Innovatsiyalar vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish
-§. Tajribani olib borish uslublari
Download 2.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Yusupov A Dissertatsiya 08.10.2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tajriba o’tkazish tizimi
2.2-§. Tajribani olib borish uslublari
Dala tajribasi 5 variantdan iborat bo‘lib, barcha variantlar 4 ta qaytariq 20 ta paykal va 2 yarusda joylashtirildi (ilova). Tajribada o‘g‘it qo‘llanilmagan nazorat varianti bo‘lib, keyingi variantlarda P90K60 kg/ga fonida azotli o’g’itlarni 40 kg/ga va biologik preparatni 200 gramm/ga me’yorida qo’llanilib tahlil qilib borildi. Tajribada soyaning “Nafis” navi ekildi. Bitta paykalning eni 4,8 metr, uzunligi 25 metr bo’lib, umumiy maydoni (4,8x25) 120 m 2 , shundan hisob maydoni 60 m 2 ni tashkil etdi. Bitta takrorlik maydoni 300 m 2 , dala tajribasining umumiy maydoni 1200 m 2 . Har bir paykal 8 qatordan iborat bo‘lib, shundan ikkitadan ikki chetki jami 4 ta qator himoya qatori, o‘rtadagi 4 ta qator hisob qatori hisoblandi. Dala tajribasida tizimli ravishda fenologik kuzatishlar va biometrik o‘lchashlar olib borildi (2.5-jadval). Tuproqni agrokimyoviy tahlil qilish uchun har bir variantlardan o‘rtacha aralash tuproq namunasi olib kelinib laboratoriyada tahlil qilindi. Azotli o‘g‘itlarning 30 % shonalashda, qolgan 70 % dukkaklash fazasida qo’llanildi. Fosforli o‘g‘itlarning 70 % shudgor bilan, 30 % esa gullash fazasida qo‘llanildi. Kaliyli o‘g‘itlarning 50% shudgor bilan, 50% shonalash fazasida qo‘llanildi. 47 2.4- jadval Tajriba o’tkazish tizimi № Mineral o’g’itlar me’yori sof holda kg/ga Biologik preparat, gramm/ga Shudgor ostiga, kg/ga Shonalash davrida, kg/ga Gullash- Dukkaklash davrida, kg/ga N P K P K N K P N 1 2 90 60 63 30 30 27 3 40 90 60 63 30 12 30 27 28 4 90 60 Rizovit 63 30 30 27 5 40 90 60 Rizovit 63 30 12 30 27 28 70 50 30 50 30 70 Tadqiqot ishlari quyidagi uslubiyatlar asosida olib borildi: Tajribalarni o‘tkazish, fenologik kuzatuvlar, tuproq va o‘simlik namunalarini olish va tahlil qilish “Методы агрохимических, агрофизических и микробиологических исследований в полевых хлопковых раёнах” (1963) asosida, Shuningdek tadqiqotlar va kimyoviy tahlillar “Агрохимические методы исследования почв, растений и удобрений” [6; 347 b], “Методика полевых опытов” B.A.Dospexov [5; 255-b.] qo‘llanmalari asosida o‘rganildi va tahlil qilindi. Tuproqdagi umumiy azot, fosfor, kaliy (SoyuzNIXI, 1963) I.M.Malseva va P.N.Grisenko, gumus miqdori I.V.Tyurin, nitratli azot Grandval Lyaju, harakatchan fosfor, B.P.Machigin, almashinuvchi kaliy miqdori V.P.Protasov, usullarida aniqlandi. Download 2.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling