Institutdan amaliyot rahbari: Ibragimov M. Korxonadan amaliyot rahbari: O’ktamov S. Samarqand -2023 2 mundarija
Download 2.86 Mb. Pdf ko'rish
|
Ochilov Shaxboz hisobot-3(2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-mavzu. Moliyaviy investitsiyalar hisobi va auditi
Debet
Kredit 0410-0490 0830 0410-0490 3190 0410-0490 8530 0410-0490 4610 0410-0490 9390 Nomoddiy aktivlarning sotilishiga. Debet Kredit 4010 9220 9220 6410 9220 0410-0490 0510-0590 9220 9220 9320 9430 9220 7-mavzu. Moliyaviy investitsiyalar hisobi va auditi Tashkilotning moliyaviy hisob va moliyaviy hisobotida moliyaviy investitsiyalarni shakllantirish qoidalari BHMS 12-son “Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish”da belgilangan. BHMS 12-son moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) asosida ishlab chiqilgan va yuridik shaxslar uchun qo’llaniladi (kredit muassasalari va byudjet muassasalaridan tashqari), hamda qimmatli qog’ozlar bozoridagi professional ishtirokchilari, sug’urta tashkilotlari, va nodavlat pensiya fondlari uchun. BHMS 12-sonda aktivlarning moliyaviy investitsiyalar sifatida hisobga olinishi uchun muayyan shartlar bajarilishi kerakligi qayd etilgan: - tashkilotning moliyaviy investitsiyalar va ushbu huquqdan kelib chiqadigan mablag’lar yoki boshqa aktivlarni olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi; 39 - moliyaviy investitsiyalar bilan bog’liq moliyaviy risklarni tashkilotga o’tishi; - kelgusida tashkilotga foizlar, dividendlar yoki ularning qiymatini oshirish shaklida iqtisodiy foyda (daromad) keltirish qobiliyati. BHMS 12-songa muvofiq tashkilotning moliyaviy investitsiyalar tarkibiga kiradi: - davlat qimmatli qog’ozlari (zayomlar); - boshqa tashkilotlarning qimmatli qog’ozlari (shu jumladan qarz qimmatli qog’ozlari); - boshqa tashkilotlarning ustav kapitaliga badallar; - boshqa tashkilotlarga berilgan qarzlar; - kredit muassasalaridagi omonatlar; - boshqa tashkilotdan bitim bo’yicha sotib olingan debitorlik qarzlari huquqi; - oddiy hamkorlik shartnomasi bo’yicha hamkor tashkilotning qo’yilmalari. Tashkilotlar moliyaviy investitsiyalar tarkibiga kiritilmaydigan ob’ektlar: - aktsiyadorlik jamiyati tomonidan qayta sotish yoki bekor qilish uchun sotib olingan o’z aktsiyalari; - veksel beruvchi tashkilot tomonidan sotilgan tovarlar, mahsulotlar, bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar uchun hisob-kitob uchun sotuvchiga beriladigan veksellar; - tashkilotning moddiy shaklga ega bo’lgan ko’chmas mulk va boshqa mol- mulkka investitsiyalari, ya’ni tashkilot tomonidan daromad olish uchun vaqtinchalik foydalanish (vaqtinchalik egalik qilish va foydalanish) uchun haq to’lash asosida taqdim etilgan ob’ektlar; - odatiy faoliyat turlari uchun sotib olinmagan qimmatbaho metallar, zargarlik buyumlari, san’at asarlari va boshqa shu kabi qimmatbaho buyumlar; - moddiy shaklga ega bo’lgan aktivlar (asosiy vositalar, moddiy ishlab chiqarish zahiralari va nomoddiy aktivlar). Tashkilot to’liq va ishonchli axborotni shakllantirish, shuningdek ularning mavjudligi va harakati ustidan nazorat qilish imkonini beruvchi moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish birligini mustaqil 40 tanlaydi. Seriya, partiya yoki boshqa bir xil moliyaviy investitsiyalar majmui birlik sifatida belgilanishi mumkin. Moliyaviy investitsiyalar (qo’shilgan qiymat solig’i va boshqa qaytariladigan soliqlar bundan mustasno), ularni sotib olish bo’yicha tashkilotning haqiqiy xarajatlari summasi bo’lib, ular boshlang’ich qiymati bo’yicha hisobga qabul qilinadi. Moliyaviy aktivlar sifatida sotib olishning haqiqiy xarajatlari quyidagilardan iborat: - sotuvchiga shartnomaga muvofiq to’lanadigan summalar; - ushbu aktivlarni sotib olish bilan bog’liq axborot-konsalting xizmatlari uchun tashkilotlar va boshqa shaxslarga to’lanadigan summalar; - moliyaviy investitsiyalar sifatida sotib olingan aktivlar uchun vositachi tashkilotga yoki boshqa shaxsga to’lanadigan haq; - moliyaviy investitsiyalar sifatida aktivlarni sotib olish bilan bevosita bog’liq boshqa xarajatlar. Buxgalteriya hisobiga qabul qilingan moliyaviy investitsiyalar boshlang’ich qiymati Qonun va 12-sonli BHMS bilan belgilangan hollarda o’zgarishi mumkin. Keyingi baholash maqsadlari uchun moliyaviy investitsiyalar ikki guruhga bo’linadi: - joriy bozor qiymatini aniqlash mumkin bo’lgan moliyaviy investitsiyalar; - bozor qiymatini aniqlash mukin bo’lmaydigan moliyaviy investitsiyalar. Qimmatli qog’ozlar hisobdan chiqarilgan paytda har bir turi uchun aniqlangan o’rtacha boshlang’ich qiymat bo’yicha baholanadi, buning uchun qimmatli qog’ozlar turining boshlang’ich qiymatini ularning soniga bo’lish hisobida aniqlanadi. Joriy bozor qiymati bo’yicha baholanadigan moliyaviy investitsiyalar hisobdan chiqarilganda, ularning qiymati oxirgi baholashga asoslangan holda aniqlanadi. Shu bilan birga, hisobot yili davomida moliyaviy investitsiyalarning har bir turi uchun bitta baholash usuli qo’llaniladi. Moliyaviy investitsiyalardan daromadlar BHMS 2-son “Asosiy xo’jalik faoliyatidan tushgan daromadlar”ga muvofiq oddiy faoliyat yoki operatsion daromad sifatida e’tirof 41 etiladi.Qarzlar olish, banklar xizmatlari uchun to’lov, depozitariylar va shunga o’xshash boshqa operatsiyalar bilan bog’liq xarajatlar tashkilotning operatsion xarajatlariga kiritiladi.Boshqa korxonalarning qimmatli qog’ozlariga, mamlakat hududida va xorijda tuzilgan sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlari va boshqa korxonalarning ustav kapitallariga qilingan uzoq muddatli investitsiyalar (qo’yilmalar)ning mavjudligi va harakati, shuningdek boshqa korxonalarga taqdim etilgan, berilgan uzoq muddatli qarzlar to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi: 0610 “Qimmatli qog’ozlar”; 0620 “Sho’’ba xo’jalik jamiyatlariga investitsiyalar”; 0630 “Qaram xo’jalik jamiyatlariga investitsiyalar”; 0640 “Chet el kapitali mavjud bo’lgan korxonalarga investitsiyalar”; 0690 “Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar”. 10-chizma.Moliyaviy investitsiyalar tarkibi. Mo li y av iy i n v es ti ts iy al ar Aksiya Oddiy aksiya Imtiyozli aksiya Qarzga mablag' berish foiz hisobiga . Uzoq muddatli qarz Qisqa muddatli qarz Ijara berishdan olingan daromad. Asosiy vositalarni ijaraga berish. 42 Aktivlarni investitsiyalar tarkibiga kiritish va ularning turlari BHMS 12-son “Moliyaviy investitsiyalar hisobi” va BHMS 8-son “Jamlangan moliyaviy hisobotlar va sho’’ba xo’jalik jamiyatlariga sarmoyalarni hisobga olish” bilan tartibga solinadi.0610 “Qimmatli qog’ozlar” hisobvarag’ida obligatsiyalar, aktsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlarga qilingan uzoq muddatli investitsiya (quyilma)larningmmavjudligi va harakati hisobga olinadi. 0620 “Sho’’ba xo’jalik jamiyatlariga investitsiyalar”, 0630 “Qaram xo’jalik jamiyatlariga investitsiyalar”, 0640 “Chet el kapitali mavjud bo’lgan korxonalarga investitsiyalar” hisobvaraqlarida tegishli chet el kapitali mavjud bo’lgan sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga qilingan uzoq muddatli investitsiyalarning mavjudligi va harakati hisobga olinadi. 0690 “Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar” hisobvarag’ida yuqorida keltirilgan hisobvaraqlarda nazarda tutilmagan boshqa uzoq muddatli investitsiyalar hisobga olinadi. Aktsiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlar sotib olish bahosida 0610 “Qimmatli qog’ozlar”hisobvarag’ining debetida ushbu qo’yilmalar hisobiga berilgan qiymatliklar hisobga olinadigan hisobvaraqlar bilan bog’langan holda hisobga olinadi. Agar korxona tomonidan xarid qilingan obligatsiyalar va boshqa qarz qimmatli qog’ozlarning xarid qiymati ularning nominal qiymatidan yuqori bo’lsa, u holda xarid qilingan vaqtdan to qoplash vaqtigacha bo’lgan davrda xarid qiymati va nominal qiymat o’rtasidagi farq qismi hisobdan chiqariladi. Bunda 9690 “Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar” hisobvarag’ining debeti va 0610 “Qimmatli qog’ozlar” hisobvarag’ining krediti bo’yicha yozuvlar amalga oshiriladi. Agar korxona tomonidan xarid qilingan obligatsiyalar va qarz qimmatli qog’ozlarining xarid qiymati ularning nominal qiymatidan past bo’lsa, u holda xarid qilingan vaqtdan to qoplash vaqtigacha bo’lgan davrda xarid qiymati va nominal qiymati o’rtasidagi farq qismi qo’shimcha hisoblanadi. Bunda 0610 “Qimmatli qog’ozlar” hisobvarag’ining debeti va 9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari” hisobvarag’ining krediti bo’yicha yozuvlar amalga oshiriladi. Yuqorida ko’rsatilgan har ikkala holatda ham qimmatli qog’ozlarni 43 qoplash muddati kelganda 0610 “Qimmatli qog’ozlar” hisobvarag’ida hisobga olingan baho nominal qiymatga to’g’ri kelishi lozim. Qimmatli qog’ozlar bo’yicha foizlar (dividendlar) hisoblanganda 4830 “Olinadigan foizlar” yoki 4840 “Olinadigan dividendlar” hisobvarag’ining debeti va 9530 “Foizlar ko’rinishidagi daromadlar” yoki 9520 “Dividendlar ko’rinishidagi daromadlar” hisobvaraqlarining krediti bo’yicha yozuvlar amalga oshiriladi. Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar bo’yicha analitik hisob uzoq muddatli investitsiyalarning turlari va ushbu investitsiyalar amalga oshirilgan ob’ektlar (qimmatli qog’ozlarni sotuvchi-korxonalar, korxona ishtirokchisi hisoblangan sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlari va shu kabilar) bo’yicha yuritiladi. Bunda analitik hisobning tashkil qilinishi O’zR hududi va xorijdagi ob’ektlarga qilingan uzoq muddatli investitsiyalar to’g’risidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatini ta’minlashi lozim. Moliyaviy qo‘yilmalarni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishning maqsadi boshqa aktivlar tekshiruvidagi kabi quyidagilarni ta’minlashdan iborat: * to‘liqli - barcha moliyaviy qo‘yilmalarning buxgalteriya hisobi va hisobotida to‘liq aks ettirilishi, hisobga olinmay qolgan moliyaviy qo‘yilmalar yo‘qligi; * korxona tomonidan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar va berilgan qarzlarning barchasi buxgalteriya hisobi va hisobotida to‘liq aks ettirilishi; * moliyaviy qo‘yilmalar hisobga olinadigan sintetik schyotlar qoldig‘i va oborotlarining tegishli analitik hisob schyotlari qoldiq va oborotlariga mos kelishi; * schyotlar bo‘yicha qoldiq va oborotlarning buxgalteriya hisobi registrlaridan Bosh daftarga va buxgalteriya hisobotlariga to‘liq hajmda o‘tkazilishi; * moliyaviy qo‘yilmalar kirimi va hisobdan o‘chirilish faktlarining barchasi buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettirilishi; * moliyaviy qo‘yilmalar harakatiga doir barcha muomalalarning buxgalteriya hisobida o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazilishi; 44 * mavjudligi - barcha moliyaviy qo‘yilmalar karxona uchun ahamiyatli bo‘lib, balans tuzish sanasiga mavjud va kelajakda daromad keltiradi; * moliyaviy qo‘yilmalar mavjudligi belgilangan tartibda o‘tkazilgan inventarizatsiya va zarur dastlabki hujjatlar bilan tasdiqlangan; * huquq va majburiyatlar - korxona moliyaviy qo‘yilmalar uchun tegishli huquqlarga ega va ushbu huquqlar bilan bog‘liq xavf-xatar uchun mas’uldir: * buxgalteriya hisobida aks ettirilgan moliyaviy qo‘yilmalar (qimmatli qog‘ozlar va berilgan qarzlar) korxonaga qonun asosida tegishlidir; * buxgalteriya balansida aks ettirilgan qimmatli qog‘ozlar korxonaga mulkiy huquq asosida tegishli bo‘lib, tegishli huquq talablariga mos shartnomani amalga oshirish natijasida olgan hamda korxona qimmatli qog‘ozlar olinganligini tasdiqlovchi barcha zarur guvohliklarga ega; * buxgalteriya hisobi schyotlaridagi barcha yozuvlar amaldagi qonunchilik va me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan. Isbotlovchi va dastlabki hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan; * moliyaviy qo‘yilmalarga doir barcha muomalalar amaldagi qonunchilikka zid bo‘lmagan munosabatlar sharoitidan kelib chiqadi; * moliyaviy qo‘yilmalar bilan bog‘liq muomalalarni amalga oshirish belgilangan tartibda vakolatli shaxslar tomonidan ruxsat etilganligi; * baholashlar - moliviy qo‘yilmalar (qimmatli qog‘ozlar) buxgalteriya hisobi va hisobotida me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq baholangan: * chet el valutasidagi qimmatli qog‘ozlarni so‘mda baholash amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq o‘tkazilgan; * qimmatli qog‘ozlarni sotib olish usuliga ko‘ra ularning haqiqiy qiymati me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq shakllantirilgan; * qimmatli qog‘ozlar qiymati buxgalteriya hisobotiga kiritish uchun me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq va to‘g‘ri hisoblab chiqarilgan (bozor bahosi pasayishini hisobga olgan holda); 45 * qimmatli qog‘ozlarni sotishdan olingan tushum buxgalteriya hisobida dastlabki hujjatlardagi ma’lumotlarga mos bahoda aks ettirilgan; * aniqligi - moliyaviy qo‘yilmalarga doir xarajatlar buxgalteriya hisobi qoidalariga muvofiq hisobga olingan, buxgalteriya hisoboti ma’lumotlari sintetik hisob registrlaridagi yozuvlarga mos keladi: * dastlabki hujjatlarda, buxgalteriya hisobi registrlarida, ma’lumotlarni buxgalteriya hisobotlariga o‘tkazishda ko‘rsatkichlarning arifmetik aniqligiga rioya qilingan; * chet el valutasida ifodalangan qimmatli qog‘ozlarning so‘mdagi qiymatini aniqlashda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan va muomala sodir bo‘lgan kunda amalda bo‘lgan chet el valutasi kursidan foydalanilgan; buxgalteriya hisobotida haqiqiy ma’lumotlar asosida aniqlangan moliyaviy natijalar aks ettirilganligi; * hisob davrining cheklanganligi -moliyaviy qo‘yilmalarni hisobga qabul qilish va hisobdan chiqarishga doir barcha muomalalar tegishli hisob davrida hisobga olingan; * taqdim qilish va bayon qilish - barcha moliyaviy qo‘yilmalar to‘g‘ri turkumlangan va buxgalteriya hisobotida mohiyati ochib berilgan: * moliyaviy qo‘yilmalar turlari va qaytarish muddatlariga ko‘ra turkumlangan; * moliyaviy qo‘yilmalarni sotish va qaytarish bilan bog‘liq daromadlar va xarajatlar moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda to‘g‘ri turkumlangan; * moliyaviy qo‘yilmalar to‘g‘risidagi axborotlar buxgalteriya hisobotlariga beriladigan tushuntirishlarda ochib berilgan; Tekshiriladigan masalalar bo‘yicha yetarli dalillarga ega bo‘lish ko‘rsatilgan faktlarni mustaqil baholash, yo‘l qo‘yilgan xato - kamchiliklarni hamda amaldagi me’yoriy hujjatlar va buxgalteriya hisobi qoidalaridan chetga chiqishlarni aniqlashga imkon beradi. 46 11-chizma.Moliyaviy qo’yilmalarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish chog’ida hal etiladigan vazifalar. Download 2.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling