir. Shu nuqtai nazardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3031-sonli Qarori muhim hisoblanadi. Ushbu qaror asosida O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturi qabul qilingan bo‘lib, unda quyidagi yo‘nalishlar ko‘rsatilgan. jismoniy tarbiya va sport sohasini tashkil etish va boshqarish tizimini rivojlantirishga yo‘naltirilgan qonunchilikni yanada takomillashtirish; jismoniy tarbiya va sport sohasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy sport komplekslarini qurish, ularni zamonaviy sport uskunalari va anjomlari bilan jihozlash, mazkur sohada xususiy sektorni rivojlantirish; jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish muassasalarini ilmiy-uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda sport maktablarini yuqori malakali murabbiylar va tibbiyot xodimlari bilan ta’minlash; ta’lim muassasalari o‘quvchi va talabalari, aholining keng qatlamlari o‘rtasida sog‘lomlashtirish, jismoniy tarbiya, ommaviy sport ishlarini tashkil etish, kompleks sport musobaqalarini o‘tkazish, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish va ularni maqsadli tayyorlash; ommaviy axborot vositalari, Internet tarmog‘ining imkoniyatlaridan faol foydalangan holda, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, Dasturning mazmun-mohiyati hamda uni amalga oshirish jarayoni to‘g‘risida keng axborot-tushuntirish ishlarini olib borish. Yuqoridagi yo‘nalishlarning eng muhimi sifatida yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish va ularni maqsadli tayyorlash ishlari hozirda respublikamizdagi barcha bolalar-o‘smirlar sport maktablarida jadal tarzda amalga oshirilmoqda. Download 101.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling