Inson huquqlari va erkinliklari kafolatining yaratilishi
Milliy Markaz tahliliy yo`nalish
Download 22.04 Kb.
|
INSON HUQUQLARI VA ERKINLIKLARI KAFOLATINING YARATILISHI
Milliy Markaz tahliliy yo`nalish bo`yicha ham amaliy ishlar olib bormoqda. Oliy Majlis muhokamasiga qo`yib kelinayotgan inson huquqlari himoyasiga aloqador barcha qonun hujjatlarining muhokamasida faol qatnashmoqda, mazkur qonun loyihalarining ochiq muhokamasini tashkillashtirmoqda. Jumladan, «Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha Vakili (Ombudsman) to'g`risida», «Ommaviy axborot vositalari to'g`risida», «Jurnalistning kasbiy faoliyatiga doir faoliyatini himoya qilish to'g`risida», «Axborot olish erkinligi kafolatlari to'g`risida», «Ta'lim to'g'risida» va boshqa bir qator qonunlarni muhokama qilish bo`yicha ilmiy-amaliy anjumanlar o`tkazildi.
Milliy Markaz fuqarolarni qabul qilish masalasiga ham katta-e'tibor berayotir. 2002-yilning o`zida 6 mingdan ortiq ariza va shikoyat ko`rib chiqildi. Ombudsman instituti nima? Inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlashda 1997yil 26-aprelda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan «Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha Vakili (Ombudsman) to'g`risida»gi Qonun alohida ahamiyatga ega. Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha Vakili (Ombudsman) mansabdor shaxslar, tashkilotlar va davlat organlarining inson huquqi, erki va qonuniy manfaatlarini davlat tomonidan himoya qilinishini ta'minlashga ko`maklashish maqsadida faoliyat ko`rsatadi. Mustaqillik yillarida mamlakatda inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlashga qaratilgan qator amaliy tadbirlar ham o`tkazildi. 1996-yil may oyida «Fuqarolarni huquqiy himoya qilish va aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish» mavzusiga bag`ishlangan mamlakat huquqshunoslari konferensiyasi bo`ldi. Unda dolzarb masalalar muhokama qilindi, tajribalar umumlashtirildi. 1996—1997-yillarga mo`ljallangan Dastur va tadbirlar rejasi, 1997-yil avgustda esa «Jamiyatda huquqiy. madaniyatni yuksaltirish milliy Dasturi» qabul qilindi. 1996-yil sentabr oyida Toshkentda Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining inson huquqlari bo`yicha milliy muassasalar Kengash seminari ham o`z e'tiborini inson huquqlariga qaratdi. 1996-yil 15-noyabrda Toshkentda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Konrad Adenauer nomli xalqaro fond va BMTning O`zbekistondagi rivojlanish Dasturi vakilligi bilan birgalikda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo`ldi. Konferensiyada inson huquqlari muammosiga mintaqaviy yondashish va bu ishda parlamentning roli, inson huquqlari, demokratiya va shaxsni himoya etishning tarixiy-siyosiy jihatlari xususida fikrlashib olindi. Jahon davlatchiligi nazariyasi va amaliyotining dalolat berishicha, Ombudsman to`g`risidagi qonunning qabul qilinishi jamiyatda demokratiya yuksak darajada rivojlanayotganligining, davlat bilan fuqarolarning o`zaro munosabatlari inson huquqlari va erkinliklari ustuvor ekanligining ko`rsatkichidir. «Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha Vakili (Ombudsman) to`g`risida»gi Qonunga va o`zining faoliyati davomida to`plagan tajribasiga muvofiq quyidagi ustuvor vazifalarni bajarishni o`z oldiga qo`ydi: — O`zbekiston Respublikasining inson huquqlari masalalariga doir qonun hujjatlariga (shu jumladan, xalqaro konvensiyalarga) rioya etilishida nazoratni ta'minlash va ularni takomillashtirishga ko`maklashish; — shikoyatlar ko`rib chiqilishining aniq mexanizmini yaratish va fuqarolar huquqlarining tiklanishi uchun samarali choralarni ko`rish; — Ombudsmanning fuqarolar, nohukumat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari bilan inson huquqlari monitoringi sohasidagi hamkorligini mustahkamlash; — fuqarolarning turli toifalari o`rtasidagi axborot-ma'rifiy faoliyatini amalga oshirish; — Ombudsmanning inson huquqlari masalalari bo`yicha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligini rivojlantirish kabilardir. Oliy Majlisning Insbn huquqlari bo`yicha Vakili BMTning Inson huquqlari bo`yicha markazi, Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo`yicha byurosi bilan yaqin hamkorlikni yo`lga qo`ygan. Natijada,, 2002-yilgacha chet el delegatsiyalari bilan 100 dan ortiq uchrashuv o`tkazildi. Inson huquqlari bo`yicha Vakil BMTning Inson huquqlari bo`yicha komissiyasining Jenevada bo`lib o`tgan 52-sessiyasining majlisida qatnashdi va so`zga chiqdi. Chet ellarga xizmat safari davomida Inson huquqlari bo`yicha Vakil BMT seminarida, BMTning Sharqiy Yevropa va MDH mamlakatlaridagi vakillarining mintaqaviy uchrashuvida nutq so`zladi. Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlarning bir qator kengashlari hamda seminarlari ishida qatnashdi. 2003-yilga kelib, Ombudsmanning barcha viloyatlar va Toshkent shahrida "vakillari samarali faoliyat ko`rsatmoqda. Shunday qilib, mustaqil O`zbekistonda inson huquqi va erkinliklarini ta'minlash uchun keng imkoniyat yaratildi. Bu O`zbekistonda qurilajak adolatli, demokratik, fuqarolik jamiyatining muhim omilidir. Download 22.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling