Insituti biologiya o’qitish metodikasi
Omillarning tirik organizmlarga ta'sir qilish qonunlari
Download 47.5 Kb.
|
MUS TALIM BOTANIKA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chidamlilik chegara
Omillarning tirik organizmlarga ta'sir qilish qonunlari.
Muhit omillari ta'sirini organizmlar ma'lum chegarada qabul qiladi. Ekologik omillarga organizm ma'lum darajada javob reaksiyasini qiladi. Abiotik omillar organizmlarga to'g'ridan-to'g'ri (bevosita) va bilvosita ta'sir qiladi. Masalan, muhit harorati o'simlik va hayvonlarga bevosita ta'sir qilib, ular tanasidagi issiqlik balansi, fiziologik jarayonlar o'tishini o'zgartiradi. Lekin abiotik omildan yorug'lik o'simlikka to'g'ridan-to'g'ri ta'sir qilib, ular tanasida biomassa hosil bo'lishiga olib keladi, shu biomassa (yem-xashak, ozuqa) orqali hayvonlarning hayot-faoliyatiga ta'sir ham qiladi. Turli organizm ekologik omillarga turlicha moslashgan. Ba'zilari kuchli yorug'lik va past haroratga o'rgangan. Shuning uchun ham organizmlar turli muhitda uchraydigan mikroorganizmlar, o'simlik va hayvonlar turli miqdorda ekologik omillarni qabul qiladi. Undan ortiq yoki kam miqdordagi omillarning ta'siri organizm-larning hayot-faoliyatining pasayishiga olib keladi. Agar ekologik omillar maksimum yoki minimum darajada ta'sir qilsa, organizmning hayotfaoliyati to'xtaydi. Organizmlarning yaxshi o'sish, rivojlanish sharoiti optimal abiotik omillar ta'sirida bo'lsa, ularning yomon holati minimal sharoitda, ya'ni, abiotik omillarning salbiy ta'siri natijasida yuzaga keladi Organizmlarning nobud bo'lish chegara (mintaqa)si, ekologik omillarning haddan ziyod ortiqchaligidan yoki ularning ta'sir qilish kuchlarining kamligidan kelib chiqishi mumkin. Bu holat pesimum mintaqasi deb ham aytiladi. Ba'zi mineral moddalaming yetishmasligi, minimum darajada bo'lishi, o'sim-liklarning rivojlanishini sekinlashtirib, hattoki qurib qolishiga olib kelishi mumkin. Ya'ni, tuproqda kaliy, kalsiy, magniy elementlari juda ham zarur hisoblanadi. Chidamlilik chegara Lekin yerning tinimsiz ishlatilishi va qo'shimcha mineral moddalaming vaqtida berilmasligidan, ayrim elementlar miqdori tuproqda kamayib, o'simlik normal rivojlana olmaydi. Lekin ayrim mineral moddalaming ma'lum darajasi ekinlar hosilini oshiradi. Ulaming ortiqcha dozasi esa o'simliklarning nobud bo'lishiga olib keladi. Ayrim mineral moddalarning Libix (1849) ta'rificha, tuproqda «minimum» holda bo'lishi mumkinligi, keyinchalik, 1905-yili F.Bekman tomonidan ekologiyada «chegaralovchi omil» tushunchasi bilan ham almashtirib ishlatiladi. Misol, bir ko'lning suvi kalsiyga boy bo'lib (21,2-22,4 mg/1), ularda o'simlik va hayvonlar son va sifat jihatidan boy bo'lgan. Boshqa ko'l suvida kalsiyning miqdori juda kam (0,7-2,3 mg/1) bo'lib, bu ko'llarda organizmlar deyarli kam uchragan. Libixning «minimum qonuni»ga, keyinchalik Yu.Odum (1975) tomonidan tuzatishlar kiritiladi, ya'ni: 1) Libix qonunini faqat statsionar sharoitdagina qo'llash mumkin. Chunki, u yerda energiya va moddalarning kelishi, ularning shu muhitdan chiqib ketishi bilan teng bo'lib turadi; 2) Organizm yashayotgan muhitdagi bir modda miqdorining ko'pligi yoki boshqa moddaning yaxshi o'zlashtirilishidan shu yerdagi minimum miqdordagi moddaning organizm uchun mohiyati o'zgartirib yuborilishi mumkin. Bu holat ekologik omillarning hamjihatlik prinsiplariga kiradi va organizm ba'zi hollarda bir kerakli moddani qisman shunga yaqin ikkinchi modda bilan almashtirishi mumkinligini ko'rsatadi. Organizmning hayot-faoliyati ekologik omillarning minimal mohiyati ta'siridagina chegaralanmaydi, balki u yoki bu omilning ortiqcha miqdordaligidan ham organizm holati aniqlanadi. Tabiiy muhitda chegaralovchi omillarning maksimal mohiyatini 1913-yili amerikalik olim V.Shelford aniqlab, unga «Tolerantlik qonuni» ifodasini bergan, ya'ni bu qonun bo'yicha turning yashashi, qator ekologik omillarning ozligi va ko'pligi, organizmning chidamlilik-moslashish chegarasiga yaqin darajasi bilan aniqlanadi. Ekologik omillarning, organizmlarning chidamlilik chegarasiga yaqinligi yoki undan ortib ketishiga chegaralovchi omillar deyiladi. Shunday qilib, organizm ekologik minimum va ekologik maksimum holati bilan xarakterlanadi, shu ikki ekologik ko'rsatkichni u sezadi, unga Download 47.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling