Innovatsiyalar vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish
III. BOB. MINERAL O’G’ITLAR VA BIOLOGIK PREPARATNI
Download 2.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Yusupov A Dissertatsiya 08.10.2023
III. BOB. MINERAL O’G’ITLAR VA BIOLOGIK PREPARATNI
TUPROQNING AGROKIMYOVIY XOSSALARIGA TA’SIRI 3.1-§. Tuproqdagi ammoniyli va nitratli azot miqdorining o’zgarishiga azotli o’g’itlar me’yori va biologik preparatning ta’siri Ma’lumki, qishloq xo‘jaligi ekinlari parvarishida tuproq va uning holatini qanday darajada bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi.Tuproqning agrokimyoviy xossasi o‘simliklarni, jumladan soyani oziqlanishida asosiy rolni o‘ynaydi. Tuproq agrokimyoviy xossasi tuproqning muhim ko’rsatkichi bo‘lib, uni yuqori darajaga oshirish o‘simliklar oziqlanishini optimallashtiradi. Bunda mineral va organik o‘g‘itlarning, salmog’i katta. Ko‘plab tadqiqotlardan ma’lumki, mineral o‘g‘itlardagi oziq moddalar o‘simlik oziqlanishida va tuproq oziq rejimini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega. Tuproqdagi harakatchan oziq moddalar tuproqning faol oziq rejimini ifodalaydi. Chunki, harakatchan oziq moddalar o‘simlik oziqlanishida bevosita ishtirok etadi va o‘simlik mineral oziqlanishini belgilaydi. Eng muhim oziq moddalardan biri bu azot birikmalaridir, ularni o‘simliklar ammoniy va nitrat ionlari shaklida o‘zlashtiradi. Tadqiqotning ikki yillik olingan natijalarga ko‘ra (2022-2023 y.y), o‘g‘it qo‘llanilmagan nazorat variantida tuproqdagi harakatchan oziq moddalar erta bahordan iyul oyigacha kamayib bordi. Soya o‘simligining avj olib o‘sish davrida, ayniqsa gullash fazasida oziq moddalarning jadal o‘zlashtirilishi tuproqdagi harakatchan oziq moddalar miqdorini keskin kamayib ketishiga olib keldi. O‘suv davrining oxiriga kelib dastlabki muvozanatga nisbatan minimal ko’rsatkichda bo’ldi. Tadqiqotlarimizda tuproqning haydov qatlamida ammoniy shaklidagi azot miqdori 15 may sanasida (2022-2023 y.y) mos ravishda nazoratda 13,1 va 15,6 mg/kg, P 90 K 60 variantida 14,8 va 17,6 mg/kg, N 40 P 90 K 60 variantida 21,1 va 25,1 mg/kg, P 90 K 60 + Rizovit – AKS preparatidan 200 gramm/ga qo’llanilgan variantida 21,6 va 25,6 mg/kg ni tashkil etgan bo’lsa N 40 P 90 K 60 + Rizovit – AKS preparatidan 54 200 gramm/ga qo‘llanilgan variantda esa 22,5 va 26,7 mg/kg ni tashkil etib o’g’it qo’llanilmagan nazorat variantiga nisbata 9,4 va 11,1 mg/kg ga, P 90 K 60 variantiga nisbatan 7,7 va 9,1 mg/kg ga, N 40 P 90 K 60 variantiga nisbatan esa 1,4 va 1,6 mg/kg ga yuqoriligi ma’lum bo’ldi. Ushbu N 40 P 90 K 60 + Rizovit-AKS 200 gramm/ga qo’llanilgan variantda tuproqdagi ammoniy shakldagi azot miqdori P 90 K 60 + Rizovit-AKS 200 gramm/ga qo’llanilgan variantdagi olingan natijalarga yaqin ko’rsatkich namoyon qilsada qolgan variantga nisbat sezilarli yuqoriligi namoyon bo’ldi va bu qo’llanilgan azotli o’g’itlar hamda biologik preparat ta’siri hisobiga yuzaga keldi (3.1 - jadval). Download 2.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling