Instituti "marketing" kafedrasi


-mavzu. Brend arxitekturasi Topshiriqlar


Download 0.84 Mb.
bet14/19
Sana22.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1647611
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

6-mavzu. Brend arxitekturasi Topshiriqlar


1-masala
CHap tomondagi har bir atamaga o‘ng tomondan mos keladiganini tanlang.



1.Mukammal raqobat

a) Ommaviy kommunikatsiyalar

2. Monopoliya

b) bir nechta firmaning bitta firmaga birlashishi

3.Antitrest konunchiligi

v) ixtiro yoki texnologiyalarni sotish yoki ulardan
foydalanish xukuki

4. Trest

g) monopoliyaning yuzaga kelishi oldini olish va
raqobatni ragbatlantirish maqsadida ishlab chiqilgan konunlar

5.Oligopoliya

d) bitta sotuvchi mavjud bo‘lgan bozor

6. Legal monopoliya

e) bir xil tovar sotuvchi va xaridorlarining ko‘pligi

7. Monopolistik raqobat

j) bir xil tovarning bitta firmaga boshqa firmaga nisbatan
arzon narxda sotilishi

8.Kompaniyalarning
birlashishi

z) katta korporatsiya yoki bozorni nazorat qiluvchi
korporatsiyalar birlashmasi

9. Narx diskriminatsiyasi

i) bir nechta yirik sotuvchi egalik qiluvchi bozor

10. Patent

k) o‘xshash tovar taklif qiluvchi sotuvchilar soni ko‘p
bo‘lgan bozor

Keys stadi: «DESK-INVEST» korxonasi: sotuv bozorini kengaytirish uchun marketing strategiyasini tanlash
«DESK-INVEST» O‘zbekiston-Avstriya qo‘shma korxonasi respublikaning sanoat bozorida faoliyat ko‘rsatib, o‘z mahsulotlarini yirik va kichik korxonalarga ulgurji shaklda sotadi.
Hozirgi paytda bozor shunga o‘xshash tovarlar bilan to‘yingan bo‘lib, o‘z navbatida bu qurilish mahsulotlari markalari o‘rtasida raqobatning kuchayishiga olib keldi. Iste’molchilar bundan faqat yutadilar, chunki qurilish mahsulotlarining ochiqlik muammosi iste’molchi uchun jiddiy muammo hisoblanmaydi. Bugungi kunda kerakli mahsulotni sotib olish mumkin bo‘lgan joylar – bozorlar, qurilish do‘konlari, pavilonlar ko‘p bo‘lib, ular ko‘rib chiqilayotgan tovarlar assortimenti bilan aynan bir xil tovarlarni taklif qiladi.
Faoliyat ko‘rsatishining dastlabki yillarida «DESK-INVEST» korxonasi ixtisoslashuv (bozor «nisha»sida markazlashuv) strategiyasidan foydalandi. Korxona o‘z e’tiborini bitta segmentning ehtiyojlariga qaratib, butun bozorni qamrab olishga intilmadi ham. Hozirgi paytda
«DESK-INVEST» korxonasida sotuvni kengaytirish uchun strategiyani qayta ko‘rib chiqish zarurati tug‘ildi.
Topshiriq: «DESK-INVEST» korxonasida mavjud strategiyani tahlil qilish asosida sotuv bozorini kengaytirish bo‘yicha marketing strategiyasini tanlash va asoslab berish.
«DESK-INVEST» O‘zbekiston-Avstriya qo‘shma korxonasi haqida axborot

  1. Ob’ekt tavsifnomasi

Mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi «DESK-INVEST» O‘zbekiston-Avstriya qo‘shma korxonasi ishlab chiqarish, tadbirkorlik, tijorat va boshqa xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish maqsadida qatnashchilarning qo‘yilmalarini birlashtirishga asoslangan Ta’sis shartnomasi va Nizom asosida tashkil qilingan. Korxona ta’sischilari quyidagilar hisoblanadi:
Toshkent shahri hokimiyati investitsiyalar bosh boshqarmasi;
«Osiuo Gganit» mas’uliyati cheklangan jamiyati;
«Qurilishbutlashxizmat» mas’uliyati cheklangan jamiyati;
«DESK Magketing Service GmbH» firmasi; AQSH fuqarosi.
Qatnashchilarning qo‘yilmalari hisobiga 1.300.000 AQSH dollari miqdorida Nizom jamg‘armasi shakllantirildi. Bunda har bir qatnashchining qo‘yilmasi quyidagi tarzda taqsimlangan (1-rasm):





1-rasm. Ta’sischilarning nizom kapitalidagi ulushi1

«DESK-INVEST» korxonasining asosiy maqsadi egik profillar va metall cherepitsa ishlab chiqarish bo‘yicha zavod qurish va ishga tushirish, xo‘jalikka ilg‘or texnologiyalarni joriy qilishdan iborat.


Korxona faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi:
egik profillar, metall cherepitsa va shunga o‘xshash boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish va sotish;
savdo-vositachilik faoliyati;
ishlab chiqarish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida man qilinmagan keng profildagi xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarish va sotish;
ishlab chiqarishga ilmiy va istiqbolli lolyihalar, ilmiy-tadqiqotchilik ishlarining natijalarini joriy qilish.



  1. «DESK-INVEST» korxonasida marketing bo‘limi

Korxonaning umumiy maqsadlaridan kelib chiqib, marketing bo‘limining maqsadlari belgilanadi. Marketing bo‘limining asosiy maqsadi bu – korxonaning butun xo‘jalik faoliyatini iqtisodiy vaziyatning o‘zgarishiga moslashuvchan yo‘naltirish, iste’molchilarning talablarini hisobga olish bo‘lib, iqtisodiy, rejalashtirish, texnik-ishlab chiqarish, sotuv va tadqiqotchilik xarakteridagi kompleksli ishlarni uyg‘unlashtiradi.
Marketing bo‘limi alohida struktura sifatida ajratilgan bo‘lib, bevosita tijorat direktoriga bo‘ysunadi. U barcha bo‘limlar bilan o‘zaro aloqa qiladi va quyidagi funksiyalarni bajaradi: marketing faoliyatini rejalashtirish.
Marketing rejasi korxonani rivojlantirish strategiyasi asosida tuziladi. Ushbu strategiya doirasida marketing bo‘limining asosiy vazifasi belgilanadi. Ayni paytda bo‘limning asosiy vazifasi yangi mijozlarni jalb etish, mavjud mijozlarni ushlab qolish va ularning korxonaga sodiqligini oshirish hisoblanadi. Korxona uni amalga oshirishi lozim bo‘lgan muddat, shuningdek, moliyalashtirish hajmi belgilanadi. SHundan so‘ng marketing bo‘limi asosiy vazifani kichik vazifalarga taqsimlaydi, ularni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va kelajakdagi chora-tadbirlardan kutiladigan natijalar ko‘rsatilgan umumiy reja tuzadi. Marketing rejasi korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi.



1 «DESK-INVEST» қўшма корхонасининг Низоми



  • bozor kon’yunkturasini o‘rganish, assortimentni rejalashtirish. Bozor ikki yo‘nalishda o‘rganiladi: mijozlar haqida axborot to‘plash va tahlil qilish hamda raqobatchilarni tadqiq etish.

«DESK-INVEST» korxonasi iste’molchilarning ehtiyojlarini qondirishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi etib belgilab qo‘ygan. Raqobatchilarning harakatlari va iste’molchilarning hohish- istaklarini hisobga olish asosida korxona mahsulot assortimentini ishlab chiqadi.
imidj, reklama, ko‘rgazmalar va pablik rileyshnz. Raqobatchilar tahlili va iste’molchilarning tuzilgan suratiga asoslanib, marketing bo‘limi chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqadi, shu tufayli korxona bozorda raqobatchilardan farqlanadigan va qulay joy egalaydi. Korxona asosan tashqi reklama va sotuv joylaridagi reklamadan foydalanadi.

  • tovar harakatlanishini tashkil qilish. Tovar harakatlanishi sohasida korxonaning maqsadlari quyidagi tarzda shakllanadi: iste’molchiga tovar etkazib berishning servis ta’minoti maksimal yuqori darajasi; tovarni harakatlantirishda minimal xarajatlar; belgilangan xarajatlar darajasida etkazib berish servis ta’minotining maksimal yuqori darajasi. Metall cherepitsa yoki egik profillar va boshqa mahsulot tayyorlash uchun yakka tartibdagi buyurtmalar olishda tovarni uyga etkazib berish kabi xizmatlar ham taqdim etiladi.

  1. «DESK-INVEST» korxonasining mijozlari

«DESK-INVEST» korxonasining asosiy mijozlari quyidagilar hisoblanadi:
-yirik korxonalar,
-kichik korxonalar,
-u yoki bu turdagi qurilish mahsulotlariga buyurtma beruvchi xususiy shaxslar.



  1. «DESK-INVEST» korxonasining mahsuloti

«DESK-INVEST» korxonasi bir nechta assortiment guruhidagi qurilish materiallari: 8 nomdagi egik profillar; 6 nomdagi metall cherepitsa ishlab chiqaradi.
Bu turdagi tovarlar iste’molchilarning hohish-istaklariga qarab barcha hajmlarda katta miqdorda chiqariladi. Mahsulotning bu turlari dizayni va konstruksiyasi, hajmi va shakli bilan ajralib turadi. SHuningdek, ular narxi bo‘yicha ham farqlanadi.
Oxirgi yillarda sotuv bozorlarida har bir mahsulot turining holati dinamikasini o‘rganish muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda (1-jadval).

  1. jadval

Ichki bozorda mahsulotning holati1


Ko‘rsatkich

2005

2006

Mahsulot – egik profillar Sotuv hajmi, ming so‘m Foyda, ming so‘m Xarajatlar, ming so‘m

1 166 762


200 930
908 374

592 987


49 764
889 715

Mahsulot – metall cherepitsa Sotuv hajmi, ming so‘m Foyda, ming so‘m
Xarajatlar, ming so‘m

2 108 345


378 840
1 897 416

2 975 155


1 003 043
3 433 205

Narx belgilashda hisobga olinadigan asosiy omil raqobatchilarning narxlarini o‘rganish hisoblanadi. Raqobatchilarning narxlaridan kelib chiqib, «DESK-INVEST» korxonasining marketing bo‘limi mutaxassislari imkon qadar narxni pasaytirishga intiladilar. Xomashyo to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ko‘p sonli vositachilarsiz sotib olignadi, bu hamma narsadan tashqari narxga kutilayotgan foyda darajasini kiritishga ham imkon beradi.





1 Корхонанинг маркетинг бўлими ҳисоботи



  1. «DESK-INVEST» qo‘shma korxonasi faoliyatining marketing tahlili

  1. Sotuv bozori tahlili

«DESK-INVEST» qo‘shma korxonasi sanoat bozorida faoliyat ko‘rsatib, o‘z mahsulotlarini ulgurji shaklda sotadi.
Korxona tomonidan mahsulot bozorining holatini tahlil qilish bo‘yicha o‘tkazilgan marketing tadqiqotlari natijasida mahalliy bozorni rivojlantirishning kuchli va kuchsiz tomonlari aniqlandi (2-rasm).




  1. rasm. Korxonaning asosiy bozori SWOT – tahlili.

«DESK-INVEST» korxonasi mahsulotlari sotuv bozori haqidagi asosiy ma’lumotlar 2-jadvalda keltirilgan.


2-jadval
Sotuv bozori haqidagi asosiy ma’lumotlar



Ko‘rsatkichlar

Toshkent shahri

100 km.masofadagi aholi punktlari

1

talab darajasi

yuqori

o‘rtacha

2

talabni qondirish darajasi

o‘rtachadan yuqori

o‘rtacha

3

raqobat darajasi

yuqori

o‘rtachadan yuqori

Korxona mahsulotlari bozori qurilish mahsulotlaridan foydalanish xarakteri asosida segmentlangan. Bunda tovar narxi va sifati kabi omillar hisobga olingan.
Umuman, mahsulot bozorining holatini tahlil qilish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida quyidagilarni aniqlash mumkin:
bozor sharoitlari iste’molchilarni mahsulot sifati va bahosiga e’tibor qaratishga majbur qiladi;
«DESK-INVEST» korxonasining texnik darajasi hali iste’molchilarning buyurtmalarini qondiradigan yangi mahsulot turlarini o‘zlashtirish va ishlab chiqarishni amalga oshirish imkonini bermaydi.

  1. Raqobat tahlili.

«DESK-INVEST» korxonasining asosiy raqobatchilari quyidagilar hisoblanadi:
-«SIFAT» qurilish tashkiloti,
-«NIKA» xususiy korxonasi,
-«SHarkTemir» yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati,
-«RuslanStroyService» xususiy korxonasi,
-«FinUzlac» qo‘shma korxonasi.
Raqobatchi firmalar haqidagi ma’lumotlar 3-jadvalda keltirilgan. 3-jadval
Raqobatlashuvchi firmalar haqida solishtirma ma’lumotlar1

Raqobatbardoshlik omillari

«DESK- INVEST»


korxonasi

Raqobatchilar

«SIFAT»
qurilish tashkiloti

«NIKA»
xususiy korxonasi

«SHarkTemir» yopiq turdagi aksiyadorlik
jamiyati

1. Tovar













Sifat

5

5

5

4

Assortiment

4

5

5

3

Savdo markasining nufuzi

3

5

4

4

O‘zga xoslik

4

4

4

3

Ishonchlilik

4

4

4

5

2. Narx













Sotuv narxi

4

3

3

5

3. Sotuv kanallari













Bozorni qamrab olish
darajasi

3

4

3

4

4. Tovarni bozorlarda
harakatlantirish













Iste’molchilar uchun
reklama

4

3

4

3

YAkka tartibda sotuv

4

4

5

4

Rag‘batlantirish
usullaridan foylalanish

2

4

2

2

umumiy ball miqdori

37

41

39

37

V) Korxonaning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli


2005-2006 yillarda «DESK-INVEST» korxonasi faliyatining asosiy ko‘rsatkichlari



1 «DESK-INVEST» корхонаси маркетинг бўлимининг ҳисоботи


(ming so‘m)

Ko‘rsatkich nomi

2005 yil
yakuniga

2006 yil
yakuniga

Mahsulotni sotishdan sof tushum

3 275 107

3 568 142

Mahsulot tannarxi

2 483 910

2 780 837

YAlpi foyda

791 197

787 305

Davr xarajatlari,
jumladan

280 579

432 292

Sotuv xarajatlari

3 573

32 136

Ma’muriy xarajatlar

14 175

25 988

Operatsion xarajatlar

262 831

374 168

Asosiy faoliyatdan olinadigan foyda

512 718

355 521

Moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromad

39 272

18 189

Soliq to‘langanga qadar umumiy xo‘jalik faoliyatidan
olinadigan foyda

63 018

124 423

Sof foyda

579 770

1 052 807

TALABA UCHUN USLUBIY KO‘RSATMALAR:


Muammo: Sotuv bozorini kengaytirish uchun marketing strategiyasini tanlash. Vazifalar:
korxona faoliyatini tadqiq etish va tahlil qilish. sotuv bozorini tahlil qilish.
bozorni segmentlash va maqsadli segmentni aniqlash.
marketing strategiyasini tanlash va uni asoslab berish (algoritm ko‘rinishida).

Echim algoritmi:


korxona faoliyatini tadqiq etish va tahlil qilish
Korxona faoliyatini tadqiq etish va tahlil qilishda quyidagilar nazarda tutiladi:

  1. korxona faoliyatining asosiy yo‘nalish va maqsadlarini o‘rganish;

  2. korxonaning asosiy iste’molchilarini aniqlash;

v) korxona mahsulotlarini o‘rganish;
g) korxonaning moliyaviy-iqtisodiy ahvolini tahlil qilish.

sotuv bozorini tahlil qilish


Qurilish materiallari bozorini tahlil qilish quyidagi omillarni o‘rganishni qamrab oladi:

  1. mahsulotga talabni o‘rganish;

  2. bozorning SWOT – tahlili;

g) raqobatchilar tahlili. Raqobatlashuvchi firmalar haqidagi ma’lumotlar 3-jadvalda aks ettirilgan.

 bozorni segmentlash va maqsadli segmentni aniqlash


Korxonalarning bozorda kun ko‘rishida jiddiy omillardan biri xaridorlarning kuchli pozitsiyalari va ularga bog‘liqlik hisoblanadi. Korxona o‘zining iste’molchilar bilan munosabatlarini tahlil qilib chiqishi lozim.
Buning uchun, birinchi navbatda, iste’molchlarni shu tovar ularga kerakli va aynan kimga kerakligi nuqtai nazaridan o‘rganib chiqish, ya’ni maqsadli doirani aniqlash zarur.
Ikkinchidan, maqsadli guruh iste’molchilarining korxona tovariga talablarini aniqlash lozim. Uchinchidan, bozorning maqsadli segmentida talabga ta’sir etuvchi omillarni ajratib ko‘rsatish kerak.
 marketing strategiyasini tanlash va uni asoslab berish.
Bozorda strategiyani tanlash uchun dastlab amalga oshirilayotgan joriy strategiya tahlil qilinadi. Joriy strategiyani aniqlashtirish shuning uchun ham muhimki, hozirgi paytda kompaniya qay holatda eakni, uning qaysi stratgiyadan foydalanayotgani haqida aniq tasavvurga ega bo‘lmasdan turib, kelajak uchun qaror qabul qilib bo‘lmaydi.
SHundan keyin, quyidagi matritsalardan biri yordamida strategiya tanlab olinadi: «bozor ulushining o‘sishi» matritsasi, bozor strategiyasining foydaga ta’siri (PIMS) matritsasi va Porterning umumiy strategik modeli (o‘quv-uslubiy materiallar, 1-rasm).
Strategiya variantini tanlashni algoritm ko‘rinishida asoslab berish.


Testlar


  1. YUqori bo‘g‘in korporativ rahbarlari, shifokorlar, maslahatchilar – kishilarning o‘ziga xos mavqelari butunlay quyidagilarga yo‘naltirilgan...

ma’naviy o‘lchash; ijtimoiy o‘lchash;
*mental o‘lchash.
to‘g‘ri javob keltirilmagan

  1. shaxsning hayotiy tamoyillari, ichki xislari, ya’ni brendga do‘sti singari, sizga esa yaxshi brendga kabi ishonish-bu...

missiya; qadriyatlar;
oldindan ko‘ra bilish.
*to‘g‘ri javob keltirilmagan

  1. Savdo markasining asosiy funkstiyasi? 8raqobatchi mahsulotlardan farqlanib turishi mahsulotni narxini oshririshga yordam beradi 1 va 2

to‘g‘ri javob yo‘q

  1. Mahsulotni ishlab chiqishdan oldin birinchi paydo bo‘ladi? fikr, g‘oya

narx chegirma
to‘g‘ri javob yo‘q

  1. Eng tez axborot olish uslubi? telefon orqali

pochta intervyu
to‘g‘ri javob yo‘q
7-mavzu. Brendga moyillikni boshqarish Topshiriqlar



  1. masala. «AVS» kompaniyasi ekspertlari bozordagi vaziyatga bog‘liq holda quyidagicha foyda ko‘rsatkichlarini aniqladi (mln. so‘m.):

Kompaniya strategiyasi

Vaziyatga bog‘liq holda foyda

1-vaziyat

2-vaziyat

3-vaziyat

1.Sovutgich.

48

67

52

2. Muzlatgich

89

24

46

3. Konditsioner

72

49

76

Agar ekspertlar barcha tovarlarga bo‘lgan talab o‘sib, uning strukturasi o‘zgarmay qolishiga qat’iy ishonadigan bo‘lsa, qaysi strategiyani tanlash kerak bo‘ladi? Nima sababdan? Agar risk mavjud bo‘ladigan, ekspertlar 1-vaziyatni 40%, 2-vaziyatni 35%, 3-vaziyatni 25% baholaydigan bo‘lsa, bu holda qaysi strategiyani tanlagan ma’qul? Aytaylik, tovarni sotish sharoitlari noqulay bo‘lsin. Siz qaysi strategiyani taklif qilgan bo‘lardingiz?

  1. masala. Tarmoqda oltita yirik ishlab chiqaruvchi mavjud: 3000, 5000, 2000, 10000, 8000 va 6000 birlik. YAshirin kelishuv natijasida ular bitta mahsulot birligi narxini 100 so‘mdan 150 so‘mga oshirishga erishdilar. Bunda talab o‘zgarmay qoladigan bo‘lsa, monopolistik kelishuvning har bir ishtirokchisi pul tushumi qanchalik o‘sadi? Mahsulot birligiga to‘g‘ri keluvchi xarajatlar o‘zgarmay qolsa, foyda qanchalik o‘zgaradi: mos ravishda 70, 60, 70, 40, 50

va 60 so‘m.

  1. masala. Sizning firmangiz pichoqlari harakatlanuvchan elektr ustara ishlab chiqaradi. Tovar standart texnik dizaynga ega bo‘lib, faqatqora va kulrangda chiqariladi. Raqobatlashuvchi firma bozorga xuddi shunday, faqat turli dizaynli mahsulot taklif eta boshladi. Marketing bo‘limiga qanday topshiriq bergan bo‘lardingiz?

  2. masala. Quyidagi tovarlar hayotiylik davrining qaysibosqichini boshdan kechirmoqda? Tovarlar egallab turgan pozitsiyalarni jadvalning mos keluvchi ustunlariga kiriting.

  1. rangli televizor

  2. maishiy elektronika

v) avtomobillar
g) videodisklar

  1. charm matosi

  2. mineral suv

j) kerosin



Tovarning xayotiylik davri bosqichlari

Bozorga
kiritish

O‘sish

Etuklik

To‘yinganlik

So‘nish

Tovar pozitsiyasi raqami




  1. masala."Krokodil" va "Krokus" firmalar keng assortimentda charmgalantereya buyumlarini ishlab chiqaradi.

"Krokodil" firmani assortmentiga quyidagilar kiradi:

  1. xujjatlar uchun papka (charmdan, 4 bo‘limli, molniya zamokli, qora rangda, narxi -300 rub.)

  2. "Prestij" keysi (yuqori sifatli charmdan, 5 bo‘limli, zamogi kodli, qora rangda, narxi - 780 rub.);

  3. sport so‘mkasi (sintetika materialdan, 3 bo‘limli, razmerini kengaytirish imkoniyati bilan, molniya zamokli, har xil rangda, narxi - 200 rub.);

  4. ayollarni "Elita" so‘mkasi (yuqori sifatli charmdan, 2 bo‘limli, qora rangda, sotishda suvenir sifatida qo‘shimcha tovarlar bilan ta’minlanadi — xamyon, savdo markali oynasi bilan, narxi - 600 rub.);

  5. chemodan (suniy charmdan, 2 bo‘limli, kalitli zamok bilan, har xil rangda, narxi - 450 rub.).

«Krokus» firmani assortimentiga quyidagilar kiradi:

  1. ayollarni "Premera" so‘mkasi (biserli, har xil rangda, 1 bo‘limli, narxi - 600 rub.);

  2. xo‘jalik so‘mkasi (sintetika materialdan, 4 bo‘limli, razmerini kengaytirish imkoniyati bilan, molniya zamokli, ranglar — ko‘k, yashil, qizil, narxi - 128 rub.);

  3. sport so‘mkasi (sintetika materialdan, 4 bo‘limli, razmerini kengaytirish imkoniyati bilan, molniya zamokli, ranglar — ko‘k, yashil, qizil, narxi - 240 rub.);

  4. "Biznesmen" diplomati (suniy charmdan, yopiladigan zamok bilan, 3 bo‘limli, qora va jigar ranglari, narxi 650 rub.);

  5. «Daftar» turdagi qog‘ozlar uchun papka (suniy charmdan, 1 bo‘limli, qora, kizil va jigar ranglar, narxi 50 rub.).

Topshiriq:

    1. YUqorida keltirilgan assortimentni tahlil qilib chiqing. Keltirilgan tovarlarni xaridor segmentlarini belgilab bering.

    2. Raqobatchi tovarlarni ajrating. Tovarlarni quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha tavsiflab bering: buyumlarni foydalanish xususiyatlari;

buyumlarni sifat darajasi; buyumlarni iqtisodiy tavsifnomasi.
KEYS: «Engil avtomobillar raqobatbardoshligini baholash»



  1. Marketing vaziyati.

Italiyaning «Fiat» avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi boshqa kompaniyalar bilan raqobatda raqobatning narx bilan bog‘liq bo‘lgan va bog‘liq bo‘lmagan usullaridan, ularning mahsuloti raqobatbardoshligini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar yig‘indisidan keng foydalanadi. Bir xil klassdagi avtomobillar turli xil tipdagi kuzovlar bilan ishlab chiqariladi. Avtomobillar modasini inobatga olgan holda ularning ichki va tashqi ko‘rinishiga o‘zgartirishlar kiritilib, ekologik standart normalari o‘rnatiladi, moslashuvchan narx siyossati qo‘llanadi, avtomobillar xavfsizligi muntazam oshirib boriladi. Avtomobillar belgilangan xalqaro standartlarga javob beradi va mos keladi. Italiyaning «Fiat» kompaniyasi Germaniyaga mahsulot eksport qilishni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘ygan. Raqobatbardoshlik darajasini modellashtirish nemis avtomobil bozorini tadqiq qilish, shuningdek, xaridor nuqtai nazaridan avtomobillar namunasiga qo‘yiluvchi talablar asosida amalga oshirilgan.



  1. Muammo:

Xorijiy bozorga eksport qilishda belgilangan ko‘rsatkichlar bo‘yicha avtomobillar raqobatbardoshligini baholash.



  1. Vazifalar:

«Fiat» avtomobillarining «Mersedes» avtomobillariga nisbatan texnik, tashkiliy va iqtisodiy ko‘rsatkichlari koeffitsientlarini aniqlash.
taklif etilayotgan avtomobillar raqobatbardoshligi integral koeffitsientlarini hisoblash.
hisob-kitoblar natijasi bo‘yichatahlil o‘tkazish va raqobatbardoshlik darajasi xaqida xulosa chiqarish.
«Fiat» avtomobillarining «Mersedes» avtomobillariga nisbatan jozibadorligi va umuman raqobatbardoshligi yuqoriligi xaqida xulosalarni asoslab berish.
talab va taklif holati, firmaning nufuzliligi, reklama-sotuv faoliyati samradorligi (Q) 4 ta teng bo‘lsa, Germaniya bozorida «Fiat» avtomobillarining ulushini aniqlash.



  1. Vazifani bajarish algoritmi


  1. n

    Avvalo, normativ ko‘rsatkichlar tanlanadi, ya’ni avtomobilni «adresli» maqsadli bozorda sotish uchun prinsipial imkoniyatlar belgilanadi. Bu ish avtomobilning patent sofligini baholashdan boshlanadi. So‘ngra avtomobilning mamlakatda amal qiluvchi majburiy standart va normalarga mosligi, shuningdek, ushbu ko‘rsatkichlarning chegarasiga mosligi aniqlanadi. Raqobatbardoshlikni baholashda normativ ko‘rsatkichlar metodik hisobi maxsus In (1) ko‘rsatkich kiritish yo‘li bilan ta’minlanib, uning qiymati –1 yoki 0 bo‘lishi mumkin. Agar u 1 ga teng bo‘lsa, tovar norma va standartlarga mos keladi, aks holda – yo‘q.


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling