Institut français d’Études sur l’asie centrale
Download 18.64 Mb. Pdf ko'rish
|
soatda; au lieu indiqué belgilagan joyda; peu indiqué ko‘rsatilmagan; 2. aniqlamoq, belgilamoq, topmoq, tayinlamoq, belgilab qo‘ymoq; être indiqué pour yaratilgan bo‘ lmoq (nimagadir); c’est tout indiqué bu mutlaqo tabiiy, bu o‘z-o‘zidan ma’lum, bu oldindan belgilab qo‘yilgan. indirect, ecte adj 1. noto‘g‘ri, egri, g‘ayriqonuniy, g‘ayrirasmiy, chet, aylanma, chetdan, orqavorotdan bo‘lgan; des contributions indirectes egri soliqlar; 2. to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lmagan, vositali, bavosita; un cas indirect gram vositali kelishik; gram un complément indirect vositali to‘ldiruvchi. indirectement adv g‘ayriqonuniy, g‘ayrirasmiy, chet, orqavorotdan bo‘lgan. indiscernable adj ko‘rib bo‘ lmaydigan, yaxshi ko‘rinmaydigan, farqlab bo‘lmaydigan. indiscipline nf bo‘ysunmaslik, itoat qilmaslik, sarkashlik, bo‘yin tovlash, bosh tortish, tartib yo‘qligi, tartibsiz. indiscipliné, ée adj tartibga bo‘ysunmas, betartib, bo‘yin tovlaydigan, bosh tortadigan. indiscret, ète I. adj 1. kamtar, sipo emas, kamtar, sipogar chilikni bilmaydigan, gustox, odobsiz, beandisha, betakalluf, nazokatsiz, nojo‘ya; 2. sergap, ezma, vaysaqi, og‘zi bo‘sh, sir saqlay olmaydigan; II. nm qo‘pol, nazokatsiz odam. indiscrètement adv qo‘pollik bilan, odobsizlarcha, andisha qilmay, qo‘pol, nojo‘ya, benazokat, betakalluf, man-manlik bilan, beadab, maqtanchoqlik bilan. indiscrétion nf 1. nojo‘ya harakat, chakki ish, gap, beadablik, go‘stohlik, qo‘pollik, beodoblik, andisha, nazokatsizlik; 2. nojo‘ya harakat; 3. sergaplik, ezma, vaysaqilik, og‘zi bo‘shlik, sir saqlayolmaslik. indiscutable adj tortishuvga, shak-shubhaga o‘rin qoldirmaydigan, shubhasiz, aniq, ravshan, rad qilib bo‘lmaydigan, e’ tirozga o‘rin qoldirmaydigan. indispensable I. adj kerakli, zarur, darkor, zaruriy; une présence indispensable kelish, hozir bo‘lish shart, zarur; II. nm zaruriyat. indisponibilité nf 1. ishlatish, qo‘ llash imkoniyati yo‘qligi; 2. o‘z joyida yo‘qligi, mavjud emasligi. indisponible adj 1. dr foydalanish mumkin bo‘lmagan, foydalanish, qo‘llash taqiqlangan; 2. mil majburiy xizmatga noloyiq. indisposé, ée adj sog‘lig‘i yomon, mazasi qochgan, kasalmand, nosog‘, betob, xasta, darmonsizlik his qilayotgan. indisposer vt 1. tobi qochmoq; 2. kayfiyatini buzmoq; qarshi qo‘ymoq, qayramoq. indisposition nf 1. kasal, betob bo‘lib turish, mazasi qochish, tobi qochish, lohaslik, darmonsizlik, kasallik, betoblik, xasta, nosog‘ lik; 2. mayli, ko‘ngli yo‘qlik, moyil emaslik, ko‘ngilsizlik, sevmaslik, yoqtirmaslik; 3. fam hayz, oy ko‘rish (ayollarda). INDISSOLUBLE
INÉGALITÉ
278 indissoluble adj 1. chim erimas, erib ketmas, singib ketmas; 2. ajralmas, ajralmaydigan, chambarchas bog‘langan, mahkam, mustahkam, buzilmas, bekor qilinmaydigan, uzilmas, uzluksiz; des liens indissolubles mustahkam rishtalar. indissolublement adv mahkam, mustahkam holda, chambarchas, ajralmas holda, o‘zib bo‘lmas holda. indistinct, incte adj noaniq, tushunib bo‘lmaydigan, mujmal, mavhum, ko‘z ilg‘amas, qorong‘i. indistinctement adv 1. noaniq, tushunib bo‘lmas, mujmal holda, qorong‘i; 2. farqsiz, farq qilmay, befarq holda; loqayd, e’ tiborsizlik bilan, ahamiyat bermay. individu nm 1. biol har bir zot, jon egasi; 2. har bir shaxs, kishi, kimsa, shaxs, odam; 3. fam inson, odam, nusxa, toifa; quel est cet individu? bu qanday nusxa? individualisation nf o‘ziga xos xususiyatlarga ajratish, bo‘lish. individualisé, ée adj o‘ziga xos xususiyatlarga ajratilgan. individualiser vt o‘ziga xos xususiyatlarga ajratmoq, qarab farqlamoq, belgilamoq. individualisme nm philos shaxsiyatparastlik, o‘z shaxsiyatini yuqori qo‘yish va prinsipi, ta’limoti. individualiste adj, n shaxsiyatparast. individualité nf 1. o‘ziga xoslik, o‘ziga xos xususiyat; 2. shaxs, kimsa, kishi, individ. individualisation nf o‘ziga xoslik, o‘ziga xos xususiyat. individuel, elle I. adj o‘ziga xos, ayrim, yakka, alohida, shaxsiy; II. nm 1. o‘ziga xoslik (narsa); 2. komandadan tashqaridagi sportchi. individuellement adv o‘ziga xos ravishda, ayrim, yakka, alohida, shaxsiy holda, o‘zicha. indivis, ise adj bo‘linmydigan, bo‘linmas, taqsim qilinmaydigan, o‘rtadagi, mushtarak; une propriété indivise bo‘linmas, mushtarak mol-mulk; par indivis loc adv mushtarak, o‘rtadagi, birgalikda, xabarlashib. indivisible adj bo‘linmas, bo‘linmaydigan, o‘rtadagi, mushtarak, taqsim qilinmaydigan, taqsimlanmaydigan. indochinois, oise adj Hindixitoyga oid. indocile adj itoatsiz, bo‘ysunmaydigan, so‘zga kirmaydigan, quloq solmaydigan, sarkash, ters; indocile à ta’sir qilmaydigan. indocilité nf itoatsizlik, bo‘ysunmaslik, so‘zga kirmaslik, quloq solmaslik, sarkashlik, terslik, terslik, o‘jarlik. indolence nf 1. lanj, loxas, bo‘shashganlik, sustlik, shalviraganlik, loqayd bo‘lib qolishlik, ro‘xsizlik kayfiyatiga tushish, beparvolik, ahamiyat bermaslik, e’tiborsizlik; 2. pala-partishlik, chalakam chattilik, sovuqqonlik. indolent, ente adj 1. bo‘shashgan, shalviragan, lanj, loxas, sust, hech narsaga qiziqmaydigan, hafsalasi, havasi, ishtiyoqi yo‘q, loqayd, beparvo, befarq; 2. sovuqqon, pala-partish, e’tiborsiz. indolore adj og‘riqsiz, beozor, bezarar, og‘ritmaydigan. indomptable adj sarkash, qo‘ lga o‘rgatib, rom qilib bo‘lmaydigan, so‘z, bo‘y bermaydigan, tiyiqsiz, tiyib, jilovlab bo‘lmaydigan, egilmas, bukilmas, muomalaga ko‘nmaydigan, g‘oyat kuchli, shiddatli. indonésien, ienne I. adj Indoneziyaga oid, Indoneziya; II. n 1. indoneziyzlik, Indoneziya aholisi; 2. nm indonez tili. indu, ue I. adj nomunosib, noloyiq, nomuvofiq, to‘g‘ri kelmaydigan, noma’qul; asossiz, nohaq; à une heure indue tashqari vaqtda, soatda; II. nm belgilanmagan narsa. indubitable adj shubhasiz, shubha tug‘dirmaydigan, begumon, shaksiz, aniq, e’ tirozga o‘rin qoldirmaydigan, rad qilib bo‘lmaydigan, muqarrar, to‘g‘ri, chin, haqiqiy. indubitablement adv shak-shubhasiz, begumon, aniq, muqarrar, to‘g‘ri, chin, haqiqiy, shubha tug‘dirmas, e’ tirozga o‘rin qoldirmas, rad qilib bo‘ lmas holda. inducteur, trice I. adj xulosaga asoslangan, jiddiy o‘ylab ko‘rishga undaydigan, esga, xayolga soladigan, yordamchi; II. nm o‘zgaruvchan tok hosil qiluvchi dastaki elektr mashina, tok hosil qiluvchi magnit. induction nf 1. umumiy xulosaga kelish, xulosa chiqarish, natija; par induction umumiy xulosa bilan; 2. o‘zgaruvchi tok hosil qilish; d’induction o‘zgaruvchan tokka aloqador. induire
vt 1. natija, xulosa chiqarmoq, natija, xulosaga kelmoq, xulosalamoq, xulosa qilmoq; 2. o‘zgaruvchan tok hosil qilmoq; 3. qiziqtirmoq, havasini keltirmoq, avramoq, yo‘ldan ozdirmoq, duchor qilmoq; induire en erreur chalg‘itmoq, adashtirmoq. induit, uite I. adj o‘zgaruvchan tok hosil qilgan; courant induit o‘zgaruvchan tok; II. nm langar. indulgence nf 1. marhamatlilik, shafqatlilik, ko‘ngilchanlik, ko‘ngli bo‘shlik, bo‘sh qarash, erk berish; 2. relig gunohlardan xalos etish, gunohlarini kechirish. indulgent, ente adj marhamatli, muruvvatli, ko‘ngilchan, ko‘ngli bo‘sh, sabr-toqat qilaoladigan, sabr-toqatli. induration nf qattiq shishish, qotib qolish, quyuqlashish, qotish. indurer vt méd qattiq shishirmoq, qotib qolmoq, qotmoq, qalin, zich, tig‘iz, quyuq bo‘lmoq, qotirmoq. industrialisation nf sanoatlashtirish. industrialiser I. vt sanoatlashtirmoq; II. s’industrialiser vpr sanoatlashmoq. industrialisme nm sanoatlashtirish. industrie nf 1. sanoat; sanoat tarmog‘i, sohasi; l’industrie lourde, légère og‘ir, yengil sanoat; l’industrie des constructions mécaniques mashinasozlik; une industrie de transformation ishlab chiqarish sanoati; l’industrie extractive qazib oluvchi (kon) sanoati; l’industrie sidérurgique qora metallurgiya; l’industrie navale kemasozlik sanoati; 2. sanoat korxonasi; 3. hunarmandchilik; 4. epchillik, chaqqonlik, ustalik, uddaburolik; un chevalier d’industrie firibgar, tovlamachi, qallob, muttaham, aldamchi; 5. hist hunarmandchilik solig‘ i. industriel, elle I. adj sanoat, ishlab chiqarishga oid; un centre industriel sanoat markazi; en quantités industrielles sanoat miqyosi, ko‘lamida juda ko‘p miqdorda; des plantes industrielles texnika ekinlari; II. nm sanoatchi. industriellement adv sanoat munosabatida, fabrika vositasida. industrieux, euse mohir, usta, mahoratchi, ustasi farang, epchil, chaqqon, abjir, chapdast, uddaburo, topqir, topag‘on, tez ixtiro qiladigan, ijodkor, tadbirkor, tashabbuskor. inébranlable adj buzilmas, yengilmas, metindek, mustahkam, qattiq, mahkam, og‘ishmaydigan, qaytmaydigan, barqaror, sabotli. inédit, ite I. adj 1. nashr qilib, bosib chiqarilmagan; 2. yangi, noma’lum, notanish, misli ko‘rilmagan, mislsiz, eshitilmagan; II. nm c’est de l’inédit bu yangilik. ineffable adj ta’riflab, tavsiflab, tushuntirib, aytib bo‘lmaydigan, ta’rifga sig‘maydigan, ta’rifdan tashqari, ifodalab, bayon qilib bo‘lmaydigan. ineffaçable adj yo‘qotib bo‘lmaydigan, yo‘qolmaydigan, o‘lmaydigan, o‘chmas, unutilmas, abadiy. inefficace adj qonuniy kuchga ega bo‘lmagan, bekor qilingan, harakatsiz, harakat qilmaydigan, o‘lik, jonsiz. inefficacité nf qonuniy kuchga ega emaslik, bekor qilinganlik, ta’sir qilmaslik, ta’siri yo‘qlik. inégal, ale adj 1. tengsiz, tengi yo‘q, tengmas, baravar emas; un traité inégal teng huquqqa ega bo‘lmagan bitim, sulh; 2. notekis, har xil, beqaror, betayin, silliq bo‘lmagan, g‘adir-budir; 3. notekis, bir xilmas; 4. beqaror, o‘zgaruvchan, o‘zgarib turadigan, muvaqqat, buqalamun; d’humeur inégale o‘zgaruvchan kayfiyat. inégalable adj tenglab, tenglashtirib, teng qilib, baravarlab bo‘lmaydigan. inégalé, ée adj tengmas, tengsiz, tengi yo‘q, baravar emas, beqiyos, mislsiz, ajoyib, yakka-yagona, qiyos qilib bo‘lmaydigan, benazir, eng birinchi, eng yaxshi, eng mukammal. inégalement adv 1. teng bo‘lmagan, baravar emas, bir xil emas, har xil, xilma-xil; 2. notekis, g‘adir-budir, past-baland, o‘nqir-cho‘nqir, qiyshiq. inégalité nf 1. tengsizlik, baravar, teng, birdek emaslik; 2. notekis, g‘adir- budir, past-balandlik (joy); 3. bir maromda emaslik; 4. o‘zgaruvchanlik, o‘zgarib turishlik, muvaqqatlik, buqalamunlik, beqarorlik.
INÉLÉGANCE
INFATUATION
279 inélégance nf nafis emaslik, nozik, nafosatli, nazokatli, kelishgan, bejirim, go‘zal emaslik. inélégant, ante adj nafis emas, nozik, nafosatli, nazokatli, kelishgan, bejirim, go‘zal emas. inéligibilité nf saylanish huquqidan mahrumlik, saylanish huquqi yo‘qligi. inéligible adj saylanmaydigan, saylana olmaydigan. inéluctable adj qaytarib, daf qilib, oldini olib bo‘lmaydigan, bo‘lishi aniq, muqarrar, albatta yuz beradigan, shak-shubhasiz bo‘ladigan, qochib qutulib bo‘lmaydigan, haq. inéluctablement adv qaytarib, daf qilib bo‘lmas, bo‘lishi aniq, muqarrar, qochib qutulib bo‘lmas, muqarrar, aniq holda, shak-shubhasiz, haqiqatdan. inemployable adj ishlatilmaydigan, qo‘llanilmaydigan, ishlatilishi, qo‘llanilishi mumkin emas. inemployé, ée adj 1. ishlatish, qo‘llashda bo‘lmagan, ishlatilmagan, qo‘llanilmagan; 2. sarflanmagan, xarid qilinmagan; 3. ozod, hur, erkin, band bo‘lmagan, bo‘sh. inénarrable adj 1. aytib, hikoya qilib berib bo‘lmaydigan, ta’rifga sig‘maydigan, ta’rifdan tashqari; 2. juda kulgili, ichak uzadigan darajada kulgili, nihoyatda qiziq, g‘alati. inepte
adj 1. qobiliyatsiz, yaroqsiz, uquvsiz, no‘noq; 2. ahmoq, ahmoqona, aqli, esi past, kaltafahm, to‘m toq, befarosat, befahm, tentak, bema’ni, tuturiqsiz, kelishmagan, kurakda turmaydigan. ineptie
nf ahmoqlik, tentaklik, aqlsizlik, befarosatlik, bema’nilik, tuturiqsizlik, behuda gap, safsata, bema’ni, bo‘lmag‘ur gap. inépuisable adj bitmas-tuganmas, tamom bo‘lmaydigan, tugamaydigan, cheksiz, behad, juda mo‘l, ko‘p. inerte
adj harakatsiz, faoliyatsiz, sust, g‘ayratsiz; une masse inerte harakatsiz bo‘ tqa, madda; un esprit inerte sust aql. inertie nf 1. phys une force d’inertie harakatsiz holatini saqlash; 2. harakatsizlik, faoliyatsizlik, sustlik; qotib qolganlik, to‘m toqlik, qoloqlik, mutaassiblik, jaholat; 3. méd bo‘shanglik, darmonsizlik, zaiflik, lanjlik, shalviraganlik, shalpayganlik, so‘lganlik, loxaslik; nim jonlik, bemadorlik, bemajollik, kam quvvatlik. inespéré, ée adj kutilmagan, kutilmaganda ro‘y, yuz bergan, to‘satdan, birdan, qo‘qqisdan bo‘lib qolgan, nogahoniy, tasodifiy; une chance inespérée kutilmagan baxt, omad. inesthétique adj xunuk, chiroysiz, beo‘xshov, qo‘pol, nozik, nafis, go‘zal, chiroyli emas. inestimable adj bahosiz, bahosi yo‘q, bebaho, qimmatli, g‘oyat, benihoya katta, qadrli, aziz. inévitable adj muqarrar, albatta yuz beradigan, shak-shubhasiz, qochib qutulib bo‘lmaydigan, chetlab o‘tib bo‘lmaydigan. inévitablement adv muqarrar ravishda, muqarrar, turgan gap, ilojsiz, iloji yo‘q, albatta. inexact, acte adj 1. noaniq, noto‘g‘ri, xato, yanglish, o‘zgaruvchan, beqaror; 2. tartib qoidaga rioya qilmaydigan, beburd, betayin, pala-partish, iflos, isqirt, ishonib bo‘lmaydigan (odamga). inexactement adv noaniq, noto‘g‘ri, xato, yanglish, o‘zgaruvchan, beqaror ravishda. inexactitude nf 1. noaniq, noto‘g‘ri, xatolik, aniq, to‘g‘ri emaslik; 2. buzuqlik, nosozlik, shikastlanganlik, shikast, buzuq, soz emas, beburd, betayin, pala-partish, ifloslik. inexcusable adj kechirilmaydigan, kechirib bo‘lmaydigan, kechirilmas, uzrsiz.
inexistant, ante adj 1. mavjud bo‘lmagan, bor bo‘lmagan, yo‘q; 2. fam yaroqsiz, yaramaydigan, yaramas, uch pulga, bir tiyinga qimmat, hech narsaga arzimaydigan. inexistence nf yo‘qlik, fano, hayot faoliyatning yo‘q bo‘lib ketishi, u dunyo. inexorabilité nf shafqatsizlik, berahmlik, o‘zgarmaslik, sabotlilik, matonatlilik, qaytmas, chekinmas, bukilmaslik, ashaddiylik. inexorable adj shafqatsiz, berahm, o‘zgarmas, sabot, matonatli, mahkam, toymas, qaytmas, chekinmas, bukilmas, ashaddiy. inexpérience nf tajribasizlik, malakasizlik, tajribasi yo‘qlik, g‘o‘r, xom. inexpérimenté, ée adj 1. tajribasi yo‘q, kam, tajribasiz, malakasiz, tajriba orttirmagan, xom, g‘o‘r; 2. tajribada sinab ko‘rilmagan, tekshirib, sinab ko‘rilmagan. inexpiable adj battol. inexplicable adj tushuntirib, anglatib bo‘lmaydigan, g‘alati, qiziq. inexplicablement adv tushuntirib bo‘lmas, g‘alati, qiziq ravishda. inexpliqué, ée adj tushuntirilmagan, anglanmagan, g‘alati. inexploitable adj ishlatish, qo‘llashga yaroqsiz, yaramayrigan. inexploité, ée adj ishlatib, qo‘llab bo‘ lmaydigan, ishlab chiqilmagan, o‘rganilmagan. inexploré, ée adj o‘rganilmagan, tadqiq qilinmagan, tekshirilmagan, qidirilmagan. inexpressif, ive adj ifodasiz, ta’sirsiz, hech narsa anglatmaydigan; ma’nosiz, jonsiz. inexprimable adj ta’riflab, tavsiflab, tushuntirib, aytib bo‘lmaydigan, ta’rifga sig‘maydigan, ta’rifdan tashqari, ta’rifi yo‘q. inexprimé, ée adj ifodalanmagan, bildirmagan, aks etm agan. inexpugnable adj 1. yengib, bosib, to‘xtatib, tiyib bo‘lmaydigan, yengilmas, qudratli, zo‘r, kuchli; 2. egallab bo‘lmaydigan, mustahkam; dimog‘dor, takabbur, balanddimog‘, kibr-havosi baland. in extenso loc adv bor bo‘yicha, butunligicha, to‘lig‘icha, le texte in extenso to‘liq matn. inextinguible adj 1. o‘chmas, so‘nmas, doim yonib, porlab turadigan, doimiy, mangu; 2. kuchli, zo‘r, qattiq, to‘xtatib, tiyib, bosib bo‘lmaydigan, shiddatli (kulgi). in extremis loc adv 1. o‘lim to‘shagida, talvasasida; 2. so‘nggi daqiqada, onda.
inextricable adj chigal, chalkashgan, chuvalib ketgan, chalkash- chulkash, chorasiz, ilojsiz, qiyin, mushkul, choras i, iloji yo‘q; une situation inextricable mushkul holat, ahvol. infaillibilité nf 1. o‘zgarmaslik, buzilmaslik, qat’iylik, shubhasizlik; 2. xato qilmaslik, adashmaslik, yanglishmaslik, shubhaga o‘rin qoldirmaslik, bexatolik, beayblik, to‘ppa-to‘g‘rilik, aniqlik. infaillible adj 1. o‘zgarmas, buzilmas, qat’ iy, shubhasiz; 2. xato qilmaydigan, adashmaydigan, yanglishmaydigan, bexato, beayb, benuqson, to‘ppa-to‘g‘ri, aniq; remède infaillible aniq, to‘g‘ri vosita (dori). infailliblement adv chetlab o‘tib, qochib, qutulib bo‘lmas, muqarrar holda, yanglishmasdan, ishonchli ravishda. infaisable adj bajarib, qilib bo‘lmaydigan, qiyin, og‘ir. infamant, ante adj badnom, sharmanda qiladigan, uyaltiradigan, uyatga qoldiradigan; une peine infamante badnom qiluvchi jazo, huquqda yengilish bilan bog‘liq jazo. infâme
adj 1. badnom qiluvchi, sharmanda qiladigan, uyaltiradigan, uyatga qoldiruvchi; 2. jirkanch, yaramas, razil, qabih, murdor, pastkash, tuban. infamie
nf 1. badnom, sharmanda, uyat; 2. jirkanchlik, yaramaslik, razillik, qabihlik, murdorlik, pastkashlik, tubanlik; pl haqorat, so‘kish. infanterie nf piyoda askarlar; l’infanterie motorisée motorlashtirilgan (avtomobil bilan ta’minlangan) piyodalar. infanticide 1
infanticide 2
I. adj bola, farzand o‘ldiruvchi; II. n bola o‘ldirgan odam, farzandkush. infantile adj bola, bolaga oid; des maladies infantiles bolalar kasali; la mortalité infantile bolalar o‘limi, o‘ lishi. infantilisme nm 1. méd kattalarda bolalik xususiyatining saqlanishi; 2. yaxshi yetilmaganlik, yetilmay qolish. infarctus nm infarkt. infatigable adj charchamas, toliqmas, tolmas, charchoq bilmas, charchamaydigan, toliqmaydigan, charchash, toliqish nimaligini bilmaydigan. infatigablement adv charchamas, toliqmas, tolmas. infatuation nf mag‘rurlik, o‘ziga ishonib ketish, ortiq darajada ishonish, ishonch, manmanlik, shuhratparastlik, kekkayishlik, bino qo‘yish. INFATUÉ
INFORME
280 infatué, ée adj mag‘rur, o‘ziga ishongan, bino qo‘ygan, manman, shuhratparast, kekkaygan. infécond, onde adj naslsiz, zurriyot qoldirmaydigan, bepusht; unumsiz, hosilsiz, samarasiz, foydasiz, behuda, natijasiz. infécondité nf naslsizlik, bola ko‘rmaslik, tug‘maslik, bepushtlik; unumsizlik, hosilsizlik, oriqlik (yer). infect, ecte 1. sassiq, badbo‘y, qo‘lansa, yomon hidli; 2. fam jirkanch, iflos, yoqimsiz, bemaza, xunuk, razil, qabih, yaramas; c’est infect bu razil. infectant, ante adj yuqumli, yuqadigan, yuquvchi. infecter I. vt 1. yuqtirmoq, zaharlamoq; 2. hid (badbo‘y) bilan to‘ldirmoq; II. vi sassiq (badbo‘y) hid chiqarmoq, tardatmoq. infectieux, euse adj yuqumli, yuqadigan; des maladies infectieuses yuqumli kasalliklar. infection nf 1. yuqumli kasal, maraz, yuqumli kasalliklar tarqatuvchi mikroblar; 2. zaharlanish, yuqtirish, yuqish; 3. sassiq, qo‘lansa, badbo‘y hid, badbo‘ylik. inféoder I. vt in’om, tortiq, hadya qilmoq (yerni); II. s’inféoder vpr bo‘ysunmoq, qul bo‘lmoq. inférence nf xulosa, xotima, yakun, natija, xulosa qilish. inférer vt xulosa qilmoq, xotima, yakun yasamoq, natija chiqarmoq. inférieur, ieure I. adj 1. pastki, ostki, quyi; la lèvre inférieure pastki lab; 2. kichik, eng past, oddiy, sodda, ibtidoiy, bo‘ysungan; les classes inférieures kichik sinflar (maktabda); 3. zaif, madorsiz, juda yomon; de qualité inférieure eng past, yomon sifat, pastnavli; 4. past darajadagi; être inférieur en savoir bilimi past bo‘lmoq; inférieur en nombre soni kam; être inférieur à birovdan past turmoq; II. n bo‘ysungan odam, tobe odam. infernal, ale adj 1. do‘zaxiy, yovuz, iblisona, jahannamga oid; dahshatli, qo‘rqinchli, vahimali, makkorona, shaytonli; un bruit infernal jahannam shovqini; 2. qattiq, kuchli, shiddatli, haddan tashqari, juda yomon, og‘ir, chidab, toqat qilib bo‘lmaydigan. infertile adj hosil bermaydigan, kamhosil, oriq, kuchsiz, unumsiz. Download 18.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling