Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti magistratura
Sportga yo‘naltirish va saralashning nazariy masalalari
Download 101.32 Kb.
|
Muxammadali123
1.Bob. Sportga yo‘naltirish va sportda saralashning tibbiy-biologik aspektiri
1.1.Sportga yo‘naltirish va saralashning nazariy masalalariMa’lumki, sport natijlarining oshishi sport mashg‘ulotlari uslubiyati va taktika harakatlari, texnik vositalar taraqqiyoti va ijrochilarining samarali reabilitatsiyasi shuningdek, ommaviylik oshish va to‘g‘ri saralashga bog‘liq. Aksariyat masalalar yechimiga muayyan qaraganda ijtimoiy, iqtisodiy va tashkiliy masalalar bilan belgilanadi. Sportda saralash-bu ilmiy tadqiqot, ilmiy izlanish muammosidir.Bolalar va o‘smirlarda sport mashg‘ulotlariga qiziqish sport ixtisosligini to‘g‘ri tanlash bilan belgilanadi, bu esa o‘z navbatida sportdan o‘ziga hos individual xususiyatlariga bevosita bog‘liq bo‘ladi.Har bir o‘smir uchun sport faoliyatini tanlash-sport tanlovining vazifasidir.Sport turi tanlovlaridan kelib chiqqan holda eng layoqatlilarini tanlash-sport saralashining vazifasi hisoblanadi.Sportga yo‘naltirish aniq shaxs imkoniyatlarini baholashni ifodalab, ularga eng mos sport faoliyati tanlanadi.Sportga saralash eng layoqatli shaxslarni tanlash hisobiga sport turi tanlovlaridan kelib chiqadi. Shu sababli, “Sportga yo‘naltirish” va “Sportda saralash” tushunchalarini farqlash zarur.Shubhasiz, saralashning nuqsonsiz uslublarini ishlab chiqish, misol uchun, Olimpiya O‘yinlarining kelgusi g‘oliblarini tanlash oson emas, chunki istalgan iste’dod sohiblarini shakllantirish juda ko‘p omillarga bog‘liq bo‘lib, ularni sanab adog‘iga yetib bo‘lmaydi, lekin inson o‘z anatomik, fiziologik va psihologik xususiyatlaridan kelib chiqib, muayyan faoliyat turiga to‘liq moslashadi.Sportda saralash zaruriyatining obyektiv sabablari nimada? Sportda saralash muammosining mantiqiy yechimi shundaki, turli insonlarda bir xil tayyorgarlik imkoniyatlarida harakat sifatining tayyorgarlik darajasi turlicha bo‘ladi. Demak, har kim ham yuqori sport natijalariga erisha olmaydi. Yuqori sport natijasi –bu nafaqat mashaqqatli mashg‘ulotlar, balki sportga yot bo‘lgan g‘ayrioddiy irsiy ma’lumotlar natijasidir.Zamonaviy mahorat uzoq muddat 5-6 va undan ortiq yillar mashg‘ulotini talab qiladi. Sport bilan shug‘ullanishni 10-12 hatto 5-6 yoshdan boshlash kerak. Shu sababli, bu boradagi eng murakkab vazifa bolada kelajakda g‘alaba uchun zarur bo‘ladigan ko‘nikmalarini ko‘ra bilishdir.Afsuski, endigina mashg‘ulotlarga kirishgan, sportchining kelajagi istiqbolligini, baholash mezonlari yetarli emas. Eng achinarlisi, murabbiylarning tajribasi ularning sezgirligi keng miqyosda umumlashtirilmaydi. Sportning alohida turlarida “Ideal tur”ning namunaviy tavsifnomasi hali ishlab chiqilmagan. Sportda yuqori natijalarga muayyan qobiliyatlar mavjudligida erishish mumkin, lekin hanuzgacha qobiliyatlar jiddiy shakllanishi va rivojlanishi, yoki bu harakat faoliyatida iqtidorni qanday ilmiy mezonlar bilan aniqlash ham o‘rganilmagan. Bu borada sport faoliyatida muvaffaqiyatni ta’minlaydigan sifat va xususiyatlari majmuini alohida ta’kidlash zarur.Masalan, bo‘yi meyor darajasida bo‘lgan bolalar keyingi yillarda ham shu xususiyatni saqlab qolishi isbotlangan. Lekin hamma ko‘rsatmalarga ham shunday yondashib bo‘lmaydi. Bolaning o‘sish va rivojlanish davrida katta imkoniyatlar, noodatiy egiluvchanlik va turli harakat hamda psixik funksiyasiyalarga moslanuvchanlik hos bo‘ladi. Agar murabbiy faqatgina o‘z tajribasi va sezgirligiga asoslanib bolalar guruhini tanlab, olsa u qadar iqtidorlilarni emas, balki nimadir qila oladigan, berilgan vazifa bilan tanish bolalarni olishi mumkin.Har qanday murakkab hodisa kabi, qobiliyatni shakllantirish barqaror ehtimoliy va tasodifiy tajribadan iborat bo‘ladi. Tasodifiy tajribani oldindan bilib bo‘lmaydi, ehtimoliy tajribani taxmin qilish uchun aniq (barqaror) tajribani osongina chamalash mumkin. Ayniqsa, maqsadga yo‘nltirilgan mehnatsevarlik, burch hissi, ma’suliyat, nisbatan barqaror- hissiy chidamlilik o‘zini iroda qilish, ruhiybarqarorlik, diqqatni jamlay olish kabi shaxsning axloqiy-irodaviy sifatlarini osongina maqsadga yo‘naltirish mumkin.Sportda saralash muammosi sport sohasida ommaviylikning oshishi bilan bevosita bog‘liq. Ommaviylik-jismoniy tarbiya tizimidagi eng asosiy tamoyil hisoblanadi.Shu bilan bir qatorda, ba’zi ma’lumotlarga binoan, alohida sport turlarida ommaviylikning pasayishi kuzatildi.Sportda ommaviylikning pasayishi odatda sport ixtisosligini to‘g‘ri tanlash natijasida yuzaga keladi. 10-18 yoshli maktab o‘quvchilari orasida so‘rovnoma o‘tkazilganda, sport ixtisosligi aksariyat hollarda tasodifiy tanlanishi aniqlangan. Mamlakat BO‘SMlari o‘rtacha 3 miliyonga yaqin bolalar va o‘smirlarni qamrab olishini hisobga olsak, qolgan 4045 miliyon o‘quvchilar sevimli sport turi bilan maktabda, darslardan so‘ng shug‘ullanishga majbur bo‘ladi, bu esa ommaviy sportga tegishli bo‘lgan ulkan zaxiraning yo‘qotilishiga olib kelishi mumkin.BO‘SM dagi mashg‘ulotlarning birinchi yillarida yosh sportchilarning aksariyati maktabni tark etadi. Buning asosiy sababi, sportning o‘ziga hos jihatlariga sportchi qobiliyatining mos kelmasligidir. Tanlovda chiqib ketish- yuqori darajali sportchilar tayyorgarligining turli bosqichlarida mavjud holatdir. Misol uchun, suzish sporti uchun 8 minglab bolalar saralanadi, ulardan atigi 8-10 tasi tanlanadi, faqatgina bittasi sport ustasi darajasiga erisha oladi.Oliy sport mahoratiga erishish yo‘lining murakkabligini 1964-1974 yillarda Moskva BO‘SMlarida suzuvchilarni tanlashda olingan statistika ko‘rsatadi.(N.SH.Bulgakova va V.S.Shichanin) BO‘SM ga qabul qilingan yosh sportchilar toifa meyorlarini quyidagicha bajarishdi. III-toifa 24%, II-toifa 12,6%, I-toifa 4.2%, sport ustasi nomzodi-1.7%, sport ustasi-0.34%, halqaro darajadagi sport ustasi-0.03%. BO‘SMlarda asosiy maqsad bolalarni tanlab olish emas, balki guruhni shakllantirishdir. Bu vaziyat esa hech qanday saralashga o‘rin qoldirmaydi.Mualliflarning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, BO‘SMlarning 2/3 qismida kelajakda natija bermaydigan suzuvchilar tahsil oladi. O‘smirlarni “Chetlashtirish” uslublari salbiy oqibatlarga olib kelishi,mumkin.Shu sababli, birlamchi saralashda alohida sport turi bo‘yicha emas, balki umumiy iqtidorlibolalarni tanlash va saralash zarurdir.Afsuski, BO‘SM amaliyotida sportchilarning yutuqli kelajagini ilmiy asoslangan holda taxmin qila olish tushunchasi shaklanmagan. Ushbu baholashning mezonlari belgilanmagan.Saralash masalasida maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lmagan ba’zi tibbiy xodimlar, jismoniy madaniyat o‘qituvchilari va murabbiylar saralash imkoniyati va yosh sportchilarni yo‘naltirishga tanqidiy qarashadi.Mutaxassislar 10-11 yoshli o‘smirlar asosida nafaqat biror iqtidorni aniqlash, balki uning sportdagi kelgusi muvaffaqiyatini taxmin qilishning imkoni mavjud emas deb o‘ylashadi. Shubhasiz, ushbu muammo juda murakkab, chunki bu muammo o‘sha yoshdagi bolalarning qiziqishlari va layoqati barqarorligi bilan ham bog‘liq.Lekin bu pessimistik fikr to‘liq oqlanmagan.G.S.Tumanyan va E.G.Martirosov (1976) aytganidek, “Sportda saralash o‘z tadqiqotchilarini kutmoqda”, bunga sabab, na bizning davlatimizda, na xorijda sportga saralash va yo‘naltirishning ilmiy asoslangan tizimlari mavjud emas. Bazi qo‘llanmalarda Sportda iqtidor indekslari”,“Motor”iste’dod testlari” va boshqa atamalarni uchratish mumkin, lekin ular, odatda, sodda jismoniy mashqlardangina iborat bo‘ladi.Shu tarzda, sportga saralash va yo‘naltirish muammosi –murakkab muammo bo‘lib, ko‘plab mutaxassislar faoliyatini talab qiladi. Ushbu muammoni olimlar, murabbiylar va pedagoglar hamkorligida hal qilish zarur. Download 101.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling