Institutdan amaliyot rahbari: Ibragimov M. Korxonadan amaliyot rahbari: O’ktamov S. Samarqand -2023 2 mundarija


-Mavzu: Tovar-moddiy zaxiralar hisobi va auditi


Download 2.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/16
Sana02.08.2023
Hajmi2.86 Mb.
#1664683
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Ochilov Shaxboz hisobot-3(2)

8-Mavzu: Tovar-moddiy zaxiralar hisobi va auditi. 
Tovar-moddiy zaxiralar - keyinchalik sotish maqsadida normal faoliyat 
yuritish jarayonida tutib turiladigan va ishlab chiqarish jarayonida mavjud 
bo‘lgan, shuningdek mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar 
ko‘rsatish jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga 
oshirish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlar. 
Tovar moddiy zahiralar O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
tomonidan 1998 yil 27 avgust 44-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan Buxgalteriya 
hisobining milliy standarti (BHMS-4) ga binoan olib boriladi. Xo’jalik yurituvchi 
sub’yektlarda TMZlarni hisobga olish uchun 1000-«Materiallar» aktiv schyotidan 
foydalaniladi. Bu schyot o’z navbatida bir necha schyotlarga bo’linadi. 
- 1010 - Xom ashyo va TMZlar; 


47 
- 1020 - Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar; 
- 1030 - yoqilg’i; 
- 1040 - Ehtiyot qismlar. 
- 1050 - Qurilish TMZlari. 
- 1060 - Idish va idishbop TMZlar. 
- 1070 - Qayta ishlashga berilgan TMZlar. 
- 1080 - Inventar va xo’jalik jihozlari. 
- 1090 - Boshqa TMZlar. 
Buxgalteriya hisobining milliy standarti «Tovar-moddiy zahiralari» (4-son) 
standartiga ko’ra ularni baholash belgilangan tannarxdan yoki sotishning sof 
qiymatidan eng kam baho bo’yicha baholanadi. Materiallarni sotib olish 
xarajatlari sotib olish qiymatini, import bojlari va yig’imlarini, tovarni 
sertifikatsiya qilish xarajatlarini, ta’minot, vositachi tashkilotlarga to’langan 
komission to’lovlarni, Soliqlarni, xizmat va zahiralarni sotib olish bilan bevosita 
bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlarni o’z ichiga oladi. 
Tovar moddiy zaxiralarning xususiyatlari quyidagilarda nomoyon bo’ladi: 
- materiallarning mahsulot tarkibidagi ulushiga qarab; 
- materiallar ishlab chiqarish jarayonida o’rniga qarab; 
- ishlab chiqarishning uzluksiz vositasi sifatida taminlash; 
- 4-sonli BHMS ga binoan, ombordagi va ombordan chiqib ketayotgan. 
-materiallartning ombordagi hisobiga qarab; 
-hujjatlarning rasmiylashtirilishi bo’yicha; 
- mahsulot tan narxida aks etishiga qarab; 
- materiallarning inventarizatsiyasi bo’yicha; 
-hujjatlarda aks etishiga qarab
Tovar moddiy zaxiralar korxona buxgalteriya balansiga sotib olingan va 
sotish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar barcha xarajatlarni o’z ichiga olgan tannarx 
bo’yicha olinishi kerak. Tovar moddiy zaxiralarni sotib olish bilan bog’liq 
bo’lgan xarajatlarga quyidagilar kiradi: A) Bojxona bojlari va yeg’imlari; B) 


48 
Tovar moddiy zaxiralarni sotib olish bilan bog’liq bo’lgan soliqlar va yig’imlar 
summasi C) Vositachilarga to’lanadigan vosita haqi; D) Tovar moddiy 
zaxiralarnisotib olish bilan bog’liq bo’lgan sertifikatlash xarajatlari; E) Transport 
xarajatlari; F) Tovar moddiy zaxiralarni sug’urta qilish xarajatlari; G) Tovar 
moddiy zaxiralarni yuklash xarajatlari; H) Tovar moddiy zaxiralarni sotib olish 
bilan bog’liq boshqa xarajatlar; Materiallarni qabul qilish, xo’jalik yurituvchi 
sub’ekt ichida joylashtirilishi va ombordan berilishi muomalalarini 
rasmiylashtirish uchun bir xillashtirilgan idoralararo dastlabki hujjatlar ko’zda 
tutiladi.Tovar-moddiy zaxiralar tashkilotning buxgalteriya balansiga quyidagilar 
natijasida kiritilishi lozim: 
a) mahsulot yetkazib berish (oldi-sotdi) shartnomasi bo‘yicha xarid qilish; 
b) ta’sischilardan tashkilotning ustav kapitaliga ulush sifatida kelib tushishi; 
g) tekinga kelib tushish (hadya shartnomasi bo‘yicha); 
e) uzoq muddatli aktivlar tarkibidan o‘tkazish; 
j) ortiqcha (hisobga olinmagan) tovar-moddiy zaxiralarni aniqlash; 
i) tashkilotning o‘zida tayyorlanishi; 
k) hisobot davri oxirida tugallanmagan hamda tugallanmagan ishlab chiqarish 
sifatida hisobga olinadigan ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish; 
Tovar-moddiy zaxiralari tashkilotning buxgalteriya balansiga tannarxi 
bo‘yicha kiritiladi va ular o‘z ichiga xarid qiymatini (mol yetkazib beruvchiga 
to‘lanadigan summalar) va xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlarni 
kiritadi. 
Tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan va ularning
tannarxiga kiritiladigan xarajatlarga quyidagilar kiritiladi: 
a) bojxona bojlari va yig‘imlari; 
b) tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan soliq va yig‘imlar 
summalari (agar ular qoplanmasa); 
v) ovar-moddiy zaxiralar ta’minotchi va vositachi tashkilotlar orqali xarid 
qilinganda ularga to‘lanadigan vositachilik haqi; 


49 
g) ovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan ovar-moddiy 
zaxiralarni sertifikatlash va ularni texnik shartlarga muvofiq sinash bo‘yicha 
xarajatlar; 
d) ovar-moddiy zaxiralarni tayyorlash va ularni ayni paytdagi joylashish yoki 
foydalanish joyiga yetkazib berish bo‘yicha transport-tayyorlov xarajatlari. 
Ular tayyorlash, yuklash-tushirish ishlari va ovar-moddiy zaxiralarni barcha 
turdagi transport bilan ularni ayni paytdagi joylashish yoki foydalanish joyiga 
transportda tashish uchun tariflarni (fraxtni) to‘lash bo‘yicha xarajatlar, shu 
jumladan ovar-moddiy zaxiralarni transportda tashishda xatarlarni sug‘urtalash 
bo‘yicha xarajatlardan tashkil topadi; e) ovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan 
bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar. Tovar-moddiy zaxiralar qarz kapitali 
hisobiga 
xarid 
qilinganda 
yoki 
tayyorlanganda 
kreditdan 
(qarzdan) 
foydalanganlik uchun foizlar ko‘rinishidagi xarajatlar qarz kapitali hisobidan 
to‘liq yoki qisman sotib olingan ovar-moddiy zaxiralarning tannarxiga 
kiritilmaydi. 
Tashkilotning 
o‘zi 
tomonidan 
ishlab 
chiqariladigan 
(tayyorlanadigan) ovar-moddiy zaxiralarning tannarxi deb ularning ishlab 
chiqarish tannarxi tan olinadi. Tovar-moddiy zaxiralarning ishlab chiqarish 
tannarxiga ularni ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan, ishlab chiqarish 
texnologiyasi va uni tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar kiritiladi. Ularga 
quyidagilar kiritiladi: bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar, bevosita va 
bilvosita mehnat xarajatlari, ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan boshqa 
bevosita va bilvosita xarajatlar. Tovar-moddiy zaxiralarning ishlab chiqarish 
tannarxini hosil qiluvchi xarajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga ko‘ra quyidagi 
elementlar bo‘yicha guruhlarga ajratiladi: a) ishlab chiqarish moddiy xarajatlar 
(qaytariladigan chiqindilar qiymati chiqarib tashlangan holda); b) ishlab chiqarish 
xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari, shu jumladan ular 
bo‘yicha hisoblangan yagona ijtimoiy to‘lov summalari; v) ishlab chiqarishga 
mo‘ljallangan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi; g) ishlab 
chiqarish 
xususiyatiga 
ega 
bo‘lgan 
boshqa 
xarajatlar. 


50 
12-chizma.TMZbo’yicha hisoblashishlarga ikkiyoqlama yozuv. 
Uno Nova MCHJ ning yil 2021-yilning oxirida jami 742 361 270 so’mlik
Tovarni realizatsiya qilgan .Ushbu tovarlarning tannarxi 406 770 750 so’mni 
tashkil qiladi.Bu kor’satichlar mos ravishda 2022-yilning yakunida 826 145 230 
so’mni Tannarx 557 108 920 so’mni tashkil qilgan.Korxona TMZ lar chiqmini
Aveco usulida hisobga oladi Tekshiruv jarayonida auditor quyidagilarni aniqlashi 
lozim:
* zaxiralarning haqiqatda mavjudligi;
* zaxiralar bilan bog‘liq barcha muomalalarning buxgalteriya hisobi schyotlarida 
to‘liq va to‘g‘ri aks ettirilganligi;
* barcha zaxiralar korxona mulki ekanligi ya’ni ularga mulkiy huquq mavjudligi, 
qarz sifatida aks ettirilgan summalar esa majburiyat ekanligi;
* zaxiralarni va ular bilan bog‘liq majburiyatlarni baholashning to‘g‘riligi;


51 
* tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olish tamoyillari to‘g‘ri tanlanilganligi va 
qo‘llanilishining to‘g‘riligi.
Tovar-moddiy zaxiralarni tekshirishda quyidagi ma’lumot manbalaridan 
foydalaniladi:
1. Moddiy boyliklarni qabul qilish, hisobga olish, saqlash va berishga aloqador 
me’yoriy hujjatlar.
2. Hisob siyosati to‘g‘risidagi buyruq.
3. Tovar - moddiy zaxiralar bilan bog‘liq muomalalarni rasmiylashtirishga doir 
dastlabki hujjatlar.
4. Tashkiliy-huquqiy hujjatlar va materiallar.
5. Tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olishga doir buxgalteriya hisobi registrlari 
va buxgalteriya hisobotlari. 
Tashkiliy-huquqiy hujjatlar va boshqa ma’lumot manbalariga quyidagilar 
kiradi:
* korxona rahbarining buyrug‘i (yoki farmoyishi) direktor kengashi majlisining 
bayonnomalari, ta’sischilar va boshqa komissiyalar yig‘ilish qarorlari. Agar 
korxona ustav kapitalining miqdorini shakllantirish yoki o‘zgartirish chog‘ida 
ulush sifatida materiallar, inventar va xo‘jalik ashyolari, tovarlar qo‘shilgan 
bo‘lsa, shuningdek, agar dividendlar yoki daromad-lar moddiy qiymatliklar bilan 
to‘lansa ushbu hujjatlarni o‘rganish auditor uchun o‘ta muhim ahamiyat kasb 
etadi;
* korxonada o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvlari o‘tgan yillardagi hisobotlari;
* tovarlar, materiallar, xomashyolar va hokazolarni yetkazib berish shartnomalari; 
* moddiy javobgarlik to‘g‘risidagi shartnomalar 
Tovar-moddiy zaxiralar bilan bog‘liq xo‘jalik muomalalarini auditorlik 
tekshiruvidan quyidagi ketma-ketlikda o‘tkazish maqsadga muvofiq:
* mazkur tekshiruv uchastkasining yo‘nalishlari bo‘yicha hisob siyosatining 
qoidalarini o‘rganish;


52 
* tovar-moddiy zaxiralarga doir ichki nazorat tizimining ishonchlilik darajasini 
baholash. Buning uchun ombor xo‘jaligi va omborxonalarning holatini tekshirib 
chiqish; moddiy javobgarlik va moddiy javobgar shaxslar hisobotlarining tashkil 
etilishini o‘rganish;
* tovar-moddiy boyliklarning hisobot sanasiga tarkibini tahlil qilish;
* tanlab inventarizatsiya qilinadigan obyektlarni va inventarizatsiya o‘tkazish 
pozitsiyalarini aniqlash;
* tovar-moddiy zaxiralar harakatini tahlil qilish;
* tovar-moddiy zaxiralarni baholashning to‘g‘riligi;
* tovar-moddiy zaxiralar sintetik va analitik hisobining tashkil etilishi hamda 
holatini tekshirish.

Download 2.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling