Innovatsiyalar vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish
Download 2.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Yusupov A Dissertatsiya 08.10.2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot obyekti va predmeti.
- Ilmiy yangiligi.
Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Surxondaryo viloyatining o’tloqilashib
borayotgan taqirsimon tuproqlari sharoitida soyaning “Nafis” navini yetishtirishda 7 azotli o‘g‘itlar bilan oziqlantirish me’yorini o‘rganish hamda biologik preparatning ta’sirini aniqlashdan iborat. Ushbu maqsadni amalga oshirishda quyidagi bir qancha vazifalarni belgilab oldik: - o’tloqilashib borayotgan taqirsimon tuproqlar tarkibidagi harakatchan shakldagi NPK miqdorlarining o’zgarishiga qo’llanilgan azotli o’g’it me’yori va inokulyantni (“Rizovit” sut rangli paroshok) ta’sirini aniqlash; - azotli o’g’it me’yori va inokulyantni (“Rizovit” sut rangli paroshok) Soyaning o’sishi va rivojlanishiga ta’sirini aniqlash; - azotli o’g’it me’yori va inokulyantning (“Rizovit” sut rangli paroshok) Soya ildizidagi tuganaklar soni va massasiga ta’siri aniqlash; - azotli o’g’it me’yori va inokulyantning (“Rizovit” sut rangli paroshok) Soya hosildorligi va sifat ko’rsatkishlariga ta’sirini aniqlash; - soyada qo’llanilgana azotli o’g’it me’yori va inokulyantni (“Rizovit” sut rangli paroshok) iqtisodiy samaradorligini aniqlash. Tadqiqot obyekti va predmeti. Tadqiqot obyekti sifatida o’tloqilashib borayotgan taqirsimon tuproq, Soyaning “Nafis” navi, mineral o’g’itlar va biologik “Rizovit-AKS” preparati olingan. O’tloqilashib borayotgan taqirsimon tuproqlar sharoitida soyaning o’sishi rivojlanishi, unga mineral o’g’itlar va biologik preparat ta’sirini o’ganish tadqiqot predmeti bo’lib xizmat qiladi. Ilmiy yangiligi. O’tloqilashib borayotgan taqirsimon tuproqlar sharoitida soyada fosforli (90 kg/ga) va klaiyli (60 kg/ga) o’g’itlar fonida azotli o’g’itlar (40 kg/ga) me’yori va biologik preparatni (Rizovit) qo’llash usuli ilmiy asoslangan; O’tloqilashib borayotgan taqirsimon tuproqlar sharoitida minerl o’g’itlar va biologik preparatni tuproqdagi ammoniyli va nitratli azot, harakatchan fosfor va almashuvchan kaliy dinamikasiga ta’siri aniqlanib, mavsum oxirida ammoniyli va nitratli azot miqdori mos ravishda 33,6 va 39,6 mg/kg ni, harakatchan fosfor va almashuvchan kaliy miqdori esa 34,1 va 284 mg/kg ni tashkil etganligi aniqlangan; O’tloqilashib borayotgan taqirsimon tuproqlar sharoitida minerl o’g’itlar va biologik preparatni soyaning “Nafis” navini o‘sish-rivojlanishi, hosildorligi va hosilining sifat ko’rsatkichlariga ijobiy ta’siri ilmiy-nazariy tomondan asoslangan. Download 2.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling