Innovatsiyalar vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish


Download 2.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/45
Sana10.10.2023
Hajmi2.52 Mb.
#1696837
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   45
Bog'liq
Yusupov A Dissertatsiya 08.10.2023

Tadqiqot obyekti va predmeti. Tadqiqot obyekti sifatida o’tloqilashib 
borayotgan taqirsimon tuproq, Soyaning “Nafis” navi, mineral o’g’itlar va biologik 
“Rizovit” preparati olingan. O’tloqilashib borayotgan taqirsimon tuproqlar 
sharoitida soyaning o’sishi rivojlanishi, unga mineral o’g’itlar va biologik preparat 
ta’sirini o’ganish tadqiqot predmeti bo’lib xizmat qiladi. 
Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Surxondaryo viloyatining o’tloqilashib 
borayotgan taqirsimon tuproqlari sharoitida soyaning “Nafis” navini yetishtirishda 
azotli o‘g‘itlar bilan oziqlantirish me’yorini o‘rganish hamda biologik preparatning 
ta’sirini aniqlashdan iborat. 
Ushbu maqsadni amalga oshirishda quyidagi bir qancha vazifalarni belgilab 
oldik: 
- o’tloqilashib borayotgan taqirsimon tuproqlar tarkibidagi harakatchan 
shakldagi NPK miqdorlarining o’zgarishiga qo’llanilgan azotli o’g’it me’yori va 
inokulyantni (“Rizovit” sut rangli paroshok) ta’sirini aniqlash; 
- azotli o’g’it me’yori va inokulyantni (“Rizovit” sut rangli paroshok) 
Soyaning o’sishi va rivojlanishiga ta’sirini aniqlash; 
- azotli o’g’it me’yori va inokulyantning (“Rizovit” sut rangli paroshok) 
Soya ildizidagi tuganaklar soni va massasiga ta’siri aniqlash; 
- azotli o’g’it me’yori va inokulyantning (“Rizovit” sut rangli paroshok) 
Soya hosildorligi va sifat ko’rsatkishlariga ta’sirini aniqlash; 
- soyada qo’llanilgana azotli o’g’it me’yori va inokulyantni (“Rizovit” sut 
rangli paroshok) iqtisodiy samaradorligini aniqlash. 
Ilmiy yangiligi. O’tloqilashib borayotgan taqirsimon tuproqlar sharoitida 
soyada fosforli (90 kg/ga) va klaiyli (60 kg/ga) o’g’itlar fonida azotli o’g’itlar (40 
kg/ga) me’yori va biologik preparatni (Rizovit) qo’llash usuli ilmiy asoslangan; 
O’tloqilashib borayotgan taqirsimon tuproqlar sharoitida minerl o’g’itlar va 
biologik preparatni tuproqdagi ammoniyli va nitratli azot, harakatchan fosfor va 
almashuvchan kaliy dinamikasiga ta’siri aniqlanib, mavsum oxirida ammoniyli va 


13 
nitratli azot miqdori mos ravishda 33,6 va 39,6 mg/kg ni, harakatchan fosfor va 
almashuvchan kaliy miqdori esa 34,1 va 284 mg/kg ni tashkil etganligi aniqlangan; 
O’tloqilashib borayotgan taqirsimon tuproqlar sharoitida minerl o’g’itlar va 
biologik preparatni soyaning “Nafis” navini o‘sish-rivojlanishi, hosildorligi va 
hosilining sifat ko’rsatkichlariga ijobiy ta’siri ilmiy-nazariy tomondan asoslangan. 

Download 2.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling