Innovatsiyalar vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish


Download 2.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/45
Sana10.10.2023
Hajmi2.52 Mb.
#1696837
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   45
Bog'liq
Yusupov A Dissertatsiya 08.10.2023

 
 
 
 
 
 
 
 
 


15 
I – BOB. MINERAL O’G’ITLAR HAMDA INOKULYANTLARNI SOYA 
O’SIMLIGINI O’SISHI, RIVOJLANISHI, HOSILDORLIGI VA 
HOSILINING SIFAT KO‘RSATKICHLARIGA TA’SIRI BO’YICHA OLIB 
BORILGAN TADQIQOTLAR YUZASIDAN ILMIY MANBALAR SHARH 
(Adabiyotlar tahlili) 
1.1-§. Mineral o’g’itlarni soya ekinining rivojlanishi, hosildorligi va don sifat 
ko‘rsatkichlariga ta’sirini o‘rganilgan holati 
D.Yormatova, G.Tangirovalarni ma’lumotida dunyo bo‘yicha 70 mln 
gektardan ziyod maydonda soya yetishtiriladi. Undan 400 ga yaqin turli xil 
mahsulot olinadi. Atmosferadagi erkin azotni biologik azotga aylantirib tuproq 
ekologiyasini yaxshilaydi. Tajribamizda urug‘lari nitragin bilan ishlangan Izumrud 
navining hosildorligi 70 kg ekilganda 19,9 s/ga, 80 kg ekilganda 22,3 s/ga, 90 kg 
ekilganda 18,6 s/ga bo‘ldi. Nitraginsiz variantlarda hosildorlik mutanosib ravishda 
0,8 s/ga, 1,0 s/ga, 2,7 s/ga kam bo‘lishi qayd etilgan. Eng yuqori don hosili nazorat 
Do‘stlik navidan olindi. Bu nav urug‘lari nitraginsiz ekilganda ham boshqa 
navlarga qaraganda yuqori hosil bergan [31; B. 20.]. 
V.S.Niklyaevni so‘zlarida soya ekini azot to‘plash xususiyati evaziga 
bahorgi va kuzgi donli ekinlar, makkajo‘xori va boshqa ekinlarga yaxshi 
o‘tmishdosh hisoblanadi [14; S. 356-359.]. 
G.Tangirovani olib borilgan tadqiqotlarida ekish me’yori 70 kg/ga, 
nitraginsiz variantda o‘rtapishar soya navi donning tarkibida oqsil miqdori 38,2% , 
moy miqdori 22,3% ni tashkil yetib, andoza Do‘stlik naviga yaqin (tegishlicha 
39,4%; 22,4%) bo‘lgan natija kuzatilgan [62; B. 36.]. 
A.Qoraxonova, D.Yormatova, A.Tokibaevlarni ta’kidlashicha “Selekta- 
201” – ertapishar nav, Krasnodar o‘lkasida rayonlashtirilgan, Manjuriya tur 
xillaridan kelib chiqqan. Urug‘i tarkibida 39-41% oqsil va 21-23% moy saqlaydi. 
Pishib yetilishi uchun 2410-22000 harorat talab qiladi [37; B. 12- 13.]. 
I.I.Abitov takidlashicha azot norma me’yorlarining soyani Nafis navining 
hosildorligi va don sifatiga ta’sirini o‘rganish maqsadida 2013- 2014 yillarda olib 


16 
borilgan izlanishlar natijalariga ko‘ra azot me’yorlarining soya hosildorligiga 
ta’siri aniqlangan [19; S. 53.]. 
M.Nazarov, A.Roziqov, Z.To‘raeva, F.To‘raevalar ma’lumotida azotli o‘g‘it 
miqdori ortgan sari, 1000 dona vazni sezilarli darajada oshib borishi aniqlangan 
[47; B. 31.]. 
D.Abdukarimov, N.Halilov, B.Kuldashovlar, ma’lumotida asosiy ekin 
sifatida ekilganda, sizot suvlar chuqurligi, tuproq mexanik tarkibi inobatga olinib, 
4-6 marta, Sug‘orishdan keyin tuproq yetilishi bilan kultivatsiya qilish tavsiya 
etilgan [17; B. 35.]. 
X.Atabaeva, M.Sattarov, ta’kidlashcha soya o‘simligini yetishtirishda 
mineral o‘g‘itlar azot 50, fosfor 100 va kaliy 70 kg qo‘llanilganda nazoratga 
nisbatan qo‘shimcha 6,2 s/ga don hosilini olish mumkin, o‘tloqi-botqoq 
tuproqlarda mineral o‘g‘itlarga 1,2 kg/ga oltingugurt qo‘shib qo‘llanilganda 
nazoratga nisbatan qo‘shimcha 11,2-18,4 s/ga hosil yetishtirishni ta’minlangan [23; 
B. 36.]. 
N.Umarova, R.Saitkanova, X.Idirsov., ma’lumotlarida bir gektarda barg 
yuzasi nazorat variantida 22,0 ming m
2
/ga to‘g‘ri keldi. Mineral o‘g‘itlar evaziga 
6,0 ming m
2
/ga oshdi. Mineral o‘g‘itlarga oltingugurt qo‘shib oziqlantirilganda
barg yuzasi 10,6 ming m
2
/ga oshganligi kuzatildi [128; B. 40.]. 
Soya o‘simligi yetishtirilganda mineral o‘g‘itlar N
50
P
100
K
70
me’yorda 
qo‘llanilganda, 
soyaning 
fotosintetik 
faoliyati 
faollashadi, 
soya 
agrotexnologiyasida mineral o‘g‘it bilan birga mikroelementlarni ham qo‘llab barg 
orqali oziqlantirganda, soya o‘simliginig don hosili 6,2-14,2 s/ga oshishi 
ta’minlangan [66; B. 40.]. 
A.Iminov D.Xoldarovalarni ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, qisqa 
navbatli almashlab ekishning 1:1, kuzgi bug‘doy takroriy ekin soya:g‘o‘za tizimida 
kuzgi bug‘doydan so‘ng takroriy ekin sifatida yetishtiriladigan soya ekini 
urug‘larini ekish oldidan nitragin bilan ishlov berilb ekilishi natijasida soyani 
parvarishlashda qo‘llaniladigan ma’dan o‘g‘itlar me’yorlari sarfini 20-25% ga 


17 
kamaytirishga hizmat qilib, nitragin qo‘lanilmagan variantlarga nisbatan 0,7-4,2 
s/ga qo‘shimcha don hosili olishni ta’minlaydi [35; B. 53-54.]. 
R.Siddiqov. A.Mo‘minov, U.Ergashev, ma’lumotlariga ko‘ra, soya navlariga 
ma’dan o‘g‘itlar me’yori gektariga sof holdagi fosfor 90 kg/, kaliy 60 kg fonida 
“To‘maris Man-60” naviga 120 kg/ga azotli o‘g‘it berilganda 35,8 s/ga, “Oijamol” 
naviga 120 kg/ga azotli o‘g‘it berilganda 28,7 s/ga, “Selekta-201” naviga 90 kg/ga 
azotli o‘g‘it berilganda 21,6 s/ga “Amigo” naviga 90 kg/ga azotli o‘g‘it berganda 
18,4 s/ga don hosil olinishini iqtisodiy jihatdan eng samarali deb hisoblash 
mumkin [59; B. 38-39.]. 
B.X.Quldoshov, N.Xalilov, A.X.Hamzaevlarni ta’kidlashcha soya o‘simligi 
ildiz tizimida Nitroforte –J, Nitroforte-P qo‘llanilgan variantlarda bitta 
o‘simlikdagi tuganaklar soni muvofiq holda 102 va 87 dona, tuganak bakteriyalar 
mavjud tuproq bilan soya urug‘lari ishlangan o‘simlik ildizida 43 dona tuganak 
hosil bo‘lishi Nafis navi bo‘yicha aniqlangan [92; B. 63-64.]. 
O.Mahmudovning 
fikricha, 
almashlab 
ekishning 
qisqa 
rotatsiyali 
g‘o‘zabug‘doy (1:1), g‘o‘za-soya (1:2) va uzoq muddatli bug‘doy-beda-g‘o‘za 
(1:2:3:1:2) tizimlari tuproq haydalma qatlamidagi chirindi, umumiy azot va kaliy 
miqdorining ko‘payishini ta’minlaydi [98; B. 308-310.]. 
N.Nuriddinov, F.Shamsiddinovlar tomonidan soyani tuproq unumdorligiga 
ta’siri o‘rganilib, qo‘yidagi xulosaga kelindi. Soyadan keyin tuproqda gumus va 
oziq moddalar miqdori sezilarli darajada oshishi. aniqlangan [106; B. 176-178.]. 
A.Panjiev, ma’lumotlarida soya navlaridan O‘zbek-6, Valyuta navlarini 
keng qatorlab (60 sm) gektariga navlarga mos ravishda 70, 60 kg urug‘ sarflab 5-6 
sm chuqurlikka ekib, mavsumda soya nihollari 140 kg azot, 90 kg fosfor, 45 kg 
kaliy bilan oziqlantirilgan [108; B. 224-226.]. 
N.Nuriddinov, F.Shamsiddinovlar tomonidan olingan ma’lumotlar 
ko‘rsatishicha, soya ekini don dukkakli ekinlar guruhiga mansub bo‘lib, 
qimmatbaho ekin hisoblanadi. Soya o‘zidan keyin 1 ga maydonda 2,5-3,0 tonna 
ang‘iz va ildiz qoldiqlarini qoldiradi va bu bilan 1 ga maydonga 40-60 kg azot, 18-
20 kg fosfor, 70-90 kg kaliyni qaytarilishini ta’minlaydi [105; B. 175-176.]. 


18 
A.A.Iminov ma’lumotlariga qaraganda, makkajo‘xoridan o‘rtacha 32,8- 34,5 
s/ga, soyadan 21,8-22,3 s/ga miqdorida don, aralash siderat ekinlardan esa 318,0 
s/ga miqdorida ko‘k massa hosili olingan [89; B. 350.]. 
B.Xoliqov, Ya.Bo‘riev, T.Bo‘rievlarning aytishicha soya o‘simligi ang‘izida 
parvarishlangan kuzgi bug‘doy ko‘rsatkichlari yaxshi bo‘lgan. Ko‘chat soni 
gektariga 3213 ming, mahsuldor poyalar soni 5172 tupni tashkil qilib, bo‘yi 98,0 
sm/ga yetgan. Hosildorlik tajriba variantida 65,0 s/ga dan 72,2 s/ga gachani tashkil 
etib, o‘rtacha 70,4 s/ga don hosil olingan [137; B. 37-39.]. 
A.Panjiev, J.Allayarov, F.Jabborovlarning tajriba natijalariga qaraganda
soyani o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga sug‘orish me’yorining ham ta’siri 
katta. Sug‘orish ma’lum bir me’yorgacha oshib borganda (2000-3000 m3 /ga) 
o‘simlikning bo‘yi yon shoxlar soni va ming dona urug‘ning og‘irligi qisman ortib 
borgan [109; B. 93-94.]. 
N.S.Umarava, D.Mamatalievlar dala tajribalari olib borib, quyidagicha 
xulosalarga kelganlar: -Soyaning Orzu navida ekish me’yorlari oshgan sari (300-
400-500 ming tup/ga) poya balandligi tegishlicha yuqori (63- 67-71 sm) bo‘lishi 
kuzatilgan [126; B. 182-184.]. 
B.M.Xoliqov, Ya.Bo‘riev, F.Namozov, A.Iminovlarning ma’lumotlari soya 
havo azotini yaxshi o‘zlashtirganligi sababli uning o‘suv davrida 100-120 kg azot, 
60-90 kg atorofida ma’dan o‘g‘itlar bilan oziqlantirish tavsiya etiladi. 
O‘zbekistoning sug‘oriladigan yerlarida, jumladan Qashqadaryo viloyatida ham 
soya parvarishlab undan 30-35 s don, 250-300 s ko‘k massa olish mumkinligi 
asoslangan [71; B. 16.]. 
X.N.Atabaeva, F.Achilovlarni ma’lumotida o‘simlikdagi organik moddalar 
barg faoliyati va ildiz orqali yetqazib beriladigan mineral moddalar evaziga hosil 
bo‘ladi. [81; B. 373-376.]. 
N.S.Umarov, 
Sh.U.Usmonovalar 
ta’kidlashicha 
amal 
davrining 
boshlanishida stimulyatorlar tuganak rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmagan. 
Nazorat variantida tuganaklar soni ko‘p bo‘lgan. Gullash davriga kelib tuganaklar 
soni stimulyatorlar qo‘llanilgan barcha variantlarda ancha oshgan. Ayniqsa 


19 
radimax va gummat stimulyatorlari qo‘llanilganda ko‘rsatkich yuqori bo‘lgan 
anqlangan [127; B. 380-382.]. 
A.Iminov, F.Namozovlarni ta’kidlashicha Respublikamizda soyani asosiy 
ekin sifatida janubiy hududlarda 25.03 – 05.04 muddatlarda, markaziy hududlarda 
01 – 15.04 muddatlarda, markaziy hududlarda esa 15 – 25.04 muddatlarda ekiladi 
[34; B. 29-30.]. 
D.S.Asilova, Z.Sh.Asqarova, D.S.Xalikovalar ma’lumotida xulosa qilib 
shuni ta’kidlaganki olimlar singari mineral o‘g‘it normalari ham oqsil miqdorini 
ortishiga ta’sir ko‘rsatar ekan. O‘g‘it normalari yuqori bo‘lgan N60P120, K90, 
N60, P120,K120 bo‘lgan 4 va 5 variantlarda O‘zbek-6 navida oqsil miqdori yuqori 
(33,5 – 36,2 %) ni, O‘zbek-2 navida (33,2 – 36,0) ni tashkil etgan [77; B. 23-24.]. 
X.N.Atabaevaning ma’lumotlarida Toshkent viloyatining tipik bo‘z 
tuproqlari sharoitida takroriy ekilgan soya ekiniga 120 kg/ga azot, 90 kg/ga fosfor 
va 60 kg/ga hisobida mineral o‘g‘it berilib, parvarish qilinganda har gektar 
maydondan 125 s/ga silos, soya ekini makkajo‘xori bilan aralash holda ekilganda 
soyadan 85,5 s/ga, makkajo‘xoridan 451,6 s/ga, jami 537,1 s/ga silos massasi 
olinganligi aniqlangan [80; B. 43.]. 
D.Yormatovaning ta’kidlashicha soya ekini bahorda ekilganda, o‘suv davri 
70-200 kun bo‘lib, 1700-32000S issiqlik talab qilishini va mavsum davomida ekin 
bilan birga 30-50 kg, azot ( 20-30 kg/ga ekishdan oldin, 10-15 kg/ga ekish bilan 
birga) azot, 100 kg/ga fosfor va 50 kg/ga kaliy o‘g‘itlar berishni tavsiya qilgan. 
Shuningdek, soya ekini mavsum davomida tuproqda 70-100 kg/ga gacha azot 
to‘plashini va boshqa ekinlar uchun yer quvvatini qayta tiklashini ta’kidlab, shu 
tufayli bu ekinni “Tuproq oltini” deyish mumkin deb ko‘rsatgan [30; B. 199-203.]. 
U.Norkulov, O.Sottorovlarni olib borilgan tajriba natijalariga asoslanib 
xulosa qilinganki, takroriy ekin sifatida ekilgan soya ekinini mavsum davomida 
sug‘orishlardan oldin tuproq namligi tuproqning chegaraviy nam sug‘imiga 
nisbatan 70-80-60% bo‘lganda 5 marta sug‘orish va har galgi sug‘orish me’ѐrlari 
500-600 m3/ga bo‘lishligi 20,2 s/ga donn hosili olishni ta’minlagan [104; B. 187.]. 


20 
X.Allanov, O.Sottorovlarning ta’kidlashicha bahorda tuproq harorati 12-
140S bo‘lganda ѐki makkajo‘xori bilan bir muddatda, ѐki aprel oyining birinchi va 
ikkinchi o‘n kunligida ekish maqsadga muvofiq.Urug‘lar tuproqning tarkibiga 
qarab 4-7 sm chuqurlikka tashlanadi [76; B. 175-176.]. 
G.Sh.Raimbaeva, M.N.Urmanovalarni ta’kidlashicha tuproqqa organik, 
mineral va mikroo‘g‘itlar sepilganda tuproqdagi biologik va biokimyoviy 
jarayonlar tezlashib, organik moddalar ko‘proq to‘planadi. Natijada tuproqning 
unumdorligi, ekinlarning o‘sishi, hosili va hosilning sifati oshadi [111; B. 67-69.]. 
Z.T.Umarova, Sh.T.Turdalievalarni ma’lumotida soyani hech qanday 
mineral o‘g‘itlar qo‘llanilmasdan parvarish qilinganda, uning ildizi tarkibidagi azot 
miqdori 0,88 %, poya qismida 0,51 %, bargi qismida 1,98 %, dukkagida 1,02 %, 
doni tarkibida esa 3,55 % ni tashkil etgan [125; B. 58-59.]. 
A.A.Mo‘minov, U.A.Ergashev, X.O‘rinboev, B.X.Norbutaevalarning 
ta’kidlashicha, soyani asosiy ekin sifatida ekib o‘stirilganda qo‘llaniladigan 
ma’dan o‘g‘itlar me’yori gektariga sof holda fosfor 90 kg, kaliy 60 kg fonida 
To‘maris MAN-60, Oyjamol, Selekta-201 navlariga azotli o‘g‘itning yillik me’yori 
120 kg/ga, Amigo naviga esa 150 kg/ga miqdorida berilganda eng samarali bo‘lib, 
soya navlaridan mo‘l hosil olinishini ta’minlar ekan [100; B. 56-60.]. 
M.A.To‘xtamishev, A.S Shamsievlarni ma’lumotlarida Nafis va Orzu soya 
navlari ekilgan variantlarda eng yuqori hosil sug‘orish oldidan tuproq namligini 
cheklangan dala nam sig‘imiga nisbatan 75-75-65 foiz tartibida soya egatlariga 
plѐnka to‘shab sug‘orilgan variantlardan hosildorlik 33,6- 31,1 s/ga ni tashkil qildi 
[123; B. 395-396.]. 
F.Teshaev, I.Abitovlarni, tadqiqot natijalarida. Toshkent viloyatining 
PSUEAITI Oqqovoq tajriba ho‘jaligida takroriy ekin sifatida ekilayotgan soyani 
“Orzu” navida dukkaklar 50-60% pishganda UzDEF 0,4l/ga defoliatsiya evaziga 
amal davri 89 kunni tashkil qilinganligi ko‘zatildi [120; B. 283-385.]. 
N.G‘.Yodgorov., Q.H.To‘raqulovlarni o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalariga 
ko‘ra, 2-muddat (05-iyul)da takroriy soya ekilgan variantlarda hosildorlik 
gektariga 15,8-22,1 sentner oralig‘ida bo‘lib, qayd qilingan eng yuqori hosildorlik 


21 
(22,1 s/ga) ko‘chat qalinligi gektariga (300 ming.dona/ga) tup bo‘lgan variantda 
kuzatilgan [84; B. 270-272.]. 
J.U.Hamdamov, M.Mannopovalarning ma’lumotlarida birinchi marta soya 
ekilayotgan maydonlarga azot to‘plovchi Rizobium japonicum tuganak 
bakteriyalarni o‘zida saqlovchi tuproqlarning 0-15 sm qatlamlardan 15 kg tuproq 
va tarkibida fosfor parchalovchi FOSSTIM3 bakterial o‘g‘it bilan birga 
qo‘llanilgan variantdagi soya o‘simliklarining ildizlarida azot to‘plovchi 
bakteriyalarning yuqishi va shakllanishi boshqa variantlarga nisbatan sezilarli 
darajada yuqoriligi bo‘lganligi aniqlangan [134; B. 273-276.]. 
B.X.Norbutaeva, A.Mo‘minovlarni so‘zlariga ko‘ra tajribalarda sinalgan 
beshta soya navi ichida Oyjamol navi N150P90K60 variantida quyidagi 
ko‘rsatkichlar bilan qolgan navlardan ustunlik qildi: o‘simlikning bo‘yi 111,2 sm; 
bir tup o‘simlikdagi dukkaklar soni 77,8 dona; bitta dukkakdagi don soni 2,6 ta; 
1000 ta don vazni 161 gr; hosildorlik 31,4 s/ga bo‘lgani aniqlangan [103; B. 270-
272.]. 
T.A.Raximov, R.I.Siddiqovlarning ma’lumotlarida O‘zbekistondagi Koreya 
Respublikasining “KORIA” markazi va Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot 
instituti hamkorligida soyaning mahalliy va xorijiy 10 ta navlarini institutning 
markaziy tajriba uchastkasi tuproq iqlim sharoitida maqbul ekish muddatlarini 
o‘rganish maqsadida dala tajribalari o‘tkazilgan [112; B. 265-267.]. 
I.Abitov, F.Teshaevlarning ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, coyaning 
Orzu navida nazorat (mikroelementsiz) variantda hosildorlik 20,7 s/ga tashkil 
qilgan. Mikroelementlar me’yorlari ko‘llanilgan variantlarda hosildorligi 23,3 –
26,6 s/ga atrofida bo‘lgan. Coyani shoxlash va gullash fazasida borni 0,4 kg/ga va 
ruxni 0,7 kg/ga bargdan oziqlantirish evaziga amal davri 91 kunni tashkil 
qilinganligi kuzatilgan [75; B. 93-97.]. 
N.Xalilov, A.Hamzaev, B.Quldashovlarning ma’lumotlarida soyaning 
O‘zbekiston Respublikasida eng keng tarqalgan Nafis va Selekta-302 navlarini 
sug‘oriladigan o‘tloqi-bo‘z tuproqlarida qator oralari 60; 90 va qo‘shqatorlab 
90x20-1 sm ekilganda ekish me’yorlarini gektariga 450 mingdan 650 ming 


22 
donagacha oshib borishi bilan o‘simlik bo‘yining oshib borishi, 1 dona 
o‘simlikdagi dukkaklar, donlar sonining hamda vaznining kamayishi aniqlangan 
[69; B. 30-32.]. 
H.Otaboeva ma’lumotlariga ko‘ra, yer haydashdan oldin chirindisi kam 
tuproqlarda 10-15 t. Maxaliy o‘g‘it (Gung), 100 kg fosfor va 50 kg kaliy o‘g‘iti 
solinadi, ekishdan oldin – 20-30 kg azot, ekish bilan bir vaqtda 10-15 kg NPK va 
o‘suv davrida 1-2 marta oziqlantiriladi, bunda 30-50 kg fosforli o‘g‘it solinadi. 
Nitragin ishlanmasa gektariga 100-150 kg azot solinadi [54; B. 139.]. 
D.S.Asilova, Z.Sh.Asqarova, D.S.Xalikovalarni ma’lumotlariga xulosa qilib 
shuni aytish mumkinki, barcha omillar singari mineral o‘g‘it normalari ham oqsil 
miqdorini ortishiga ta’sir ko‘rsatar ekan. O‘g‘it normalari yuqori bo‘lgan N60 
R120 K90, N60 R120 K120 bo‘lgan 4 va 5 variantlarda O‘zbek-6 navida oqsil 
miqdori (33,5-36,2 %) ni, O‘zbek-2 navida (33,2-36,0 %) ni tashkil etgan [78; B. 
24-25.]. 
S.A.Nurbaev, K.M.Mo‘minovlarni ma’lumotlarida Samarqand viloyatining 
irrigatsiya eroziyasiga uchragan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida soya navlaridan 
(“O‘zbekskaya-2”, “O‘zbekskaya-6”, “Nafis”, “Orzu”) yuqori (31,6; 32,5; 32,2; 
31,8 s/ga) va sifatli don hosili yetishtirishda uchastkaning tuprog‘i yuvilmagan 
qismida ekishni 80 kg/ga urug‘ va o‘g‘itlarni N90P63K45 kg/ga me’yorlarida, 
tuprog‘i yuvilgan maydonlarda 90 kg/ga urug‘ va N120P84K60 kg/ga va dalaning 
oqova to‘plangan qismida 70 kg/ga urug‘ va N60P42K30 kg/ga me’ѐrlarida 
resurstejamkor agrotexnologiyalar asosida tabaqalashtirib qo‘llash, tuproqlarni 
yuvilishdan saqlab, unumdorligini oshirib, ekologik toza mahsulot yetishtirishni 
ta’minlashi aniqlandi [51; B. 187-189.]. 

Download 2.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling