Inson huquqlari va erkinliklari kafolatining yaratilishi


Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy Markazi


Download 22.04 Kb.
bet3/4
Sana08.02.2023
Hajmi22.04 Kb.
#1177913
1   2   3   4
Bog'liq
INSON HUQUQLARI VA ERKINLIKLARI KAFOLATINING YARATILISHI

Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy Markazi
Demokratik jamiyatda inson huquqlari har tomonlama himoya qilinishi, har bir shaxs o`zining huquqlarini bilishi, buning uchun ularga huquqiy bilimlar berilishini takomillashtirish talab etiladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil oktabrdagi Farmoni bilan Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy Markazi tashkil etildi.
Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy Markazining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
♦ milliy harakat rejasini, shuningdek, Konstitutsiya, qonunlar va inson huquqlari sohasidagi umume'tirof etilgan xalqaro huquq me'yorlari qoidalarini amalga oshirish strategiyasini ishlab chiqish;
♦ inson huquqlari sohasida O`zRning xalqaro va milliy tashkilotlar bilan hamkorligini rivojlantirish;
♦ O`zRda inson huquqlariga rioya etilishi va bu huquqlarning muhofaza qilinishi yuzasidan milliy ma'ruzalar tayyorlash;
♦ davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga, shuningdek, inson huquqlari bo`yicha jamoat birlashmalariga maslahatlar berib turish faoliyatini amalga oshirish;
♦ davlat organlarining inson huquqlarini rag`batlantirish va muhofaza qilish sohasida tahsil berish, targ`ibot, o`quv-uslubiy adabiyotlarni nashr etish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
♦ O`zRda inson huquqlarini amalga oshirish va rivojlantirish bo`yicha ma'lumotlarning axborot bazasini barpo etish;
♦ davlat organlarining inson huquqlariga rioya etish va bu huquqlarni muhofaza q-ilish sohasidagi tavsiyalar tayyorlash;
♦ inson huquqlarini rag`batlantirish va muhofaza qilishning turli jihatlari yuzasidan tadqiqotlarni tashkil etish va o`tkazishdan iborat.
Milliy Markaz o`z faoliyatini O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 13-noyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan Nizomga ko`ra olib bormoqda.
o`quv-ma'rifiy yo`nalish bo`yicha 1997—2002-yillar mobaynida Markaz tomonidan 200 dan ortiq risola nashr etildi. Ommaviy axborot vositalarida maqolalar chop etiidi. Televideniyeda ko`rsatuvlar tayyorlandi. Inson huquqlarini himoyalashning turli yo`nalishlari bo`yicha xalqaro va milliy miqyosda o`quv dasturlari, seminarlar, anjumanlar, ma'ruza kurslari va o`quv safarlari tashkillashtirildi. Konrad Adenauer jamg`armasi va BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikda huquqni muhofaza etish idoralari xodimlari uchun Andijon, Farg`ona, Buxoro, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Namangan shaharlarida ixtisoslashgan o`quv seminarlari o`tkazildi.

Download 22.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling