Innovatsiyalar vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish


II. BOB. TADQIQOT O‘KAZILGAN HUDUDNING TUPROQ IQLIM


Download 2.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/45
Sana10.10.2023
Hajmi2.52 Mb.
#1696837
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   45
Bog'liq
Yusupov A Dissertatsiya 08.10.2023

II. BOB. TADQIQOT O‘KAZILGAN HUDUDNING TUPROQ IQLIM 
SHAROITLARI VA TAJRIBA OLIB BORISH USLUBLARI 
2.1-§. Tajriba o‘tkazilgan joy va uning iqlim hamda tuproq sharoitlari 
Tadqiqot ishlari 2022-2023 yillari Surxondaryo viloyati Termiz tumani 
Ingichka tolali paxtachilik ilmiy-tadqiqot institutining tajriba xo‘jaligi dalalarida 
olib borildi. 
Dala tajribasi o‘tkazilgan joyda viloyatning sahro mintaqasiga kiruvchi 
sug‘oriladigan, o‘tloqlashib borayotgan taqirsimon tuproqlar tarqalgan bo‘lib, 
ushbu mintaqa iqlimi keskin o‘zgaruvchan, yillik yog‘ingarchilik miqdori 100-200 
mm bo‘lib, uning asosiy qismi ( 50-52 % ) kech kuz va qishda yog‘adi mart aprel 
oylaridagi yog‘ingarchilik 37-40% dan oshmaydi. Vohaning cho‘l qismida havo 
harorati yuqori bo‘lib, yillik o‘rtacha 18 
0
C, Sherabod tumanida 19 
0
C ga yetgan 
yillar ham mavjud.
Mavsumda ushbu tumanlarda o‘rtacha havo harorati 25,6–26,7 
o
C ni, yozda 
32
o
C ni, kunlik 36-38 
o
C ni tashkil etadi. Bu yerlarda eng yuqori xarorat 40-50
o
C, 
eng past -20 
o
C atrofida bo‘lishi kuzatilgan, yil davomida 246-262 kunlar issiq 
bo‘lib, yog‘ingarchilik miqdori 127-169 mm, mavsumda esa 30-40 mm, namlik 
mavsumda 30-40% ba’zi oylarda 18-20% gacha pasayadi.
Termiz guruhi tumanlarida chang-to‘zonli kunlar, shamollar ko‘p bo‘lib, yoz 
paytida havoning nisbiy namligi 6-8% gacha pasayishi mumkun. Tajriba 
o‘tkazilgan yillarda ob-havo sharoiti xaqidagi malumotlar 1; 2-ilovalarda 
keltirilgan, 1 oktabr 2021 yildan 1 oktabr 2022 yilgacha bo‘lgan muddatda 200,2 
mm yog‘ingarchilik bo‘lib bu ko‘rsatkich ko‘p yillik ma’lumotlardan yuqori 
bo‘ldi. 2022 yilning yanvar-fevral oylarida ancha sovuq tushib, dekabr oyining 
birinchi o‘n kunligida o‘rtacha xarorat 0,0 
o
C, dekabr-yanvar va fevral oyida eng 
past havo harorati 1,0-2,0
o
C, mart oyida esa havo harorati ko‘tarilib +13,7
o
C aprel 
oyida +19,3
o
C, may oyida +27,8
o
Cga yetdi va bu chigitni ekib parvarishlash uchun 
qulay sharoitlar tug‘dirdi. Iyun, iyul, avgust oylarida havo harorati keskin ko‘tarilib 


42 
+42
o
C ga yetdi iyun oyining ikkinchi o‘n kunligidan to sentabr oyining birinchi o‘n 
kunligigacha eng yuqori harorat +41-43
o
C ni tashkil qildi. 
Termiz ob-havoni kuzatish markazi ma’lumotlariga ko‘ra 2022-yil 1 aprelda 
ekilgan g‘o‘zalar 1 noyabrga kelib Termizda 3165
o
C, Sherabodda 3389
o
C, 
Denovda 3035 
o
C, va Sho‘rchida 2839 
o
C issiqlikni o‘zlashtirib, bu ko‘p yillikga 
nisbatan 80,28 
o
C yuqori bo‘ldi. 
Sentabr-oktabr oylarida havoning ochiq kelishi yig‘im-terim ishlarida 
qulaylik tug‘dirdi. 2022-yil oxiri 2023-yil boshlarida ob-havo Surxondaryo 
viloyatida o‘ziga xos bo‘lib, 2022-yilning qish oylari juda sovuq, ser yog‘in 
bo‘lishi, muzli kunlarning ko‘pligi bilan boshqa yillardan ajralib turdi. 2022-
yilning dekabr oyida boshlangan sovuq havo 2023 yilning mart oyigacha 
haroratining ko‘tarilmaganligi, ayniqsa 2023 yilning yanvar-fevral oylarida 
surunkali sovuq bo‘lishi, yanvarda o‘rtacha 19,4
o
C, fevral oyida 10,4
o
C bo‘lib 
boshqa yillardan tubdan farq qildi shu yil mart oyining birinchi o‘n kunligida ham 
1,0
o
C sovuq qayt qilindi.
2023 yil mart oyining 2-3 chi o‘n kunligida havo harorati +24-31
o
C gacha 
ko‘tarilib ekilgan nihollar o‘sib rivojlanishiga ijobiy tasir etdi. 
Mart oyining uchinchi o‘n kunligida va aprel oyida tuproqning 10sm 
chuqurligida harorat +13,6 dan +22,5
o
C yetganligi qayt qilindi ushbu oylarda 
yog‘ingarchilik miqdori 4,9-5,8 mm dan oshmadi. 
Keyingi oylarda havoning yetarli issiq bo‘lishi, yuqori havo haroratning 
+44,6
o
S dan oshmaganligi g‘o‘zaning yaxshi rivojlanib pishib yetilishiga qulay 
sharoit tug‘dirdi.Izlanish yillari ob-havoni qulay kelishi paxta hosilini o‘z 
muddatlarida terib olishga qulay sharoit yaratdi. 
Qadimdan sug‘orilib kelingan o‘tloqlashib borayotgan taqirsimon tuproqlar, 
Qiziriq, Termiz va qisman Jarqo‘rg‘on tumanlarida bo‘lib, chirindi miqdori 0,7-0,8 
% dan oshmaydi. Tuproq tarkibidagi umumiy azot 0,070-0,080% ni tashkil qiladi, 
mexanik tarkibiga ko‘ra o‘rta qumoq. 


43 

Download 2.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling