Instituti tabiiyot va geografiya fakulteti kimyo kafedrasi nomozov shuhratjon yuldashali o
II bob. Gossipol smolasidan qurilish bitumini olish texnologiyasini yaratish
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
yog-moy korxonalari chiqindilari va ularni qayta ishlash masalalari
II bob. Gossipol smolasidan qurilish bitumini olish texnologiyasini yaratish asoslari. 2.1. Tajriba uskunalari va jihozlari. Gossipol smolasidan hozirgacha doimiy ravishda bitum ishlab
chiqarilmayotganligi sababli u uchun maxsus texnologik qurilma mavjud emas. Shu sababdan neft bitumini ishlab chiqaradigan uskunalarni qayta jihozlab o’simlik gudronidan bitum hosil qilish uskunalarini tayyorlash mumkin. Neft qoldiqlaridan bitum ishlab chiqarish uskunalaridan biri MBU – markali uskuna bo’lib, uskuna orqali quyidagi maqsadlar uchun ishlatilinadigan bitum olish mumkin: 1) Yo’llarni qoplash uchun ishlatilinadigan bitum; 2) Turli qoplamalar olish uchun ishlatilinadigan bitum; 3) Qurilish maqsadlarida ishlatilinadigan bitum; 4) Izolyatsiyalovchi bitum; 5) Bitumli mastikalar ishlab chiqarish uchun ketadigan bitumlar. Asosan bitumlar uch xil usul bilan olinadi: 1) Vakum orqali haydashdan foydalanib bitum olish mumkin. Bu usullarda qoldiqdan hosil qilgan bitumlar olinadi; 2) Neft maxsulotlarini yuqori temperaturada oksidlash orqali bitum olish mumkin. Bu usul bilan oksidlangan bitum olinadi; 3) Kompaund bitumlar. Bu usul bilan yuqorida ikki usul bilan olingan bitumlar har xil darajada aralashtirilib olinadi. Sifatli maxsulotlar olish uchun albatta xom ashyoni sifatiga katta e’tibor berish kerak. Neft maxsulotlaridan bitum olish uchun mini uskunalar mavjud bo’lib, ularga biz yuqorida misol keltirgan MBU – markali uskuna misol bo’ladi.
Bu uskuna blok tipida yig’ilgan bo’lib, uzluksiz ravishda ishlaydi. Bu uskuna yo’l qoplamalari uchun, qurilish va yopuvchi maxsulotlar olish uchun bitum tayyorlaydi. Yo’l qoplamasi uchun yoki qurilish maqsadida bitum olish uchun mazut yoki kreking qoldig’ini kollonna shaklida yig’ilgan uskunani ichida havo haydash orqali bitum olinadi. Bu uskunani texnik ko’rsatgichlari quyidagilar: 5-jadval. MBU- uskunasining texnik ko’rsatgichlari. Hom ashyo bo’yicha ishlab chiqarish quvvati 1-1,7 m
3 /soat
Bug’ sarfi -7
o C To’yingan bug’ temperaturasi 5 - 65 o C Qattiq qizdirilgan bug’ning harorati 3 -36
o C Hom ashyoni qizdirishning maksimal temperaturasi 36
o C Elektrodivigatellarning umumiy quvvati 50-80 kVt Mazutni yoqib qizdirish uchun ketgan sarfi
30-50 kg/soat Sovutilgan suvni qayta ishlash miqdori 20-30 m 3 /soat 1 tonna hom ashyoni qayta ishlash uchun sariflangan Elektr energiyasi To’yingan bug’ Mazut
25-35 kVt 200-400 kg 25-40 kg Aparatdagi bosim, MPa dan katta emas 0,07 MPa
Uskunani rejimga chiqish vaqti 24-48 soat
Bitum ishlab chiqarish uchun ishlatilinadigan MBU-1 uskunasiga o’zgartirishlar kiritib gossipol smolasda bitum hosil qilish uskunasini labaratoriya variantini yaratdik va biz olgan natijalar shu uskunadan foydalanib hosil qilingan 5
bitumlardan olingan natijalardir. Gossipol smolasodan bitum hosil qilish uchun davriy ravishda ishlaydigan uskunaning blok chizmasi quyida keltirilgan.
Gossipol smolasi omborxonasi Nasos
Kalsiy oksid omborxonasi Tarozi Elakdan o’tkazish Reaktor Quritush - 5 o C Maydalash Laboratoriya tekshiruvi Tayyor maxsulotni qadoqlash Omborxonada saqlash Iste’molchilarga yetgazish Tarozi
6
Biz tomondan yaratilgan uskuna silindr shaklidagi hajmi 1,5 litr idishdan iborat bo’lib, elektr yordamida isitiladi. Idishni (reaktor) teppa tomoni qopqoq bilan yopilgan bo’lib, kerak paytda ochilishi mumkin. Qopqoqda termometr o’rnatish, aralashtirgich o’rnatish va kerak paytda kalsiy oksidni solish uchun teshik va darchalar ochilgan. Zaharli gazlarni chiqib ketishi uchun dud burunlar qilingan. Bu uskuna davriy ravishda ishlagani uchun qopqoq ochilib gossipol smolasidan 500 ml solinadi. Idish reaktor vazifasini bajaradi. Idishga gossipol smolasi solingandan so’ng isitgich yoqiladi. Temperatura 60- 7 o C ga borganda gossipol smolasining qovushqoqligi pasayib oquvchan holatga keladi. Shu vaqtda aralashtirgich ishga tushiriladi. Temperatura 90 o C ga borganda reaktordagi massa qaynay boshlaydi. Bu gossipol smolasi tarkibidagi suvning bug’lanib chiqib ketayotganidan dalolat beradi. Bir necha minut davomida qaynashdan keyin suv bug’lanib ketgandan so’ng maydalangan kalsiy oksidini reaktor ichiga solamiz. Aralashtirishni davom ettirgan holda temperaturani oshirib bitum hosil bo’lishini reaktor ichidagi massadan olib va uni sovitib nazorat qilish orqali kuzatib turiladi.
Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling