Innovatsiyalar vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish
Download 2.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Yusupov A Dissertatsiya 08.10.2023
Research advisor:
Candidate of Agricultural Sciences A.Shomuratov Master's student: A.I.Yusupov 10 KIRISH Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va dolzarbligi. Dunyo mamlakatlarida soya ekini muhimligi jihatidan bug‘doy, sholi va makkajo‘xoridan keyingi o‘rinlarda bo‘lib, hozirda kunda 122 mln gektardan ortiq maydonga ekilgan. Keyingi 5 yilda soya moyi ishlab chiqarish hajmi 63 % ga oshgan. Talabdan kelib chiqqan holda ishlab chiqarish hajmi va ekin maydoni oshib borishi kuzatilmoqda. Bugungi kunda ekin maydoni jixatidan yetakchi davlatlar: Braziliya - 37 mln., AQSh - 31 mln., Argentina - 18 mln., Hindiston - 11 mln. va Xitoyda - 9 mln., jami 106 mln. gektar maydonni egallab, ularning ulushi jahon bo‘yicha 85 % ni tashkil etib: qishloq xo‘jaligining asosiy muammolaridan biri bo‘lgan tuproq unumdorligini oshirish va o‘simlik oqsiliga bo‘lgan talabni qondirish bo‘yicha muammolar ham ushbu ekin orqali yechimini topmoqda 1 . Bugungi kunda dunyo qishloq xo‘jaligi amaliyotida soya ekinini yetishtirish orqali qimmatli azotli o‘g‘itlarni tejashga, tuproqni organik moddalarga boyitishga, struktura holatini yaxshilashga erishilmoqda. Soya ekilgan 1 gektar maydonda inokulyantlar (tuganak bakteriya preparatlari) qo‘llanilganda mavsum davomida 150-250 kg atmosfera azoti tuganak bakteriyalar tomonidan o‘zlashtiriladi. Bunday miqdordagi azot 510-850 kg ammiakli selitra miqdoriga teng keladi. Tuganak bakteriyalar tomonidan to‘plangan azot biologik azot hisoblanadi va u atrof muhitni ifloslantirmaydi, olingan mahsulotlarda nitratlar to‘planmaydi, tuproqdagi foydali mikroorganizmlarni ko‘payishini, patogen mikroflorani kamayishini ta’minlaydi, azotli o‘g‘itlar uchun sarflanadigan xarajatlar tejaladi, resurstejamkor texnologiyalarni ishlab chiqish va ishlab chiqarishga joriy etish imkoniyatlari kengayadi. Shu jihatdan ilmiy asoslangan almashlab ekish tizimiga soyani inokulyantlarni qo‘llab ekishni keng tatbiq qilish, ekologik toza mahsulot yetishtirish, soha rentabelligini oshirish imkonini beradigan resurstejamkor texnologiyalarni ishlab chiqish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. 1 https://latifundist.com/rating/top-10, http;//www.infotechno.ru/ros-soya/doc_scorobogotaya.php. 11 Respublikamizda aholini oziq-ovqat, chorvachilik va parrandachilikni ozuqaga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish hamda almashlab ekish dalasida ekinlar hosildorligini oshirish maqsadida soyani ekish keng yo‘lga qo‘yilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasida 2 “... qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishni izchil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sektorining eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish” muhim strategik vazifalar sifatida belgilab berilgan. Shu sababli, respublikamizning sug‘oriladigan maydonlarida ekilayotgan soya navlarini oziqlantirishda mineral o’g’itlar me’yori va biolokik preparatni qo’llash usuli takomillashtirish va bu bo’yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borish dolzarb hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 martdagi PQ- 2832- sonli “2017-2021 yillarda Respublikada soyani ekishni tashkil etish va soya donini yetishtirishni ko‘paytirish to‘g‘risida”gi qarori, 2019 yil 17 iyundagi «Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni (PF-5742-sonli) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 fevraldagi «Respublikada soya yetishtirish hajmlarini yanada ko‘paytirish choratadbirlari to‘g‘risida»gi 105-sonli qarori, hamda 2019 yil 29 martdagi «2019 yil hosili uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish va O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 - 2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida “...qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishni muttasil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotni ishlab chiqarishni kengaytirish, bo‘shab qolgan yerlarga moyli ekinlarni joylashtirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo zamonaviy resurstejamkor agrotexnologiyalarni joriy etish” muhim vazifalardan biri qilib belgilab berilganligi 2 O’zbekiston Respublikasin Prezidentining PF-4947-sonli 2017-yil 7-fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni 12 hamda shu kabi me’yoriy huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi. Download 2.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling