3
Kirish
O’zbekistonning inovatsion rivojlanish turning hozirgi zamon modeliga o’tish
uchun hamma zarur sharoitlarga ega. Bu model vujudga keltirgan ilmiy-texnikaviy
salohiyatdan keng va samarali foydalanishga, fundamental va amaliy yutuqlarni,
chuqur ilmiy talab qilinadigan texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etishga,
yuqori malakali, iqtidorli ilmiy kadrlar sonini ko’paytirishga asoslanadi. Bu –
mamlakatimiz jahondagi iqtisodiyoti va sanoati rivojlangan davlatlar qatoriga kirib
borishining zarur sharti va mustahkam poydevori bo’lib xizmat qiladi[1].
Hozir O’zbekiston Markaziy Osiyodagi yirik ilmiy markazdir. Bu markaz
tadqiqot uchun zarur bo’lgan rivojlangan ilmiy asosga, malakali ilmiy kadrlarga
ega. Ularning mehnati butun dunyoda e’tirof etilgan.
Respublikaning ilmiy – tadqiqot majmui akademiya, oliy o’quv yurtlari va
tarmoq yo’nalishdagi 36 muassasani, shu jumladan, 101 ilmiy – tadqiqot
institutlarini, oliy o’quv yurtlaridagi 55 ilmiy – tadqiqot bo’linmalarini, 65 loyiha –
konstruktorlik tashkilotlarini, 32 ilmiy – ishlab chiqarish birlashmasi va tajriba
korxonalarini, 3 axborot – hisoblash markazini o’z ichiga oladi. O’zbekiston
Respublikasi Fanlar akadmiyasi yurtimiz ilmiy salohiyatining o’zagi
hisoblanadi[1,2].
Do'stlaringiz bilan baham: