Institutdan amaliyot rahbari: Ibragimov M. Korxonadan amaliyot rahbari: O’ktamov S. Samarqand -2023 2 mundarija
Download 2.86 Mb. Pdf ko'rish
|
Ochilov Shaxboz hisobot-3(2)
Debet Kredit
0820 6010 6010 5110 0111-0190 0820 9410 0111-0190 9410 0211-0290 6-Mavzu: Nomoddiy aktivlar hisobi va auditi O‘zbekiston Respublikasining negizida mulkning davlat shakli bo‘lgan rejali iqtisodiyotdan xo‘jalik yuritishning bozor modeliga o‘tish jarayonida yangi mulk shakllari, jumladan xususiy mulkning paydo bo‘lishi sababli buxgalteriya hisobi tizimida ham tub o‘zgarishlar qilish zaruriyati tug‘ildi. Hisobning har bir bo‘limi va analitik uslublarning ko‘pchiligi amalda nazariy, uslubiy yondoshishni va asoslashni talab qiladi. Bozor iqtisodiga o‘tish bilan hisobda yuzaga kelgan muammolarni yechish yo‘llari hamda foydalaniladigan tushunchalarning doirasi kengaydi. Lekin buxgalteriya hisobining nazariy asoslari, ularning mohiyati va maqsadi o‘zgarmasdan qoldi. Moliyaviy hisobotlarning elementlari bo‘lgan aktiv va passivlarning yangi ko‘rinishlari, ularni baholash uslublari, moliyaviy natijalarni hisob-kitob qilish va xarajatlarni hisobga olish yo‘llari, axborotlarni turkumlarga ajratuvchi hisobvaraqlar rejasining yangi ko‘rinishi o‘z ifodasini topdi. Ayniqsa, buxgalteriya hisobi tizimida yangi tushuncha nomoddiy aktivlar, ya’ni «ko‘rinmas aktivlar» (intangible assets)ni baholash, hisobga olish, amortizatsiyani hisoblash usullari, shuningdek likvidatsiya qilish tartiblarini bayon qilishni taqozo etadi. Nomoddiy yoki «yashirin» aktivlar tarkibiga jismoniy, oshkora shakliga ega bo‘lmagan, lekin xo‘jalik yurituvchi sub’ektga daromad keltiruvchi mablag‘lar 33 kiritiladi. Nomoddiy aktivlar hisobi buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi, «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonun 1 va buxgalteriya hisobi milliy standartlarida, xususan, «Nomoddiy aktivlar» hamda «Ilmiy tadqiqot va tajriba- konstruktorlik ishlab chiqarishga xarajatlar» deb nomlangan 7- va 11-sonli buxgalteriya hisobining milliy standartlarida bayon etiladi. «Nomoddiy aktivlar» nomli 7-son BHMAga muvofiq, nomoddiy aktivlar - moddiy- ashyoviy mazmunga ega bo‘lmagan, xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan xo‘jalik faoliyatida foydalanish maqsadida nazorat qilinadigan, shuningdek uzoq vaqt (bir yildan ko‘p) ishlatish uchun mo‘ljallangan mol-mulk ob’ektlari. 8-chizma.Tashkilotning nomoddiy aktivlari tarkibi. Nomoddiy aktivlar tarkibiga jismoniy, oshkora (ko‘rinib turadigan) shaklga ega bo‘lmagan, lekin korxonaga daromad keltiradigan vositalar kiradi. Umumiy tarzda nomoddiy aktivlar deganda sanoat va aqliy mulk ob’ektlarining qiymati, mulk huquqi ob’ekti sifatida tan olinadigan boshqa shunga o‘xshash mulkiy huquqlar, shuningdek, uzoq muddatli chiqimlar tushuniladi. Buxgalteriya hisobida nomoddiy aktivlarni hisobga olishning vazifalari quyidagilardan iborat. • nomoddiy aktivlarni boshqa aktivlardan ajratilgan holda guruhlarga bo‘lib, ularni hisobga olishni tashkil qilish; Nomoddiy aktivlar Dasturiy ta'minot Guvohnoma Patent 34 • nomoddiy aktivlarni joriy hisobda va buxgalteriya balansida tegishli andozalarga hamda me’yoriy hujjatlarga asosan to‘g‘ri va o‘z vaqtida baholash; • korxonaga mavjud va ka tushgan nomoddiy aktivlar bo‘yicha buxgalteriya hisobi andozalariga va me’g‘riy hujjatlarga asosan amortizatsiya hisoblash; • mavjud nomoddiy aktivlardan zarur joyda tadbirkorlik va ishbilarmonlik bilan samarali foydalanishni tashkil qilish; • eskirgan, xo‘jalik uchun oshiqcha bo‘lgan nomoddiy aktivlarni o‘z vaqtida hisobdan chiqarishni ta’minlash; • hisobdan chiqarilgan nomoddiy aktivlar bo‘yicha moliyaviy natijalarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida aniqlash. Amaliyotda nomoddiy aktivlarning quyidagi turlari mavjud: • patentlar -korxona tomonidan muayyan mahsulotni ishlab chiqarish va sotish uchun foydalaniladigan, qonun bilan himoyalangan guvohnoma hisoblanadi. Patent korxona tomonidan belgilangan me’yoriy hujjatlar asosida sotib olinadi; • nou-xau -ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyati davomida foyda keltiruvchi yangi texnologiyalardir. Uni ta’sischilar kelishuvida aniqlangan qiymat bo‘yicha korxona ustav kapitaliga ulush hisobida kiritish mumkin. Nou-xau texnik, tijorat, boshqaruv, moliya kabi xarakterdagi texnik bilim va amaliy xarakterdagi boshqa bilimlarni o‘z ichiga oladi; • tovar belgilari, savdo markalari va atamalari - belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan hamda boshqa firmalar tomonidan ruxsat berilmagan tarzda foydalanishdan qonun bilan muhofaza qilingan korxonalar nomi va bu korxonalar mahsulotlarining nomlari; • sanoat namunalari-ishlab chiqarish-texnika maqsadlaridagi buyumlar va xalq iste’moli tovarlarining tashqi qiyofasini belgilaydigan badiiy-konstruktorlik yechimlaridan foydalanish huquqi. Sanoat namunalariga hajmiy model 35 (avtomobil, stanok, mebel va hokazo) yoki yassi tasvir-sanoat naqshlari (gazlama, gilam gullari, shrift shakli va hokazo)misol bo‘la oladi; • dasturiy ta’minot - texnik dastur vositalari, avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi bo‘yicha texnik va foydalanish hujjatlari yig‘indisi; • gudvill - korxonani xarid qilish chog‘ida yuzaga keladi va sotib olinayotgan korxona uchun haq hamda uning sof (majburiyatlarini chegirgan holdagi) aktivlarining baholovchi (bozor) qiymati o‘rtasidagi farq; • tashkiliy xarajatlar - yangi xo‘jalik yurituvchi sub’ektni barpo etish xarajatlari, ya’ni ishni boshlash xarajatlari; • franshizalar - bir korxona tomonidan boshqasiga unga qarashli aktivlardan, shu jumladan, savdo markalari va atamalari kabi nomoddiy aktivlardan foydalanish huquqining berilishi, buning ustiga, bevosita belgilanishi bo‘yicha mazkur aktivlardan foydalanish hamda taqdim etiladigan xizmatlar (tovarlar)ning belgilangan sifat standartlariga rioya qilish bunday huquq berilishlarining majburiy sharti hisoblanadi; • mualliflik huquqlari - ilmiy, adabiy, musiqa yoki boshqa asarlarni nashr qilish, ijro etish yoki boshqa turdagi foydalanish huquqi; • yer va tabiat resurslaridan foydalanish huquqi - xo‘jalik yoki boshqa maqsadlarda yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanishni ta’minlovchi huquq, ammo yerdan foydalanish huquqi mazkur yer uchastkasini mulk qilib olishni bildirmaydi.Nomoddiy aktivlar auditining maqsadi - O’zbеkiston Rеspublikasidagi qonunchilik asosida nomoddiy aktivlarning holati, harakati, baholanishiga ob'еktiv baho bеrishdan iborat. Bunda nomoddiy aktivlar hisobining ishonchliligini hamda amalga oshirilgan moliyaviy va xo’jalik opеratsiyalarining mе'yoriy hujjatlarga muvofiqligini aniqlashdan iborat. Nomoddiy aktivlarni tеkshirishning asosiy vazifasi quyidagilardan iboratdir: • -aktivlarning nomoddiy aktivlarga to’g’ri olib borilganligi; 36 • -nomoddiy aktivlar ob'еktlari bo’lgan ixtirolar bo’yicha patеntlar, sanoat namunalari, tovar bеlgilari, kompyutеrlar uchun dasturlar va boshqa huquqlar, ishchanlik obro’si tеgishli hujjatlarda rasmiylashtirilishi; • -nomoddiy aktivlar kеlib tushishi va hisobdan chiqarilishi bo’yicha opеratsiyalarni to’g’ri rasmiylashtirish va hisobda aks ettirish; • -nomoddiy aktivlar boshlang’ich qiymatini to’g’ri baholash; • -nomoddiy aktivlarning foydalanish muddatini va amortizatsiya ajratmalarini hisoblashni to’g’ri aniqlash; • -nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash va uni hisobda aks ettirishni tanlangan usulini hisob siyosatida bеlgilanishi; • -nomoddiy aktivlarning ayrim ob'еktlari bo’yicha analitik hisobini tashkil etilishi; • -nomoddiy aktivlar qoldiq qiymatini buxgaltеriya hisobida to’g’ri aks ettirilishi, hisobotda ma'lumotlarni to’liq va to’g’ri ochib bеrilishi Nomoddiy aktivlar auditining maqsadi buxgalteriya hisoboti «nomoddiy aktivlar» moddasining ishonchlilik darajasi to‘g‘risida fikr shakllantirish va korxonada qo‘llanilayotgan nomoddiy aktivlarni hisobga olish uslubi hamda soliqqa tortish bilan bog‘liq muomalalarning O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan qonunchilikka muvofiqligini aniqlashdan iborat. Nomoddiy aktivlar auditi jarayonida quyidagilar amalga oshiriladi: 1. Nomoddiy aktivlar mavjudligi ustidan nazorat o‘rnatilishini aniqlash (mulkiy obyektlarni nomoddiy aktivlar qatoriga olib borishning to‘g‘- riligi; mavjudligini va muomalalarni hujjatlashtirishning to‘g‘riligini tekshirish; nomoddiy aktivlarni baholashning to‘g‘riligini tekshirish; inventtarizatsiya qilish; hisobot ko‘rsatkichlarining sintetik va analitik hisob ma’- lumotlariga mosligini aniqlash); 2. Sintetik hisobni yuritish, nomoddiy aktivlarning kirimi va chiqimiga doir muomalalarni soliqqa tortishning to‘g‘riligini tekshirish (nomoddiy aktivlar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni sintetik hisob registrlarida aks ettirilishi; nomoddiy aktivlar kirimga olinishi va chiqim qilinishiga doir muomalalarni soliqqa tortish 37 masalalari); 3. Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash va hisobda aks ettirish (foydali xizmat muddatini belgilashning asoslanganligi; amortizatsiya hisoblashda qo‘llanilgan usullarning qonuniyligi va asoslanganligi; amortizatsiya ajratmalarining hisobda aks ettirilishi). Auditor nomoddiy aktivlarni tekshirish chog‘ida quyidagi ma’lumot manbalaridan foydalanadi: * nomoddiy aktivlarni hisobga olishni va ular bilan bog‘liq muomalalarni soliqqa tortishni tashkil etish masalalarini tartibga soluvchi asosiy me’yoriy hujjatlar; * korxonaning hisob siyosati to‘g‘risidagi buyrug‘i (farmoyishi) (nomoddiy aktivlar hisobiga taalluqli qismi); * nomoddiy aktivlar sintetik va analitik hisobi bo‘yicha korxonada qo‘llaniladigan hisob registrlari; * nomoddiy aktivlarga taalluqli muomalalarni hisobga oladigan dastlabki hujjatlar; * buxgalteriya hisobotlari 9-chizma. Nomoddiy aktivlarni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishning umumiy chizmasi 38 Nomoddiy aktivlar bo’yicha quyidagi ikkiyoqlama yozuvlardan oydalanamiz: Download 2.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling