Inson resurslarini boshqarish mavzu: mehnat unumdorligiga erishishda boshqaruvning ahamiyati
Download 39.8 Kb.
|
ismoiliv N mek-85 inson resurslarini boshqarish
Mehnat unumdorliginioshirish ayrim korxona va jamoalar uchun katta ahamiyatga ega bo‘lib, uning darajasiga ta’sir etadigan barcha omillar va zahiralarini ko‘paytirishni taqozo etadi. Umuman, omillar deganda - biron-bir jarayon yoki hodisaga ta’sir etuvchi kuchlar, sabablar, tashqi vaziyatlar tushuniladi. Mehnat unumdorligi omillari - mahsulot, ish yoki xizmatlar birligini ishlab chiqarishda yollanma mehnat sarfi miqdorining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi sabablar, harakatlantiruvchi kuchlar. Mehnat unumdorligiga ta’sir etishning turli usullarini tasniflash va ularni guruhlarga ajratishning ahamiyati shundaki, bu mehnat unumdorligi mohiyatini chuqurroq anglash va oshirish yo‘llarini bozor kon’yunkturasidan kelib chiqib aniqlash imkonini beradi. Bunday tasnifning amaliy ahamiyati shundaki, uning yordamida u yoki bu omillarning natijasiga ta’sir darajasini yaxshiroq hisobga olish mumkin bo‘ladi, ya’ni ulardan biri mehnat unumdorligining o‘sishiga barqarorroq ta’sir ko‘rsatsa, boshqalari bu ma’noda o‘tkinchi ahamiyatga ega. Omillarni tasniflashga turlicha yondashuvlar ularning turli yig‘indilarini farqlashga olib kelishi mumkin. Ammo bunday guruhlar orasida u yoki bu ishlab chiqarish omillarining shakllanishi va rivojlanishi asosiy sifat nuqtai nazaridan qabul qilish o‘rinli bo‘ladi. Bunday omillarga mahsulot ishlab chiqarishning ijtimoiy- siyosiy shart-sharoitlarini belgilaydigan guruhini kiritish mumkin. Ularning ta’siri tegishli xo‘jalik mexanizmlari, ijtimoiy munosabatlar (institutlar) orqali amalga oshiriladi. Omillarning boshqa muhim guruhiga mehnatga haq to‘lash, makroiqtisodiy mutanosibliklar, inson kapitali, texnika va texnologiyalar bilan bog‘liq bo‘lganlari, shuningdek, ijtimoiy omillar kiritiladi.
Download 39.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling