Institutdan amaliyot rahbari: Ibragimov M. Korxonadan amaliyot rahbari: O’ktamov S. Samarqand -2023 2 mundarija
-jadval.Ishchi xodimlar bilan hisoblashishlarga ikkiyoqlama yozuv. 5-Mavzu: Asosiy vositalar hisobi va auditi
Download 2.86 Mb. Pdf ko'rish
|
Ochilov Shaxboz hisobot-3(2)
1-jadval.Ishchi xodimlar bilan hisoblashishlarga ikkiyoqlama yozuv. 5-Mavzu: Asosiy vositalar hisobi va auditi. Asosiy vositalar - korxona tomonidan uzoq muddat davomida xo‘jalik faoliyatini yuritishda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish maqsadida foydalanish uchun tutib turiladigan moddiy aktivlar; Asosiy vositalarni guruhlarga ajratishda asosiy e’tibor ularning naturalmoddiy tarkibiga qaratiladi. Mehnat vositalarining bu turi natural-moddiy tarkibi bo‘yicha quyidagi turkumlarga ajratiladi .Yerni obodonlashtirish - yerni obodonlashtirish uchun sarf sifatida erni yangidan o‘zlashtirish, uning unumdorligini oshirish, turli transport vositalariga o‘tish va to‘xtash joylarini barpo etish, to‘siqlar va obodonlashtirishning boshqa turlari qiymati bilan yer maydonini 24 obodonlashtirishga taaluqli xarajatlar ham hisoblanadi. Binolar - asosiy konstruktiv qismlari jihatidan devorlar va tomga ega bo‘lib, ishlab chiqarish binolari, tsexlar, ustaxonalar, boshqarma binosi, omborxonalar, turar-joy binolari va boshqa ishlab chiqarish, ma’muriy-xo‘jalik va ijtimoiy-maishiy maqsadlarda foydalaniladigan ob’ektlar hisoblanadi. Binolardan foydalanishda zarur bo‘ladigan ularning ichidagi kommunikatsiya vositalari (isitish, yoritish, shamollatish, suv-gaz ta’minoti tizimi, elektr quvvati uzatuvchi va yorituvchi elektr simlarining ichki tarmog‘i, ichki telefon va signalizatsiya vositalari, yukko‘targichlar va lift xo‘jaligi) ham binolar tarkibiga kiritiladi. Inshootlar mehnat jarayoni va uning natijalarini o‘zgartirmagan holda ishlab chiqarish jarayonlarining texnikaviy yoki umumiy vazifalarini bajarishga sharoit yaratishda xizmat qiladigan yoki turli noishlab chiqarish vazifalarini o‘taydigan ob’ektlar hisoblanib, inshootlar sifatida neft va gaz quduqlari, shaxta yo‘llari, avtomobil yo‘llari, yo‘laklar, ko‘priklar, estakadalar, tunnellar, ko‘cha yoritish chiroqlari, plyajlar, to‘g‘onlar va boshqalar hisobga olinadi. Uzatuvchi moslamalar sifatida mashina-dvigateldan ish mashinalariga elektr, issiqlik, mexanik energiyani uzatishga, shuningdek, suyuq va gazsimon moddalarni bir ob’ektdan boshqa ob’ektga etkazib berishga xizmat qiladigan, energiya va axborotlarni etkazishda tugallangan funktsional qurilmalar (elektr uzatish yo‘llari, quvur yo‘llari, issiqlik va gaz tarmog‘i hamda boshqalar) tan olinadi. Mashina va uskunalar o‘z navbatida, kuch mashina va uskunalari, ish mashina va uskunalari, o‘lchov va rostlash asboblari, kompyuterlar va hisoblash texnikalari hamda boshqa mashina va uskunalar guruhlaridan tarkib topadi. Kuch mashina va uskunalari sifatida elektr va issiqlik quvvatlarini ishlab chiqaradigan yoki turli ko‘rinishdagi quvvat (energiya)ni mexanik harakat quvvatiga aylantirib beradigan generator- mashinalar, dvigatel mashinalar (qozonxonalar, bug‘ dvigatellari, turbinalar, kuch transformatorlari va boshqalar) hisobda aks ettiriladi. Ish mashinalari va uskunalari ishlov beriladigan mehnat buyumlari va vositalariga mexanik, termik, kimyoviy yoki boshqa yo‘sinda texnologik ta’sir ko‘rsatishga, ularni ishlab 25 chiqarish jarayonida qo‘zg‘atish, qazib olish, eritish, tayyorlashga xizmat qiladigan qurilmalar (dastgohlar, tsex uskunalari, kompressorlar, nasoslar, elektr va gaz payvandlagichlar, apparatlar, agregatlar)dir. Ularga manometrlar, tarozilar, mikroskoplar, dispetcherlik nazorati va boshqalar kiradi. Mebel va ofis jixozlari - idora (ofis) ishlarini va xo‘jalikni yuritishda zarur bo‘lgan idoragi divan, kravat va boshqalardir. Kompyuter uskunalari va hisoblash texnikasi ma’lumotlarni elektron hisoblash mashinalarida qayta ishlash, saqlash, uzatish, o‘zgartirishga mo‘ljallangan vositalar bo‘lib, ular kompyuterlar, printerlar, nusxa ko‘chirish vositalari, yozuv mashinalari va boshqa kompyuter vositalari hisoblanadi; Transport vositalari - kishilarni hamda yuklarni va turli maqsadlardagi buyumlarni tashishga mo‘ljallangan harakat vositalari: temir yo‘l, suv, havo transporti harakati tarkibi, shahar transporti harakati tarkibi (metropoliten vagonlari, tramvay), avtomobil, kommunal transporti va muhim neft quvur yo‘llaridir. Ishchi hayvonlarga har bir etilgan ot, ho‘kiz, tuya, bug‘ular, mahsuldor hayvonlarga esa sigir, buqa, qo‘y, qo‘chqor, echki, cho‘chqa kabilar kiritilib, har biri alohida inventar ob’ekti sifatida hisobda aks ettiriladi. Ko‘p yillik daraxtlar alohida xiyobon, park, bog‘dagi miqdori va yoshidan qat’iy nazar ekilgan daraxtlar guruhi hisoblanib, ular ikkiga: mevali va manzarali daraxtlarga guruhlanadi . Boshqa asosiy vositalarga kutubxona fondlari, musiqa asboblari, sport inventarlari va boshqalar kiradi. Konservatsiyalangan asosiy vositalar hukumat idoralarining qarorlari asosida zaxiraga o‘tkazilgan va konservatsiyalangan asosiy vositalar. Asosiy vositalarni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish mijoz-korxona faoliyati umumiy auditining bir qismi hisoblanadi. Uning maqsadi buxgalteriya hisoboti asosiy vositalar bo‘limining ishonchliligi to‘g‘risida fikr shakllantirish va korxonada asosiy vositalar bilan bog‘liq muomalalarni hisobga olish hamda soliqqa tortish uslubiyatini tashkil etishning O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini aniqlashdan iborat. Asosiy vositalar auditi auditorlik tekshiruvining muhim 26 obyektlaridan biri bo‘lib, undagi o‘rganiladigan masalalar keng qamrovli va ularning barchasini quyidagicha umumlashtirish mumkin: 6-chizma.Asosiy vositalar tarkibi. -asosiy vositalar mavjudligi va saqlanish holati ustidan nazorat o‘rnatishni ta’minlash (obyektlarni asosiy vositalar qatoriga kiritishning to‘g‘riligi; asosiy vositalarning to‘g‘ri turkumlanishi; -asosiy vositalar analitik hisobi va asosiy vositalar uchun moddiy javobgarlikni tashkil etish; analitik va sintetik hisob hamda hisobot ma’lumotlarining mosligi); -asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni dastlabki hujjatlashtirish hamda hisobda aks ettirish; asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni sintetik hisob registrlarida aks ettirish; Ofis binosi Transport vositalari Ofis jihozlari Omborxona binosi 27 -asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni soliqqa tortish; · asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash va hisobda aks ettirish (asosiy vositalarning foydali xizmat qilish muddatini aniqlashning to‘g‘riligi); -amortizatsiya hisoblash usullarini qo‘llashning qonuniyligi va to‘g‘riligi; jadallashtirilgan amortizatsiya usulini qo‘llashning qonuniyligi; -amortizatsiya ajratmalari hisob-kitoblarining to‘g‘riligi; amortizatsiya ajratmalarini hisobda aks ettirishning to‘g‘riligi); -asosiy vositalarni tiklashni – ta’mirlash, zamonaviylashtirish va qayta jihozlashni hisobda aks ettirish (muomalalarni hujjatlarda rasmiylashtirish; ta’mirlash usullari; -ta’mirlash xarajatlarini tannarxga olib borishning to‘g‘riligi; asosiy vositalarni qayta jihozlash va zamonaviylashtirishga doir muoma-lalarni hisobga olish; -asosiy vositalar korxona buxgalteriyasidagi sintetik va analitik hisobining holatini baholash; belgilangan qoidalarga muvofiq korxonaning o‘ziga qarashli (0110-0199 schyotlar), joriy tartibda ijaraga olingan (001- schyot) va moliyaviy lizing asosida olingan asosiy vositalarni (0310- schyot) saqlash joylarida moddiy javobgar shaxslar bo‘yicha hisobga olishning tashkil etilishini baholash; -korxonaning o‘ziga qarashli va moliyalanadigan lizing asosida olingan asosiy vositalar bo‘yicha oylik eskirish hisoblanishining to‘g‘riligini tekshirish (0211- 0299-schyotlar). Chunki bu ma’lumotlar realizatsiya qilinadigan mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxining (2010, 2310, 2510, 2710 schyotlar debeti) shakllanishi bilan bog‘liq bo‘lib, oqibatda korxonaning moliyaviy natijalari (balans foydasi yoki zarari)ga va budjetga to‘lanadigan foyda (daromad) solig‘ining miqdoriga ta’sir etadi; -asosiy vositalarning sotib olinishi va hisobdan chiqarilishi hamda ularni yuridik va jismoniy shaxslardan ijaraga olish bilan bog‘liq muomalalar bo‘yicha soliq qonunchiligiga rioya qilinishini tekshirish; -asosiy vositalarni xo‘jalik va pudrat usullarida (kapital yoki joriy) ta’mirlash xarajatlarini hisobga olishning korxonada amal qilinayotgan tartibini, korxonada 28 bir yilga qabul qilingan hisob yuritish siyosatidan kelib chiqqan holda baholash va tekshirish (asosiy vositalarni ta’mirlash uchun rezervga mablag‘ ajratish mexanizmidan foydalanib yoki foydalanmasdan); -agar auditor bilan tuzilgan shartnomada kelishilgan bo‘lsa, korxonada asosiy vositalardan foydalanishni vaqt oralig‘i va quvvati bo‘yicha korxonaning ishlab chiqarish xususiyatlari hisobga olingan holda tahlil qilish; -asosiy vositalarni baholash va qayta baholash natijalarini tekshirish. Auditor ushbu asosiy masalalarni o‘rganib, ularga auditorlik hisobotining tahliliy qismida baho berishi va yo‘l qo‘yilgan xatolar hamda hisobning belgilangan qoidalaridan chetga chiqish hollarini bartaraf qilish bo‘yicha takliflar berishi lozim. Auditor asosiy vositalar auditini boshlashda xo‘jalikka kelishi bilan birinchi navbatda quyidagilarni aniqlashi zarur: -korxonaning asosiy vositalar hisobini tashkil qilish bo‘yicha tekshirilayotgan hisobot davridagi hisob yuritish siyosati, uning o‘tgan hisobot davridagiga nisbatan o‘zgarishi bilan tanishish; -asosiy vositalarning so‘nggi invetarizatsiya(ashyoviy ro‘yxat)dan o‘tkazilishi va uning natijalarini aniqlash; -asosiy vositalarni so‘nggi qayta baholash materiallari va ularning hisobda aks ettirilishi bilan tanishish. Bunda auditor O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo‘mitasining tegishli me’yoriy hujjatlariga muvofiq korxona balansida turadigan va qayta baholangan asosiy vositalar tiklanish qiymati bo‘yicha aks ettirilishini nazarda tutishi lozim. -korxonada asosiy vositalarni hisobdan chiqarish bo‘yicha doimiy komissiya tashkil etilishi: asosii vositalarni foydalanish joylarida saqlash uchun javobgar shaxslar haqida buyruq (farmoyish) ning mavjudligini tekshirish, Shuningdek, ular bilan shaxsan to‘la moddiy javobgarlik to‘g‘- risida shartnomalar tuzilganligini aniqlash; 29 -tadbirkor sifatida ro‘yxatga olingan va ro‘yxatga olinmagan yuridik hamda jismoniy shaxslar bilan asosiy vositalar ijarasi bo‘yicha tuzilgan shartnomalarni o‘rganish:; -buxgalteriyada asosiy vositalar kartotekasi (AV-6 va AV-8 shaklidagi inventar kartochkalar) va kompyuterda yoki qo‘lda bajariladigan variantdagi aniq inventar ro‘yxati (AV-9 shakl) yuritilishiga ishonch hosil qilish lozim; - ishdan bo‘shab ketgan moddiy javobgar shaxslar haqida ma’lumotlar (buyruqlar, xodimlar ro‘yxati)ni o‘rganish ; - asosiy vositalar hisobini yuritish qoidalari bayon qilingan amaldagi me’yoriy hujjatlar va asosiy vositalar hisobiga doir yagona shakldagi (unifikatsiyalangan) idoralararo dastlabki hujjatlarning shakllari bilan korxona buxgalteriyasi qay darajada ta’minlanganligini aniqlash. Asosiy vositalar auditida foydalaniladigan ma’lumot manbalari yidagilar kiradi: * asosiy vositalar buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish masalalarini tartibga soladigan asosiy me’yoriy hujjatlar; * korxonaning hisob siyosati to‘g‘risidagi buyrug‘i; * asosiy vositalarni hisobga olishda korxonada qo‘llaniladigan analitik va sintetik hisob registrlari; * buxgalteriya hisobotlari; * asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish (ichki siljish) dalolatnomasi (nakladnoyi) (AV-1 shakl); * ta’mirlangan, qayta jihozlangan va zamonaviylashtirilgan obyektlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi (AV-2 shakl); * asosiy vositalarni hisobdan chiqarish dalolatnomasi (AV-Z shakl); * avtotransport vositalarini hisobdan chiqarish dalolatnomasi (AV-4 shakl); * asosiy vositalarni hisobga oladigan inventar kartochka (AV-6 shakl); * asosiy vositalarni hisobga oladigan inventar kartochkalar ro‘yxati (AV-7 shakl); * asosiy vositalar harakatini hisobga oladigan kartochka (AV-8 shakl); 30 2-jadval.Asosiy vositalarni hisobini auditdan o’tkazishda ichki nazorat tizimining ahvolni aniqlash testi. * asosiy vositalarning inventar ro‘yxati (ishlatish joylari bo‘yicha) (AV-9 shakl). Auditor tekshiruv chog‘ida moliyaviy hisobotning quyidagi shakllaridan foydalanadi: 31 * buxgalteriya balansi (1-shakl); * moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-shakl); * asosiy vositalar to‘g‘risida hisobot (3-shakl); * pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot (4-shakl); * xususiy kapital to‘g‘risida hisobot (5-shakl); * izohlar, hisob-kitoblar, tushuntirishlar. 7-chizma.Asosiy vositalarni auditorlik amallarini bajarish ketma-ketligi. 32 Bizning korxonamiznig asosiy vostilarining sotib olinishiga foydalanishga berilishiga va eskirishiga quyidagicha provodka beriladi. Download 2.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling