Institut français d’Études sur l’asie centrale
Download 18.64 Mb. Pdf ko'rish
|
topshiriqlar. impasse
nf boshi berk ko‘cha; se tirer d’une impasse mushkul ahvoldan chiqmoq, qutulmoq. impassibilité nf vazminlik, yuragi kenglik, xotirjam, mutlaq, to‘la, tepsa- tebranmaslik, befarq qarash, beparvolik, e’tiborsizlik, xolislik, betaraflik, beg‘arazlik. impassible adj og‘ir vazmin, yuragi keng, xotirjam, mutlaq, befarq, beparvo, xolis, beg‘araz, betaraf. impassiblement adv og‘ir, vazmin, yuragi kenglik bilan, beparvo, xolisona, betaraf. impatiemment adv toqatsizlik, sabrsizlik bilan, besabr, betoqatlik bilan, chidam bilan. impatience nf besabrlik, betoqatlik, sabrsizlik; un mouvement d’impatience betoqat harakat; avoir des impatiences achchiqlanmoq, g‘azab, jahllanmoq, sabr kosasi to‘lmoq. impatient, ente adj besabr, betoqat, sabrsiz, toqati yo‘q; impatient de astoydil xohlovchi; il est impatient de uning toqati yo‘q. impatienter I. vt achchig‘ini chiqarmoq, qonini qaynatmoq, ranjitmoq, o‘ksitmoq, g‘ashiga tegmoq; II. s’impatienter vpr betoqat bo‘lmoq, sabrsizligini bildirmoq, jahli chiqmoq; s’impatienter de ne pas recevoir de nouvelles sabrsizlik bilan xabar kutmoq. impavide adj qo‘rqmas, dadil, mard, botir, dovyurak, jasur. impayable adj 1. fam g‘aroyib, g‘alati, o‘ta kulgili, g‘aroyib, qiziq; 2. vx bebaho, bahosi yo‘q, bahosiz, to‘lab, uzib bo‘lmaydigan, qimmatli. impayé, ée adj to‘ lanmagan. impeccable adj 1. begunoh, gunohsiz, gunohi yo‘q; 2. benuqson, kam- ko‘stsiz, bekami-ko‘st, qusursiz. impeccablement adv benuqsonlik bilan, kam-ko‘stsizlik bilan, qusursizlik bilan.
impédance nf phyz to‘liq qarshilik. impénétrabilité nf 1. o‘ tkazmaydiganlik, o‘ tmaydiganlik; 2. aql yetmaydiganlik, aqlga sig‘maydiganlik, aql bovar qilmaydiganlik, tushunib bo‘lmaslik. impénétrable adj 1. o‘tkazmaydigan, o‘ tmaydigan; o‘tib bo‘lmaydigan; 2. aql yetmaydigan, aqlga sig‘maydigan, aql bovar qilmaydigan. impénitence nf 1. gunohkorligiga achinmaslik, afsuslanmaslik, pushaymon bo‘lmaslik, tavba qilmaslik, o‘kinmaslik; 2. tuzalmaslik, epaqaga kelmaslik, o‘zgarmaslik, qotib qolganlik, o‘nglanmaslik. impénitent, ente adj gunohkorligidan afsuslanmagan, achinmagan, pushaymon bo‘lmagan, tavba qilmagan, o‘kinmagan; 2. fam mahkam o‘rnashgan, tomir yoygan, qonga, suyakka singib ketgan, ashaddiy, eskirgan, qotib qolgan, buzilgan, buzuq, tuzatib bo‘lmaydigan. impensable I. adj tasavvur qilib bo‘lmaydigan, faraz qilinmaydigan, aqlga sig‘maydigan, aql bovar qilmaydigan, amri-mahol; II. nm aqlga sig‘maslik, aql bovar qilmaslik, tasavvur faraz qilib bo‘lmaslik. impératif, ive I. adj buyruq, farmon, amr tarzida, amirona, qat’ iy, dalzarb; un contrôle impératif amaliy nazorat; un mandat impératif saylovchilar topshirig‘i (deputatga); II. nm 1. buyruq mayli; 2. shartsiz talab, buyruq, buyurish; les impératifs de notre temps davr talabi. impérativement adv amirona, buyruq tarzida. imperceptibilité nf bilinar-bilinmaslik, sezib bo‘lmaslik, sezilar-sezilmas, ilg‘ab bo‘lmaslik. imperceptible adj bilinar-bilinmas, sezilar-sezilmas, ilg‘ab bo‘lmas, ko‘z ilg‘amas, bilinar-bilinmas, sezilar-sezilmas holda, zo‘rg‘a eshitiladigan. imperceptiblement adv kichik, ko‘rinmas, sezilmas, ko‘z ilg‘amas, bilinar-bilinmas, sezilar-sezilmas holda, zo‘rg‘a eshitiladigan. imperdable adj yutqiziqsiz, yutuq chiqmay qolmaydigan, yo‘qolmaydigan, yutqizilmaydigan. imperfection nf 1. chalalik, nomukammallik, tugal, mukammal, to‘liq emaslik, takomillashmaganlik, yetukmaslik, chalalik; 2. nuqson, illat, ayb, kamchilik, muhtojlik. impérial, ale I. adj imperatorga, podshoga oid; II. n 1. nm pl german imperatori askarlari, sipohlari; 2. nf dilijans, avtobuslarning ikkinchi qavati; qisqa, cho‘qqi soqol. impérialement adv shohona. impérialisme nm o‘zga yerlarni bosib olish siyosati. impérialiste I. adj bosib olish siyosatini yurgizuvchi; II. nm o‘zga yerlarni bosib oluvchi, jahongir (esk). impérieux, euse adj 1. buyruq, amr tarzida, qat’iy ohangda; 2. qat’iy, qattiq, eng oxirgi, so‘nggi, ashaddiy; un besoin impérieux eng muhim ehtiyoj; une nécessité impérieuse so‘nggi zarurat. impérissable adj abadiy, mangu, o‘chmas, boqiy, umrbod, so‘nmas, unutilmas; une gloire impérissable abadiy, mangu shon-shuhrat. impéritie nf qobiliyatsizlik, no‘noqlik, noshudlik, epsizlik, ish bilmaslik. imperméabilisation nf 1. o‘tmaydigan, o‘ tkazmaydigan qilish; 2. zichlash, havo kirmaydigan-chiqmaydigan qilish. imperméabiliser vt o‘tmaydigan, o‘tkazmaydigan qilmoq. imperméabilité nf 1. o‘ tkazmaslik, o‘tmaslik; 2. zichlanganlik, havo kirmaydigan-chiqmaydigan qilinganlik; l’imperméabilité aux gaz gaz o‘tmaslik, kirmaslik. imperméable I. adj 1. o‘ tkazmaydigan, rezina qoplangan; des tissus imperméables suv o‘ tkazmaydigan gazmol; 2. havo, gaz kirmaydigan; 3. sezmaydigan, his etmaydigan; II. nm suv o‘ tkazmaydigan plash. impersonnalité nf 1. gram shaxssizlik; 2. shaxsiy emaslik, xolislik. impersonnel, elle adj gram shaxssiz, egasiz. impersonnellement adv shaxssiz ravishda, egasi yo‘q holda. impertinemment adv dag‘al, qo‘rs, qo‘pollik bilan, qo‘rs, surbet, beor, bezbet. impertinence nf surbetlik, bezbetlik, beorlik, yuzsizlik, behayolik, dag‘allik, qo‘pollik, qo‘rslik, gustohlik, takallufsizlik, beandishalik; pl qo‘pol gaplar. impertinent, ente I. adj 1. dag‘al qo‘pol, qo‘rs, surbet, bezbet, beor, behayo, uyatsiz, yuzsiz, takallufsiz, beandisha; 2. dr ishga aloqador bo‘lmagan, aloqador emas; II. n surbet, yuzsiz, beor. imperturbabilité nf vazminlik, yuragi kenglik, og‘ir-bosiqlik, tepsa- tebranmaslik. imperturbable adj vazmin, yuragi keng, og‘ir-bosiq, mulohazali, tepsa- tebranmas. imperturbablement adv vazmin, yuragi keng holda, og‘ir-bosiqlik bilan. impétigo nm méd yiringli issiqcha. impétrant, ante n 1. foyda oluvchi, foydalanuvchi, manfaatdor; 2. diplom olgan, diplomga sazovor bo‘ lgan odam. impétueusement adv to‘lqinlqanib, jo‘shib, shiddat bilan, jadal; gurkirab, qiyg‘os, birdan, tezdan, kuchli, to‘xtatib bo‘lmaydigan, jon-jahd bilan, qizg‘in, otashin. impétueux, euse adj 1. kuchli; shiddatli, toshqin, jadal; un torrent impétueux shiddatli oqim; 2. to‘xtatib bo‘lmas, qizg‘in, otashin, qattiq, jo‘shqin, qaynoq, ser g‘ayrat, yuragida o‘ ti bor. impétuosité nf 1. tezlik, shiddatlilik, shitob, to‘xtatib bo‘lmas hujum, zo‘rlik; 2. qizg‘inlik, jo‘shqinlik, serg‘ayratlik, keskinlik. impie
I. adj xudosiz, dahriy, xudodan qaytgan, betavfiq, munkir, murtad, gunohli, shakkok; II. n xudosiz, dahriy. impiété nf 1. xudosizlik, dahriylik, xudodan qaytganlik; xudoga ishonmaslik; faire des impiétés xudoni, dinni tahqirlamoq, xudoga shak keltirmoq, shakkoklik qilmoq; 2. behurmatlik, hurmatsizlik. impitoyablement adv ayamay, rahm-shafqat qilmay, beshafqat, ayovsiz, shafqatsizlik bilan. implacabilité nf qat’iylik, o‘zgarmaslik, bir so‘zlilik, shafqatsizlik, berahmlik, murosaga kelmaslik, murosasizlik. implacable adj bir so‘zli, qat’iy, shafqatsiz, berahm, o‘zgarmas, murosasiz, beshafqat; une lutte implacable murosasiz jang, kurash, olishuv. implacablement adv murosa qilolmay, berahm lik bilan, ayovsiz. IMPLANTATION
IMPRÉSARIO
271 implantation nf 1. o‘ tkazish, o‘ tqazish, kirgizish; joylashtirish, o‘rnatish; 2. fig joriy qilish, qo‘llash, singdirish, ildiz, tomir otish, ko‘karib chiqish, o‘sish; 3. armiya kirgizish; 4. méd a’zolarni ko‘chirib o‘ tqazish. implanter I. vt 1. o‘ tkazmoq, kirgizmoq, qoqmoq, qoqib kirgizmoq; 2. fig joriy qilmoq, qo‘llamoq, singdirmoq; 3. armiya kirgizmoq; II. s’implanter vpr qo‘llanilmoq, singdirilmoq, tomir, ildiz otmoq; fam tiklanmoq, o‘rnatilmoq (joyiga). implication nf 1. dr daxldorlik, aloqadorlik, taalluqlilik; 2. jalb qilinish, qatnashish; 3. natija, oqibat, asorat. implicite adj ko‘z, nazarda tutgan, noaniq, aniq ko‘rinib turmagan, yashirin. implicitement adv yashirin, noaniq, aniq ko‘rinib turmagan, ma’nosiga qarab. impliquer vt 1. aralashtirmoq, joriy qilmoq, jalb qilmoq, qo‘llamoq, ishlatmoq; être impliqué qo‘llangan, joriy qilingan, ishlatilgan bo‘lmoq; 2. o‘zida saqlamoq, ichiga olmoq, yakun yasamoq. implorant, ante adj yalinib-yolvorib so‘raydigan, yalinadigan, o‘ tinuvchi, yalingannamo. imploration nf iltijo, o‘ tinch, yolvorish, o‘ tinib, yolvorib, xudoning zorini qilib so‘rash. implorer vt yolvormoq, yalinmoq, o‘tinmoq, o‘ tinib so‘ramoq, da’vat qilmoq.
impoli, ie adj qo‘pol muomala, nazokatsiz, qo‘pol, dag‘al, qo‘rs, odobsiz, beandisha, betakalluf, nojo‘ya. impoliment adv qo‘pol muomala bilan, nazokatsiz, qo‘pol, dag‘al, qo‘rs, odobsiz, beandisha, betakalluf, nojo‘ya holda. impolitesse nf qo‘pollik, beodoblik, andishasizlik, betakalluflik, nazokatsizlik, qo‘rslik, nojo‘yalik. impondérabilité nf phyz vaznsizlik, qushday yengillik. impondérable I. adj 1. vaznsiz, vazni yo‘q, qushday yengil; 2. noaniq, noma’lum, belgisiz, tutqich bermaydigan, bilinar-bilinmas, ko‘z ilg‘amas, sezilmas; II. nm pl zo‘rg‘a ko‘z ilg‘aydigan dalil; les impondérables de la politique siyosatning nozikliklari. impopulaire adj nazardan qolgan, noravon, sodda emas, xalqchil emas. impopularité nf nazarnogir, mashhur emas. importable adj tashqaridan olib kelinadigan, olib kelishga ruxsat etilgan. importance nf 1. muhim, zarur, ahamiyatlilik, ma’nolilik, qimmatga egalilik; ma’no, mazmun, mohiyat, e’ tibor; attacher de l’importance à muhim hisoblamoq, ahamiyat bermoq; de peu d’importance arzimagan, unga ahamiyati yo‘q; de quelque importance ba’zi ahamiyatga ega; allaqancha, ko‘p miqdorda; se donner des airs d’importance gerdaymoq, kekkaymoq, kibrlanmoq, o‘zini katta tutmoq; une affaire d’importance muhim ish; 2. kattalik, o‘lcham, ko‘p miqdor; l’importance des effectifs armiya soni, miqdori. important, ante I. adj 1. muhim, zarur, ahamiyatli, mohiyatli, e’ tiborli; peu important ahamiyatsiz, ahm iyati kam, yo‘q; 2. ta’sirli, yirik, dongdor, mashhur; II. nm 1. balandparvoz, viqorli odam; 2. muhimi, asosiysi, ahamiyatlisi, e’tiborlisi. importateur, trice I. adj tashqaridan olib kiradigan; II. nm chetdan mol olib keluvchi. importation nf 1. chetdan mol olib kelish; 2. pl chetdan olib kelingan mollar; 3. kasallik tarqatuvchi bakteriyani kiritib qo‘yish. importer 1 vt 1. chetdan mol olib kelmoq, olib kirmoq; 2. kiritmoq, kirgizib qo‘ymoq; importer une maladie kasallik olib kelmoq, kirgizmoq; importer une mode nouvelle yangi fason kiritmoq. importer 2 vi muhim, ahamiyatli, kerakli, e’ tiborli bo‘lmoq, il importe peu muhim emas; peu importe, que m’importe? mening nima ishim bor, menga butunlay farqsiz, befarq; peu importe si muhim emas agar; peu leur importe ularning nima ishi bor, ularga tamoman ahamiyati yo‘q; n’importe! muhimmas! muhtojlik yo‘q, zarurat yo‘q! bari bir! hech nima! qu’importe? demak nima? nima muhimlik?, bari bir emasmi?; n’importe quoi nima bo‘lganda ham, bari bir nima?; n’importe qui kim bo‘ lganda ham; n’importe (le) quel har bir, qanday bo‘ lganda ham; à n’importe quelle heure har qanday soatda ham, vaqtda ham; n’importe comment naridan beri, chala- chulpa, pala-partish; n’importe quand qachon bo‘lmasin, duch kelgan joyda. importun, ue I. adj jonga tegadigan, zeriktiradigan, zerikarli, xira, shilqim, bezor qiladigan, kogilga uradigan, elim, pashshaxo‘rda, yopishqoq; II. nm shilqim odam. importuner vt joniga tegmoq, zeriktirmoq, bezor qilmoq, ko‘ngilga urmoq, tinch qo‘ymaslik. imposable adj soliq solish mumkin bo‘lgan, jarima solish mumkin bo‘lgan. imposant, ante adj zo‘r taassurot tug‘diradigan, ta’sir ko‘rsatadigan, haybatli, savlatli, salobatli, basavlat, kelishgan, ulug‘vor, dabdabali, muhtasham, muazzam, mo‘’tabar. imposé, ée adj soliq, o‘lpon, jarima solingan. imposer I. vt 1. soliq, o‘lpon, jarima solmoq; 2. (qqch à qqn) farmoyish, buyruq, amr qilmoq, bermoq, ko‘rsatma, yo‘l-yo‘riq, maslahat bermoq, zimmasiga yuklamoq, majbur etmoq, talab qilmoq; majbur qilmoq, bo‘yniga ortmoq, o‘ tkazmoq (zo‘rlab), ko‘ngliga solmoq; imposer des conditions shartlarni qabul qildirmoq; imposer le silence sukut saqlashga majbur qilmoq; imposer du respect hurmat qilishni ko‘ngilga solmoq; 3. solmoq, yuklamoq; imposer une tache à qqn vazifa bermoq, topshiriq yuklamoq, ishni bo‘yniga yuklamoq, topshiriq bermoq; 4. typogr qolip tushirmoq; II. vi hurmat qilishni ko‘ngliga solmoq; en imposer à izzat qilishni o‘rgatmoq; III. s’imposer vpr 1. o‘z bo‘yniga olmoq; 2. qat’iy suratda zarur bo‘lmoq; faire les conclusions qui s’imposent mos muvofiq xulosalar qilmoq; 3. (à) tan oldirmoq, zo‘rlab o‘ tkazmoq; s’imposer dans une société jamoaga qabul qilinmoq, uni odamlar qabul qilmoq; 4. menga muyassar bo‘lmoq, baxtiga to‘g‘ri kelmoq. imposition nf 1. soliq, o‘lpon solish; 2. pl o‘lpon, soliq; 3. typogr qolip tushirish, solish. impossibilité nf imkoni, iloji, imkoniyati yo‘qlik, mumkin emaslik; mettre qqn dans l’impossibilité de faire qqch biron narsa qilishdan mahrum qilmoq.
impossible I. adj 1. imkon, iloj, imkoniyatsiz, mumkin emas; il est impossible mumkin emas; il lui est impossible de se taire u hech ham jim o‘tira olmaydi; 2. fam g‘alati, g‘ayrioddiy, ajib, ajoyib, qiziq, alomat; II. nm mumkin bo‘lmagan ish, narsa; tenter l’impossible hamma mumkin bo‘lmagan ishni bajarishga urinmoq; faire l’impossible hamma mumkin bo‘lmagan ishni qilmoq; prov à l’impossible nul n’est tenu yo‘q bo‘lsa, yo‘q, yo‘qni yo‘ndirib bo‘lmaydi. imposteur nm ishonchini yo‘qotgan, aldamchi, aldoqchi, mo‘ltoni, firibgar, qallob. imposture nf yolg‘on, yolg‘on gap, aldash, firib, pand berish, aldovchilik, yolg‘on-yashiq. impôt nm soliq, o‘lpon; un impôt direct, indirect haqiqiy, to‘g‘ri; qo‘shimcha soliq; l’impôt sur le revenu daromad solig‘i; l’impôt progressif sur le revenu o‘sib boruvchi daromad solig‘i; un impôt foncier er solig‘i; les impôts en nature mahsulot solig‘i; impôt du sang harbiy majburiyat, majburiy harbiy xizmat; la perception des impôts soliq undirish, olish. impotence nf darmonsizlik, bemajollik, noshudlik, kuchsizlik, zaiflik, kamdarmonlik. impotent, ente I. adj kuchsiz, darmonsiz, kamdarmon, zaif, ojiz, bemajol, zo‘rg‘a sudralib yuradigan; II. n mayib-majruh, nogiron, cho‘loq odam. impraticable adj 1. bajarib, amalga oshirib, udda qilib bo‘lmaydigan, puch, ro‘yobga chiqmaydigan, qo‘llanmaydigan; 2. o‘ tib bo‘lmaydigan, yurilmaydigan (yo‘l). imprécation nf la’nat; qarg‘ ish, la’natlash, qarg‘ash. imprécis, ise adj noto‘g‘ri, noaniq, xato, yanglish, mavhum, chalkash. imprécision nf noaniqlik, noto‘g‘rilik, xatolik, ravshan emaslik, xiralik. imprégnation nf shimish, shimib olish, singdirish, to‘yinish. imprégner I. vt (de qqch) singdirmoq, shimimoq, to‘yinmoq; II. s’imprégner vpr 1. singdirib, shimib, to‘yib olmoq; 2. sizib kirmoq, sizib oqib kirmoq, sizib o‘ tmoq. imprenable adj 1. mustahkam, bosib, zabt etib olib bo‘lmaydigan (shahar, qal’ani); 2. une vue imprenable ko‘rinish, keng manzara. imprésario nm teatr tomoshalarini tashkil etuvchi, teatr xo‘jayini, egasi.
IMPRESCRIPTIBLE
IMPUTABLE
272 imprescriptible adj ajratib, olib, daxl qilib bo‘lmaydigan, daxlsiz, mahkam, mustahkam, qattiq, pishiq; un droit imprescriptible daxlsiz huquq; la loi imprescriptible de la nature tabiatning o‘zgarmas, mustahkam qonuni. impression nf 1. bosib naqsh, rasm solish (gazmolga); 2. nashr qilish, bosib chiqarish; une faute d’impression bosmada yo‘l qo‘yilgan xato; 3. bosma, bosilgan narsa, iz, tamg‘a; la dernière impression de so‘nggi nashri (kitob); 4. taassurot, xotira izi; avoir l’impression de taassurotga ega bo‘lmoq; faire impression sur taassurot, iz qoldirmoq; une impression de voyage yo‘l xotiralari; 5. bo‘zga bo‘yoq berish (rasmda). impressionnabilité nf 1. ta’sirlanuvchanlik, ta’sirchanlik, hassoslik, moyillik, beriluvchanlik; 2. nozik tabiatlilik, noziklik (rasm olishda). impressionnable adj ta’sirchan, ta’sirlanuvchan, hassos, moyil, beriluvchan, nozik. impressionnant, ante adj
ta’sir qiladigan, ta’sirlantiruvchi, hayajonlantiradigan. impressionner I. vt ta’sir qilmoq, ta’sirlantirmoq, hayajonlantirmoq, ko‘nglini yumshatm oq; II. s’impressionner vpr ta’sirga, hayajonga berilmoq, kuchli ta’sirlanmoq. impressionnisme nm san’atda his-tuyg‘ularni aks ettiradigan oqim. impressionniste I. adj san’at oqim iga mansub; l’école impressionniste shu san’at oqimi maktabi, vakillari; II. n shu san’at oqimi tarafdorlari, shug‘ullanuvchilar. imprévisible adj ko‘zda tutilmagan, oldindan ko‘rilmagan, kutilmagan, o‘ylanmagan, xayolga ham kelmagan, nogahoniy, tasodifiy. imprévision nf ehtiyotsizlik, uzoqni ko‘rabilmaslik, kaltabinlik, kutilmaganlik, o‘ylanmaganlik, xayolga
kelmaganlik, nogahoniylik, tasodifiylik. imprévoyance nf ehtiyotsizlik, uzoqni ko‘rabilmaslik, xayolga kelmaganlik, nogahoniylik, tasodifiylik, yengiltaklik, mulohazasizlik, yengillik, yuzakilik. imprévoyant, ante adj ehtiyotsiz, uzoqni ko‘rabilmagan, xayolga kelmagan, nogahoniy, tasodifiy, mulohazasiz, yuzaki, yengil. imprévu, ue I. adj kutilmagan, oldindan ko‘rilmagan, xayolga kelmagan, ko‘zda tutilmagan; II. nm kutilmaganlik, xayolga kelmaganlik, tasodiflik. imprimante nf printer, nashr qiluvchi asbob, qurilma (elektr mashina). imprimatur nm nashr qilish, bosib chiqarishga ruxsat (berish). imprimé, ée I. adj 1. nashr etilgan, qilingan bosib chiqarilgan; un circuit imprimé bosma shakl; 2. gul bosilgan (gazmol); II. nm bosma asar, ish, risola; bosma qog‘oz. imprimer I. vt 1. bosib chiqarmoq, nashr etmoq; imprimer ses pas dans la neige qorda oyoq izlarini qoldirmoq; 2. nashr qildirmoq; se faire imprimer asarlarini nashr qildirmoq; 3. gul solmoq (gazmolga); 4. bo‘zga bo‘yoq bermoq; 5. tasvirlamoq, gavdalantirib ko‘rsatmoq; 6. xabar bermoq, bildirmoq (harakatni); 7. ta’sir ko‘rsatmoq, ishontirmoq, ma’qul qilmoq; II. s’imprimer vpr 1. nashr qildirmoq; 2. gavdalanmoq. imprimerie nf 1. kitob nashriyoti, bosma, nashr ishlari; 2. bosmaxona, nashriyot. imprimeur nm nashriyotchi, noshir, matbaachi. improbabilité nf dargumonlik, ehtimoldan uzoqlik, aqldan tashqarilik, haqiqatga to‘g‘ri kelmaslik. improbable adj ehtimoldan uzoq, ishonib bo‘lmaydigan, dargumon, aqlga, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan, mumkin bo‘lmagan, amrimahol. improductif, ive adj samarasiz, barakasiz, foydasiz, unumsiz, behuda; un travail improductif unumsiz mehnat. improductivité nf samaraszlik, bebarakalik, foydasizlik, unumsizlik, behudalik. impromptu, ue I. adv tayyorgarliksiz, to‘satdan, qo‘qqisdan, birdan, bexosdan, daf’atan, dabdurustdan, ittifoqo, banogoh, nogahon; II. adj tayyorgarliksiz aytilgan, yaratilgan; une visite impromptue kutilmagan tashrif; III. nm tayyorgarlik ko‘rmasdan qilingan ish, asar; à l’impromptu to‘satdan, qo‘qqisdan, tayyorlanmasdan. imprononçable adj talaffuz qilinmaydigan, qilib bo‘lmaydigan, qiyin talaffuz qilinadigan. impropre adj 1. yaroqsiz, layoqatsiz, yaramaydigan, nobop, mos kelmaydigan; impropre à servir xizmat qila olmaydigan; 2. xos emas (tilga). improprement adv mos emas, to‘g‘ri emas; s’exprimer improprement qoniqarsiz ifodalamoq, ko‘ngildagidek emas. impropriété nf yaroqsizlik, layoqatsizlik, yaramaslik, mos kelmaslik, nomuvofiqlik, nomunosiblik, noloyiqlik, to‘g‘ri kelmaslik; impropriété d’un terme iboraning to‘g‘ri kelmasligi, so‘zning noto‘g‘ri ishlatilishi. improvisation nf tayyorgarliksiz, birdan yaratish, qilingan ish, badiha, asar.
improviser I. vt, vi tayyorgarliksiz aytmoq, yaratmoq, qilmoq, to‘qimoq, Download 18.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling