1
|
Inshoning kompozitsion tuzilishi necha qismdan iborat bo‘ladi ?
|
3 qismdan iborat : ya’ni: kirish,
asosiy qism va xulosa
|
2
|
Kirishda - ?
|
Mavzu , uning ahamiyati, o‘rganilishi kabi masalalar bayon
Qilinadi
|
3
|
Asosiy qismda- ?
|
Aytilmoqchi bo‘lgan tegishli mazmun yoritiladi
|
4
|
Xulosada - ?
|
bayon qilingan fikrlarga yakun yasaladi, «qissadan hissa» qilinadi
|
5
|
Mantiqiylikning buzilishi badiiy nutqda qanday vazifa bajaradi ?
|
o ‘ziga xos tasvir usuli,
obrazli ifoda, qisqasi, badiiy vosita vazifasini bajarishi mumkin.
|
6
|
Alogizm – nima?
|
Mantiqsizlik
|
7
|
Ijodkorning badiiy mahorati bilan
matnning zaruriy unsurlariga aylanuvchi vositalar ?
|
Xilma- xil alogizmlar (mantiqsizlik), g‘ayriodatiy birikmalar, jonlantirish
va boshqa shu kabi
|
8
|
“O‘tirganlar bir seskanib oldilar.
– Qanaqa pul, taqsir? – dedi Matxoliq amin. Hammaning ko‘zi uning og‘ziga tikilgan edi, undan keyin hamma ko‘zlar birdaniga mingboshi tomonga burilib, uning og‘ziga osildilar. Ko‘plar og‘izlari bilan ham tinglardilar.” Ushbu parcha qaysi asardan olingan ?
|
Cho‘lponning «Kecha va kunduz» romanidan
|
9
|
Nutqning sofligi nima bilan belgilanadi ?
|
nutqning adabiy til va jamiyatdagi ma’naviy-axloq qoidalariga
yot bo‘lgan unsurlardan xoliligi bilan
|
10
|
Adabiy
nutqning sofligiga putur yetkazuvchi unsurlarning asosiylari qaysilar ?
|
1) shevaga xos so‘z, ibora, Grammatik shakllar, urg‘u va talaffuz;
2) o‘rinsiz qo‘llangan chet so‘z va so‘z birikmalari (varvarizmlar);
3) dag‘al, haqorat so‘z va iboralar (vulgarizmlar);
4) «ishlamaydigan» yoki parazit so‘zlar;
5) idoraviy so‘z va iboralar (kanselyarizmlar).
|
11
|
|