Institut français d’Études sur l’asie centrale
Download 18.64 Mb. Pdf ko'rish
|
tashkil etmoq; II. s’improviser vpr tasodifan (kimdir) bo‘lib qolmoq, to‘satdan birovga aylanmoq. improviste (à l’) loc adv to‘satdan, qo‘qqisdan, birdaniga, kutilmaganda, kutmaganda, tayyorgarliksiz, tasodifan, bonagoh. imprudemment adv ehtiyotsizlik bilan, avaylamay, ko‘zga qaramay, ehtiyotsiz, qo‘pol, o‘ylamasdan, yengiltak, nojo‘ya. imprudence nf ehtiyotsizlik, avaylamaslik, ko‘zga qaramaslik, pala- partishlik, qo‘pollik, nojo‘yalik, o‘ylamasdan ish qilish, o‘ylamasdan qilingan ish, noma’qulchilik, yengiltaklik, mulohazasizlik, shoshqaloqlik, ehtiyotsiz qadam; commettre des imprudences ahmoqgarchiliklar qilib qo‘ymoq. imprudent, ente adj ehtiyotsiz, qo‘pol, nojo‘ya, pala-partish, shoshqaloq, mulohazasiz, yengiltak, noma’qul. impubère adj voyaga yetmagan, balog‘at yoshiga yetmagan, yosh. impubliable adj bosib, nashr qilib chiqarishga yaroqsiz, arzimaydigan. impudemment adv uyalmasdan, or-nomus qilmay, hayosizlik bilan, sharmandalarcha, surbet, bezbet, beor, behayo, yuzsiz, uyatsizlarcha; vijdonsizlarcha. impudence nf uyatsizlik, yuzsizlik, behayolik, surbetlik, bezbetlik, beorlik, vijdonsizlik. impudent, ente adj uyat, nomus, hayo, yuzsiz, surbet, bezbet, beor, vijdonsiz. impudeur nf uyatsiz, nomussiz, hayosiz, yuzsiz, behayolik. impudicité nf uyatsizlik, nomussizlik, hayosizlik, behayolik, yuzsizlik, buzilganlik, fahsh yo‘liga, buzuqlikka, yomon yo‘lga kirganlik, buzuqlik, axloqsizlik, fohishabozlik, fohishalik, suyuqoyoqlik. impudique adj uyati, yuzi yo‘q, uyatsiz, nomussiz, hayosiz, behayo, benomus, sharmanda. impudiquement adv uyalmasdan, or-nomus qilmay, hayosizlik bilan, sharmandalarcha, buzuq, yomon yo‘lga kirib. impuissance nf 1. bedarmon, kuchsiz, darmonsiz, zaif, bequvvatlik, bemajollik, kasallik; être dans l’impuissance holi yo‘qlik; 2. jinsiy zaiflik, hezlik.
impuissant, ante I. adj bedarmon, kuchsiz, darmonsiz, zaif, bequvvat, bemajol; méd jinsiy zaif, impotent, hez; II. nm impotent, hez, jinsiy zaif odam. impulser vt turtki bermoq, turtmoq. impulsif, ive I. adj undaydigan, qo‘zg‘atadigan, ko‘ngilga soladigan, majbur qiladigan, ta’sirchan, sezgir, g‘ayri-ixtiyoriy; II. n tashqi ta’sirga beriluvchan, sezgir odam, ta’sirchan odam. impulsion nf 1. turtish, itarish, urish, zarba; 2. ichki turtki, intilish, istak uyg‘otish, istak, mayl, xohish, niyat; céder à l’impulsion de son cœur yurak amriga bo‘ysunmoq; 3. techn beixtiyor harakati, turtish harakati, itarish. impunément adv bejazo, jazosiz, jazolamasdan, jiddiy oqibatsiz. impuni, ie adj jazosiz, jazosiz qolgan, qoldirilgan, jazolanmagan, bejazo. impur, ure adj 1. harom, iflos, isqirt, bulg‘anch, aralashma iflos; 2. nopok, noinsof, insofsiz, palid, murdor, harom, axloqsiz, odobsiz, buzuq, beadab, yaramas. impureté
nf 1. haromlik, ifloslik, bulg‘anganlik, kirlik, ifloslanish, kirlanish, iflos bo‘lish; 2. chim begona aralashma; 3. yaramas xatti-harakat, beadablik, uyatlik, axloqsizlik, odobsizlik, buzuqlik, nuqsonlik. imputable adj 1. nisbat bersa, taalluqli, aloqador qilsa bo‘ ladigan; aybiga iqror bo‘ladigan, aybiga aqli yetadigan; imputable à kimgadir mansub deb biladigan, o‘ylaydigan 2. hisobiga yozilgan, o‘tkazilgan; imputable sur to‘lashga qarashli, tegishli; yoziladigan, yozib qo‘yiladigan. IMPUTATION
INCARNÉ
273 imputation nf 1. aybdorlik, ayblash, qoralash, aybiga iqror qilish; 2. o‘tkazish (pulni). imputer I. vt 1. aybiga iqror qilmoq, aybiga aqli yetmoq, mansub deb bilmoq; imputer un crime à qqn birovni jinoyatda ayblamoq; 2. (sur) -dan hisoblamoq, hisoblab chiqarmoq, ushlab qolmoq; bidov hisobiga yozmoq, xarajatlar hisobiga o‘tkazmoq; II. s’imputer vpr o‘z hisobiga o‘ tkazmoq, o‘z hisobiga yozib qo‘ymoq. imputrescibilité nf chirimaslik, chirimaydiganlik, chirishga qarshilik. imputrescible adj chirimaydigan, chirishga qarshi, bardoshli. in- préf inkor ma’nosini ifodalovchi prefiks (variantlari: il-, im-, ir-); injuste nohaq, adolatsiz; inefficace befoyda, bekorchi; inhabile noqulay, inhospitalité mehmondo‘st emaslik; illégal maxfiy, yashirin; imbuvable ichib bo‘lmaydigan; irréel xayoliy, noreal. inabordable adj egallab bo‘ lmaydigan, dimog‘dor, takabbur, kibr havosi baland, egallab, zabt etib bo‘lmaydigan. inaccentué, ée adj gram urg‘usiz, urg‘u tushmaydigan. inacceptable adj qabul qilib bo‘lmaydigan, qabul qilinmaydigan. inaccessible adj egallab, zabt etib bo‘lmaydigan, erishilmaydigan; inaccessible à l’esprit humain inson aqli yetmaydigan. inaccoutumé, ée adj 1. odatlanmagan, o‘rganmagan; 2. odatdan tashqari, farqsiz. inachevé, ée adj tugallanmagan, oxiriga yetmagan, nihoyasiga yetmagan, tugamagan. inactif, ive adj 1. bo‘shang, lanj, tepsa-tebranmas, loqayd, sust, lapashang, faoliyatsiz, harakatsiz, bekorchi, ishlamaydigan; un remède inactif sust dori; 2. mil majburiy xizmatda bo‘lmagan. inaction
nf harakatsizlik, faoliyatsizlik, sustlik, ishlamaslik, bekorchilik, loqaydlik. inactivité nf 1. bekorchilik, ishlamaslik, faoliyatsizlik; 2. mil zaxirada bo‘lish, turish, majburiy xizmatda bo‘lmaslik. inactuel, elle muhim bo‘lmagan. inadaptation nf muvofiqlashtirilmaganlik, moslashmaganlik, layoqatsizlik, uquvsizlik, no‘noqlik. inadapté, ée adj layoqatsiz, no‘noq, uquvsiz, moslashmagan. inadéquat, ate adj bir xil, baravar, teng, birdek bo‘lmagan, bir-biriga o‘xshamagan, har xil, xilma-xil, har turli. inadmissible adj to‘g‘ri, muvofiq, mos kelmaydigan, qabul qilib, ko‘nib, rozi bo‘ lmaydigan, ruxsat, ijozat berilmagan, taqiqlangan, man etilgan. inaliénable adj 1. dr boshqaga berib bo‘lmaydigan, daxlsiz; 2. ajratib, olib, daxl qilib bo‘lmaydigan, daxlsiz, ajralmas. inaltérabilité nf 1. o‘zgarmaslik, turlanmaslik, chidamli, pishiq, mustahkam, barqarorlik; 2. vazminlik, og‘irlik, xotirjam lik, osoyishtalik, tepsa- tebranmaslik. inaltérable adj 1. o‘zgarmas, turlanmas, chidamli, pishiq, mustahkam, barqaror, buzilmas; 2. vazmin, og‘ir, xotirjam, osoyishta, tepsa-tebranmas. inamical, ale adj xush ko‘rmaydigan, yoqtirmaydigan, yaxshi ko‘rmaydigan, yomon ko‘radigan, dushman, g‘anim. inamovibilité nf almashtirib bo‘lmaslik, daxlsizlik. inamovible adj almashtirib bo‘lmaydigan, o‘zgarmaydigan, doimiy, muttasil, umrbod, abadiy. inanimé, ée adj jonsiz, joni yo‘q, o‘lik; tomber inanimé jonsiz yiqilmoq. inanité nf behudalik, puchlik, foydasizlik, natijasizlik, ma’nosizlik, befoyda urinish, maqsadsizlik, bemaqsadlik. inanition nf och qolish, ochlik; tomber d’inanition ochlikdan yiqilib qolmoq.
inaperçu, ue adj ko‘rinmasdan, bildirmasdan, sezdirmay; passer inaperçu ko‘rinmasdan o‘ tib ketmoq. inapplicable adj qo‘llab, ishlatib, tadbiq qilib bo‘lmaydigan, qo‘llanilmaydigan, ishlatilmaydigan. inappréciable adj 1. bebaho, qimmatli, g‘oyat, benihoya katta, bahosi yo‘q, qimmatbaho, qadrli; 2. sezib bo‘lmaydigan, sezilar-sezilmas, bilinar- bilinmas, sezilarsiz. inapte
adj noloyiq, layoqatsiz, qobiliyatsiz, uquvsiz, no‘noq, noshud, epsiz; être inapte au service militaire harbiy xizmatga yaroqsiz bo‘lmoq. inaptitude
nf qobiliyatsizlik, uquvsizlik, no‘noqlik, yaroqsizlik, layoqatsizlik, yaramaslik, noshudlik; une inaptitude au travail mehnatga, ishga yaroqsizlik. inarticulé, ée adj tushunib, anglab bo‘lmaydigan, noaniq, noravshan, mujmal talaffuz qilingan. inassimilable adj 1. o‘zlashtirib bo‘lmaydigan, o‘zlashmaydigan, singmaydigan, singib ketmaydigan; 2. taqqoslab, solishtirib bo‘lmaydigan, o‘xshab ketmaydigan. inassouvi, ie adj qanoatlanmagan, qanoat hosil qilmagan, qoniqmagan, qonmagan, ko‘ngli to‘lmagan. inattaquable adj 1. egallab, zabt etib bo‘lmaydigan, mustahkam; 2. rad qilib bo‘lmaydigan, e’ tirozga o‘rin qoldirmaydigan, inkor qilib bo‘lmaydigan, aniq, shak-shubhasiz, begumon, bekami-ko‘st, benuqson, qusursiz, kamchiliksiz; un argument inattaquable e’ tirozga o‘rinsiz, inkor qilib bo‘lmaydigan dalil; 3. chidamli, pishiq. inattendu, ue adj kutilmagan, kutilmaganda ro‘y, yuz bergan, to‘satdan, qo‘qqisdan bo‘ lib qolgan, nogahoniy, tasodifiy, beixtiyor, bexosdan qilingan. inattentif, ive adj diqqat-e’ tiborsiz, beparvo, parishonxotir, befarq, xayoli qochgan, esi oqqan, fikri tarqoq, parokanda. inattention nf diqqat-e’ tiborsizlik, beparvolik, parishonlik, parishonxotirlik; une faute, une erreur d’inattention e’ tiborsizlik natijasida qilingan xato. inaudible adj 1. eshitib bo‘lmaydigan, eshitilmas, tovushsiz, shovqinsiz; yaxshi eshitilmaydigan, past; 2. quloqqa, eshitishga yoqimsiz, eshitib bo‘lmaydigan. inaugural, ale adj kirish; un discours inaugural kirish nutqi, ochib berish so‘zi, nutqi; une cérémonie inaugurale ochilish marosim i. inauguration nf 1. tantanali ochish, ochilish (haykalni); discours d’inauguration kirish so‘zi, nutqi; 2. fig boshi, boshlanishi. inaugurer vt 1. tantanali ochmoq (haykalni); 2. fig boshlamoq, boshlab bermoq; 3. fam yangilamoq. inauthentique adj ishonib bo‘lmaydigan, ishonchsiz, soxta, qalbaki, asl emas, yasama, xayoliy, o‘ylab chiqarilgan, to‘qilgan, to‘qib chatilgan, uydirma. inavouable adj e’tirof etib, aytib bo‘lmaydigan, uyat, isnod keltiradigan, sharmandali, axloqsiz, nomunosib. incalculable adj besanoq, sanoqsiz, sanab bo‘lmaydigan, son-sanoqsiz, beadad, behisob, hisobi, sanog‘i yo‘q, hisobsiz, cheklanmagan, cheksiz, chegarasi yo‘q, bepoyon, behad, chegarasiz. incandescent, ente adj 1. qizigan, qizargan, qizdirilgan, cho‘g‘langan, laxcha bo‘lgan, o‘ tli; 2. fig qizg‘in, jo‘shqin, otashin, alangali. incantation nf sehrgarlik, jodugarlik; afsun, sehr, jodu, tilsim, duo, kuf- suf. incapable I. adj (de qqch, de faire qqch) 1. qobiliyatsiz, qobiliyati yo‘q; incapable de lâcheté tubanlikka, pastkashlikka qobiliyati yo‘q; je suis incapable de me lever mening turishga qobiliyatim yo‘q, kuchim yo‘q; 2. qobiliyatsiz, layoqatsiz, talantsiz, iste’dodsiz; 3. noshud, epsiz, no‘noq, ish bilmaydigan, tajribasiz; 4. dr huquqsiz, layoqatsiz, ojiz, notavon, ish, harakat qila olmaydigan; II. n 1. ojiz odam, ojizlik, notavonlik; 2. dr huquqi yo‘q, notavon odam. incapacité nf 1. qobiliyatsizlik, uquvsizlik, no‘noqlik; une incapacité de travail mehnatga yaroqsizlik; 2. noqobil, qo‘ lidan kelmaydigan, uddasidan chiqa olmaydigan, iste’dodsizlik, talantsizlik; 3. dr ojizlik, notavonlik. incarcération nf qamash, qamoqda o‘ tirish, qamalish, badarg‘a, qamoq, hibs.
incarcérer vt qamoqda o‘ tirmoq, qamalmoq, hibsga olinmoq, qamamoq. incarnadin, ine adj oq-qizil, oqish-alvon. incarnat, ate adj qizil, alvon, qirmizi, och qizil. incarnation nf timsol, mujassam, gavdalantirish. incarné, ée adj amalga oshirilgan, timsol bo‘laolgan, mujassamlashgan, mavjud.
INCARNER
INCOMMODITÉ
274 incarner I. vt gavdalantirmoq, mujassamlantirmoq; II. s’incarner vpr gavdalanmoq, mujassamlanmoq, mujassam bo‘lmoq, amalga oshmoq, yuzaga chiqmoq. incartade nf 1. vx qo‘pol nojo‘ya harakat, ish, qiliq; 2. injiqlik, ahmoqlik, tentaklik, bema’nilik, sho‘xlik, hazilkashlik; faire mille incartades maynavozchilik qilmoq, hazillashmoq, o‘ynashmoq, jinnilik qilmoq; 3. sakrash, irg‘ish, sapchish (otning). incendiaire I. adj yondiruvchi, o‘t oldiruvchi, yondiradigan, yonuvchi; une bombe incendiaire yondiruvchi bomba; II. n qasddan o‘t qo‘yib, yondirib yuboruvchi. incendie nf yong‘in, o‘ t tushish, alanga, o‘ t, olov. incendier vt 1. yondirmoq, o‘ t qo‘ymoq, yoqmoq; 2. lovullatmoq; les piments lui ont incendié la gorge qalampir uning tomog‘ini lovullatib yubordi; 3. qizartirmoq (ufqni), qo‘zg‘atmoq, uyg‘otmoq, to‘lqinlantirmoq, jo‘shtirmoq (aqlni); 4. (qqn) fam so‘kmoq, haqorat qilmoq, tahqirlamoq, qopib olmoq.
incertain, aine I. adj 1. ishonmaydigan, gumonsiraydigan, ishonmovchi, ikkilanuvchi, qat’iyatsiz, shubhali, qorong‘i, dargumon, ishonib bo‘lmaydigan, ishonchsiz, inobatsiz; un fait incertain ishonib bo‘lmaydigan dalillar; être incertain de ikkilanmoq, gumonsiramoq; 2. beqaror, o‘zgaruvchan, muvaqqat, o‘zgarib turadigan; 3. noaniq, mujmal, qorong‘i, tushunib, anglab bo‘lmaydigan; des contours incertains noaniq, mujmal shakl, ko‘rinish, sharpa; des lumière incertaine zaif, nim jon, kuchsiz yorug‘lik (nur); II. nm noma’lum narsa. incertitude nf 1. ishonmaslik, gumonsirash, qat’iyatsizlik, dargumonlik, ikkilanuvchilik, jur’atsizlik, lanjlik, shubha, shubhalanish; pl ikkilanish, taraddudlanish; 2. ishonchsizlik, noma’lumlik; 3. o‘zgaruvchanlik, muvaqqatlik, bo‘qalamunlik. incessamment adv tezda, yaqinda, hoziroq. incessant, ante adj tinmaydigan, to‘xtamaydigan, to‘xtovsiz, betinim, doimiy, uzluksiz, payvasta. incessible adj dr boshqaga berib bo‘lmaydigan, daxlsiz. inceste
yaqin qarindoshi bilan jinsiy aloqa, zino. incestueux, euse adj yaqin qarindoshi bilan zino qilgan. inchangé, ée adj o‘zgarmagan, o‘zgarmay saqlangan. incidemment adv favqulodda, tasodifan, tasodifiy, bexosdan, nogahon, kutilmaganda, shunchaki, yo‘l-yo‘ lakay; mentionner incidemment yo‘l- yo‘lakay eslatib o‘ tmoq, tilga olmoq. incidence nf 1. phys og‘ish, tushish; un angle d’incidence og‘ ish, tushish burchagi; 2. fig natija, oqibat, asorat; avoir des incidences sur aks etmoq, iz, asar, asorat qoldirmoq. incident
1
nm 1. mojaro, noxush hodisa, voqea to‘qnashuv, janjal, baxtsizlik; 2. ko‘rinish, epizo‘d. incident
2 , ente
adj 1. tasodifiy, tasodifan bo‘lgan, kutilmaganda yuz bergan, nogahoniy, hodisa; 2. gram kirish; une proposition incidente ou une incidente kirish gap; 3. phyz tushadigan, oqqan (nur). incinération nf yoqish, yoqib yuborish, kuydirish, yondirish, kulga aylantirish. incipit nm inv badiiy asarning birinchi, bosh so‘zlari. incise nf gram kirish gap. inciser vt qirqmoq, ozroq kesmoq, tilmoq, sal kesib, tilib qo‘ymoq, kesik, tilik qilmoq. incisif, ive I. adj 1. kesadigan, qirqadigan; 2. achitadigan, achchiq, qattiq tegadigan, cho‘rtkesar, keskin, zahar; II. nf kurak, oldingi tish. incision nf kesish, tilish, kesik, tilik qilish. incitation nf qo‘zg‘alishi, uyg‘onishi (asab); fitna, ig‘vo, g‘alamislik, ig‘vogarlik, vasvasaga solish. inciter
vt (à qqch) qo‘zg‘atmoq, undamoq, ko‘ngliga solmoq, majbur qilmoq, gij-gijlamoq, ig‘vo qilmoq, yo‘lga boshlamoq (yomon). incivil, ale adj qo‘pol, qo‘rs, dag‘al, nazokatsiz, behurmat, beadab, beandisha. incivilité nf qo‘pollik, qo‘rs, dag‘al, nazokatsiz, behurmat, beadab, beandishalik, izzat, hurmat qilmaslik. inclassable adj navlab, sinflab bo‘lmaydigan. inclémence nf rahmsizlik, shafqatsizlik, berahmlik, badjahllik, qattiqqo‘llik, toshbag‘ir yurak, bag‘ritoshlik. inclément, ente adj rahmsiz, shafqatsiz, berahm, badjahl, qattiqqo‘l, toshbag‘ir, bag‘ritosh, toshyurak. inclinaison nf 1. qiyshayish, og‘ish, egilish, egish, engashtirish, keskin burilish, nishablik, qiyalik, yonbag‘ ir; l’inclinaison magnétique magnit, ohangraboning og‘ishi; 2. mil tepalik, balandlik burchagi. inclination nf 1. qiyshayish, og‘ish, egilish, egish, engashtirish (bosh, gavda); bosh egish, ta’zim qilish, sajda qilish, salom berish; 2. qiziqish, ishtiyoq, yaxshi ko‘rish, mayl, havas, moyillik, sadoqat, mehr-muhabbat. incliné, ée adj qiya, nishab, moyil, qiyalama. incliner I. vt egmoq, engashtirmoq, og‘dirmoq, qiyshaytirmoq, bukmoq, burmoq, qayirmoq; incliner la tête bosh egmoq; II. vi 1. qiyshaymoq, engashmoq, og‘moq; 2. (vers qqch) bukilmoq, burilmoq, qayrilmoq; III. s’incliner vpr 1. yutqizmoq, yutqizgan deb bilmoq, qo‘shilmoq, ko‘nmoq; s’incliner devant qqch tan olmoq, bermoq, ko‘nikmoq, rozi bo‘lmoq; 2. salom bermoq, qulluq, ta’zim qilmoq, salom yetkazmoq; 3. qiyshaymoq, engashmoq, yonboshlamoq, og‘moq. inclure vt kirgizmoq, kiritmoq, qo‘shmoq, qo‘shib qo‘ymoq, ilova qilmoq, ishlatmoq, tadbiq qilmoq, qo‘llamoq. inclus, use adj kirgizilgan, kiritilgan, qo‘shilgan, qo‘shib qo‘yilgan, ishlatgan, tadbiq qilingan, qo‘llangan, ilova qilingan; ci-inclus shu yerga kirgizilgan, shu yerda ilova qilingan. inclusif, ive adj 1. o‘ziga kirgizib, kiritib, qo‘shib olgan, ichiga olgan; 2. ling ichiga qamrab olgan. inclusion nf kirgizish, kiritish, ilova qilish, qo‘shish, qo‘shib qo‘yish, ishlatish, tadbiq qilish, qo‘llash. inclusivement adv oxirgisini ham qo‘shib, ichiga olib, shu jumladan, ilova qilib.
incoercible adj to‘xtatib, bosib, ushlab bo‘lmaydigan, kuchli, shiddatli, qo‘lga o‘rgatib bo‘ lmaydigan, so‘z, bo‘y bermaydigan, asov. incognito I. adv yashirin, noma’lum; II. nm yashirin nom bilan yurish, ismi, nomini yashirish; garder l’incognito nom ini yashirin saqlamoq. incohérence
nf aloqasizlik, aloqa
yo‘qligi, bog‘lanishsizlik, munosabatsizlik, poyintar-soyintarlik, poyma-poylik, mantiqsizlik, tuturuqsizlik. incohérent, ente adj aloqasiz, aloqasi yo‘q, bog‘lanmagan, munosabatsiz, poyintar-soyintar, poyma-poy, tuturuqsiz; des mots incohérents aloqasiz so‘zlar. incollable fam I. adj bilarmon, hamma narsani biladigan; II. n o‘zini bilimdon hisoblovchi, mahmadona. incolore adj rangsiz, rangi o‘chgan, oqargan, qochgan. incomber vi (à qqn) zimmasida bo‘lmoq, zimmasiga yuklatilmoq, zimmasiga yuklamoq, muyassar bo‘lmoq, to‘g‘ri kelmoq; cette tâche lui incombe bu vazifa uning zimmasiga yotadi; il incombe à to‘g‘ri keladi, muyassar bo‘ladi. incombustible adj yonmaydigan, kuymaydigan, yonmas, kuymas, o‘ t, olovga chidam li, alanga olmaydigan. incommensurable adj 1. beo‘lchov, cheksiz, behad katta, o‘lchab bo‘lmaydigan; 2. taqqoslab, tenglashtirib bo‘lmaydigan. incommode adj 1. noqulay, qulay, o‘ng‘ay emas, siqadigan; 2. zeriktirarli, zeriktiradigan, noxush, ko‘ngilsiz, sovuq, xunuk. incommodément adv noqulay, qulay, o‘ng‘ay emas. incommoder I. vt 1. bezovta qilmoq, urintirmoq, tinchi, oromini buzmoq, ovora qilmoq, qismoq, siqmoq, tang ahvolga solmoq; 2. tashvish, xavotirlantirmoq, jonga tegmoq, zeriktirmoq, bezor qilmoq; 3. sog‘lig‘ini ishdan chiqarmoq, lohaslik; je suis incommodé mening tobim yo‘q, o‘zimni yomon his qilayotibman; II. s’incommoder vpr siqib qo‘ymoq, qisib qo‘ymoq; qismoq, siqmoq. incommodité nf 1. noqulaylik, qulaysizlik, o‘ng‘aysizlik, notinchlik, xavotirlik, jonsaraklik, bezovtalik, tashvish, tahlika; 2. kasal, betob bo‘lish, mazasi qochish, tobi qochish, lohaslik, darmonsizlik.
INCOMMUNICABLE
INCORRECTION
275 incommunicable adj 1. ifodalab, tasvirlab, tushuntirib, aytib berib bo‘lmaydigan; 2. o‘tmaydigan, o‘ tkazib bo‘lmaydigan; 3. ayri, aloqasiz, qo‘shilmaydigan, qo‘shib bo‘lmaydigan. incomparable adj taqqoslab, solishtirib bo‘lmaydigan, tengsiz, tengi yo‘q, benazir, mislsiz. incomparablement adv taqqoslab, solishtirib bo‘lmas, tengsiz, misli ko‘rilmagan, benazir. incompatibilité nf o‘xshashsizlik, beo‘xshovlik, o‘xshash, monand emaslik, har xillik, nomuvofiqlik, nomunosiblik, noloyiqlik, to‘g‘ri kelmaslik; une incompatibilité d’humeur fe’l-atvorining mos, to‘g‘ri kelmasligi. incompatible adj qarama-qarshi, zid, mos emas, to‘g‘ri kelmaydigan; des caractères incompatibles fe’l atvorning o‘xshamasligi. incompétence nf hal qilishga haqi yo‘qlik, yetarli ma’lumotga ega emaslik, huquqsizlik, vakolatsizlik, behuquqlik. incompétent, ente adj hal qilishga haqi yo‘q, yetarli ma’lumotga ega emas, huquqsiz, vakolatsiz, behuquq. incomplet, ète to‘ liq, to‘la emas, to‘lmagan, to‘ldirilmagan, kam, yarim- Download 18.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling